Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2025 30.01.2020 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-sentabrdagi 597-sonli “Respublikada gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi gʻildirakli transport vositalarini foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish man etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 50-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan Yevro-4 ekologik toifa (keyingi oʻrinlarda ekologik standart deb ataladi) talablariga mos keladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli transport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish hamda maxsus ishlarni bajarish uchun moʻljallangan avtomobillar, shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli transport vositalaridan tashlamalar — ichki yonuv dvigatellarining ishlashi natijasida ajralib chiqadigan (uglerod oksidi, uglevodorodlar, azot oksidlari va dispers zarralar) chiqindi gazlar va gʻildirakli transport vositalarining yoqilgʻisidan chiqadigan bugʻlardan iborat zararli (ifloslantiruvchi) moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dizel — siqilishi natijasida yonish tamoyiliga asoslangan dvigatel;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslantiruvchi modda — atrof-muhit va inson sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ekspert — muvofiqlikni baholash sohasida ishni, jarayonni yoki faoliyatni tashkil etish bilan bogʻliq maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki yonuv dvigateli — benzin yoki gaz yonilgʻisida ishlaydigan, majburiy tartibda uchqun yordamida yoqiladigan dvigatel;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov sikli — dvigatelni maʼlum bir aylanish chastotasi va momenti bilan barqaror va vaqtinchalik sharoitlarda bajariladigan sinovlar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli yangi transport vositasi — ishlab chiqarilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan gʻildirakli transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sertifikatlash organi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan hamda ekologik standartdan past boʻlmagan ekologik toifa meʼyorlariga mos keladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli transport vositalarini ekologik sertifikatlash ishlarini olib boradigan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi muvofiqlikni baholash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M” toifadagi gʻildirakli transport vositalari — kamida toʻrtta gʻildiragi mavjud boʻlgan yoʻlovchi tashishda ishlatiladigan mexanik gʻildirakli yangi transport vositalari, shuningdek, haydovchining joyidan tashqari sakkiztadan oshmagan oʻrindiqlar bilan taʼminlangan, yoʻlovchi tashishda ishlatiladigan avtobuslar, mikroavtobuslar, maxsus yoʻlovchi gʻildirakli transport vositalari, elektrodvigatellar bilan jihozlangan gʻildirakli transportlar bunga kirmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“N” toifadagi gʻildirakli transport vositalari — yuklarni tashishda foydalaniladigan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshmaydigan gʻildirakli transport vositalari, yuklarni tashishga moʻljallangan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshadigan, lekin koʻpi bilan 12 tonnadan oshmaydigan, yuklarni tashishga moʻljallangan, maksimal massasi 12 tonnadan oshadigan gʻildirakli transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik daraja — zararli ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari darajasiga qarab gʻildirakli transport vositasini tavsiflovchi tasnif kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlashni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gʻildirakli yangi transport vositasiga muvofiqlik haqidagi ekologik sertifikatni olish uchun ariza beruvchi ekologik sertifikatlash organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan yuk tashish hujjatlarining nusxasi (yuk xati, invoys, hisob-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli yangi transport vositasining pasporti (gʻildirakli transport vositasi ishlab chiqarilgan va unga taqdim etilgan sanasi koʻrsatilgan hujjat) yoki hisob-maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli yangi transport vositalari uchun — ekologik standartdan past boʻlmagan ekologik toifa meʼyorlariga gʻildirakli yangi transport vositalarining mosligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (sinov bayonnomasi, xulosa, sertifikatlar, guvohnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik sertifikatlash organi ekologik sertifikat olish uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilganidan tashqari ortiqcha maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi ekologik sertifikat olish maqsadida taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ekologik sertifikatlash organiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ekologik sertifikatlash organiga murojaat qilish orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik sertifikatlash organi taqdim etilgan gʻildirakli yangi transport vositasining hujjatlarini tahlil qiladi va ekologik sertifikatlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandi talablariga javob bermasa, bir ish kuni mobaynida tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi hujjatlar bilan bogʻliq kamchiliklarni oʻn kalendar kunda bartaraf etishi va tegishli hujjatlarni ekologik sertifikatlash organiga taqdim etishi lozim, aks holda ariza beruvchiga ekologik sertifikatlash organi hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi vositalari bilan yoki aloqa pochtasi orqali uning manziliga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar gʻildirakli yangi transport vositasini ekologik sertifikatlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, ekologik sertifikatlash organi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli yangi transport vositasini bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojxona ombori vakili va ariza beruvchi yoki ariza beruvchining vakili ishtirokida tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi tomonidan identifikatsiyalash, uning natijasi boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda identifikatsiya dalolatnomasini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻildirakli yangi transport vositalarining koʻrsatkichlari gaz, benzin va dizel dvigatellari boʻlgan gʻildirakli yangi transport vositalari uchun belgilangan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari meʼyorlariga muvofiqligini tahlil qilish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Gʻildirakli yangi transport vositasini identifikatsiyalash natijalari boʻyicha ekologik sertifikatlash organining texnik eksperti ariza beruvchiga gʻildirakli yangi transport vositasiga ekologik sertifikat berish toʻgʻrisida yoki ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda uni berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologik sertifikat berish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi mamlakatda ushbu davlatning hududida gʻildirakli yangi transport vositalarini ishlab chiqarishda ekologik standart talablari joriy etilganligi toʻgʻrisida (ishlab chiqaruvchi tomonidan gʻildirakli yangi transport vositalarini ishlab chiqarish paytida) qonunchilik hujjatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining yoki uning vakolatli vakilining gʻildirakli yangi transport vositalari ekologik standart talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M” va “N” toifadagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik standart meʼyorlariga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa texnik hujjatlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlsa ekologik sertifikatlash organi gʻildirakli yangi transport vositasining ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan keyin bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ekologik sertifikatlash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlarni amalga oshirish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmagan taqdirda gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash hujjatlarni eʼtirof etish orqali identifikatsiyalash yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik sertifikatlash organi gʻildirakli yangi transport vositasining ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni olib borishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq namunalarni olish va ularni laboratoriyaga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida sinovdan oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gʻildirakli yangi transport vositalarining muayyan turiga sinov bayonnomasini rasmiylashtirish va taqdim etish muddati ushbu turdagi gʻildirakli yangi transport vositalari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan usullarga muvofiq oʻtkaziladigan sinovlarning umumiy davomiyligi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Namunalarning sinov natijalari sifati va ishonchliligi, shuningdek, sinov bayonnomalarining saqlanishi uchun sinovlarni oʻtkazgan akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi javobgar hisoblanadi. Sinov bayonnomalari texnik ekspert tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi ekologik sertifikatlash organiga bayonnomani taqdim etadi. Agar gʻildirakli yangi transport vositalari sinovlari maʼlum koʻrsatkichlar boʻyicha turli xil akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarda oʻtkazilgan boʻlsa, gʻildirakli yangi transport vositalarining belgilangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini ijobiy baholash barcha bayonnomalar bilan tasdiqlangan ijobiy sinov natijalarining mavjudligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar sinov natijalari salbiy boʻlsa ekologik sertifikatlash organi ariza beruvchiga gʻildirakli yangi transport vositasiga ekologik sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida oʻtkazilgan laboratoriya sinovlari tahlili natijasi ijobiy boʻlsa, ekologik sertifikatlash organi hujjatlarni ekologik sertifikatlash organining texnik ekspertiga bir ish kuni mobaynida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekologik sertifikatlash organining texnik eksperti ariza beruvchi tomonidan ariza bilan birgalikda taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini oʻrganib, gʻildirakli yangi transport vositasiga ekologik sertifikat berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ekspert tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, ekologik sertifikatlash organi tomonidan ekologik sertifikat rasmiylashtiriladi va u sertifikatlarni qayd etish reyestrida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekologik sertifikat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimining elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ariza beruvchi (ariza beruvchining ishonchli vakili)ga taqdim etish bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekologik sertifikat gʻildirakli yangi transport vositasini bojxonada rasmiylashtish maqsadida bojxona organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arizani koʻrib chiqish, ekologik sertifikatlash jarayonini amalga oshirish va ekologik sertifikat berish yoki uni berishni rad etish boʻyicha ishlarning qiymati tomonlar kelishuvi asosida tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekologik sertifikat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sertifikatlash organining imzosi va muhrining asl nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik sertifikatni qayd etish tartib raqamlari va sanalari ekologik sertifikatlar blankalarini roʻyxatdan oʻtkazish reyestrida mavjud boʻlgan holatlarda haqiqiy hisoblanadi .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekologik sertifikat ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlashda yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Bajaruvchilar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yuridik va jismoniy shaxslar (ariza beruvchi)

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlash hujjatlarini “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri sertifikatlash organiga takdim etadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Ekologik sertifikatlash organi

1. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi.

2. Hujjatlar toʻliq boʻlsa, ularni koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda ariza beruvchini xabardor qiladi.

1 ish kunida

3-bosqich

Ekologik sertifikatlash organi

1. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmaganda, taqdim etilgan hujjatlarni identifikatsiyalash yoʻli bilan sertifikatlash amalga oshiriladi.

2. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlganda:

ekologik sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyada sinovlar oʻtkaziladi;

sinov bayonnomasi rasmiylashtiriladi va baholash uchun texnik ekspertga beriladi.

1 ish kunida

2 ish kunida

4-bosqich

Texnik ekspert

1. Hujjatlar toʻplami asosida ekologik sertifikat berishyoki rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.

2. Sertifikat rasmiylashtiriladi va u reyestrda roʻyxatga olinadi.

1 ish kunida

5-bosqich

Ekologik sertifikatlash organi

Sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimining elektron bazasiga kiritish orqali yoki ariza beruvchi (ishonchli vakili)ga taqdim etish yoʻli bilan sertifikatni beradi.

1 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

______________________________________________________

(ekologik sertifikatlash organining nomi va pochta manzili)

Ekologik sertifikatlash oʻtkazish boʻyicha
‎ARIZA

_______________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi yoki

_______________________________________________________________________________________________________

jismoniy shaxsning F.I.O)

_______________________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining yashash joyi manzili, aloqa qilish uchun telefon raqami)

_______________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxs rahbarining F.I.O)

quyidagilarni maʼlum qiladi: ___________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(olib kirilayotgan, gʻildirakli transport vositasining nomi, toifasi; TIF TN kodi, soni)

_______________________________________________________________________________________________________
‎______________________________________________________________________________boʻyicha ishlab chiqarilgan va

(normativ hujjatning nomi va belgilanishi)

_______________________________________________________________________________ talablariga javob beradi.

(normativ hujjatning nomi va belgilanishi)

_______________________________________________________________________________gʻildirakli yangi transport

(gʻildirakli yangi transport vositasining nomi va toifasi)

vositasini (larini) ekologik sertifikatlashtirib berishingizni soʻraydi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar __________________________________________________________________________________

(boshqa hujjatlar nomi)

_______________________________________________________________________________________________________
‎‎_______________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

Ariza beruvchi

_________________________

________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

20___ y. “_____”_______________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________________________________

(ekologik sertifikatlash organining nomi va pochta manzili)

________________ shahri

20__y. “_____”_______________

1. Gʻildirakli yangi transport vositasining nomi___________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(markasi, ishlab chiqarilgan yili, kuzov, dvigatel va shassi raqami, transport rangi)

2. Gʻildirakli yangi transport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs)ning nomi va uning pochta manzili yoki yashash joyi manzili__________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

3. Gʻildirakli yangi transport vositasining kelib chiqishi____________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(mamlakat nomi, ishlab chiqargan tashkilot)

‎_______________________________________________________________________________________________________ ‎_______________________________________________________________________________________________________

4. Turkum soni (dona)____________________________________________________________________________________

5. Gʻildirakli yangi transport toifasi_____________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
Xulosa:

Taqdim etilgan gʻildirakli yangi transport vositasi texnik yozuvlar va maʼlumotlar bilan identifikatsiyalandi _______________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

Ekologik sertifikatlash
‎organi vakili

____________________________

______________________________________

(imzo)

F.I.O.

Bojxona ombori vakili

____________________________

______________________________________

(imzo)

F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekologik sertifikatlash organi
‎texnik ekspertining xulosasi

‎‎Ekologik sertifikatlash organi

___________________

20___yil “___”________________

(shahar, hudud)

_______________________________________________________________________________ tomonidan taqdim etilgan

(tashkilot nomi)

_______________________________________________________________________________________________________

(ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektning nomi)

boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish ishlari natijalarini koʻrib chiqib, yuqorida qayd etilgan obyektga ekologik sertifikat rasmiylashtirilsin va berilsin (yoki berish rad etilsin).

Texnik ekspert

_____________________________

________________________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI
‎MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI

№ 000000

_______________________________________________________________________________________________________

(ekologik sertifikatlash organining nomi va pochta manzili

_______________________________________________________________________________________________________

EKOLOGIK SERTIFIKAT

Roʻyxat raqami____________________________ berilgan sanasi 20__ y. “____”________________________

Ushbu sertifikat, ekologik sertifikatlashtiriladigan obyekt

__________________________________________________________________________________________________ ning

(ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektning nomi)

lozim ravishdagi identifikatsilashga javob berishi va normativ-uslubiy jihatlari ____________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(normativ hujjatlar nomi)

_______________________________________________________________________________________________________

(normativ va xuquqiy hujjatlar talabiga javob beradi)

Sertifikat egasi haqida maʼlumot________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(sertifikat egasining nomi va pochta manzili)

Telefon raqami:________________________________________________________________________________________

Ekologik sertifikatlashtirishdagi qoʻllanilgan talablar haqida maʼlumotlar:_________________________________
‎_______________________________________________________________________________________________________

(mahsulotga doir tekshiruv, kuzatuv yoki normativ hujjatlar tahlili)

Ekologik sertifikatlash
organi rahbari

_____________________________

_______________________________________

(imzo)

F.I.O.

Texnik ekspert

_____________________________

_______________________________________

(imzo)

F.I.O.

M.Oʻ
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 09/20/50/0097-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)