1-ILOVA
Vasiylik kengashi | Direktor | Ilmiy kotib | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari | Ishlar boshqaruvchisi | Matbuot kotibi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Moturidiylik taʼlimoti tadqiqotlari boʻlimi 5 | Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi 1 | Xalqaro aloqalar boʻlimi 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Moliya-iqtisod boʻlimi 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Zamonaviy islom tadqiqotlari boʻlimi 5 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tarjimalar boʻlimi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bosh yuriskonsult | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Nashrlar boʻlimi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Axborot-resurs markazi va axborot texnologiyalari boʻlimi 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼullar |
I. Tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) xodimlarining moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolari boʻyicha jahonning yetakchi universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovka oʻtash va malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Markaz xodimlari stajirovkalarini tashkil etish mumkin boʻlgan xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, stajirovka muddatlari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni shakllantirish. | 2025-yil sentabr | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Markaz, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Stajirovka oʻtashga yuboriladigan nomzodlar roʻyxati hamda ular qaytib kelganlaridan soʻng ikki yil davomida bajarishi lozim boʻlgan aniq vazifalar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda xodimlarning xorijda stajirovka oʻtash va malaka oshirishga yuborishni tashkil etish. | Reja asosida | |||
2. | Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimoti hamda zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlab oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalarda Markaz xodimlari ishtirokini taʼminlash. | 1. Xorijiy mamlakatlarda moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalar roʻyxatini shakllantirish. | 2025 — 2028-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaz, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Markaz ilmiy xodimlarining reja asosida xalqaro konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash. | Reja asosida | |||
3. | “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida har ikki yilda bir marta xalqaro konferensiya oʻtkazish. | 1. Xalqaro konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita, ishchi va ijodiy guruhlarni tuzish. | 2026-yil yanvar | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Konferensiyalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash. | 2026-yil fevral | |||
3. Xalqaro konferensiyalarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Reja asosida | |||
4. | Imom Moturidiy ilmiy merosi va u zot asos solgan taʼlimot boʻyicha xorijlik nufuzli olimlarning “Moturidiylik” mavzusidagi ilmiy seminarlarini oʻtkazish. | 1. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Markaz |
2. Ilmiy seminarlarda maʼruza bilan ishtirok etadigan xorijlik yetakchi olim va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil oktabr | |||
3. Ilmiy seminarlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Reja asosida | |||
5. | Xorijlik tadqiqotchilar oʻrtasida moturidiylik taʼlimoti boʻyicha xalqaro ilmiy tanlov tashkil etish. | 1. Mahalliy va chet ellik mutaxassislardan iborat Tashkiliy guruh tuzish. | 2025-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Tanlov konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | |||
3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida tanlov haqida eʼlon berish. | Reja asosida | |||
4. Xorijlik tadqiqotchilar oʻrtasida har ikki yilda bir marta tanlov oʻtkazish. 5. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va ularni taqdirlash marosimini yuqori saviyada oʻtkazish. | Har ikki yilda bir marta | |||
6. Gʻoliblarning Oʻzbekistonga safarini tashkillashtirish. | Reja asosida | |||
6. | Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyaga Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti allomalarining ilmiy merosini oʻrganuvchi xorijlik olim va tadqiqotchilarni faol jalb qilish. | 1. Stipendiantlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Markaz |
2. Xarajatlar smetasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | |||
3. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida stipendiyani keng targʻib qilish choralarini koʻrish. | Reja asosida | |||
II. Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar | ||||
7. | “Musulmon mamlakatlarida konfessiyalararo birdamlik siyosatining ahamiyati” nomli kitob tayyorlash va nashr qilish. | 1. Kitobni tayyorlash uchun maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 2028-yil yanvar | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Maʼlumotlarni tahlil qilish, tizimlashtirish va tahrirlash. | 2028-yil may | |||
3. Kitobni nashr qilish choralarini koʻrish. | 2028-yil iyul | |||
8. | Buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish hamda keng jamoatchilikka targʻib qilish. | 1. Abu Muin Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” (Dalillar yogʻdusi) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish. | 2026-yil iyul | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Nuriddin Sobuniyning “Al-Kifoya fi-l-hidoya” (Hidoyatga kifoya) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish. | 2026-yil oktabr | |||
3. Shamsiddin Samarqandiyning “As-Sahoif al-ilohiya” (Ilohiy sahifalar) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish. | 2027-yil fevral | |||
4. Abul Barakot Nasafiy “Al-Iʼtimod fi-l-iʼtiqod” (Eʼtiqod tayanchi) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish va nashr etish. | 2028-yil avgust | |||
5. Kamoliddin Andijoniyning “Sidq al-kalom” (Toʻgʻri soʻz) asarini oʻzbek tiliga ilmiy-izohli tarjima qilish. | 2028-yil noyabr | |||
6. Nashrlarning joylardagi taqdimotlarini tashkil etish. 7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish. | Reja asosida | |||
9. | Yurtimiz allomalarining mahalliy hamda xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalarini oʻrganish, ilmiy jamoatchilikka taqdim etish yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish. | 1. Mahalliy va xorijiy mamlakatlar fondlarida saqlanayotgan yurtimiz allomalari qalamiga mansub noyob qoʻlyozmalarni aniqlash hamda ularning elektron nusxalarini jamlash. | 2025-yildan boshlab | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Abdurahim ibn Ali Shayxzoda “Sharh al-Aqoid at-tahoviya” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash. | 2025-yil sentabr | |||
3. Muayyad Nasafiya “al-Manzuma ar-roiya” (“Ro” harfi asosiga qurilgan nazm) asariga zamonaviy sharh yozish va nashr qilish. | 2026-yil mart | |||
4. Abul Husayn Bashogʻariy “Kitob Sharh Jumal usul ad-din” (Din asoslariga oid jumlalar sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilish. | 2026-yil sentabr | |||
5. Roziy “Radd jidol al-Imom ar-Roziy” (Tahoviy Aqoidi sharhi) qoʻlyozmasining zamonaviy ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlash. 6. Ilmiy-tanqidiy matnlarning xalqaro kitob koʻrgazmalaridagi namoyishlarini tashkil etish. | 2028-yil aprel | |||
7. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish. | Reja asosida | |||
10. | Jahonning nufuzli moturidiyshunos olimlari tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish. | 1. Chora-tadbirlar rejasi va tarjimonlar guruhini shakllantirish. 2. Imom Moturidiy va moturidiylik allomalarining hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan yirik tadqiqotlarni saralash. | 2025-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
3. Tarjima ishlarini amalga oshirish va nashr etish. | Reja asosida | |||
11. | Moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan monografiyalar tayyorlash va nashr qilish. | 1. Ilmiy-ijodiy guruh tuzish. | 2026-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Moturidiylik taʼlimoti va zamonaviy islomshunoslik muammolariga bagʻishlangan monografiyalar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil noyabr | |||
3. Monografiyalarni tahrir qilish. | 2027-yil noyabr | |||
4. Monografiyalarni nashr etish. | Reja asosida | |||
12. | Din niqobidagi buzgʻunchi kuchlarning gʻoyalari va ularga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslariga bagʻishlangan monografiya, risola va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar nashr etish. | 1. “Markaziy Osiyodagi ekstremizm va terrorizm tendensiyalari” toʻplami uchun maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 2026-yil avgust | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Toʻplamni nashrga tayyorlash, tahrirlash va chop etish. 3. Nashrlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish. | 2026-yil oktabr | |||
III. Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot yoʻnalishida amalga oshiriladigan ishlar | ||||
13. | Tele va radiokanallar orqali yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti, boy ilmiy-maʼnaviy merosi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyati haqida koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash. | 1. Yurtimiz allomalari hayoti va ilmiy merosi, islom dinining tinchlikparvar va insonparvarlik mohiyati haqida koʻrsatuvlar ssenariylarini tayyorlash. | 2025 — 2028-yillar | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Ziyo” media markazi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi |
2. Koʻrsatuv va eshittirishlarni tasvirga olish hamda efirga uzatish. | Reja asosida | |||
14. | Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari talabalari uchun radikallashuv va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar tashkil etish. | 1. Targʻibotchilar guruhlarini shakllantirish. 2. Suhbatlar mavzulari, tezislar va taqdimot materiallarini tayyorlash. | 2025-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Reja asosida | |||
15. | Moturidiylik taʼlimoti asosida yoshlarni bagʻrikenglik va moʻtadillikka chorlovchi tarqatma materiallar, jumladan, flayer va bukletlar tayyorlash. | 1. Tarqatma materiallar, bukletlar va flayerlarni tayyorlash. 2. Tarqatma materiallarni nashr etish va tarqatish. | 2025 — 2028-yillar | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
16. | Islom dunyosidagi taniqli ulamolar va xalqaro islom tashkilotlari tomonidan mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmni qoralab chiqarilgan fatvolarni ilmiy asosda oʻrganish, oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish. | 1. Xalqaro islom tashkilotlari va ulamolarning fatvolarini jamlash, tahlil va tarjima qilish. | 2025-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
2. Fatvolar toʻplamini nashr etish. | 2025-yil oktabr | |||
17. | Yoshlar orasida islomning ilm-fanga ijobiy munosabatini keng targʻib qilish orqali din va zamonaviy taraqqiyot uygʻunligini asoslab berishga qaratilgan targʻibot faoliyatini olib borish. | 1. Islom dini manbalaridagi hamda ulamolarning zamonaviy ilm-fan haqidagi fikrlarini jamlash. | 2025-yil sentabr | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
2. Jamlangan maʼlumotlarni tizimlashtirish va tahrir qilish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Maʼlumotlar asosida tezislar, taqdimotlar, bukletlar, flayerlar va boshqa targʻibot materiallarini tayyorlash. | 2025-yil dekabr | |||
4. Tayyorlangan materiallardan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarida keng foydalanish. | 2026-yildan muntazam | |||
18. | Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish. | 1. Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va vijdon erkinligiga tahdid tugʻdirishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash boʻyicha muntazam monitoring olib borish. | 2025-yildan muntazam | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Monitoring natijasida aniqlangan omillar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlash. | Har oyda | |||
3. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlarni mutasaddi tashkilotlarga kiritib borish. | Har chorakda | |||
19. | Jamiyatda shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash va uni sogʻlom ijtimoiy hayotga integratsiya qilishga qaratilgan chuqur tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish. | 1. Radikallashuv jarayonini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish. 2. Tadqiqot natijalari asosida shaxs radikallashuvini erta bosqichda aniqlash metodlarini ishlab chiqish. 3. Radikalizmga qarshi kurash hamda mutaassib shaxslarni sogʻlom ijtimoiy hayotga qaytarishning milliy modelini yaratish hamda uni amaliyotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni amalga oshirish. 4. Tadqiqotlarni Markazga Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish. | 2025 — 2028-yillar | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
20. | Diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida dolzarb mavzular yoʻnalishlarini belgilash, ularning Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini taʼminlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Diniy-maʼrifiy sohadagi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tahlilini amalga oshirish. 2. Dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari va mavzularini shakllantirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritib borish. | 2025-yildan muntazam | Markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
3. Ilmiy tadqiqotlarning Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinlgini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasiga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish. | Har yarim yilda | |||
4-ILOVA