1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish | ||||
1. | “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mazkur Farmon asosida diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish. | 1. Diniy-maʼrifiy sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish. 2. Tahlil natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi |
2. | Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomni yangi tahrirda tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 1. Ushbu Farmon hamda qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlashga oid Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyul | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi |
3. | “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish. | 1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: “Umra” tadbirlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq harakatlar “Haj va Umra yagona portali” orqali amalga oshirilishi; Din ishlari boʻyicha qoʻmita “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi uchun “Haj va Umra yagona portali”dan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi; “Haj va Umra yagona portali”ni tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. 2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Majburiy ijro byurosi |
II. Diniy-maʼrifiy sohada ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash | ||||
4. | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida dual taʼlim tizimini takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida quyidagilarni nazarda tutuvchi dual taʼlim tizimini takomillashtirish: dual taʼlim “4+2” shaklida, yaʼni nazariy qismni 4 kun taʼlim muassasasida, amaliy qismni 2 kun amaliyot oʻtash joyida oʻtkazish; dual taʼlimga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining tegishli yoʻnalish va mutaxassisliklarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish. 2. Amaliyot davrida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalarini Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlariga kuzatuvchi-amaliyotchi sifatida biriktirish. | 2025-yil may — iyul | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi |
5. | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida taʼlim va tadqiqot uygʻunligini taʼminlash. | 1. Diniy-maʼrifiy sohadagi ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot natijalarini Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tegishli fanlarning oʻquv dasturlariga muntazam tatbiq etib borish. | doimiy | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi |
2. Talabalarda nodir qoʻlyozma, toshbosma asarlar va arxiv hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq saqlash koʻnikmasini shakllantirish uchun Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish ilmiy laboratoriyasini tashkil etish. 3. Talabalarda psixodiagnostik amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda psixologik va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun “Din sotsiopsixologiyasi” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish. | 2026/2027 oʻquv yiliga qadar | |||
6. | Kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish, amaliy mashgʻulotlar ulushini oshirish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda taʼlim jarayonini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish choralarini koʻrish. | 2025/2026 oʻquv yili davomida | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Dinshunoslik va islomshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining yuqori bosqich talabalarining diniy-maʼrifiy sohadagi tashkilotlarda amaliyot oʻtashi va keyinchalik ularni ushbu tashkilotlarda ishga joylashtirish mexanizmini joriy etish. | 2025-yil iyul | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
7. | Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. | 1. Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar bilan bir qatorda uning tuzilmasi va nizomini tasdiqlash hamda markazni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish masalalarini nazarda tutish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil may-iyun | Vazirlar Mahkamasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
8. | Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish hamda unga bino ajratish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish. | 1. Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2025-yil may — iyul | Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi |
2. Markazni Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazining tegishli bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. 3. Markaz uchun ajratilgan binoni zarur texnika, ofis anjomlari, mebel va aloqa vositalari bilan taʼminlash. | Buxoro viloyati hokimligi | |||
9. | Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) tuzilmasi va nizomini tasdiqlash. | 1. Institut tuzilmasini shakllantirish va nizomini ishlab chiqish. 2. Institut tuzilmasi va nizomini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 3. Institutning Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qarashli Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11a-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlash. | 2025-yil may-iyun | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi |
4. Institutni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi | |||
10. | Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Diniy-maʼrifiy sohada taʼlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizom va yillik faoliyat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil may | Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
2. Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini samarali tashkil qilib borish. | doimiy | |||
III. Vijdon erkinligi huquqini izchil roʻyobga chiqarish, diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish | ||||
11. | “Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumini oʻtkazish. | 1. Toshkent va Samarqand shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti” ikkinchi xalqaro forumini oʻtkazish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil may | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Xalqaro forumning xorijiy ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish va ularga taklifnomalar yuborilishini taʼminlash. | 2025-yil may-iyun | |||
3. Xalqaro forumni yuqori saviyada oʻtkazish va OAVlarda keng yoritilishini taʼminlash. | 2025-yil sentabr | |||
12. | Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini amaliyotga tatbiq qilish. | 1. Konsepsiya yoʻnalishlari boʻyicha tadbirlarni amaliyotga joriy etish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi |
2. Konsepsiyaning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish. 3. Konsepsiyaning aholi va ijrochilar uchun muhim qismlarini sodda va xalqchil tilda yorituvchi qisqa axborot-kontentlar tayyorlash va tarqatish. 4. Konsepsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha turkum koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. | 2025-yil iyun — dekabr | |||
5. Konsepsiyaning ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritilishini tashkil etish. | doimiy | |||
13. | Jamiyatda diniy bagʻrikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Targʻibot guruhlarini shakllantirish. 2. Targʻibot materiallarini (maʼruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari) tayyorlash. | 2025-yil may-iyun | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
3. Mahalla fuqarolar yigʻinlarida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | 2025-yil iyun — dekabr | |||
14. | Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Kengash ishchi organini tuzish va tasdiqlash. 2. Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida hududiy konfessiyalar kengashlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Respublika va hududiy kengashlarning 2025-yil uchun faoliyat rejasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni inobatga olish: Kengashga aʼzo konfessiyalarning diniy bayramlari munosabati bilan Kengash rahbari nomidan tabriklar yoʻllash; sport musobaqalari, koʻngilochar tadbirlar tashkil etish; dolzarb masalalar yuzasidan navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazish; diniy konfessiyalar tadbirlarini OAVda yoritish. | 2025-yil may-iyun | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimliklari |
15. | Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston mutafakkirlarining ilmiy merosi va tarixiy shaxslar faoliyati yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan chet ellik olimlar va tadqiqotchi-ekspertlarni jalb etgan holda turkum maʼruzalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish. | 1. Hamkor tashkilotlar bilan tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Xorijiy maʼruzachilar, ekspertlar, tadqiqotchilar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, OʻzMTRK |
3. Uchrashuvlar, davra suhbatlarini yuqori saviyada tashkil etish va ular orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targʻib etish. | 2025-yil iyun — dekabr | |||
4. Xorijiy olimlar va ekspertlarning mamlakatimiz, allomalarimiz haqidagi fikrlari, eʼtiroflarini xorijiy va mahalliy OAVlarda keng yoritish. | doimiy | |||
2-ILOVA
1. | R.Q. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
2. | S.D. Toshboyev | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
3. | R.R. Xakimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha parlament komissiyasi raisi |
4. | M.M. Kamilov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori |
5. | F.F. Abduxalikov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori |
6. | Sh.Yu. Ziyodov | — | Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
7. | J.A. Karimov | — | Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
8. | M.F. Joniyev | — | Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
9. | Lavozimi boʻyicha | — | Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
10. | Lavozimi boʻyicha | — | Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori |
11. | B.A. Abduhalimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori |
12. | G.Sh. Rixsiyeva | — | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori |
13. | H.B. Ishmatbekov | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari |
14. | U.T. Gʻafurov | — | Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori |
15. | J.R. Elov | — | Mir Arab oliy madrasasi rektori |
16. | B.M. Amonov | — | Hadis ilmi maktabi rektori |
17. | K.T. Islamov | — | Imom Termiziy nomidagi islom instituti rektori |
18. | K.A. Shermuxamedov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi |
3-ILOVA
Asosiy aʼzolar | |||
1. | S.D. Toshboyev | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Kengash raisi |
2. | N.M. Xoliqnazar | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
3. | Vikentiy (V.A. Morar) | — | Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi rahbari, mitropoliti |
4. | E.S. Matsulevich | — | Rim-katolik cherkovi yepiskopi |
5. | A.D. Grigoryan | — | Arman apostollik cherkovi ruhoniysi |
6. | P.M. Kremeruk | — | Toʻliq Yevangel xristianlari markazi raisi |
7. | A.R. Belik | — | Yevangel xristian baptistlar cherkovlari uyushmasi raisi |
8. | A.T. Ten | — | Toshkent shahar Yettinchi kun xristian adventistlar cherkovi rahbari |
9. | A.K. Kim | — | Toshkent shahar Novoapostol cherkovi rahbari |
10. | L.V. Shmidt | — | Toshkent shahar Yevangel-lyuteran cherkovi ruhoniysi |
11. | T.N. Saidov | — | “Golos Bojiy” xristian cherkovi rahbari |
12. | N.N. Korolev | — | “Iyegova guvohlari” cherkovi rahbari |
13. | A.N. Isaxarov | — | Toshkent shahar yahudiylar diniy jamoasi raisi |
14. | T.S. Klemyonova | — | Toshkent shahar baxoiylar diniy jamoasi vakili |
15. | K.X. Yang | — | Budda ibodatxonasi ruhoniysi |
16. | I.R. Zakirov | — | Toshkent shahar Krishnani anglash jamiyati raisi |
17. | S.V. Ternovoy | — | Oʻzbekiston Bibliya jamiyati prezidenti |
| Kuzatuvchilar | |||
1. | S.S. Safoyev | — | Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari |
2. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator |
3. | G.A. Agzamova | — | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi |
4. | O.F. Tojiyev | — | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi |
5. | Sh.F. Nurullayeva | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari |
6. | M.M. Ikramov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
7. | Q.R.Sariyev | — | Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi |
8. | O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
9. | M.A. Nurmatova | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
10. | F.F. Abduxalikov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori |
11. | K.N. Ishanxodjayev | — | Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi |
12. | M.M. Kamilov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori |
13. | O.K. Ernazarov | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kafedra mudiri |
14. | Sh.Sh. Minovarov | — | Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi boʻlim boshligʻi |