11.08.2025 yildagi 1189-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish hamda mazkur sohada belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xoʻjaligini isloh qilish, ushbu tarmoqqa bozor munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sohaning mustahkam qonunchilik bazasi yaratilganligi, xususan, “Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilinganligi qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishida va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim huquqiy asos boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, shuningdek koʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, yer munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish hamda samaradorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 30-iyulda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi salohiyatidan samarali foydalanish, shu jumladan oziq-ovqat eksportini kengaytirish, bu borada yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish, dala chetida eksportbop mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish, zamonaviy agromajmualar barpo etish, eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida muhim gʻoya va tashabbuslar ilgari surildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga videoselektor yigʻilishida qishloq xoʻjaligida samaradorlikni oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab berildi. Ob-havo va sharoitga moslashib, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga oʻtish zarurligi qayd etilib, eksport boʻyicha yangi zaxira va imkoniyatlar koʻrsatib oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yigʻilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar parlamentning zimmasiga alohida masʼuliyat yuklatib, qishloq xoʻjaligi sohasidagi izchil islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni hamda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yanada kuchaytirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyati davomida saylovchilarga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yetkazish lozim. Tomorqa yer egalari, meva-sabzavot yetishtiruvchilar, issiqxonachilar va eksportchilar bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda ularning takliflarini olishga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish boʻyicha holatni joylardagi dolzarb masalalarni oʻrgangan holda tahlil qilish hamda ularni hal etish choralarini koʻrish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida daromadni oshirish, eksportni ragʻbatlantirish, ilgʻor standartlarni joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada mustahkamlash, bunda sohaga oid qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularning qonuniy yechimini topish dolzarb vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 30-iyulda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 30-iyulda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan fraksiya majlisini oʻtkazish hamda muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari hamda hududlarda oʻtkaziladigan oʻrganishlari davomida saylovchilarga va keng jamoatchilikka qishloq xoʻjaligini har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tegishli tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 30-iyulda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan qoʻmita majlislarini oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni eksport qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasidagi huquqiy boʻshliqlarni aniqlash choralarini koʻrsin, qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan masalalarni qonun darajasiga koʻtarish va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish borasida belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirilish holatini har tomonlama oʻrganib borsin hamda bu boradagi ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat yetishtirish hamda ularning eksportini qoʻllab-quvvatlash sohalariga ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirish va samarali foydalanish holatini tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga doir oʻrganishlar va tahlillar yakunlaridan kelib chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar mutasaddilarining axborotini oʻz majlislarida eshitib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi Chora-tadbirlar rejasining ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati Chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1189-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 11-avgustdagi 1189-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 30-iyulda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini koʻpaytirish masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

Masʼullar

Videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi va uning organlari tomonidan oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 30-iyulda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan masalalarning mazmun-mohiyati hamda ulardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarini oʻtkazish.

Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining mohiyati va ahamiyatiga, oʻtgan besh yil davomida strategiya doirasida amalga oshirilgan ishlarning natijalariga;

videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslar hamda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilashga.

2025-yil 11-avgust

Siyosiy partiyalar fraksiyalari

2.

Videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarga hamda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlarning munosabatini tayyorlash.

Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining dukkakli ekinlarni maxsus kombaynlar bilan yigʻishtirishni tashkil etish uchun Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan bunday texnikalarga 15 foizgacha subsidiya ajratilishi, kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi ham qoplab berilishi boʻyicha taklifiga;

“Agrostar” kompaniyalari uchun “in vitro” laboratoriyalari, saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni oʻz ichiga olgan zamonaviy agromajmualar barpo etish boʻyicha topshiriqlarga;

issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan belgilangan choralarga, ayniqsa, eksportga mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolati berilganligiga;

bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qatʼi nazar, yer soligʻini qishloq xoʻjaligi yerlari stavkasida toʻlashi, 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilishiga;

suv tejovchi texnologiyalar joriy qilishni kengaytirish ishlari uchun 500 mlrd soʻm mablagʻ ajratish, kelasi yil dasturi uchun 2 trln soʻm resurs shakllantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning ahamiyatiga.

2025-yil avgust

Siyosiy partiyalar fraksiyalari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati

3.

Videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitalarining majlislarini oʻtkazish.

Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda qoʻmitalar oldidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish:

qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat yetishtirish va ularni eksport qilish borasida belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holatini oʻrganishga;

oʻrganishlar yakunlaridan kelib chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar mutasaddilarining axborotini qoʻmitalar majlislarida eshitishga;

qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat yetishtirish va ularning eksportini qoʻllab-quvvatlash sohalariga ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi holatini tahlil qilishga.

2025-yil avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilikni yanada mustahkamlashga doir tadbirlar

4.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni eksport qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazish, huquqiy jihatdan tartibga solinmagan, qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan masalalarni qonun darajasiga koʻtarish, huquqiy boʻshliqlarni aniqlash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonunchilikni xatlovdan oʻtkazishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

2025-yil avgust

Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari,

Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi

qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali va unumli foydalanish masalalari;

veterinariya, fitosanitariya holatlari, oʻsimliklar karantini sohasidagi masalalar;

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

sohaga berilgan imtiyozlar, preferensiyalarning oʻz vaqtida ajratilishi hamda ularni oʻzlashtirishdagi muammolar;

qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat eksportini kengaytirish sohalariga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish masalalari;

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

qishloq va suv xoʻjaligi sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy qilish borasidagi ishlarning holati;

Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

qishloq xoʻjaligi sohasida yetishtirilgan mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish hamda standartlashtirish ishlarining ahvoli;

oziq-ovqat mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish masalalari;

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni huquqiy jihatdan himoya qilish, davlat organlari rahbarlarining ular faoliyatiga aralashishiga qarshi chora koʻrish, sudga murojaat etish imkoniyatlariga doir masalalar;

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda tomorqa yer egalarining mehnatga doir huquqlarini himoya qilish sohasidagi masalalar;

Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari;

qishloq xoʻjaligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish sohasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalasi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

5.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini standartlashtirish, texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda eksport qilishdagi muammolarni oʻrganish, tahlil qilish hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

6.

Qishloq xoʻjaligida daromadni oshirish, eksportni ragʻbatlantirish, ilgʻor standartlarni joriy etish boʻyicha mavjud amaliyotlarni oʻrgangan holda qonunchilikka takliflar tayyorlash.

2025-yil oktabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

7.

Respublikamiz iqlimiga mos, issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash masalasini oʻrganish va takliflar tayyorlash.

2025-yil oktabr

“Adolat” SDP fraksiyasi

8.

“Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga takliflar tayyorlash.

2025-yil oktabr

OʻzLiDeP fraksiyasi

9.

Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini oʻrganish, issiqxonachilar bilan muloqot qilish va sohada mavjud muammolarni tahlil qilgan holda takliflar tayyorlash.

2025-yil noyabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

10.

Issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga tushirish masalasini oʻrganish va bu boʻyicha takliflar tayyorlash.

2025-yil noyabr

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish

11.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari hajmini kengaytirish, ushbu yerlardan samarali foydalanilishini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar holatini tahlil qilish.

Tahlillar asosida mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

12.

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziriga “Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish va kanallarni betonlashtirish ishlarining borishi toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish.

2025-yil avgust

OʻzLiDeP fraksiyasi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

13.

Qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan meva-sabzavot va dukkakli ekinlar yetishtirishni yanada rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalardan foydalanish samaradorligini oʻrganish va ushbu yoʻnalishda mavjud muammolarni tahlil qilish.

Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil sentabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

14.

Hududlarda dala chetlaridagi yer maydonlarini oʻzlashtirish hamda ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish borasidagi ishlar holatini oʻrganish.

Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “Dala chetlaridagi yer maydonlarini oʻzlashtirish, ularda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va ishonchli xaridini tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil sentabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “2025-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi uchun ajratilgan mablagʻlar hamda ularning sarflanishi toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil sentabr

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va ularni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini fraksiya va qoʻmitaning qoʻshma majlisida eshitish.

2025-yil sentabr

Ekologik partiya fraksiyasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

17.

Bogʻdorchilik faoliyatini Jizzax viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2025-yil sentabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

18.

Mamlakatimizda issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish, ushbu sohaga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish holatini oʻrganish.

Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash va ularga berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanilishini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

2025-yil oktabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

19.

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasi doirasida joylarda meva-sabzavot yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish va tahlil qilish.

Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.

2025-yil noyabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

20.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga “Meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti infratuzilmalari uchun ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli ishlatilishi toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborish.

2025-yil noyabr

OʻzLiDeP fraksiyasi,

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi,

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining “Hududlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun agrologistika markazlarini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini fraksiya majlisida eshitish.

2025-yil dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

Deputatlarning saylov okruglaridagi uchrashuvlari davomida hamda hududlarda qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasi vakillariga yetkazishga oid targʻibot-tashviqot tadbirlari

22.

Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi faoliyatlari davomida mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini saylovchilarga yetkazish. Bunda:

dala chetiga ekin ekishning huquqiy asoslari takomillashtirilganligi hamda buning aholi daromadlarini koʻpaytirishdagi ahamiyatiga;

joriy yilda qabul qilingan Suv kodeksi hamda “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga;

tomorqa yer egalari, eksportchi, issiqxonachi va meva-sabzavot yetishtiruvchilar bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda ularning takliflarini olishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Deputatlarning saylov okruglariga chiqishlari davomida

Siyosiy partiyalar fraksiyalari

23.

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish va ularda standartlar joriy qilish hamda sertifikat olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish.

Har oyda

Siyosiy partiyalar fraksiyalari

24.

Meva-sabzavot yetishtirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni oʻrganish maqsadida Samarqand viloyatida Oʻzbekiston Fermerlari kengashi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi mutasaddilari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va urugʻchilik tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil 14-avgust

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

25.

Xalqaro sertifikatlash va fitosanitariya talablarini soddalashtirish, bojxona jarayonlarini optimallashtirish, eksportyorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish masalalarini muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish maqsadida Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari, shuningdek eksportchi tadbirkorlik subyektlari bilan muloqot oʻtkazish.

2025-yil avgust

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

26.

“Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligini rivojlantirish va sohani qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslari” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

2025-yil avgust

OʻzLiDeP fraksiyasi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

27.

Meva-sabzavot yetishtiriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, tuproq degradatsiyasining oldini olish, yangi yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash maqsadida Fargʻona viloyatida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi vakillari, shuningdek yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etish.

2025-yil sentabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

28.

“Qishloq xoʻjaligida organik mahsulotlarni yetishtirishning istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2025-yil sentabr

Ekologik partiya fraksiyasi

29.

“Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urugʻ navlarini yaratish orqali qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2025-yil oktabr

OʻzLiDeP fraksiyasi,

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

30.

Tayyor meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, ular uchun transport-logistika xizmatlari xarajatini optimallashtirish, eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash, sohaga doir moliyaviy instrumentlar va soliq maʼmurchiligini takomillashtirish masalalarini muhokama qilish va takliflar tayyorlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Transport vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi vakillari, shuningdek transport-logistika xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil oktabr

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi

Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat va meva-sabzavot yetishtirish hamda ularni eksport qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlarida Qonunchilik palatasining ishtirokini ommaviy axborot vositalarida yoritish

31.

Deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oziq-ovqat va meva-sabzavot yetishtirish hamda ularni eksport qilish borasidagi islohotlar, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash yoʻnalishidagi ishlar haqida chiqishlar qilish.

Doimiy ravishda

Qonunchilik palatasi deputatlari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati

32.

Oziq-ovqat va meva-sabzavot yetishtirish, ularni eksport qilish borasidagi ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasi va uning organlari tomonidan oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari, ularning yakunlari boʻyicha erishilgan natijalarni, sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

Doimiy ravishda

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari,

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati

33.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, meva-sabzavotlarni eksport qilish borasidagi islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, ushbu sohalardagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida koʻrilayotgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar yuzasidan brifing yoki matbuot anjumanlari oʻtkazish.

Har chorakda bir marotaba

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi,

Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi

34.

Oziq-ovqat va meva-sabzavot yetishtirish, ularni eksport qilish borasidagi ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasi va uning organlari tomonidan oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari, ularning yakunlari boʻyicha erishilgan natijalarni, sohaga doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida alohida reja-grafik asosida markaziy bosma ommaviy axborot vositalari, shu jumladan “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi Oʻzbekiston” gazetalarida turkum maqolalar chop etish, shuningdek markaziy teleradiokanallarda (“Oʻzbekiston”, “Oʻzbekiston 24”, “Toshkent”) keng yoritish choralarini koʻrish.

Alohida reja-grafik asosida

Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati