Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari

3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan ASOSIY KO‘RSATKIChLAR VA INDIKATORLAR

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida ustuvor yo‘nalishlar kesimida erishiladigan ASOSIY KO‘RSATKIChLAR VA INDIKATORLAR

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITA” *

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha MUVOFIQLAShTIRUVChI KENGASh TARKIBI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlari parametrlarida qishloq xo‘jaligi xarajatlari tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi hamda unga suv xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda dehqon xo‘jaliklari yerlarini vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini joriy etish hamda belgilangan tartibda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganda tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilar tomonidan dastlabki rad etish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Asos
(2018-y.)

2021-yilga
ma
qsad

2025-yilga
ma
qsad

2030-yilga
ma
qsad

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

1.1

Boshoqli donning o‘rtacha hosildorligini oshirish

43 ts/ga

60 ts/ga

70 ts/ga

75 ts/ga

1.2

Sigirlarning o‘rtacha sut mahsuldorligini oshirish

2 320 kg/ bosh

2 700 kg/ bosh

3 100 kg/ bosh

3 500 kg/ bosh

1.3

Umumiy ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari maydonlari ulushi

7 %

10 %

12 %

15 %

II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

2.1

Qishloq xo‘jaligi korxonalari va birlashmalari sherikligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportdagi ulushi

2 %

15 %

23 %

30 %

2.2

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsuloti brendini joriy etish va targ‘ib qilish

Kam sonli mahsulotlarni qamrab olgan brend

5 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi

20 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi

40 ta qo‘shimcha mahsulot qamrab olinadi

2.3

Jahon bankining global logistika samaradorligi indeksi bo‘yicha O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash (Logistics Performance Index)

99-o‘rin

96-o‘rin

(3 punktga ko‘tarish)

89-o‘rin

(10 punktga ko‘tarish)

79-o‘rin

(20 punktga ko‘tarish)

2.4

Umumiy eksport hajmida qayta ishlangan mahsulotlar ulushining o‘sishi

25 %

30 %

35 %

40 %

2.5

Oziq-ovqat va yengil sanoatdagi ishchilarning ulushi (qishloq xo‘jaligidagi ishchilarning umumiy soniga nisbatan foizda)

6 %

10 %

15 %

20 %

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

3.1

Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligida biznesni rivojlantirishda ko‘maklashish” (Enabling the Business of Agriculture) indeksi bo‘yicha reytingni ko‘tarish

Reyting yuritilmaydi

Reyting o‘rnatish

Reytingni 5 ta punktga oshirish

Reytingni 10 ta punktga oshirish

3.2.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat biznesiga jalb etilgan investitsiyalarning umumiy hajmining o‘sishi

650 mln AQSh doll.

20 %

40 %

80 %

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

4.1

Davlat xaridi uchun mahsulot yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni

2,5 mln ga

0,9 mln ga

yo‘q

yo‘q

4.2

Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni qo‘llaydigan hamda xalqaro sifat menedjmenti tizimini joriy etgan fermer xo‘jaliklari soni oshishi

2 %

5 %

10 %

20 %

4.3.

Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni kengayishi

1,7 %

10 %

20 %

32 %

4.4

Kuchli sho‘rlangan yerlarning ulushini kamaytirish

45 %

43 %

41 %

37 %

4.5

O‘rmon bilan qoplangan maydonlarni kengaytirish

3,2 mln ga

20 %

25 %

30 %

4.6

Yong‘oqmevalilar (pista, yong‘oq, bodom) maydonini kengaytirish

11 634 ga

10 %

15 %

18 %

V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

5.1

Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish

Tarmoqni muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish:

idoralararo

davlat-xususiy

davlatlar va rivojlanish bo‘yicha sheriklar

Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish
va baholash tizimlari yordamida)

Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish
va baholash tizimlari yordamida)

Agrosanoat majmuining holati to‘g‘risida yillik hisobotni nashr etish (nazorat qilish
va baholash tizimlari yordamida)

5.2

Tarmoqda davlat boshqaruvi tuzilmalarining funksional taxlilini o‘tkazish

Qishloq xo‘jaligi;

veterinariya;

fitosanitariya;
ozi
q-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; suv xo‘jaligi bo‘yicha funksional tahlillar amalga oshiriladi

Hududiy va tuman darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tu�ilmalarning funksional tahlillari amalga oshiriladi

Tegishli idoraviy organlarning funksional tahlillari yakunlanadi

5.3

Tarmoqning institutsional islohot rejalarini tasdiqlash va amalga oshirish

-

Qishloq xo‘jaligi;

veterinariya; fitosanitariya;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, suv xo‘jaligi bo‘yicha institutsional islohotlar rejalari �asdiqlanadi va amalga oshirish boshlanadi

Institutsional islohotlar rejalari tasdiqlanadi hamda hududlar va tumanlar darajasidagi barcha tegishli boshqaruv tuzilmalarida amalga oshiriladi

Institutsional
islohotlar rejalari tasdiqlanadi
va barcha tegishli idoraviy tashkilotlarda amalga oshiriladi

5.4

Davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini qabul qilish

Qabul qilinmagan

Veterinariya xizmati;

fitosanitariya xizmati;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligixizmati;

maslahat xizmati;

irrigatsiya xizmati bo‘yicha strategiyalar qabul qilinadi va amalga oshirish boshlanadi

Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish

Davlat xizmatlarini takomillashtirish strategiyalarini amalga oshirishni monitoring qilish va baholash bo‘yicha hisobotlarni muntazam ravishda nashr etish

5.5

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat korxonalarini xususiylashtirish

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi davlat korxonalarini audit qilish

Xususiylashtirish rejasi tasdiqlanadi hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat korxonalaridagi davlat ulushini hususiylashtirish boshlanadi

Xususiylashtirish rej�sining kamida
50% bajariladi

Xususiylashtirish rejasi to‘liq amalga oshiriladi

VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish

6.1

Irrigatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i xizmatlariga davlat budjeti xarajatlarini oshirish

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning
20 %

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 30 %

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumiy xarajatlarning 35 %

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi umumi� xarajatlarning 40 %

6.2

Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlari uchun davlat budjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish (yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotiga nisbatan foiz hisobida)

0,02 %

0,05 %

0,5 %

1 %

6.3

O‘rta muddatli budjetni rejalashtirish tizimini joriy etish

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan budjet ishlab chiqildi
va tasdiqlandi

2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan budjet amalga oshiriladi

2022 — 2024-yillarga va

2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan budjetlar amalga oshiriladi

2028 — 2030-yillarga mo‘ljallangan budjet amalga oshiriladi

VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

7.1

Qishloq xo‘jaligida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashni muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli tizimini joriy etish

Ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning
2019 — 2021-yyillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli budjeti tasdiqlanadi va amalga oshiriladi

Kelgusi uch yillik
davr uchun
ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli budjeti ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi

Kelgusi uch yillik davr uchunilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishning o‘rta muddatli budjeti ishlab chiqiladi
va tasdiqlanadi

7.2

Agrobiznes sohalarida band bo‘lgan o‘quv yurtlari bitiruvchilari sonining o‘sishi

2 180 nafar

10 %

30 %

50 %

7.3

Maslahat va qo‘shimcha xizmatlardan foydalana oladigan fermyerlar sonining o‘sishi

51,1 ming nafar

10 %

35 %

50 %

7.4

Bilim tarqatish va axborot-maslahatmarkazlari xizmatlaridanqanoatlantirilgan fermyerlar sonining o‘sishi

41,1 ming nafar

20 %

40 %

80 %

VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish

8.1

Qishloq joylarda kichik ishlab chiqaruvchilar (mikrofirmalar) umumiy sonining o‘sishi

129 221

10 %

20 %

30 %

8.2

Qishloq joylarda ayollar tomonidan boshqariladigan ishlab chiqaruvchilar sonining o‘sishi

5 648 ta

10 %

20 %

30 %

8.3

Qishloq joylarda yoshlar tomonidan boshqariladigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonining o‘sishi

11 543

10 %

20 %

30 %

IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish

9.1

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi statistikasidan foydalanish imkoniyati
va ishonchliligini oshirish

To‘liq emas/

ishonchsiz

Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat sohasi statistikasini
har yili chop etish

Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat sohasi statistikasini
har yili chop etish

Ma’lumotlarni to‘plashning yangi tizimlari asosida qishloq xo‘jaligi
va oziq-ovqat sohasi statistikasini
har yili chop etish

9.2

Narxlar va tendensiyalar to‘g‘risida bozor ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish

Doimiy bo‘lmagan / to‘liq emas

Haftalik bozor ma’lumotlari
chop etiladi.

Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari

Haftalik bozor ma’lumotlari chop etiladi.

Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari

Haftalik bozor ma’lumotlari chop etiladi.

Bozor tendensiyalarining oylik va yillik ma’lumotlari

9.3

Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish

Doimiy bo‘lmagan / to‘liq emas

Fermer xo‘jaliklari maqsadli o‘rganiladi, yalpi daromadi haqidagi ma’lumot chop etiladi

Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligining yillik ko‘rsatkichlari chop etiladi

Fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligining yillik ko‘rsatkichlari
chop etiladi

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

1.

Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish natijalarini doimiy monitoringini olib borish.

Doimiy ravishda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini baholash hamda qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida iste’mol va daromadlarni o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish.

2021-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

Sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish.

2021-yil I chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

4.

Qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

5.

Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.

2022-yil IV chorak

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

6.

Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etilishiga ko‘maklashish.

Doimiy ravishda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

7.

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari uchun qisqa muddatli, shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda joylarga yetkazilishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Etakchi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

Bunda:

yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar o‘tkazish va savdo kelishuvlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari marketingi va tashish xarajatlarini kamaytirish;

mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foy�alanish imkoniyatlarini baholash;

milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

9.

Eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish.

Doimiy ravishda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

10.

Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan organik mahsulotlarni nazarda tutgan holda ichki va xalqaro bozorlarga meva-sabzavotchilik hamda chorvachilik mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra (dastlab ko‘p yillik ma’lumotlar va bozor tendensiyalari tahlili asosida eksport qilinuvchi asosiy 10 — 15 ta mahsulot turiga nisbatan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

11.

Mavjud infratuzilmani tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi hamda sifatini nazorat qilish tizimini tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish.

2021-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

12.

Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, ichki bozorlarni modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish.

2021-yil III chorak

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

Hududlarning xususiyatlari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo to‘plangan joylarni hisobga olgan holda rivojlanishni cheklovchi omillarni batafsil baholash asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish.

2021-yil II chorak

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi

14.

Barcha tarmoqlarda klastyerlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klastyerlari faoliyatini baholash.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ

15.

Muhim eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Bunda qarorlar qabul qilishda ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchi korxonalarga ko‘maklashish maqsadida mahsulotlar narxlari to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam ravishda nashr qilib borish nazarda tutiladi.

2021-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

16.

Qo‘shimcha qiymat zanjirlarini shakllantirishga qaratilgan qishloq joylardagi startap-tashabbuslar hamda ishlab chiqaruvchilar birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar va imtiyozli kreditlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun tajriba sinov tariqasida investitsion dasturlarni amalga oshirish.

2021-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

17.

Ikkilamchi ijara va ijara huquqini berish imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga o‘zgartirish kiritish.

2022-yil I chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

18.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali genetik modifikatsiyalangan ekinlar va o‘simliklar navlarini sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil qilish.

2022-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

19.

Agrologistika markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimini (auksion va birja savdolari asosida) joriy etishda ko‘maklashish.

2022-yil I chorak

Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

20.

Urug‘chilik va meva-sabzavotchilik bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash.

2022-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

21.

Xarajatlarni minimallashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida savdo infratuzilmasi, agrologistika markazlari, oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalari, sanitariya va fitosanitariya tizimi, zarur uskunalar hamda inventarlar uchun investitsiyalarni jalb qilishni yanada rag‘batlantirish.

2025-yil IV chorak

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

22.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining xususiy investitsiyalar va imtiyozli kreditlarga bo‘lgan talabini baholash natijalari asosida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini maqsadli jalb etilishini ta’minlash maqsadida investitsiyaviy dasturlarni ishlab chiqish.

2021-yil IV chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

23.

Agrosanoat majmuida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

24.

Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi nostrategik davlat korxonalarini xususiylashtirish yo‘li orqali moddiy-texnika resurslari bozorida raqobatni kuchaytirish. Bunda, quyidagilar:

davlat kredit mablag‘lari hisobiga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish amaliyotidan voz kechish;

agrosanoat majmui subyektlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish uchun standartlashtirilgan bo‘nak shartnomalarini tajriba sifatida joriy etish nazarda tutilsin.

2021yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

25.

Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan faqatgina tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini subsidiya qilish tizimiga o‘tish.

2021-yil III chorak

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

26.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensifikatsiya qilishni rag‘batlantiruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash tizimiga to‘liq o‘tilishini ta’minlash.

2022-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

27.

Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish amaliyotidan voz kechish.

2023-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

28.

Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

29.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;

yerdan foydalanish huquqini himoya qilishning dastak va mexanizmlarini belgilab beradigan mavjud barcha normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;

GAEP standarti va boshqa tegishli me’yorlar asosida yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini bekor qilish;

yer uchastkalari ijarasida dastlabki rad etish huquqini kiritish.

2021-yil I chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

30.

Yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilib bori�.

Doimiy ravishda

Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

31.

Yer qiymatini baholashda bozor mexanizmlarini joriy etishni inobatga olgan holda kreditlar va qarz olishda yer uchastkalarining ijara huquqini garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini soddalashtirish.

2020-yil IV chorak

Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

32.

Fermyerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni integratsiyalash dasturini tajriba tariqasida amalga oshirish.

2021-yil I chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi

33.

Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida sug‘orish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish hamda tajriba sinov tariqasida joriy etish.

2021-yil I chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

34.

Suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil II chorak

Suv xo‘jaligi vazirligi

35.

Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) joriy etish natijalarini monitoring qilib borish.

Doimiy ravishda

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

36.

Ilmiy-tadqiqot sohasidagi ustuvor vazifalarga mos ravishda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan kelgusida yerdan foydalanish rejalarini aniqlash uchun baholash ishlarini olib borish asosida ularning yer uchastkalarini maqbullashtirish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

37.

Biologik xavfsizlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslar, pestitsidlar va kimyoviy vositalardan foydalanishni nazorat qilish borasida institutsional salohiyatni mustahkamlash.

2022-yil I chorak

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

38.

Ekotizim va biotoplarning holatiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ta’sirini monitoring qilish uchun Maqbul qishloq xo‘jalik va ekologik amaliyot (GAEP) asosida minimal ekologik standartlar va talablarni ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil II chorak

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

39.

Smart texnologiyalaridan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalanish orqali suv xo‘jaligi tashkilotlarining suvni yetkazib berish va uni suv iste’molchilari (suvdan foydalanuvchilar) o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmati uchun samarali to‘lov tizimini joriy etish.

2022-yil IV chorak

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya”

40.

Yerdan foydalanish huquqining samarasiz foydalanuvchilardan erkin o‘tishini ta’minlash uchun ikkilamchi bozorni tashkil etish.

2023-yil II chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

41.

Davlat siyosati tadbirlarining samaradorligini oshirish va yerga egalik huquqiga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomi�lashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr tizimini rivojlantirish, yer resurslarini boshqarish sohasidagi muassasalarning imkoniyatlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya dasturini ishlab chiqish.

2023-yil I chorak

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

42.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozoridagi o‘zgarishlar hamda tarmoqni isloh qilish va erishilgan natijalar bo‘yicha ma’lumotlarni, davlat xizmatlarini onlayn shaklida taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

43.

Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish, unda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, agrobiznes menejmenti va marketingi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda boshqa shu kabi ustuvor yo‘nalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirilishini nazarda tutish.

2021-yil IV chorak

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

44.

Quyidagi yo‘nalishlarda davlat xizmatlarini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalarini ishlab chiqish:

veterinariya, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilikni rivojlantirish;

fitosanitar nazorat va o‘simliklarni himoya qilish xizmatlari;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmatlari;

qishloq xo‘jaligi va agrobiznes sohasida axborot xizmatlari hamda amaliy tadqiqotlar olib borish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;

qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish xizmatlari.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

45.

Tarmoqda muhim qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish sohasida xususiy sektor yordamida autsorsing amaliyotini joriy etish va samarali davlat-xususiy sheriklik modelini rivojlantirish.

2025-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish

46.

O‘rta muddatli budjet dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida xalqaro texnik ko‘mak mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha dasturlarni joriy etish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

47.

Qishloq xo‘jaligi sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil III chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

48.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilma va ichki xo‘jalik xizmatlari hamda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirishga qaratilgan imtiyozli kreditlardan boshlab qo‘llab-quvvatlashning kompleks choralarigacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiq�ruvchilarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash dastaklari nomenklaturasini kengaytirish.

2021-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

49.

Respublika, hududiy va mahalliy miqyosida fermer xo‘jaliklari, agrobiznes uchun bilimlarni tarqatish bilan shug‘ullanadigan axborot-maslahat xizmatlarini rivojlantirish. Bunda kuyidagilarni nazarda tutish:

agrar tadbirkorlik subyektlari uchun joriy maslahat xizmatlarini baholash va normativ-huquqiy bazani tahlil qilish;

moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tadqiqotlar natijalarini yetkazish va innovatsiyalarni joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.

2021-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

50.

Mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini joriy etish.

2021-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

VIII. Qishloq hududlarini rivojlantirish

51.

“2020 — 2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Konsepsiyasini” ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini monitoringini olib borish.

2020-yil I chorak

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

IX. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish

52.

Yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma’lumot va axborotlar katalogini chop etish.

Har yili

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

53.

Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, taqqoslash va chop etish.

Har yili

Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

54.

Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur ma’lumotlarni qamrab olgan fermer xo‘jaligini yuritish ma’lumotnomasini (spravochnik) chop etish.

Har ikki yildabir marotaba

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

55.

Sohada amalga oshirilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini o‘zida qamrab olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Agriculture annual report) chop etish.

Har yili

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

56.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida milliy tizim va xizmatlarni rivojlantirish uchun ma’lumotlar almashinuvi platformalarida hamda xalqaro forumlarda faol ishtirok etish.

Doimiy ravishda

Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

57.

Strategiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarini keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Muvofiqlashtiru�chi kengash

58.

Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni (Agriculture census) o‘tkazish.

2023-yil I chorak

Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

59.

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimini joriy etish.

2025-yil III chorak

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)

Xarajatlar yo‘nalishlari

2018-yilda umumiy qishloq xo‘jaligi sohasiga ajratilgan mablag‘larga nisbatan foiz hisobida

Xarajatlar tarkibini diversifikatsiya qilishning maqsadli yo‘nalishlari

Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuziladigan intervension zaxira

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

Paxta xomashyosi yetishtiruvchilari uchun foiz stavkasini subsidiyalash

9,2 %

Bosqichma-bosqich qisqartirish

G‘alla yetishtiruvchilar uchun foiz stavkasini subsidiyalash

1,9 %

Bosqichma-bosqich qisqartirish

Urug‘liklar yetishtirish va sifatini nazorat qilish dasturi

0,1 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Chorvachilikni rivojlantirish dasturi

0,1 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Baliqchilikni rivojlantirish dasturi

0,1 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash dasturi

5,4 %

Bosqichma-bosqich qisqartirish

Bog‘dorchilikni rivojlantirish dasturi

0 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Agrologistika xizmatlarini rivojlantirish dasturi

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Qishloq xo‘jaligi kooperativlari va birlashmalarining boshqa shakllarini rivojlantirish

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Davlat-xususiy sheriklik rivojlantirish dasturi

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

Unumdorligi past yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash

1,4 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotlar

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

O‘rmon xo‘jaligini boshqarish va himoya qilish

1 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Sug‘orish tizimlaridagi kapital xarajatlari

10,5 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Sug‘orish tizimlarini tiklash uchun kapital qo‘yilmalar

7,8 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Irrigatsiya tizimlarini boshqarish va ulardan foydalanish

17,5 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Sug‘orishda elektr energiya xarajatlari

23 %

Bosqichma-bosqich qisqartirish

Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish

Inspeksiya xizmatlari (qishloq xo‘jaligi, veterinariya, fitosanitariya nazorati, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi)

0,2 %

Bosqichma-bosqich oshirish

O‘simliklar himoyasi xizmati

0,3 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Veterinariya xizmati va hayvonlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmati

3,9 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi xizmati

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Tabiiy ofatlar tavakkalchiliklarini boshqarish

1 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va ishlanmalari

0,5 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Qishloq xo‘jaligi ta’limi

5,9 %

Bosqichma-bosqich oshirish

Qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish va maslahat xizmatlari

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Qishloq hududlarini rivojlantirish

Qishloq hududlarini rivojlantirish dasturi

0 %

Xarajatl�rning yangi yo‘nalishi

Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish

Bozor ma’lumotlari va statistikasi tizimi

0 %

Xarajatlarning yangi yo‘nalishi

Boshqa xarajatlar

10,2 %

Bosqichma-bosqich qisqartirish


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi