10.09.2025 yildagi PF-163-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda joriy yilning 30-iyun kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq yoshlar bilan ishlash tizimi, jumladan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish orqali ular ongiga turli salbiy taʼsir koʻrsatuvchi gʻoyaviy tahdidlarga mahalla darajasida qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yoshlarga oid maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va doimiy ravishda yangilab borish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoshlarning ijtimoiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishga jalb etiladigan mehnat resurslari samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yoshlar bilan ishlash tizimining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umummilliy rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlar salohiyatidan unumli foydalanish mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ulkan maqsadlar, samarali mehnat, oqilona turmush” gʻoyasi asosida yoshlarda ulkan marralarni zabt etishda oʻziga boʻlgan ishonch va iroda shakllantiriladi, bilim va intizom bilan mehnat qilish koʻnikmalari kuchaytiriladi, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oʻz axloqi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlish kabi hayotiy qadriyatlar ommalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan asosiy vazifalarga bogʻliq boʻlmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi yoshlar yetakchilari vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilmasligini qatʼiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mahalla yettiligi” va taʼlim muassasalari oʻrtasida yoshlar, jumladan, umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi hamkorlik qilish tizimi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari har oyda sinf rahbari va maktab psixologi hamkorligida xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilar hamda bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida qoʻshimcha fanlar, xorijiy tillar va kasblarni oʻrganish, sport turlari bilan shugʻullanish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirgan oʻquvchilarni aniqlaydi. Ushbu oʻquvchilarning roʻyxati shakllantirilib, belgilangan tartibda yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlar yetakchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida bitiruvchi sinf oʻquvchilarining fan, xorijiy tillar, sport turlari bilan shugʻullanishiga va kasblarni oʻrganish istagi boʻlgan oʻquvchilarning “Kelajak” markazlari hamda xususiy oʻquv markazlarida tahsil olishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilar uchun ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda individual rivojlanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda oʻquvchilar uchun ustozlik tizimini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilarni davlat va nodavlat taʼlim muassasalaridagi toʻgaraklarga yoʻnaltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) hokim yordamchilari mehnat faoliyatini olib borish istagi boʻlgan maktab oʻquvchilarini tegishli mahalla hududida joylashgan korxonalarga yoʻnaltirib, ularning kasb oʻrganishiga va kelgusida ishga joylashishiga, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur vositalar bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalla raislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan doimiy muloqot oʻrnatadi hamda ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ota-onalarga farzand tarbiyasi, maʼnaviy-axloqiy qoʻllab-quvvatlash va xulq-atvordagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yoshlar bilan doimiy muloqot oʻtkazib, ularning kasbiy qiziqishini oʻrganadi, mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borish jarayonida ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) ishsiz yoshlarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda mahalladagi tajribali tadbirkorlarga kasb-hunar oʻrganish uchun yoʻnaltiradi, kasbiy oʻsishini kuzatib boradi hamda oʻzining mustaqil tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yoshlarning fanlarni oʻrganishi, axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha tashabbuslar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar boʻyicha xarajatlar zarur hollarda belgilangan tartibda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash jarayonini raqamlashtirish darajasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar ishlari agentligi 2026-yil 1-fevralga qadar “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalari negizida quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar yagona elektron platformasi) yaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, taʼlim olishiga oid maʼlumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini baholash va uning natijalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yoshlarning qiziqishlarini aniqlash boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yoshlarga oid mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha amalga oshirilgan soʻrovlarning raqamli izlarini saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar yagona elektron platformasi buyurtmachisi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonning 1-ilovasiga muvofiq, vazirlik va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tegishli axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan bir oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasi orqali integratsiya qilishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uch oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasiga oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish uchun tegishli infratuzilma yaratish hamda raqamlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib borsin va zarur texnik choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali uzatiladigan maʼlumotlar ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan muddatlarda yangilab borilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar boʻyicha arizalarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qaror qabul qilish bilan bogʻliq barcha maʼmuriy tartib-taomillar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar ishlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonning 7-bandidan kelib chiqib, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yoshlar yetakchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini mazkur Farmonning 3-bandida koʻrsatilgan asosiy vazifalar asosida qayta koʻrib chiqib, ular faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash inson omilisiz avtomatik tarzda Yoshlar yagona elektron platformasida amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikki oy muddatda Yoshlar yagona elektron platformasidan foydalanuvchi hududiy, tuman (shahar) boʻlinmalari, yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi boshqa tuzilmalarning shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish hajmlari va chegaralarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2026-yildan boshlab har yili Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani eʼlon qilish amaliyoti joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Yoshlar ishlari agentligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoshlarga oid davlat siyosati boʻyicha sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish dasturi va baholash metodologiyasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani tayyorlash uchun zarur statistik maʼlumotlarni olish hamda sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi toʻgʻrisida milliy maʼruza har yili 30-iyun — Yoshlar kuni arafasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2026-yil 1-yanvarga qadar Yoshlar ishlari agentligi tizimida topshiriqlarni respublikadan mahallagacha yetkazish va nazorat qilish boʻyicha elektron hujjat aylanish tizimi joriy etilsin hamda ish yuritish tartibi toʻliq raqamlashtirilgan holda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan elektron tizimlarning oʻz muddatida va sifatli ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Farmonning 5 va 9-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Farmon ijrosi uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-163-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning Yoshlar yagona elektron platformasiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar toʻgʻrisida uzatiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumot nomi

Maʼlumotlarni taqdim etadigan tashkilotlar

Maʼlumotlarni yangilash davriyligi

1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

2.

Jinsi

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

3.

Manzil maʼlumotlari (mahallalar kesimida)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

4.

Doimiy roʻyxatdan oʻtganlik holati (mahallalar kesimida)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

5.

Vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik holati (mahallalar kesimida)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

6.

Pasport seriyasi, tugʻilganlik guvohnomasi raqami, ID karta raqami

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

7.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

8.

Jazoni ijro etish muassasasida boʻlib turganlik holati**

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

9.

Probatsiya nazoratida turganlik holati

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

10.

Profilaktik hisobda turganlik holati

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

11.

Xorijga uzoq muddatga ketganligi va qaytganlik toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

12.

Xorijga 3 oydan ortiq muddatga ketish sababi (taʼlim, davolanish, ishlash va boshqa)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

13.

Shaxs 3 oydan ortiq muddatga ketgan xorijiy davlati toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

14.

Xorijga uzoq muddatga ketganda migratsiyada boʻlib turgan muddati (3 oy — 1 yil, 1 — 3 yil, 3 yildan koʻp)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

15.

Jabrlanuvchi sifatida himoya orderini olganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

16.

Himoya orderi unga nisbatan berilgan hamda tuzatish dasturidan oʻtayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

17.

Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun, aholi sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun, boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holati***

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

18.

Jinoiy javobgarlikka tortilganlik holati**

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

19.

Haydovchilik guvohnomasini olganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

20.

Olingan haydovchilik guvohnomasining toifasi (A, B, S, D, E)

Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

 

21.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Doimiy

 

22.

Oʻquvchi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasining mulkchilik shakli (davlat, nodavlat)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Doimiy

 

23.

Oʻquvchi tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi nomi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Doimiy

 

24.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan bosqich (sinfi)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Doimiy

 

25.

Joriy oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Har yili may-iyun oylarida

 

26.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumot

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Doimiy

 

27.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Har yili may-iyun oylarida

 

28.

Davlat kasbiy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

29.

Xususiy kasbiy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

30.

Kasbiy taʼlim muassasasining turi (kollej, texnikum, kasb-hunar maktabi)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

31.

Oʻquvchi tahsil olayotgan kasbiy taʼlim muassasasining nomi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

32.

Kasbiy taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan mutaxassislik nomi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

33.

Kasbiy taʼlim muassasasida oʻquvchi tahsil olayotgan bosqich (kursi)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

34.

Joriy oʻquv yilida kasbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Har yili iyun-iyul oylarida

 

35.

Joriy oʻquv yilida kasbiy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan oʻquvchining oʻrtacha reyting bali

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

36.

Kasbiy taʼlim muassasasida muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

37.

Kasbiy taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

38.

Davlat oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

39.

Nodavlat oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

40.

Xorijiy oliy taʼlim muassasasi filialida taʼlim olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

41.

Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan bosqich (bakalavriat, magistratura)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

42.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olayotgan taʼlim turi (doktorantura, tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

43.

Talaba tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining nomi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

44.

Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

45.

Oliy taʼlim muassasasida talaba tahsil olayotgan kursi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

46.

Joriy oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Har yili iyun-iyul oylarida

 

47.

Joriy oʻquv yilida oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabaning oʻrtacha reyting bali

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

48.

Oliy taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisida maʼlumot (tugallangan, tugallanmagan)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

49.

Oliy taʼlim muassasasidan chetlatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

50.

Oliy taʼlim muassasasida akademik taʼtilga chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

 

51.

Oʻzini oʻzi band qilganligi toʻgʻrisida maʼlumot (faoliyat turi, toʻlangan ijtimoiy soliqlar miqdori va davri)

Soliq qoʻmitasi

Har oyning 5-sanasiga qadar

(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan)

 

52.

Taʼsischisi (ishtirokchisi) oʻttiz yoshdan oshmagan shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi)

Soliq qoʻmitasi

Har oyning 5-sanasiga qadar

(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan)

 

53.

Ustav fondidagi ulushning kamida 30 foizi oʻttiz yoshdan oshmagan shaxsga tegishli boʻlgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi, faoliyat yuritayotgan davri, faoliyatni toʻxtatganlik (nol koʻrsatkichli hisobot topshirish) holati va sanasi, faoliyatini tugatish jarayonida ekanligi)

Soliq qoʻmitasi

Har oyning 5-sanasiga qadar

(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan)

 

54.

Yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi va dehqon xoʻjaliklari (yuridik shaxs sifatida tashkil etilmagan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi, faoliyat turi, xodimlar soni, toʻlangan soliqlar miqdori va turi, qoʻllangan moliyaviy jarimalar soni va miqdori, oʻtkazilgan soliq tekshiruvlari soni va turi, faoliyat yuritayotgan davri, faoliyatni toʻxtatganlik holati va sanasi, faoliyatini tugatish jarayonida ekanligi)

Soliq qoʻmitasi

Doimiy

 

55.

Rasmiy band ekanligi (soliq hisobotlarida xodim sifatida qayd etilganligi) toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq qoʻmitasi

Doimiy

 

56.

Taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi shkalasi

Soliq qoʻmitasi

Har oyning 5-sanasiga qadar

(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan)

 

57.

Taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlgan tadbirkorlik subyektining, yakka tartibdagi tadbirkorning soliq organlarida kartotekasi mavjudligi

Soliq qoʻmitasi

Har oyning 5-sanasiga qadar

(shuningdek, zaruratga koʻra Yoshlar ishlari agentligi soʻroviga asosan)

 

58.

Koʻchmas mulk obyektlari garovga qoʻyilganligi, ularni begonalashtirish taqiqlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Kadastr agentligi

Doimiy

 

59.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Kadastr agentligi

Doimiy

 

60.

Tugʻilgan sanasi toʻgʻrisida maʼlumot

Adliya vazirligi

Doimiy

 

61.

FHDYga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan yoshlar (oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar) toʻgʻrisida maʼlumot**

Adliya vazirligi

Doimiy

 

62.

FHDYga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan shaxslarning oʻttiz yoshdan oshmagan farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot**

Adliya vazirligi

Doimiy

 

63.

Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan shaxslarning oʻttiz yoshdan oshmagan farzandlari toʻgʻrisida maʼlumot**

Adliya vazirligi

Doimiy

 

64.

Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan yoshlar (oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar) toʻgʻrisida maʼlumot**

Oliy sud

Doimiy

 

65.

Sudga nikohni bekor qilish uchun ariza taqdim etgan oʻttiz yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot**

Oliy sud

Doimiy

 

66.

Xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikat olganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Bilim va malakalarni baholash agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

67.

Nogironligi toʻgʻrisida maʼlumot (1, 2, 3-guruh)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Doimiy

 

68.

Umumiy oʻrta taʼlimni uyda yakka tartibda olish holati toʻgʻrisida maʼlumot

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Doimiy

 

69.

Nogironligi boʻlgan farzandlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

Doimiy

 

70.

Ishsiz sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Doimiy

 

71.

Ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Doimiy

 

72.

Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turganligi toʻgʻrisida maʼlumot**

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Doimiy

 

73.

Sportga qiziqishi boʻyicha (“Besh tashabbus olimpiadasi” platformasi) roʻyxatga olinganligi va roʻyxatga olingan sport turi

Sport vazirligi

Doimiy

 

74.

Doimiy sport bilan shugʻullanishi toʻgʻrisida maʼlumot (jumladan, sportchi sifatida olgan razryadlari)

Sport vazirligi

Doimiy

 

75.

Avtomatlashtirilgan skoring tizimi maʼlumotlari

Markaziy bank

Doimiy

 

76.

Fan va taʼlimga oid platformalarning (“Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI” va “Qizlar academy” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

77.

IT va zamonaviy kasblarga oid platformalarning (“Ustoz AI” va “Qizlar academy” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

78.

Kitobxonlik va intellektual oʻyinlarga oid platformalarning (“UzChess” va “Mutolaa” mobil ilovalari) faol foydalanuvchisi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

79.

Volontyor sifatida hisobga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot (mahalla kesimida)

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

80.

Volontyorlik tadbirlarida ishtirok etgan soatlari toʻgʻrisida maʼlumot

Yoshlar ishlari agentligi

Doimiy

 

81.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushum va xarajatlari (jumladan, koʻrsatilgan ijtimoiy yordamning miqdori) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Doimiy

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Yoshlar yagona elektron platformasi” ATga integratsiya qilishda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari hajmi, shakli va ularni berish tartibi oʻzaro kelishuvlarga asosan amalga oshiriladi hamda Yoshlar ishlari agentligi zaruratga koʻra ushbu roʻyxatda nazarda tutilmagan boshqa turdagi maʼlumotlarni platformaga integratsiya qilish orqali tegishli vazirlik va idoralardan olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu maʼlumotlardan oʻrnatilgan tartibga muvofiq egasizlantirish sharti bilan statistik va tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Maʼmuriy huquqbuzarliklarning aniq turlari Yoshlar ishlari agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmoniga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Yetakchilarni ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi oʻrinlarda — Yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Komissiya raisi

2.

J.T. Joʻrayev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

O.M. Kozixonova

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

5.

Sh.B. Joldasova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi

6.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

7.

S.B. Abdullayev

Prezident Administratsiyasining shoʻba mudiri

8.

F.S. Qosimov

Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti rahbari

9.

E.G. Karimova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

10.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

11.

A.I. Ikramov

sport vaziri

12.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

13.

Sh.J. Toʻxtaboyev

Bosh prokuror oʻrinbosari

14.

S.D. Mamayusupov

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari

15.

H.A. Karshiyev

mudofaa vaziri oʻrinbosari

16.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

17.

R.O. Karimjonov

raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari

18.

S.S. Boboqulov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

19.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

20.

Sh.M. Rabiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

21.

N.B. Kadirov

favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari

22.

M.A. Safarov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari

23.

S.S. Sayidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

24.

O.A. Xasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

25.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

26.

A.A. Xaitov

Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi

27.

A.M. Muminov

Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari, Komissiya masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/163/0820-son)