29.06.2021 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish, uning mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va sarflash tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda Agentlikka Davlat budjetidan qo‘shimcha ravishda ajratiladigan 100 mlrd so‘m mablag‘larning Jamg‘armaga o‘tkazilishini hamda ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2022-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida Agentlikka yetarli mablag‘lar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning tadbirlarga yo‘naltirilishi belgilangan qismi Jamg‘armaga o‘tkazilishini hamda 2022-yildan boshlab Jamg‘armaga o‘tkaziladigan mablag‘lar hisob-kitobi budjet so‘rovida nazarda tutilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining bino va inshootlari, shuningdek, mol-mulklaridan samarali foydalanish va ularning sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida amaldagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari sonining nisbatini hisoblash me’yorlari Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining yoshlar obyektlari (yoshlar markazlari, yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazish, yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan yopiq majmualar) uchun tatbiq etilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari jamg‘armasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari va tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalari) hamda Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Agentlik orqali ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institut tegishlicha jamg‘armalarga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi (biroq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash uchun to‘lanadigan to‘lovlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarni (bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha) mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan, shuningdek, xorijiy tilni bilish bo‘yicha S1 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratilgan iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan hamda elektron onlayn-auksion savdolari orqali dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun bir yillik kafillik taqdim etish;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-avgustdagi 479-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institutning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari doirasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir xarajatlarni amalga oshirish;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institutning bino va inshootlarini, hududlardagi yoshlar obyektlarini (ta’lim, madaniyat, san’at, sport obyektlari, yoshlar markazlari va boshqalar) qurish, kapital va joriy ta’mirlash hamda inventarlar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa tadbirlar uchun nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalariga ijtimoiy buyurtma ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda band bo‘lmagan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida kasb-hunarga o‘rgatish va ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish tadbirlarini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalaridagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish, shu jumladan, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shug‘ullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar to‘plamlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga o‘qish va imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga muvofiq yoshlarga o‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish;
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘quv bazasi tashkil etish, respublika va xorijiy malakali mutaxassislar jalb qilish hamda ular uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchi yoshlarning ishtirokini tashkil etish bilan bog‘liq (sutkalik, yashash, transport, viza) xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh kadrlarni, shu jumladan Agentlik tizimidagi xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish, ularning stajirovka o‘tashi, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish, Agentlik tizimidagi xodimlarni jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilish;
(6-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institut vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni zamonaviy kasbga o‘rgatish, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va yuritish, xorijda sayyor qabullarni o‘tkazish vaqtida aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini hal qilish bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilarini bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan, shuningdek, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalladagi yoshlar yetakchilarini har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilarini “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab berish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik markaziy apparatining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan, zarur hollarda, hududiy bo‘linmalar va Institutning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun maqsadli mablag‘lar o‘tkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablag‘lar prognozi va amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni o‘tkazishdan kelib chiqqan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Agentlik markaziy apparatida Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg‘arma mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari va amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar Agentlik markaziy apparatida — Agentlik direktori tomonidan, hududiy bo‘linmalarda — hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari tomonidan, Institutda — Institut direktori tomonidan tasdiqlangan hamda tegishli moliya organlaridan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalar va Institut tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ortiq bo‘lgan xarajatlar Agentlik direktori bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, ushbu jamg‘armalarga aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazib berilgan homiylik mablag‘larini sarflash bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik tomonidan, istisno tariqasida, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida mablag‘ ajratishda mablag‘larning 50 foizigacha qismi oldindan avans tariqasida, qolgan qismi esa — avans mablag‘larining o‘zlashtirilishiga qarab ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari (qoldiq mablag‘lar) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institut belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘larining ishlatilishi to‘g‘risida har chorakda tegishli hisobotlarni taqdim etib boradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish yuzasidan javobgarlik Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va Institutga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/400/0616-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son; 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son; 06.08.2024-y., 09/24/479/0579-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)