ILOVA
T/r | Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi nazorat sohasi nomi | Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar | Mazkur omilning yuqori xavf soluvchi omil etib hisoblanishiga asos | Nazorat qiluvchi organ nomi |
1. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli deb topilgan yangi xom ashyo turlari, kimyoviy vositalar, texnologiya uskunalari, jarayonlari hamda asboblari, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, biologik vositalar, oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga hamda dori vositalariga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer materiallar va boshqa materiallar, ulardan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarilganligi, qoʻllanilganligi va realizatsiya qilinganligi. | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (bundan buyon matnda Sanepidqoʻm deb yuritiladi) |
2. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Xoʻjalik va ichimlik suvi taʼminoti uchun qoʻllashga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanilganligi. | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi | |
3. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi | |
4. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi sakkizinchi xatboshisi | |
5. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega xavf vujudga kelganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi oʻninchi xatboshisi | |
6. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasi | Favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi oʻn birinchi xatboshisi |