06.02.2025 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) joriy qilish, uning lozim darajada (dolzarb) va barcha uchun ochiq holatda yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyilishi (sud tartibida va qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish holatlari bundan mustasno) belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi hamda uning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrning namunaviy shakli hamda unda eʼlon qilib boriladigan maʼlumotlarning turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini yangilab borishga doir talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi omillarning xavflilik darajasini hisoblash hamda ularni baholashga oid uslubiyot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning Reyestr talablariga rioya etilishini nazorat qilishiga oid qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar tomonidan Reyestrga inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni kiritish hamda undan chiqarish boʻyicha takliflarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan nazorat qiluvchi organlar ikki oy muddatda tegishliligi boʻyicha Reyestrga kiritiladigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Reyestrga kiritiladigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini faqatgina nazorat qiluvchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan va Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar asosida toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda har tomonlama yordam koʻrsatsin hamda oʻn besh kun muddatda ularning huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni Reyestrga kiritish hamda (yoki) undan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan respublika darajasidagi nazorat qiluvchi organlarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar doimiy ravishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni Reyestrga kiritish yoki oʻz ahamiyatini (dolzarbligini) yoʻqotgan omillarni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takliflar taqdim etib boradi, bunda maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi uchun maʼlumotni kiritayotgan idoralarning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xulosalari majburiy tartibda olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Reyestr lozim darajada (dolzarb) va barcha uchun ochiq holatda yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni ishlab chiqish va ishga tushirish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Reyestr “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida yuritilishi boʻyicha texnik imkoniyatlarning joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra Reyestrning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son qaroriga
1-ILOVA

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni kiritish hamda undan chiqarish idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolatiga ega nazorat qiluvchi organlarning (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar) buyrugʻiga (qaroriga) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning (keyingi oʻrinlarda — Vakil) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining (keyingi oʻrinlarda — Palata) xulosalari olinmagan inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan omillar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar — ushbu Nizomga 2-ilovadagi Xavfni baholash va darajasini hisoblash uslubiyotiga muvofiq yuqori xavf darajasiga ega deb topilgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati (harakatlari yoki harakatsizligi) oqibatida insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiruvchi omillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirlik, idora, ularning tizimidagi boʻlinmalar va boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyestrni yuritishning asosiy maqsadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini noqonuniy toʻxtatish holatlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini taʼminlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat qiluvchi organlarning Reyestrni shakllantirish va yuritish sohasiga oid faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Vakil bilan birgalikda uslubiy taʼminlanadi hamda muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyestrni shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reyestrni shakllantirish va yuritish nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash, ularni qayta koʻrib chiqish va yangilab borish, shuningdek, inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yoʻqotgan omillarni bekor qilish hamda eʼlon qilib borish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiq shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestr quyidagi maʼlumotlardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi nazorat sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni Reyestrga kiritish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar boʻyicha masʼul nazorat qiluvchi organlar nomlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zaruratga koʻra nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻz faoliyat sohasidagi mavjud inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni Reyestrga kiritish yoki Reyestrdan chiqarish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi yuzasidan Vakil va Palataning xulosalari olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi yuzasidan Vakil hamda Palata tomonidan xulosalar ushbu Nizomga 2-ilovadagi Xavfni baholash va darajasini hisoblash uslubiyotiga muvofiq oʻtkazilgan baholash natijalari asosida besh ish kuni ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat qiluvchi organlarning inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni Reyestrga kiritish yoki Reyestrdan chiqarish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vakil hamda Palata bilan kelishilganidan soʻng belgilangan tartibda qabul qilinadi hamda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻn besh kun muddatda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarning mazmuni, ularni Reyestrga kiritish va (yoki) Reyestrdan chiqarish zarurati, asosliligi va dolzarbliligini tavsiflovchi maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan nazorat qiluvchi organlar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan Reyestrga kiritilmagan inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillarga koʻra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatib turish taqiqlanadi, sud tartibida va qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar

REYESTRI

T/r

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi nazorat sohasi nomi

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar

(tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatib turishga asos boʻladigan holatlar)

Mazkur omilning yuqori xavf soluvchi omil etib hisoblanishiga asos

(qonunchilik hujjati va boshqalar)

Nazorat qiluvchi organ nomi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfni baholash va darajasini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USLUBIYOTI

1. Ushbu Uslubiyot tadbirkorlik subyektlarining faoliyati (harakatlari yoki harakatsizligi) oqibatida inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf soluvchi omillarning darajasini aniqlash va baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilish darajasi — xavfning qay darajada boshqarilishi, kamaytirilishi mumkinligi yoki xavfning oldi olinishiga qaratilgan choralar koʻrilganligi darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqibatning darajasini baholash — oʻrganilayotgan omil natijasida inson sogʻligʻi va hayotida vujudga keladigan ehtimoliy oqibatlarning darajasini baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsir koʻlami — xavf taʼsiri natijasida jabrlanishi mumkin boʻlgan shaxslar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganilayotgan omil — nazorat qiluvchi organ tomonidan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritish maqsadida taklif qilingan hamda xavf darajasi baholanayotgan omil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash — tadbirkorlik subyektlarining faoliyati (harakatlari yoki harakatsizligi) oqibatida insonlar hayoti va sogʻligʻiga taʼsir etuvchi xavfli hodisaning sodir boʻlish ehtimolining va oqibatlarining jiddiyligini aniqlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimollikni baholash — oʻrganilayotgan omil natijasida xavf tugʻdiruvchi hodisaning sodir boʻlish ehtimolini baholash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi omillar qatʼiy ketma-ketlikda quyidagi bosqichlarda baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — inson hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi omillarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — inson hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi omillarning xavf darajasini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — xavf darajasini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf soluvchi omillarni aniqlash va baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf soluvchi omillarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan ehtimoliy omillar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aniqlangan har bir omil toʻliq tavsiflanishi, uning xavf darajasini baholash imkonini beruvchi barcha zarur maʼlumotlar hamda statistika axboroti koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf soluvchi omillarning xavf darajasini tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Omillarning xavf darajasi quyidagi qadamlarda tahlil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi qadam — oʻrganilayotgan omilning yuzaga kelish ehtimolligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan omilning sodir boʻlish ehtimoli quyidagi 1-jadvalda belgilangan mos mezonga tushirish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-jadval

Ehtimollik darajasi

Tavsif

Baho

Past

Deyarli yuzaga kelmaydi, yuzaga kelish ehtimoli juda past

1

Oʻrta

Maʼlum sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin

2

Yuqori

Yuzaga kelish ehtimoli yuqori

3

Juda yuqori

Yuzaga kelishi aniq (oldini olish imkoni mavjud emas)

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ikkinchi qadam — oʻrganilayotgan omil oqibatining darajasi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan omilning oqibati darajasi quyidagi 2-jadvalda belgilangan mos mezonga tushirish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval

Taʼsir darajasi

Tavsif

Baho

Past

Inson hayoti va sogʻligʻiga taʼsiri juda past (tibbiy aralashuv ehtiyoji mavjud emas)

1

Oʻrta

Qisman tibbiy yordamni talab qiladigan yengil jarohatlar yoki sogʻliqdagi muammolarga sabab boʻladi

2

Yuqori

Tibbiy aralashuvni talab qiladigan jarohatlar yoki kasalliklarga sabab boʻladi

3

Xavfli

Hayot uchun xavf tugʻdiradigan yoki asoratli oqibatlarga olib keladigan ogʻir jarohatlarga, nogironlikka yoki oʻlimga sabab boʻlish ehtimoli mavjud

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) uchinchi qadam — oʻrganilayotgan omilning taʼsir koʻlami baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan omilning taʼsir koʻlami quyidagi 3-jadvalda belgilangan mos mezonga tushirish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-jadval

Taʼsir koʻlami

Tavsif

Baho

Individual

Qamrov doirasi bir kishini tashkil qiladi

1

Tor doirada

Qamrov doirasi 2 — 10 kishidan iborat kichik guruhni tashkil qiladi

2

Oʻrtacha

Qamrov doirasi katta guruhni tashkil qiladi (11 — 50 kishi)

3

Keng

Qamrov doirasi butun tashkilot yoki jamoani tashkil qiladi (51 va undan ortiq kishi)

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) toʻrtinchi qadam — oʻrganilayotgan omil natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavfni nazorat qilish darajasi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganilayotgan omilni nazorat qilish darajasi quyidagi 4-jadvalda belgilangan mos mezonga tushirish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4-jadval

Nazorat qilinish darajasi

Tavsif

Baho

Toʻliq nazorat qilinadi

Xavf standart choralar bilan osonlikcha bartaraf etiladi

4

Nazorat qilish imkonsiz

Xavfni amalda nazorat qilish imkoniyati mavjud emas

0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavf darajasini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrganilayotgan omilning xavf darajasini oʻlchash uchun ushbu Uslubiyotning 4-bandida belgilangan tartibda toʻplangan ballar quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

X = A + B + M - C

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

A — ehtimollik, B — oqibatning darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M — taʼsir koʻlami, C — xavfni nazorat qilish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X — omilning xavf darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Omilning inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavf darajasi formula asosida hisoblab chiqarilgan ballning 5-jadvaldagi mos koʻrsatkichi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5-jadval

Aniqlangan baho

Xavf darajasi

0 — 3

Past

4 — 6

Oʻrta

7 — 12

Yuqori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qiladigan nazorat qiluvchi organlar

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish orqali tartibga solinadigan sohalar

1.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

2.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

3.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

4.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

5.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

6.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar

8.

Transport vazirligi

Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar

Transport nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

9.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

Bojxona qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar

10.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

11.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar

12.

Ichki ishlar vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

13.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar

14.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar

15.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar

16.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/66/0140-son)