28.08.2025 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerosti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash tizimini yanada takomillashtirish va yerosti suvlaridan foydalanuvchilar uchun qulaylik va yengillik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmati koʻrsatilishini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerosti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus isteʼmol qilish uchun burgʻi quduqlarida va buloqlar kaptajida (keyingi oʻrinlarda — suv olish inshootlari) suv sarfini hisoblash vositalarini oʻrnatish hamda ulardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerosti suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini qiyoslovdan oʻtkazish uchun yechib olish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati koʻrsatishni davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat hamda monitoring oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi “Yerosti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-dekabrdagi 685-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandi hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 547-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) yerosti suvlaridan foydalanuvchilar va yerosti suvlari isteʼmolchilari (keyingi oʻrinlarda — suvdan foydalanuvchilar) tomonidan yerosti suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yerosti suv olish inshootlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrogeologiya stansiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasining hududiy gidrogeologiya stansiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma — yerosti suv olish inshootini suv hisoblash vositasi bilan jihozlash roʻyxatga olingani va muhrlanganini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerosti suv olish inshootlari — burgʻi qudugʻi, buloq kaptaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma — davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari — suv hisoblash vositalarini muhrlaydigan vakolatli organ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi oʻzidagi yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar hisobida ikki va undan ortiq yerosti suv olish inshooti mavjud boʻlganda, ularda oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali bir marta murojaat etish orqali soʻrovnomada jami burgʻi quduqlari va buloqlar sonini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatga olinishi va muhrlanishini taʼminlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi (jismoniy shaxslarga shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan miqdorda yerosti suvlarini olish bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yerosti suv olish inshootlaridan suv sarfini hisoblash vositalarisiz foydalanilganda olingan yerosti suvlari hajmi uning limitlaridan, suvni isteʼmol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻrililigini taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovini undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi soʻrovnoma yuborish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomaning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi soʻrovnoma beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa soʻrovnoma beruvchi mustaqil ravishda soʻrovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiradi. Soʻrovnoma avtomatik tarzda gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv hisoblash vositalari har bir quduqning suv chiqarish quvurlari oʻlchamiga muvofiq ravishda ariza beruvchi hisobidan, tegishli servis xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan va malakali mutaxassislarga ega tashkilotlar tomonidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yigʻim uchun toʻlangan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan maxsus hisobraqamiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40,75 foizi — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40,75 foizi — Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39,12 foizi — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39,13 foizi — Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu Reglamentning 11-bandida koʻrsatilgan yigʻimlar toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik, ushbu Reglamentning 10-bandi birinchi va uchinchi xatboshilaridagi talablarni bajarmaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, ariza beruvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan tegishli bildirishnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar oʻn ish kuni davomida keltirilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar ariza berish rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etganda takroran pul undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar bartaraf etilgani haqidagi ariza olingan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlar hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan takroran koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza boʻyicha hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yerosti suv olish inshootlariga suv hisoblash vositalarini oʻrnatish va qiyoslashdan oʻtkazish uchun yechib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab oʻn kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini roʻyxatga oladi va muhrlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda gidrogeologiya stansiyalari suv hisoblash vositalarini roʻyxatga olishda elektron shaklda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzadi va uni maxsus QR-kod orqali rasmiylashtiradi. Soliq inspeksiyalari tomonidan har bir suv olish inshooti kesimida muhrlash yakunlanganidan soʻng, gidrogeologiya stansiyalari tomonidan tuzilgan dalolatnomani muhrlash raqamini qoʻygan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Shundan soʻng dalolatnoma soʻrovnoma yuborilgan davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv hisoblash vositasi ishdan chiqqanda yoki qiyoslashdan oʻtkazish uchun yechib olinganda, quduqdan olingan suv hisobi soʻnggi uch oyning oʻrtacha koʻrsatkichi boʻyicha aniqlanadi va bunday tartib bir oydan ortiq qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv hisoblash vositasini bir oydan ortiq muddatda qayta oʻrnatmaslik suvdan foydalanish qoidalarining buzilishiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchilar toʻrt yillik davriylikda suv hisoblash vositalari borishi lozim. Suv hisoblash vositalari metrologiya xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq qiyoslashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi suv hisoblash vositasini oʻzgartirish, taʼmirlash va/yoki qayta qiyoslashdan oʻtkazish uchun gidrogeologiya stansiyalari va soliq inspeksiyalarini xabardor qilgan holda yechib olganidan soʻng uning qayta oʻrnatilishi roʻyxatga olinishi, muhrlanishi va dalolatnoma tuzilishi ushbu Reglamentning 8 — 17-bandlarida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Suvdan foydalanuvchi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarori bilan tasdiqlangan Yerosti suvlari davlat monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda yillik idoraviy statistik axborot tuzadi va hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar tegishlicha hududiy gidrogeologiya stansiyalariga qogʻoz yoki www.hydrogeology.uz sayti orqali elektron shaklda qayta ishlash, izohlash va tahlil qilish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlaganidan soʻng ularni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnoma toʻldiradi

Suvdan foydalanish boshlangandan soʻng uch kun ichida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

Soʻrovnomani gidrogeologiya stansiyalari va soliq inspeksiyalariga yuboradi

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng real vaqt rejimida avtomatik tarzda

3-bosqich

“Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi

Soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini roʻyxatga olishda elektron shaklda dalolatnoma tuzadi va uni maxsus QR-kod orqali rasmiylashtiradi.

oʻn kun muddatda

Tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) soliq inspeksiyasi

Soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab har bir suv olish inshooti kesimida muhrlashni alohida amalga oshirib, gidrogeologiya stansiyalari tomonidan tuzilgan dalolatnomani maxsus QR-kod bilan tasdiqlaydi

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP

Dalolatnomani ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron ravishda yuboradi

Shu kunning oʻzida real vaqt rejimida avtomatik tarzda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun

SOʻROVNOMA
 

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yerosti suvlaridan foydalanuvchi nomi

(yuridik shaxs uchun — nomi, STIR

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSHSHIR)

2. Manzili

(yuridik shaxs uchun — davlat roʻyxatidan oʻtgan manzil;

jismoniy shaxs uchun —  yashash manzili)

3. Elektron pochta manzili va telefon raqami

II. Suv olish inshoot(lar)i va suv hisoblash vosita(lari) toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Suv olish inshoot(lar)i joylashgan joyi (viloyat, tuman, shahar, mahalla, qishloq, ovul, koʻcha, uy)

2. Jami burgʻi quduqlari va buloqlar soni

3. Oʻrnatilgan suv hisoblash vositalari soni

4. Suv hisoblash vositasining zavod raqami, turi, markasi, ishlab chiqaruvchisi

(har bir suv hisoblash vositasi boʻyicha alohida toʻldiriladi)

5. Suv hisoblash vositasiga berilgan qiyoslash sertifikatining raqami, berilgan muddati va amal qilish muddati

(har bir suv hisoblash vositasi boʻyicha alohida toʻldiriladi)

6. Suv hisoblash vositasi koʻrsatkichlari (olingan suv miqdori)

(har bir suv hisoblash vositasi boʻyicha alohida toʻldiriladi)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yerosti suv olish inshootini suv hisoblash vositasi bilan jihozlash roʻyxatga olingani va muhrlangani boʻyicha

_____-son

DALOLATNOMA

Yerosti suvlari burgʻi qudugʻi (buloq) joylashuvi (viloyat, tuman, shahar, mahalla, qishloq, ovul, koʻcha, uy)

Yerosti suvlari burgʻi qudugʻi (buloq) foydalanuvchisi nomi

(yuridik shaxs nomi, STIR)

(jismoniy shaxs F.I.O., JSHSHIR)

Hududiy gidrogeologiya stansiyasi roʻyxati boʻyicha quduq (buloq) raqami (foydalanuvchi raqami)

Suvdan foydalanish maqsadi

Tashkilot pochta manzili

(jismoniy shaxs uchun uning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi boʻyicha yashash manzili)

Tashkilotning telefon raqami, elektron pochta manzili

(jismoniy shaxs boʻlganda — telefon raqami, elektron pochta manzili)

________________-son yerosti suv burgʻi qudugʻiga (buloqqa) oʻrnatilgan suv hisoblash vositasi muhrlandi va _______-raqam bilan roʻyxatga olindi.

Suv hisoblash vositasining muhrlash vaqtidagi holati:

Suv hisoblash vositasi zavod raqami

Turi, markasi, ishlab chiqaruvchisi

Qiyoslash sertifikatining raqami, qachon berilgani va amal qilish muddati

Muhrlash raqami

Suv hisoblash vositasi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar

QR kod

QR kod

gidrogeologiya stansiyasi nomi

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi nomi

masʼul xodim lavozimi, F.I.O.

masʼul xodim lavozimi, F.I.O.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/547/0788-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)