Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.2004 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOJ-TARIF BILAN TARTIBGA SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni takomillashtirish, boj poshlinalarini unifikatsiya qilish, faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni yanada zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning raqobatga bardoshli mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-sonli Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 304-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun chetdan keltirilayotgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo kompaniyalari (birlashmalari), “Oʻzinterimpeks”, “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari hamda lizing kompaniyalari orqali belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq chetdan keltirilayotgan texnologiya jihozlari hamda butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarga import boj poshlina stavkasi, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa, 2004-yil 1-yanvardan boshlab nol foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi oʻz ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan texnologiya jihozlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar. Chetdan keltirilgan texnologiya jihozlari (texnologiya jihozlari yetkazib berishga tuzilgan kontrakt shartlariga muvofiq chetdan keltirilgan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar)dan belgilangan maqsadda foydalanilmagan, shuningdek import qilingan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida sotilgan va tekin berilgan taqdirda ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan import boj poshlinalari stavkalari tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 102-sonli qarori tahririda — 2007-y., 19-20-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga chetdan keltiriladigan kompyuter maʼlumotlarini uzatish tarmoqlarini tashkil etish uchun asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va ular uchun butlovchi anjomlar, dasturiy vositalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoniga muvofiq 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga boj toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirishlar uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch materiallar va yogʻochliklar uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga muvofiq import boj poshlinasining nol stavkalari va yagona boj toʻlovi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvargacha “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimi ostida boʻlgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda 2004-yil 1-fevralgacha Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqtinchalik saqlash” rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan barcha tovarlarga 2004-yil 1-fevraldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boj poshlinalari stavkalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi, 3-bandi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2005-y., 10-11-son, 72-modda; 40-son, 304-modda; 2007-y., 19-20-son, 202-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda)