Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-yanvardagi 4-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda)
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 48-49-son, 536-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
189-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 84-modda; 14-son, 111-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda, 19-son, 161-modda; 2012-y., 48-49-son, 536-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)