Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3664]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-avgust,
20-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son “Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1742, 2007-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 491-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 43-mh, 9, 60, 6, 23-son “Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1742-1, 2013-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 444-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-son “Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1742-2, 2015-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 274-modda).
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1743, 2007-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-son “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1743-1, 2013-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 445-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-son “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1743-2, 2015-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 275-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 15-yanvardagi 88/1, 1-son “Voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2071, 2010-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 27-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil 23-apreldagi 13 va 2-son “Avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2372, 2012-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 280-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 31-martdagi 7-mh-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3358, 2022-yil 31-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2022-y., 10/22/3358/0269-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 31-martdagi 8-mh-son “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga boʻlgan huquqni oʻtkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni oʻtkazish va mulkiy huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3359, 2022-yil 31-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2022-y., 10/22/3359/0270-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3482, 2023-yil 7-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/3482/0925-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2025-y., 10/25/3664/0727-son)