Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1742
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1742
Кучга кириш санаси
07.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAVQULODDA HOLATLARDA O‘ZBEKISTON TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA RESURSLARINI MARKAZLASHGAN HOLDA BOSHQARISHNING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilingan Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini o‘z zimmamizda qoldiramiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
02-8/3189-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati boshlig‘i T. ASLANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tizimi ishlashining tamoyillari hamda asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iste’molchilar — telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchilari hisoblangan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 43-mh, 9, 60, 6, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-1, 12.08.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 444-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini ta’minlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rejalashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va ma’muriy boshqarish bo‘yicha axborot texnologiyalari majmuasi asosida tarmoqni boshqarish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan tizim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi) maxsus iste’molchilar, shuningdek telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiya tarmoqlari (aloqasi)ni boshqarish markazlari, tasarrufida idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Radiochastota spektridan foydalanish va uni boshqarish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlik tomonidan korxonalarning fuqaro muhofazasini tayyor holatga keltirish to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlaridan, belgilangan tartibda, olingan farmoyishi asosida qabul qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazlashgan holda boshqarishning asosiy vazifasi favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari resurslarini markazlashgan holda boshqarish Vazirlikning bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini Respublika boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — RBM deb yuritiladi) tomonidan maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazlashgan holda boshqarish O‘zbekiston Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi o‘rinlarda — O‘zTTBT deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Markazlashgan holda boshqarishda O‘zTTBT quyidagilarni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari operatorlari tomonidan favqulodda holatlarning oldini olish yoki bartaraf etish bilan bog‘liq davlat boshqaruvi, mudofaa, davlat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazishda ko‘rsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlari bo‘yicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalari shikastlangan holatlarda ularning ishlash qobiliyatini tiklash mobaynida monitoring;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iste’molchilar uchun telekommunikatsiyalar operatorlari tomonidan aloqaning rejalashtirilgan qo‘shimcha kanallari va vositalari ajratilishini nazorat qilish va ular bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. RBM va Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (keyingi o‘rinlarda — AMH deb yuritiladi) a’zolari bilan ularning tarmoqlaridan foydalanish zarurati yuzaga kelganda, o‘zaro hamkorlik qiladi. O‘zaro hamkorlik AMH Aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida amalda bo‘lgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa Aloqa ma’muriyatlari va operatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda Vazirlik bilan ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlikning O‘zTTBTni markazlashgan boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi RBM, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar mintaqasida joylashganlarga tezkorlik bilan yetkaziladi hamda bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazlashgan holda boshqarish rejimi favqulodda holatlar harakatlarining hududiga bog‘liq ravishda O‘zTTBTning ayrim qismlarida joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. RBMga favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, tarmoq qayta qurilishi va aloqalar tiklanishini tezkor boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha alohida vakolatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. RBM quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlarda operatorlar tomonidan maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash uchun zarur resurslarni taqdim etish imkoniyatlarini baholash maqsadida, operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarining joriy holati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iste’molchilarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlaridan, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalarini, jumladan oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish uchun tegishli so‘rovlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iste’molchilar uchun qo‘shimcha aloqalarni tashkil qilish uchun farmoyishlarni berish, ushbu farmoyishlar bajarilishining nazorati va muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorlar tomonidan favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining holati, avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishining borishi va ularni o‘tkazish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilish zarurligi to‘g‘risidagi axborotni Vazirlikka yetkazish.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlari operatorlarining boshqarish markazlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi Vazirlik farmoyishlarini bajarish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bo‘linmalarni safarbarlik rejalari va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga asosan ish rejimiga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinadigan mezonlar bo‘yicha tarmoqning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RBMning farmoyishi bo‘yicha telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalari va oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarida avariya vaziyatlarini o‘z kuchi bilan yoki Vazirlikning Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini jalb qilgan holda tugatish.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarida aloqalarni tashkil etish va avariya-tiklash ishlarini boshqarish masalalari bo‘yicha axborotning tezkor almashinuvi uchun RBM boshqarish markazlari, maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlari o‘rtasidagi xizmat-texnologik aloqa tarmog‘idan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmat-texnologik aloqa tarmog‘i axborot xavfsizligi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Favqulodda holatlarda Vazirlik, maxsus iste’molchilar, RBM va operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishning oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan algoritmlari bilan amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1742-2, 25.05.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 274-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 491-modda; 2013-y., 33-son, 444-modda; 2015-y., 21-son, 274-modda)