Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 20.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2372
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining qarori, 20.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2372
Кучга кириш санаси
30.06.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

AVTOVOKZALLAR VA AVTOSTANSIYALAR HUDUDIGA YOʻLOVCHILAR VA BOSHQA SHAXSLARNI KIRITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-iyunda 2372-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilarni avtomobilda tashish xavfsizligini taʼminlash, odamlar hayoti va sogʻligʻini, avtovokzal va avtostansiyalarning texnologik kompleksi obyektlarini noqonuniy aralashuv harakatlaridan muhofaza qilish hamda yoʻlovchilarning avtomobil transportida xizmat koʻrsatish xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2012-yil 23-aprel,

13-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil 23-apreldagi 13 va 2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni kiritish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash, odamlarning hayoti va sogʻligʻini hamda avtovokzallar va avtostansiyalar obyektlarini noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish maqsadida yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning qoʻl yukini, bagajini va oʻzini nazoratdan oʻtkazish tartibini, shuningdek nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtovokzal – yirik shaharlarning xalqaro, shaharlararo va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishga hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni joylashtirishga moʻljallangan zaruriy xizmat, madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyenik binolarni, yoʻlovchilarni avtotransport vositalarga chiqarish va tushirish, shuningdek avtotransport vositalarini qabul qilish va joʻnatishga moʻljallangan perronlarni, reyslar oraligʻida avtotransport vositalari toʻxtab turishi uchun maydonchalarni, avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va tozalash uchun postlarni, shahar, shahar atrofi avtotransport vositalari kelib toʻxtashi va yoʻlovchilarni turishi uchun avtovokzal oldi maydoni, haydovchilarni reys oldi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xonasini oʻz ichiga qamrab oluvchi inshootlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtostansiya – avtotransport vositalarini qabul qilish va joʻnatish, yoʻlovchilarni avtotransport vositalariga chiqarish va tushirish, ularga xizmat koʻrsatish va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni joylashtirish, odatda, shaharlararo va shahar atrofi yoʻnalishlarida qatnovchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan, sanitariya-gigiyena inshootlari, reyslar oraligʻida avtotransport vositalari toʻxtab turishi uchun moʻljallangan xonalar bilan jihozlangan inshoot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar – ichki ishlar organlarining xodimlari hamda avtovokzallar va avtostansiyalar maʼmuriyati tomonidan tayinlangan nazoratchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni kiritish nazoratdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida nazarda tutilgan xavfli moddalar va buyumlarni avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga olib kirish va ularni avtotransport vositalarida tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Avtovokzallar va avtostansiyalarda yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga maʼlumotlarni yetkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avtovokzallar va avtostansiyalar maʼmuriyati avtotransport vositalarida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar, nazorat qilinadigan hududda yurish-turish qoidalari, nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga tezkorlik bilan xabardor qilish borasidagi ishlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan xabardor qilish borasidagi ishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtovokzallar va avtostansiyalarning oldi maydonida oʻrnatilgan koʻrgazmali maʼlumotlar, plakatlar, yoritqichli tablolar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar byurosida berilgan savollarga javob berish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiouzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni nazoratdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning qoʻl yukini, bagajini va oʻzini nazoratdan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga kiruvchi yoʻlovchilar va boshqa shaxslar nazoratdan oʻtkazish punkti orqali oʻtadilar, bu yerda ularga mavjud metall buyumlari, avtotransport vositalarida qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar, shuningdek tashish uchun berilgan oʻzga shaxslarning ashyolari (joʻnatmalar, banderollar, tugunlar, paketlar va shu kabilar) toʻgʻrisida maʼlumot berish taklif etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazilayotgan shaxsga kiyimdagi mavjud metall buyumlarni (portsigar, kalitlar, folgali pachkalardagi sigaretlar, tangalar va shu kabilarni) nazarda tutilgan idishga qoʻyish va odamlarning toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymay navbati bilan turgʻun metall detektor ramkasi orqali oʻtish taklif etiladi, metall buyumlar mavjudligi toʻgʻrisida signal tushgan taqdirda qoʻlda ishlatiladigan metall detektor qoʻllaniladi, u boʻlmaganda esa – belgilangan tartibda shaxsiy koʻzdan kechiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogabarit buyumlar, yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning qoʻlidagi ustki kiyimlar va ichida nimalar borligini metall detektor bilan aniqlab boʻlmaydigan qoʻl yuki va bagaji qoʻlda koʻzdan kechiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ushlash maqsadida koʻzdan kechirilayotganlarning pasportga oid maʼlumotlari tanlab tekshiriladi, shuningdek shubhali shaxslar shaxsan koʻzdan kechiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik sabablarga koʻra turgʻun metall detektordan foydalanish mumkin boʻlmagan holatda shaxslarni, shuningdek ularning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish shaxsan koʻzdan kechirib chiqish yoʻli bilan qoʻlda ishlatiladigan metall detektor yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda nazoratdan oʻtkazish xizmat itlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yurak faoliyatini ragʻbatlantiruvchi implantirlangan apparatlarga ega boʻlgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslar maxsus texnik vositalar qoʻllanilmasdan qoʻlda yoki shaxsan koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning yonidagi qoʻl yuki va bagajini nazoratdan oʻtkazish ular ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nazoratdan oʻtkazishdan bosh tortgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslar avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtotransport vositalarida uy hayvonlari, parrandalar boshqa vakillarini tashiydigan yoʻlovchilar tegishli veterinariya maʼlumotnomalariga, shuningdek ular tashiladigan qafaslar yoki boshqa moslamalarga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Shaxsiy koʻzdan kechirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shaxslarni tanlab shaxsiy koʻzdan kechirish buning uchun maxsus jihozlangan xonalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanayotgan noqonuniy aralashish harakati toʻgʻrisida xabar kelgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzdan kechirilayotgan shaxsda yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga avtotransport vositalarida qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar mavjudligi toʻgʻrisida xabar olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning yuk xatida yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga avtotransport vositalarida qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan shaxsan kuzatish yoʻli bilan koʻzdan kechirilayotgan shaxsning shubhali oʻzini tutishi va xatti-harakatlari belgilari, balkim uning jinoiy niyatlaridan dalolat beruvchi yoki unda yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga avtotransport vositalarida qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida shubha tugʻdiruvchi belgilar aniqlangan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shaxslarni shaxsiy koʻzdan kechirish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son) 289-moddasiga muvofiq va yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga avtotransport vositalarida qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlarni aniqlash uchun zarur boʻlgan doirada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinadigan hududga kirgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslardan ushbu Yoʻriqnoma talablarini soʻzsiz bajarishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat hududiga kirgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslarda nazoratdan oʻtkazish jarayonida aniqlangan yoʻlovchilarning avtotransport vositalarida tashish taqiqlangan qoʻl yuki va bagaj shaklidagi xavfli moddalar va buyumlarni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib qoʻyish bayonnomasi tuzilgan holda (nusxasi yoʻlovchini qoʻliga beriladi) belgilangan tartibda olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, noqonuniy aralashish harakatini yoki boshqa jinoiy harakatlarni sodir etish niyatidagi shaxslar uchun xarakterli boʻlgan bir qancha oʻzini tutish belgilari boʻyicha potensial xavfli shaxslarni aniqlash maqsadida nazoratdan oʻtkazilayotganlarni psixologik soʻrov oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot-izlash maʼlumotlar bazalari boʻyicha shubhali shaxslarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim shaxslar tomonidan qurol-yarogʻ, patronlar va oʻqlarni tashishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, nazorat qilinadigan butun hududini koʻzdan kechirib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nazoratdan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Yoʻriqnoma, avtovokzallar va avtostansiyalarda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashga, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazilayotgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga nisbatan hushyor, eʼtiborli va iltifotli munosabatda boʻlishga hamda ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazilayotgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslarga oʻzlarida boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlarni ixtiyoriy ravishda koʻrsatishni taklif etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazish sababli yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning asossiz ravishda ushlanib qolishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoida buzilishiga barham berilishi choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdan oʻtkazishdan bosh tortgan yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni nazorat qilinadigan hududga kiritmaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarga avtotransport vositalarda qoʻl yuki va bagaj shaklida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlarni aniqlashning zarur koʻnikmalariga ega boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, halokatlar, yongʻin yoki tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi yordam koʻrsatish, maxsus qutqaruvchi xizmatlarni chaqirish choralarini koʻrishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzishga majburdirlar.
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Yoʻriqnoma talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtovokzal va avtostansiyalarga yoʻlovchi va boshqa shaxslarni kiritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtovokzallar va avtostansiyalar hududiga olib kirish va ularni avtotransport vositalarida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tegishli ruxsat berilgan hujjat boʻlmagan barcha turdagi oʻq otar va tigʻli qurollar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻpponchalar, revolverlar, soyli miltiqlar, karabinlar, boshqa oʻq otar qurollar va ularga oʻq-dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arbaletlar va suv osti ovi quroli, qilichlar, xanjarlar, dudama qilichlar, egri qilichlar, uzun va ogʻir qilichlar, tigʻlar, qilichsimon nayzalar, nayzalar, xanjarlar, kortiklar, xanjarchalar, pichoqlar: harbiy, desant, fin pichoqlari, piskalar otilib chiqadigan, qulflanadigan dudama qilichlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli ruxsat berilgan hujjat boʻlmagan barcha turdagi portlovchi moddalar va ular bilan toʻldirilgan buyumlar, portlatish vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday oʻramdagi barcha ov poroxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ov kapsulalari (pistonlari) va kapsula-detonatorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pirotexnika vositalari: signalli va yorituvchi raketalar, posadkali shashkalar, tutun chiqaruvchi patronlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinamit, tol, ammonal, trotil va boshqa portlovchi moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Siqilgan va suyultirilgan gazlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tez yonuvchan qattiq moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼsirida issiqlik va issiq gaz chiqaradigan, natijada oʻzidan oʻzi yonadigan va yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan moddalar: kaliy, natriy, metalli kalsiy va ularning qotishmalari, kalsiy, fosforit va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oq, sariq va qizil fosfor hamda tez yonuvchan qattiq moddalar toifasiga tegishli boʻlgan boshqa barcha moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organik peroksidlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donador yoki parcha-parcha, quruq yoki nam, tarkibida kamida 25 foiz suv yoki erituvchi suyuqlik boʻlgan kolloid nitrotsellyuloza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruq va nam, tarkibida kamida 30 foiz suv yoki erituvchi suyuqlik boʻlgan nitrotsellyuloza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli ruxsatnoma berilgan hujjat boʻlmagan barcha turdagi zaharli va zaharlovchi moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday idishga joylashtirilgan suyuq va qattiq holatdagi har qanday zaharli, kuchli taʼsir qiladigan va zaharlovchi moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
brutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikotin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strixnin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tetragidrofurfuril spirti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etilenglikol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
simob;

sianid kislotaning barcha tuzlari va sianid preparatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siklon, sianplav, margimush angidrid va boshqa kuchli taʼsir qiladigan, zaharli, zaharlovchi moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Germetik idishlarsiz va oʻramlarsiz tashiladigan oʻyuvchi, badboʻy va yemiruvchi moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli va noorganik kislotalar: xlorid, sulfat, azot kislotalar va boshqa kislotalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ftorli-vodorod (shishani oʻyish qobiliyatiga ega boʻlgan) kislotasi va boshqa kuchli kislotalar va yemiruvchi moddalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 280-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)