Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 04.07.2025 yildagi 17-son
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0097-25-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 364]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0097-25-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 1994-yil 22-dekabrda tasdiqlangan “Gigiyena normativlari. Tuproq va oʻgʻitlardagi tabiiy radionuklidlarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi” 0034-94-son SanQvaM oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. YUSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-may

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 21-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A. RAFIQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 4-iyuldagi 17-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0097-25-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlar (bundan buyon matnda tabiiy radionuklidlar deb yuritiladi) — bu yer qobigʻida tabiiy holatda mavjud boʻlib, radioaktiv yemirilish (parchalanish) orqali ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan kimyoviy elementlar yoki ularning izotoplaridir. Tabiiy radionuklidlarga Uran-238, Toriy-232 va Aktiniy 235 turkumiga kiruvchi yerdan kelib chiqadigan radionuklidlar, shuningdek unga genetik bogʻliq boʻlmagan Kaliy-40 va Rubidiy-87 va koʻp sonli kosmogen radionuklidlar, inson nurlanish dozasiga taʼsir koʻrsatadigan Tritiy-3, Berilliy-7, Uglerod-14, Natriy-22 kabi radionuklidlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarning faolligi — bu tabiiy radionuklidlarning radioaktiv parchalanish tezligini ifodalovchi fizik kattalik boʻlib, Bekkerel (Bq) birligida oʻlchanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarni solishtirma faolligi — bu tabiiy radionuklidlarning massasiga nisbatan radioaktiv faolligi boʻlib, bekkerel/kilogramm (Bq/kg) birligida oʻlchanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi — tabiiy radionuklidlarning biologik taʼsirini yoki nurlanish xavfini hisobga olgan holda ularning massasiga nisbatan faolligini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi darajalariga doir sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tabiiy radionuklidlarning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridagi miqdorini kamaytirish maqsadida tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi darajasi aniqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi darajasini aniqlashda tuproq turi, yetishtiriladigan ekin, tuproqda mavjud tabiiy radionuklidlarning kimyoviy shakli inobatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Am
=
A
,
Av
=
A
m
V

Bunda:

Am — tabiiy radionuklidlar ularning massasiga nisbatan solishtirma faolligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A — tabiiy radionuklidlarning faolligi;

m — moddaning massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Av — tabiiy radionuklidlar ularning hajmiga nisbatan solishtirma faolligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — moddaning hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tabiiy radionuklidlarning faolligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A
=
dN
,
dt
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A — tabiiy radionuklidlarning faolligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dN — maʼlum energiya holatidan oʻz-oʻzidan yadroviy oʻzgarishlarning kutilgan soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dt — vaqt oraligʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi 1,0 kBq/kg dan oshmasligi kerak va bu quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AU + 1,5 *ATh ≤ 1 kBq/kg
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AU va ATh — mos ravishda 238U va 232Th ning parchalanish qatorlarining yemirilish mahsulotlari bilan radioaktiv muvozanatdagi solishtirma faolligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi 1 kBq/kg dan oshmasa, lekin samarali solishtirma faolligi 1,5 kBq/kg dan oshsa, ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi darajalariga doir sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tabiiy radionuklidlarning inson salomatligiga yetkazadigan zarari quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aeff = ARa+1,3*ATh + 0,09*AK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aeff — tabiiy radionuklidlarning inson salomatligiga yetkazadigan zarari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARa —226Ra ning solishtirma faolligi (Bq/kg);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATh —232Th ning solishtirma faolligi (Bq/kg);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AK —40K ning solishtirma faolligi (Bq/kg);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3 va 0.09 — 232Th va 40K ning gamma-nurlanishga qoʻshgan hissasini hisobga oluvchi koeffitsiyentlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tabiiy radionuklid hisoblanuvchi 40K ning samarali solishtirma faolligining ruxsat etilgan miqdori (darajasi) belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi darajasini hisoblashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarning turlari va ularning solishtirma faolligi (har bir radionuklidning solishtirma faolligi (Bq/kg) gamma-spektrometriya usuli orqali aniqlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarning gamma-nurlanishga qoʻshgan hissasi (ogʻirlik koeffitsiyentlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi darajasini hisoblashdagi quyidagi oʻlchov usullari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gamma-spektrometriya (radionuklidlarning gamma-nurlanishini aniqlash uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beta-spektrometriya (beta-nurlanish chiqaruvchi radionuklidlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiokimyoviy usullar (radionuklidlarni ajratish va konsentrlash uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga va alfa radioaktivlik boʻyicha tuproqdagi tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tabiiy radionuklidlarning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tabiiy radionuklidlarning radiatsiyaviy koʻrsatkichlari mazkur sanitariya qoidalarining 6-bandida berilgan formula bilan hisoblanadigan tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi qiymatidan kelib chiqqan holda baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tabiiy radionuklidlarning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholash quyidagicha amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya sinovlari uchun tuproq va mineral oʻgʻitlardan namuna olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlarning solishtirma va samarali solishtirma faolligi darajalari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy radionuklidlar radiatsiyaviy koʻrsatkichlarining ushbu sanitariya qoidalariga muvofiqligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Laboratoriya sinovlari uchun tuproqdan namuna olishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna olish joyini belgilash (bunda, namuna olish maydoni hududiy jihatdan bir xil boʻlishi (relyef, tuproq turi, ishlov berish sharoiti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna olish chuqurligi (bunda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida 20 m gacha chuqurlikdan, zaruratga koʻra 40 m gacha chuqurlikdan namuna olinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna olish usuli (bunda, kamida 15 — 25 ta nuqtadan teng hajmda tuproq olinishi, barcha kichik namunalardan bitta aralash namuna tayyorlanishi va namunalar polietilen paket yoki qogʻoz qopda saqlanishi va belgilab qoʻyilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Laboratoriya sinovlari uchun mineral oʻgʻitlardan namuna olishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna olish sharoiti (bunda, mineral oʻgʻitlar qoplarda saqlansa, har 10 qopdan bittasidan, uyum holidagi mineral oʻgʻitlardan turli chuqurlik va joylardan namunalar olinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namuna olish usuli (namunalar maxsus zond yoki qoshiq yordamida oʻrta qatlamdan olinishi, kamida 10 — 15 joydan kichik namuna olinib, aralashtirilishi va oʻrtacha 1 — 1.5 kg aralash namuna laboratoriya sinovlari uchun topshirilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, namunalar ifloslanmagan idishlarda saqlanishi va tashish vaqtida namuna holati oʻzgarmasligi, shuningdek laboratoriya sinovi uchun topshirilgunga qadar salqin va quruq joyda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tabiiy radionuklidlarning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashda tabiiy radionuklidlarning solishtirma va samarali solishtirma faolligi darajalaridan kelib chiqadigan gamma nurlanish dozalari inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tabiiy radionuklidlarning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholash natijalari sinov laboratoriyalari xulosasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tabiiy radionuklidlarni aniqlovchi xodimlar uchun shaxsiy gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma faolligi 1 kBq/kg dan oshmasa, lekin samarali solishtirma faolligi 740 Bq/kg dan oshsa, quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafas aʼzolarini saqlash uchun shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joylarining ekvivalent doza quvvati oʻlchab borilishini va 1 mkSv/soat dan oshmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xodimlarning tabiiy nurlanish manbalari bilan ishlash sharoitida yillik samarali nurlanish dozasi 5 mSv (millizivert) dan oshmasligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tabiiy radionuklidlarni aniqlovchi xodimlar Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 3-ilovasida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarni solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0097-25-son SanQvaN) 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Uran-238, Toriy-232 va Aktiniy-235kabi tabiiy radionuklidlarning uran va toriy yemirilish zanjirining umumiy aʼzolari bilan radioaktiv muvozanatdagi samarali solishtirma faolligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarni solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0097-25-son SanQvaN) 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alfa radioaktivlik boʻyicha tuproqdagi tabiiy radionuklidlarning samarali solishtirma faolligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tabiiy radionuklidlarning nomi
Alfa radioaktivlik boʻyicha tuproqdagi solishtirma faolligi (Ayeff, Bq/kg)
1.
Uran, toriy va aktiniyning yemirilish hosilalari
300
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproq va mineral oʻgʻitlar tarkibidagi tabiiy radionuklidlarni solishtirma faolligi va samarali solishtirma faolligi darajalariga hamda ularning radiatsiyaviy koʻrsatkichlarini baholashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0097-25-son SanQvaN) 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchilar roʻyxati:
D.A. Zaredinov
—
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Gigiyena” kafedrasi oʻqituvchisi, ilmiy izlanuvchisi
F.F. Abdusattarov
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi Radiologiya gigiyenasi boʻlimi va laboratoriyasi mudiri
Taqrizchilar roʻyxati:
F.I. Salomova
—
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
O.Z. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya epidemiologiya nazorati boshqarmasi Radiatsiya xavfsizligi va fizik omillar boʻlimi shifokori, oliy toifali shifokor radiolog