14.07.2025 yildagi PF-113-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini taʼminlash jarayonida keng aholi qatlamining ishtirokini va ularning turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarini ragʻbatlantirish va innovatsion faolligini yanada oshirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar aholining istiqbolli tashabbuslarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning (keyingi oʻrinlarda — keng aholi qatlami) ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) zamonaviy, ilgʻor gʻoyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yildan boshlab har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini (keyingi oʻrinlarda — Forum) oʻtkazib borish amaliyoti joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Forum “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish jarayonida keng aholi qatlamining istiqbolli tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga hamda ularning faolligini ragʻbatlantirish va keng targʻib qilishga qaratilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Forum oʻtkaziladigan ustuvor yoʻnalishlar har yili “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan belgilab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Forumga umumiy tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita, istiqbolli tashabbuslarni baholash Mentorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Strategik islohotlar agentligi Forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformaga joylashtirish va eʼlon qilib borishga hamda Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar 2025-yilda Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Forumni oʻtkazish joyini tegishli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar) bilan taʼminlash “Interforum” DUK tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Forumning endaument fondi ixtiyoriy mablagʻlar asosida shakllantiriladigan fond sifatida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Forumda maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini 2025-yilda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar top-50 va top-10 talik tartibida saralanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Forumning yalpi majlisini oʻtkazish yakunlari boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish uchun kredit va grantlar ajratilishi, soliq, bojxona va boshqa ragʻbatlantirish choralari qoʻllanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Forum doirasida kelib tushgan boshqa tashabbuslar Vazirlar Mahkamasiga davlat dasturlarini, tegishli soha, tarmoq yoki hududlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni shakllantirish maqsadida yuboriladi hamda Hukumat tomonidan ularni amalga oshirish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (S. Annaklichev) va “Interforum” DUK (B. Zufarov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketa toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa maʼlumotlar olish imkoniyatini beruvchi kraud platformasi yaratilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkiliy qoʻmita (B. Raxmatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yilda oʻtkaziladigan Forumning ustuvor yoʻnalishlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Forumni 2025-yilda oʻtkazishning aniq sanasi va joyi haqida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Forumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini, shuningdek, masʼul ijrochilar faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Forumni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Strategik islohotlar agentligi direktori B.B. Raxmatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-113-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

B.B. Raxmatov

—

Strategik islohotlar agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

K.A. Sharipov

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

3.

Sh.X. Shermatov

—

raqamli texnologiyalar vaziri

4.

B.E. Zaxidov

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

5.

A.D. Tashkulov

—

adliya vaziri

6.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

J.Sh. Salixov

—

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori

8.

G.S. Ismailova

—

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

9.

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

10.

S.S. Annaklichev

—

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi

11.

B.A. Zufarov

—

“Interforum” DUK direktori

12.

D.A. Vaxabov

—

Savdo-sanoat palatasi raisi

13.

K.K. Mirzaliyeva

—

Kichik biznes uyushmasi raisi

14.

O.B. Sattarov

—

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.S. Annaklichev

—

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi, Mentorlar kengashi raisi

2.

A.M. Abdukadirov

—

Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Mentorlar kengashi hamraisi

3.

U.K. Abidxadjayev

—

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

4.

X.S. Asadov

—

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari

5.

E.S. Tulyakov

—

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

6.

B.M. Bekmurodov

—

“Yuksalish” harakati raisi

7.

M.F. Aslanov

—

Progressiv islohotlar markazi direktori

8.

N.U. Muxammadiyev

—

adliya vaziri oʻrinbosari

9.

Lavozimi boʻyicha

—

tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari

10.

A.F. Umarova

—

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi loyiha ofisi koordinatori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mentorlar kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini (keyingi oʻrinlarda — Forum) oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, tahlil qilish va koʻrib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Forum mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishini taʼminlash jarayonida fuqarolar, yoshlar va vatandoshlarning turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni tanlab olish va amaliyotga tatbiq etish va qoʻllab-quvvatlash, ularning faolligini ragʻbatlantirish va keng targʻib qilishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Forumning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali va xalqchil islohotlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning (keyingi oʻrinlarda — keng aholi qatlami) ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat raqobatbardoshligini oshirish, yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng aholi qatlami uchun ochiq muloqot maydonini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy, ilgʻor gʻoyalar va istiqbolli tashabbuslarni saralash va tanlab olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Forumda muhokama qilinadigan masalalar keng aholi qatlami tomonidan bildirilgan istiqbolli tashabbuslar orasidan saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan masʼul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Forumni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish mazkur Nizom ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Forumga tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish va saralash, tashkiliy ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) har yil yakuniga qadar keyingi yil uchun “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini (keyingi oʻrinlarda — Reja) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejada Forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha har bir amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, masʼul vazirlik va idoralarning vazifalari hamda Forumning ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketa toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa maʼlumotlar olish Agentlik hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Interforum” DUK bilan birgalikda yaratiladigan va ishga tushiriladigan kraud platforma orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik Forumga kelib tushgan istiqbolli tashabbuslarni yigʻish hamda ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformaga joylashtirish va eʼlon qilib borishga masʼul hisoblanadi, shu jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Forumni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik har yili 1-maydan boshlab Forum oʻtkazilishi, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish (ularni taqdim etish tartibini koʻrsatgan holda) muddatlari va qoidalari toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Istiqbolli tashabbuslar Agentlik tomonidan yuritiladigan kraud platforma orqali har yili 1-maydan 1-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarblik — istiqbolli tashabbus jamiyat, soha yoki tarmoqdagi mavjud muammolarni hal qilishi va davr talablari bilan bogʻliq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga xoslik — gʻoya innovatsion, oʻziga xos va mavjud yondashuvlardan farqli boʻlishi hamda yangi yechim taklif qilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyatlilik — istiqbolli tashabbusni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun resurslar, vaqt va imkoniyatlar yetarli boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsirchanlik — istiqbolli tashabbusning amalga oshirilishi soha, tarmoq yoki jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Agentlik tomonidan har yili 1-iyuldan 1-sentabrgacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki saralash jarayonida Agentlik tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar dolzarbliligi, oʻziga xosligi, imkoniyatliligi va taʼsirchanligi mezonlari boʻyicha oʻrganib chiqiladi hamda zaruratga koʻra qayta ishlash yoki asoslantirishni kuchaytirish uchun mualliflarga qaytarilishi, shuningdek, ularning ishtirokida takomillashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralardan takliflarni asoslantirish uchun zarur boʻladigan statistik va boshqa maʼlumotlar, shuningdek, muayyan istiqbolli tashabbus boʻyicha soha mutaxassislarining yozma xulosasi talab qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan barcha istiqbolli tashabbuslar Forumning ustuvor yoʻnalishlari kesimida umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumlashtirilgan istiqbolli tashabbuslar har yili 10-sentabrga qadar Agentlik tomonidan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining mentorlar kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Mentorlar kengashi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mentorlar kengashi taqdim etilgan istiqbolli tashabbuslarni har yili 1-oktabrga qadar oʻrganib chiqadi, baholaydi hamda Forumda muhokama qilinishi lozim boʻlgan istiqbolli tashabbuslarni saralab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mentorlar kengashi Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarni tasdiqlaydi va har yili 10-oktabrga qadar Tashkiliy qoʻmitaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkiliy qoʻmita har yili 15-oktabrga qadar Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarning mualliflariga unda ishtirok etish yuzasidan xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarda Forum oʻtkazish muddatlari va joyi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Forum oʻtkaziladigan joyni tegishli vositalar (bannerlar, videoroliklar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar) bilan taʼminlash va bezash “Interforum” DUK tomonidan Rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Forumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, ularni dastlabki saralash hamda yagona roʻyxatini shakllantirish, maxsus kraud platformani yuritish, Tashkiliy qoʻmita va Mentorlar kengashi ishini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va texnik koʻmaklashish, Forumga oid maʼlumotlar va amalga oshirilgan loyihalar natijalarini muntazam yoritib borish, shuningdek, Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tahlil qilish va hisobot tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Forumni oʻtkazish va uning yakunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har yili Forumni oʻtkazish sanasi va joyi Tashkiliy qoʻmita tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Forumni oʻtkazish va u bilan bogʻliq barcha tadbirlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Forum davomida har bir yoʻnalish boʻyicha istiqbolli tashabbuslar alohida bloklarda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Forumga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan istiqbolli tashabbuslar top-50 va top-10 tartibida tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida oʻtkaziladigan Forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Forumning yalpi majlisini oʻtkazish yakunlari boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Chora-tadbirlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida maʼqullangan har bir istiqbolli tashabbus uchun erishilishi lozim boʻlgan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari (KPI) aks ettiriladi hamda Mentorlar kengashi aʼzolari orasidan mentorlar biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mentorlar istiqbolli tashabbusni amalga oshirish davomida maslahatlar berib boradi, muammolarni aniqlash va ularning yechimida hamda resurslarni jalb qilishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli tashabbuslarni oʻrganib chiqish, baholash, saralab olish va ularni amalga oshirish uchun Mentorlar kengashi aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan haq toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mentorlar kengashi aʼzolari natijadorligini baholash va ularga haq toʻlash tartibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish uchun kredit va grantlar ajratilishi, soliq, bojxona va boshqa ragʻbatlantirish choralari qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Forumda maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va boshqa tijorat banklari, shuningdek, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlik Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarni kuzatish, baholash, tahlil qilish va zarur hollarda tegishli choralar koʻrish maqsadida masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus kraud platformada Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan har bir istiqbolli tashabbus uchun alohida axborot kartasi, foto-video materiallar hamda ijro holati vizual formatda (grafik, infografika) aks ettirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishini muvofiqlashtirish jarayonida quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli tashabbusni amalga oshirish boʻyicha belgilangan natijalarga erishilganligi boʻyicha samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari (KPI);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlar toʻliq va maqsadli ishlatilganligi ahvoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli tashabbusni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli tashabbusning amalga oshirilganligi aholi turmush darajasi yoki soha (tarmoq)lar rivojiga taʼsiri va uning barqarorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tashkilotlar tomonidan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Agentlikka taqdim etilgan oraliq va yakuniy hisobotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli tashabbusning amalga oshirilishini joyiga chiqqan holda loyiha joriy etilayotgan obyektlarga borib oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kraud platforma orqali istiqbolli tashabbuslarning ijrosi, mablagʻlar harakati, muddatlar va natijalarni real vaqtda kuzatib borish (onlayn monitoring);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soʻrovlar, fikr-mulohazalar va murojaatlar orqali istiqbolli tashabbuslarning taʼsirini baholashga qaratilgan oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agentlik har chorakda va yil yakunida Forum natijasi boʻyicha maʼqullangan istiqbolli tashabbuslarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish natijalari asosida tahliliy hisobot tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Forum doirasida kelib tushgan boshqa tashabbuslar Vazirlar Mahkamasiga davlat dasturlarini, tegishli soha, tarmoq yoki hududlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni shakllantirish maqsadida yuboriladi hamda Hukumat tomonidan ularni amalga oshirish yuzasidan zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Tashkiliy qoʻmita

 

Forumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarini belgilash

 

Har yil yakuniga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Strategik islohotlar agentligi

 

Forum oʻtkazilishi, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish muddatlari va qoidalari toʻgʻrisida rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berish

 

Har yil 1-maydan boshlab

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Ishtirokchilar

 

Istiqbolli tashabbuslarni maxsus kraud platforma orqali yuborish

 

Har yil 1-maydan — 1-iyulga qadar

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Strategik islohotlar agentligi

 

1. Istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, dastlabki saralash va umumlashtirish

 

Har yil 1-sentabrga qadar

 

 

2. Umumlashtirilgan istiqbolli tashabbuslarni Mentorlar kengashiga taqdim etish

 

Har yil 10-sentabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Mentorlar kengashi

 

Istiqbolli tashabbuslarni oʻrganib chiqish, baholash, mezonlarga muvofiqligini tekshirish hamda saralab olish

 

Har yil 1-oktabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Mentorlar kengashi

 

Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarni tasdiqlash va Tashkiliy qoʻmitaga yuborish

 

Har yil 10-oktabrga qadar

 

 

 

 

 

 

 

7-bosqich

 

Tashkiliy qoʻmita

 

Forumda muhokama qilinadigan istiqbolli tashabbuslarning mualliflariga Forumda ishtirok etish yuzasidan xabar berish

 

Har yil 15-oktabrga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini 2025-yilda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumiga (keyingi oʻrinlarda — Forum) tayyorgarlik koʻrish, tashkiliy masalalarni koʻrib chiqish, tezkorlik bilan kelishish va hal qilish maqsadida shtab tuzish.

2025-yil iyul

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Interforum” DUK

2.

Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va tanlab olingan istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha masʼul tuzilma (mutaxassis)ni belgilash (jalb etish) hamda ularning asosiy funksiyalarini tasdiqlash.

2025-yil iyul

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

3.

Forum konsepsiyasini tayyorlash.

2025-yil avgust

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Interforum” DUK

4.

Forumda ishtirok etishni xohlovchi shaxslarni ochiq elektron roʻyxatga olish, anketani toʻldirish, istiqbolli tashabbusning profili va kun tartibi, dasturi, ishtirok etish shartlari, shuningdek, boshqa axborot va maʼlumotnomalar haqida maʼlumot olish imkoniyatini beruvchi kraud platforma yaratilishini va ishga tushirilishini taʼminlash.

2025-yil avgust

Strategik islohotlar agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Interforum” DUK

5.

2025-yilda oʻtkaziladigan Forumda ishtirok etish tartibi va shartlari haqida videorolik tayyorlash va uni aholining turli qatlamlariga yetkazish choralarini koʻrish.

2025-yil avgust

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

6.

Keng jamoatchilik va jamiyatning turli qatlamlari vakillari, xususan, yetuk mutaxassislar, yoshlar, tadbirkorlar, faol fuqarolar va vatandoshlarning istiqbolli tashabbus va takliflarini yigʻish, tahlil qilish va koʻrib chiqish hamda ularning yagona roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ularni Forum kraud platformasiga joylashtirish (eʼlon qilish) ishlarini tashkil qilish.

2025-yil avgust oyidan boshlab

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

7.

Forumni 2025-yilda oʻtkazishning aniq sanasi va joyini belgilash.

2025-yil sentabr

Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

8.

Nominatsiyalar toifalari, nutqlar, maʼruzalar, taqdimotlarni oʻz ichiga olgan Forum dasturini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

9.

Forum mavzulari boʻyicha tarqatma materiallar, axborot va boshqa maʼlumotnomalar mazmunini ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

10.

Forumning xorijiy ishtirokchilari tarkibini ishlab chiqish, xususan:

a) xorijiy ekspertlar va mutaxassislarning Forumda ishtirok etishi boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish uchun diplomatik kanallar orqali soʻrovlar yuborish;

b) davlat organlari va tashkilotlariga xorijiy ekspertlar, konsultantlar va mutaxassislarni taklif etish yuzasidan soʻrovlar yuborish;

v) xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini, shu jumladan, ular va ular vakillik qiladigan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (CV) shakllantirish.

2025-yil sentabr

Strategik islohotlar agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Forumning milliy ishtirokchilari, shu jumladan, maʼruzachilar va moderatorlar tarkibini shakllantirish.

2025-yil oktabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

12.

Forum logotipini (emblemasini) ishlab chiqish va loyihalash.

2025-yil oktabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Interforum” DUK

13.

Forumning xorijiy ishtirokchilariga, shu jumladan, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy yuridik firmalar, agentliklar, taʼlim muassasalari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning yuqori martabali mansabdor shaxslariga taklifnomalarni yuborish.

2025-yil oktabr

Strategik islohotlar agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlariga biriktirgan holda Forum doirasida tashrif buyurgan xorijiy ishtirokchilarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi hamda ularga hamrohlik qilishni nazarda tutuvchi dasturni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2025-yil oktabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Forum mavzulari boʻyicha axborot, maʼlumotnoma va tarqatma materiallar, shuningdek, bosma materiallar ishlab chiqish.

2025-yil oktabr

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Interforum” DUK

16.

Forum oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash, shu jumladan, Forum oʻtkaziladigan obyektlar, aeroportlar va temir yoʻl stansiyalariga tutash markaziy koʻchalarda eʼlonlar bannerlarini oʻrnatish.

Forum dasturiga muvofiq

Toshkent shahar hokimligi,

“Interforum” DUK

17.

Forumning xorijlik ishtirokchilarini I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti (zarur hollarda boshqa aeroportlarda), temir yoʻl vokzallarida kutib olish ishlarini tashkil etish.

Forum dasturiga muvofiq

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

masʼul vazirlik va idoralar

18.

Forum oʻtkaziladigan joyda xorijiy ishtirokchilarning boʻlishi va xavfsizligini taʼminlash.

Forum dasturiga muvofiq

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

19.

Forum oʻtkaziladigan joyni bezash, shuningdek, belgilangan tartibda ovozni kuchaytirish va sinxron tarjima qilish uchun zarur jihozlar, ekranlar, aloqa va boshqa vositalar, tezkor axborot almashish uchun internetga simsiz ulanish (wi-fi) bilan taʼminlash.

Forum dasturiga muvofiq

“Interforum” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

Forum doirasida tasdiqlangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish.

Forum dasturiga muvofiq

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

21.

Forum doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning (ochilish va yopilish marosimlari, yalpi va panel sessiyalari, taqdimotlar va boshqalar) sinxron tarjimasini tashkil etish.

Forum dasturiga muvofiq

“Interforum” DUK,

Strategik islohotlar agentligi

22.

Forumning xorijiy ishtirokchilarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hududlarida joylashgan madaniy-tarixiy obidalarga yuqori darajadagi tashriflarini ishlab chiqish va tashkil etish.

Forum dasturiga muvofiq

Turizm qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va yakunlariga doir materiallarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqalarda keng yoritilishini taʼminlash.

Forum dasturiga muvofiq

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy axborot agentligi,

“Dunyo” axborot agentligi,

Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi

24.

Forumni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida volontyorlarni jalb qilish.

Forum dasturiga muvofiq

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2025-y., 06/25/113/0625-son)