OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASINING
QARORI
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2073-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-iyun,
13-son
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 2-iyun
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 28-may
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 2025-yil 18-iyundagi 13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”.
4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
5. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”.
6. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.”.
7. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
8. 44 — 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
45. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
46. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.”.
9. 48-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 52-banddagi “QMQ 2.03.13 “Pollar” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 55-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va SHNK 2.01.02-97 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 58-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsiyalash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 64-banddagi “QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 71-banddagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 72-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida GOST 12.1.003-2014, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-2014 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.”.
17. 83-banddagi “QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 96-banddagi “GOST 12.2.085-82” degan soʻzlar “GOST 12.2.085-2017” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 158-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“158. Ishlab chiqarishda atrof muhitni agressiv taʼsiri darajasini baholash, yer ustidagi quvurlarning tashqi yuzasini, shuningdek, qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
20. 227-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“227. Quvurlarni joylashishi, yotqizish usullari, qurilmalar SHNQ 2.04.10-22 “Shartli bosimi 10 MPa gacha boʻlgan texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari hamda SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.”.
21. 301-banddagi “QMQ 2.09.14-97 ning “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 303-banddagi “GOST 12.4.026-76” degan soʻzlar “GOST 12.4.026-2015” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 330-banddagi “GOST 5632-88” degan soʻzlar “GOST 5632-2014” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2073-4/0606-son)