26.06.2025 yildagi SQ-150-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2025-yilning 15-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (O. Kozixonova) parlament soʻroviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2026-yilning 15-yanvariga qadar Oliy Majlis Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-150-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 26-iyundagi SQ-150-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVI
(voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash holati oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalar huquqlarini taʼminlash va kafolatlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilish, xususan, bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash tizimini takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qonunchilikda aliment toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdorning mamlakatimizdan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi tashkil etilib, 50 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada olib borilgan islohotlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan 2024-yil davomida 2,1 trln soʻm mablagʻlar (2023-yilda 2 trln), shundan oldindan toʻlov sifatida 46,3 mlrd soʻm (2023-yilda 4,3 mlrd) miqdorida aliment pullari undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil yanvar holatiga koʻra, “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan 1 723 nafar undiruvchiga 40,6 mlrd soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, oʻtgan yilda 13 252 ta oila yarashtirilgan, ishsiz boʻlgan 25 113 nafar qarzdor, shundan 8 201 nafari “Bandlik platformasi” orqali ishga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar davomida bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish va toʻlash jarayonida ayrim muammo va kamchiliklar borligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburligi belgilangan boʻlsa-da, tahlillar natijasi ayrim ota-onalar bu boradagi majburiyatiga masʼuliyat bilan yondoshmayotganligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474-moddasiga asosan 2023-yilda 5 697 shaxs, 2024-yilda esa bu koʻrsatkich 35 foizga ortib, 8 833 shaxs moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik bilan bogʻliq 2023-yilda 1 048 ta, 2024-yilda esa 1 109 ta ayblov hukmi chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yanvar holatiga koʻra Majburiy ijro byurosi organlarida aliment undiruvi bilan bogʻliq jami 283 415 ta ijro hujjatlari ish yurituvida boʻlgan boʻlsa, 2025-yil mos davriga bu koʻrsatkich 44 mingga koʻpayib, 327 648 tani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, Oila kodeksining 99-moddasiga koʻra, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,155 mln soʻm boʻlib, har bir bola uchun undiriladigan aliment eng kam miqdori 306 ming soʻmni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvaridan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari esa 669 ming soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiriladigan alimentning eng kam miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan 2 baravardan ham kamdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, Oila kodeksining 140-moddasida agar aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs shu davrda ishlamagan boʻlsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi miqdori 5 796,1 mln soʻmni tashkil etmoqda. Shundan kelib chiqib, aliment puli oʻrtacha oylik ish haqining miqdori boʻyicha hisoblanib, qarzdor bir nafar farzandi uchun har oyda 1,4 mln soʻm aliment toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu summadan kam miqdorda aliment toʻlash maqsadida ishga joylashmagan va daromadi aniqlanmagan aksariyat aliment toʻlovchilar kamroq haq toʻlanadigan ishga joylashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar rejasining 5-bandida “Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi belgilangan boʻlsa-da, mazkur vazifa ijrosi haligacha taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaga qoʻshilish chet elda yashayotgan alimentdan qarzdor fuqarolardan alimentni davlat aralashuvi bilan majburiy tarzda undirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi “Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 427-sonli qarorining 6-bandida belgilangan “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasini shakllantirish manbalarini kengaytirish va aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligi elektron tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish vazifasi yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinchidan, “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan 1 723 nafar undiruvchiga 40,6 mlrd soʻm mablagʻ toʻlab berilgan boʻlsa-da, ushbu mablagʻlarning atigi 2 foizi, yaʼni 849,2 mln soʻmi jamgʻarmaga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan tasdiqlangan Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan undirilgan mablagʻlar jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yettinchidan, Oila kodeksining 107-moddasida voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga belgilangan miqdorlarda alimentlar undirishi, bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvaragʻida jamlanishi va u voyaga yetganda toʻlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, voyaga yetmagan bolalar nomiga bank hisobvaragʻi ochishning huquqiy asoslari belgilanmaganligi bois, bugungi kunga qadar alimentlar boshqa hisobvaraqlarga toʻlab borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada voyaga yetmagan bolaga bank hisobvaragʻi ochish tartibi belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sakkizinchidan, alimentdan qarzdor haqida maʼlumot boʻlmasa, jumladan u bedarak yoʻqolgan deb topilsa, bolani voyaga yetgunga qadar moddiy taʼminlash tartib-taomillari va mexanizmlari qonunchilikda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) voyaga yetmagan bolalariga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha ota-onalar masʼuliyatini oshirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment miqdorini qayta koʻrib chiqish, alimentning eng kam miqdori bola yoshini inobatga olgan holda uning ehtiyoji uchun yetarli boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) doimiy ish joyiga ega boʻlmagan yoki daromadi aniqlanmagan aliment toʻlovchidan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasini shakllantirish manbalarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligi elektron tizimi bilan integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasidan toʻlab berilgan aliment mablagʻlarini qarzdordan jamgʻarmaga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) voyaga yetmagan bolalar nomiga bank hisobvaragʻi ochishning huquqiy asoslarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) aliment toʻlovchi haqida maʼlumot boʻlmasa, jumladan u bedarak yoʻqolgan deb topilsa, voyaga yetmagan bola taʼminotini hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi va unga berilgan javob Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilib, uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishini maʼlum qiladi.