ILOVA
(“YOʻL XARITASI”)
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼullar |
I. Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqida sanab oʻtilgan 6 ta muhim yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqida sanab oʻtilgan 6 ta muhim yoʻnalish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari, TIV |
2. Takliflarni Parlamentlararo ittifoq va boshqa parlamentlararo tashkilotlar orqali xalqaro miqyosda ilgari surish. | 2025-2026-yillar davomida | |||
2. | Oliy Majlis palatalarining xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan munosabatlarini kuchaytirish. | 1. Yangi model qonunlar loyihalarini ishlab chiqish, xalqaro parlamentlararo tashkilotlarda ularni ilgari surish. 2. Xalqaro parlamentlararo tashkilotlarda Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan yoʻnalishlarda taklif va tashabbuslarni ilgari surish. 3. Ikki tomonlama doʻstlik guruhlari va parlamentlararo komissiyalari orqali xalqaro parlamentlararo tashkilotlarda Oʻzbekiston pozitsiyasini ilgari surish. | 2025-2026-yillar davomida | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, TIV |
3. | Oʻzbekiston ittifoqchilik munosabatlarini oʻrnatgan xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash. | 1. Oʻzbekiston ittifoqchilik munosabatlarini oʻrnatgan xorijiy mamlakatlar bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritalari” loyihasini ishlab chiqish. 2. “Yoʻl xaritalari”da Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil davomida | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, TIV |
4. | BMT Bosh Assambleyasining xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga bagʻishlangan “Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oshirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasi loyihasini ilgari surish. | 1. Rezolyutsiyaning qayta ishlangan loyihasini Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlariga yuborish. 2. Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari takliflari asosida rezolyutsiya loyihasini takomillashtirish va BMT Bosh Assambleyasiga yuborish. | 2025-yil iyun — sentabr | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, TIV |
5. | Assambleya doirasidagi Parlament ayol aʼzolari forumida ilgari surilgan “Gender tenglikka erishamiz: harakatlar ketidan harakatlar!” kampaniyasi ijrosini taʼminlash. | Kampaniyaning 10 ta yoʻnalishi (harakatlar) boʻyicha belgilangan maqsadlarni amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi qarori bilan tasdiqlash. | 2025-yil iyun | Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
6. | Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning XII Yoshlar parlamentlari global forumini yuqori darajada tashkil etish. | 1. Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning XII Yoshlar parlamentlari global forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish, unda: tashkiliy qoʻmita tarkibini shakllantirish; vazirlik va idoralarga vazifalar belgilash; chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Oliy Majlis palatalari, Yoshlar ishlar agentligi, Vazirlar Mahkamasi, TIV, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Forumning veb-sahifasini yaratish. | 2025-yil sentabr | |||
3. Tadbir konsepsiyasi va dasturining loyihalarini tayyorlash. | 2026-yil may | |||
4. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2026-yil sentabr | |||
7. | Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq shafeligida BRMni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha III Global forumini oʻtkazish. | 1. Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish. | 2025-yil sentabr | Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, TIV, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Forum konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | |||
3. Forumning veb-sahifasini yaratish. | 2025-yil noyabr | |||
4. Forumni oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishini ishlab chiqish. | 2026-yil avgust | |||
5. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2026-yil sentabr | |||
8. | Parlamentlararo ittifoq qoʻmitalari va guruhlari tarkibidagi Oliy Majlis palatalari aʼzolari sonini koʻpaytirish choralarini koʻrish. | 1. Parlamentlararo ittifoq qoʻmitalari va guruhlaridagi vakant oʻrinlar va aʼzo davlatlar uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish. 2. Vakant oʻrinlar uchun nomzodlarni shakllantirish. 3. Nomzodlarni ilgari surish boʻyicha Ittifoqning Yevroosiyo guruhi kotibiyati bilan muzokaralar olib borish. | vakant joylarga saylov oʻtkazilishiga qarab | Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
9. | Parlamentlararo ittifoq faoliyatida Oliy Majlisning Ittifoqdagi doimiy delegatsiyasi aʼzolari faolligini oshirish. | 1. Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi doirasida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda maʼruzalar bilan ishtirok etish, Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini dunyo hamjamiyatiga yetkazib borish. 2. Parlamentlararo ittifoq rezolyutsiyalari, xususan 2025-2026-yillarda qabul qilinishi rejalashtirilgan “Parlamentlarning mojarodan keyingi boshqaruvning ishonchli mexanizmlarini yaratish hamda adolatli va mustahkam tinchlikni tiklashdagi roli” hamda “Adolatli va barqaror global iqtisodiyotni qurish: proteksionizmga qarshi kurashish, tariflarni pasaytirish va korporativ soliqlardan qochishning oldini olishda parlamentlarning roli” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslaridan kelib chiqib, pozitsiyani shakllantirish va ilgari surish. 3. Delegatsiyaning Ittifoqdagi ishtiroki natijalari (chiqishlar, tashabbuslar va loyihalar) toʻgʻrisida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | 2025-2026-yillar davomida | Parlamentlararo ittifoqdagi Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi aʼzolari |
10. | Parlamentlararo ittifoqning barcha tuzilma va forumlarida faol ishtirok etish, global kun tartibidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Oliy Majlisning Parlamentlararo ittifoqdagi doimiy delegatsiyasi tarkibini qayta koʻrib chiqish. 2. Senat devoni tarkibiy boʻlimida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlik boʻyicha maxsus tuzilma tashkil etish, uning asosiy vazifasi etib: Assambleya kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan delegatsiya aʼzolarini xabardor qilib borish; Oʻzbekiston tashabbuslarini Assambleya kun tartibiga kiritish boʻyicha Parlamentlararo ittifoq Kotibiyati bilan muntazam ravishda muzokaralar olib borish; Assambleyada ilgari surish maqsadida Oʻzbekiston pozitsiyalarini ishlab chiqish. 3. Senat rasmiy veb-saytida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlik boʻyicha maxsus rukn yaratish va uni doimiy ravishda yangilab borish. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis palatalari devonlari |
II. Ikki tomonlama uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar | ||||
11. | Sloveniya, Xorvatiya, Irlandiya, Malta, Portugaliya, Niderlandiya, Jazoir, Kambodja kabi mamlakatlar bilan parlamentlararo “doʻstlik guruhlari”ni tuzish. | 1. Yangi tuzilgan “doʻstlik guruhlari” haqidagi maʼlumotlarni xorij tomoniga diplomatik kanallar orqali yetkazish. | 2025-yil iyul-avgust | Oliy Majlis palatalari, TIV |
2. Yangi tuzilgan “doʻstlik guruhlari”ning majlislarini oʻtkazish. 3. Doʻstlik guruhlari ishini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xarita”larni ishlab chiqish. | kelishilgan muddatlarda | |||
12. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi oʻrtasida hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish va kelishish. 2. Memorandumni imzolash. 3. Ikki mamlakat parlamenti oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo doʻstlik guruhini komissiya darajasiga koʻtarish va uning hamkorlikdagi ish rejasini tasdiqlash. | kelishuv asosida | Oliy Majlis palatalari |
13. | 2025-yil davomida Moʻgʻuliston Buyuk Davlat Xurali delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini ishlab chiqish va tashkil qilish. | 1. Tashrifning aniq muddatlarini xorij tomoni bilan kelishish. | kelishuv asosida | Oliy Majlis Senati, TIV |
2. Tashrifni tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal etish. | tashrifdan 1 oy avval | |||
3. Tashrifni tashkil etish. | kelishuvga asosan | |||
14. | Oʻzbekiston Respublikasining parlament diplomatiyasi konsepsiyasini takomillashtirish. | 1. Parlament diplomatiyasi konsepsiyasini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. | 2025-yil avgust | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti |
2. Parlament diplomatiyasi konsepsiyasini takomillashtirish maqsadida xalqaro tajribani oʻrganish, tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr-noyabr | |||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 25-sentabrdagi 481-IV/KQ-132-IV-sonli Qoʻshma qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
15. | Oliy Majlisning parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish. | 1. Oliy Majlisning parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. | 2025-yil avgust | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 2026-2027-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr — noyabr | |||
3. “Yoʻl xaritasi” loyihasini Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
16. | Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi parlamentlarning yosh aʼzolari guruhi faoliyatida Oʻzbekiston parlamenti yosh vakillarining ishtirok etishi masalasini koʻrib chiqish. | 1. EXHT PA tomoni bilan muzokaralar olib borish. 2. EXHT PAning parlamentlarning yosh aʼzolari guruhida ishtirok etish uchun tashrif aniq muddatlarini xorij tomoni bilan kelishish. 4. Tashrifni tashkil etish. | kelishuv asosida | Oliy Majlis palatalari, TIV |
17. | Xiva shahrida birinchi Oʻzbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumini oʻtkazish. | 1. Forum konsepsiyasi va dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Ozarbayjon tomoni bilan kelishish. 3. Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarorini qabul qilish. 4. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2025-yil iyun-iyul | Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, TIV |
18. | Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida Uchinchi Oʻzbekiston-Belarus parlamentlararo (ayol parlament aʼzolari ishtirokida) forumni oʻtkazish. | 1. Belarus tomonidan ishlab chiqiladigan forum konsepsiyasi va dasturi loyihasi yuzasidan Oʻzbekiston tomonining takliflarini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Oliy Majlis Senati, Savdo-sanoat palatasi, TIV |
2. Forum doirasida: ikki mamlakatning hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish; Oʻzbekiston va Belarus yosh parlament aʼzolari forumi tashkil etish; ikki tomon tadbirkorlari oʻrtasida B2B uchrashuvlarini oʻtkazish; | 2025-yil avgust | |||
3. Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Senat Kengashi qarori loyihasini tayyorlash. | 2025-yil iyun | |||
4. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil avgust | |||
19. | Oliy Majlisning Butunxitoy Xalq Vakillari kengashi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhni “parlamentlararo komissiya” darajasiga koʻtarish masalasini xorij tomoni bilan oʻrganib chiqish. | 1. Parlamentlararo komissiyaning Reglamenti loyihasini ishlab chiqish. 2. Parlamentlararo komissiyaning tarkibi va Reglamentini oʻrnatilgan tartibda kelishish va tasdiqlash. 3. Parlamentlararo komissiyaning ish rejasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis palatalari, TIV |
4. Parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisini oʻtkazish. | kelishuvga koʻra | |||
20. | Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida oliy darajada va hukumatlar oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlashda parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha hamkorlik qilish, parlamentlararo doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish. | 1. Oliy Majlis Senati va Pokiston Senatidagi mavjud doʻstlik guruhlarining “onlayn” uchrashuvini oʻtkazish. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis Senati, TIV |
2. Uchrashuv yakunlari boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan, natijaga yoʻnaltirilgan qoʻshma “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2025-yil iyul — dekabr | |||
3. “Yoʻl xaritalari” ijrosi boʻyicha har yarim yillikda axborot kiritish. | 2026-yil iyul — dekabr | |||
21. | Hindiston Parlament tadqiqotlari va kadrlar tayyorlash institutida Oʻzbekiston parlamenti palatalari devonlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini kengaytirish. | 1. Parlament palatalari devonlari xodimlari malakasini oshirish yuzasidan mavjud boʻlgan yoʻnalishlarni belgilash. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis palatalari, TIV |
2. Hindiston Parlament tadqiqotlari va kadrlar tayyorlash instituti bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil iyul | |||
3. Kelishuvlar asosida kurslarda parlament palatalari devonlari xodimlari ishtirokini taʼminlash. | kelishuv asosida | |||
22. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vetnam Milliy Assambleyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumning amaliy ijrosini taʼminlash. | 1. Hujjatning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash. | 2025-2026-yillarda | Oliy Majlis palatalari, TIV |
2. Hamkorlik yoʻnalishlarini amalga oshirish maqsadida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo doʻstlik guruhi yigʻilishlarini oʻtkazish. | har yili bir marotaba | |||
3. Hujjatning bajarilishini monitoring qilib borish va natijasi boʻyicha axborot tayyorlash. | har yarim yilda | |||
23. | Osiyo Parlament Assambleyasining Rossiya, Bahrayn va Qatarda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarida faol ishtirok etish va Oʻzbekiston tashabbuslarini ilgari surish. | 1. Ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini shakllantirish. | kelishuv asosida | Oliy Majlis palatalari, TIV |
2. Kun tartibi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston takliflari va pozitsiyalarini shakllantirish. | tadbirdan 1 oy avval | |||
3. Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarni keng xalqaro hamjamiyatga yetkazish. | tadbir davomida | |||
24. | MDH Parlamentlararo ittifoqining Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan kuzgi sessiyasida ishtirok etish va Oʻzbekiston tashabbuslarini ilgari surish. | 1. Ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini shakllantirish. | 2025-yil iyul | Oliy Majlis palatalari, TIV |
2. Kun tartibi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston takliflari va pozitsiyalarini shakllantirish. | 2025-yil avgust | |||
3. Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarni keng xalqaro hamjamiyatga yetkazish. | 2025-yil sentabr | |||
25. | Mustaqil Davlat Hamdoʻstligi Parlament Assambleyasi tomonidan tashkil etiladigan quyidagi tadbirlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi (yoshlarning) aʼzolarining tashrifini tashkil etish: “Xotira poyezdi” madaniy-maʼrifiy tadbirda; “Hamdoʻstlik bolalari” forumida. | 1. Tadbirlarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi (yoshlarning) aʼzolarini shakllantirish. 2. Tadbirlarda Oʻzbekiston delegatsiyasini ishtirokini taʼminlash. 3. Yoshlar oʻrtasida ushbu tadbirlarning targʻibot ishlarini tashkil etish. | 2025-yil iyun-iyul | Oliy Majlis palatalari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TIV |