Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda):
1) 2-moddasi:
ikkinchi xatboshisidagi “kassatsion va nazorat tarzidagi shikoyatlardan” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun”;
2) 4-moddasining:
“s” kichik bandidagi “monopoliyaga qarshi organlar va soliq organlari” degan soʻzlar “monopoliyaga qarshi organlar, soliq va bojxona organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “ya1” va “ya2” kichik bandlari bilan toʻldirilsin:
ya1) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
ya2) uy-joy mulkdorlari shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari, shuningdek fuqarolar tuzilgan shartnomalarning shartlari aholiga uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan bajarilmaganligi yoki sifatsiz bajarilganligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha”;
2-bandi “g” kichik bandidagi “monopoliyaga qarshi organlar va soliq organlari” degan soʻzlar “monopoliyaga qarshi organlar, soliq va bojxona organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 24-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar):
1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari tegishincha bojxona va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat soliq xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismi “soliq organlari” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 175-4-modda bilan toʻldirilsin:
“175-4-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda toʻlash
Ish haqini taqiqlangan shakllarda (alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa tovarlar tarzida) toʻlash
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 257-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tumanlarga boʻlingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari;
tumanlarning, tumanlarga boʻlinmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va suv yoʻllari uchastkalari bosh davlat sanitariya vrachlari”;
4) 264-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“264-modda. Davlat soliq organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari
Davlat soliq organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalariga ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1754-moddasida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, uning oʻrinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman va shahar boʻlimlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidirlar”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 153-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida toʻlanadi. Mehnatga haqni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilab qoʻyiladigan boshqa tovarlar tarzida toʻlash taqiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda) 1015-moddasining uchinchi qismidagi “qonunda” degan soʻz “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 24-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda):
1) 8-moddasi:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Gramplastinkalar, audio-video kassetalar, lazer diskalar ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar toʻlash oʻrniga ularning daromad olish darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar, mol-mulk soligʻi bundan mustasno”;
toʻqqizinchi qismi tegishincha oʻninchi qism deb hisoblansin;
2) 31-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 25-band bilan toʻldirilsin:
“25) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar”;
3) 58-moddasi:
“r” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“r) depozit sertifikatlar boʻyicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari boʻyicha foizlar va yutuqlar”;
quyidagi mazmundagi “x” bandi bilan toʻldirilsin:
“x) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa”;
4) 59-moddasi birinchi qismining 1-bandi quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“j) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya-si boʻlgan shaxslar gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlari boʻyicha”;
5) 71-moddasi:
11-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ushbu imtiyoz jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarga tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi 43-band bilan toʻldirilsin:
“43) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar”;
6) 102-moddasining:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
“10) gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan jismoniy shaxslar”;
7) 113-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar”;
8) 131-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq munosabatlaridagi nizolar tegishli yuqori turuvchi organlar yoki sud tomonidan koʻriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddasining:
birinchi qismidagi 14 va 15-bandlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1-7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-13-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, davlat soliq xizmati organlarining faqat boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
271-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)