15.05.2025 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllarida harakatlanishni tashkil etish tartibini aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish, transport vositalaridan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda fuqarolarni bu borada qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini har qanday maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda — maxsus texnika vositalari) orqali qayd etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar avtomobil yoʻllarida taʼmirlash yoki yoʻl chiziqlarini chizish bilan bogʻliq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligining quyidagilarga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilish vaqtini koʻrsatuvchi qoʻshimcha axborot belgilariga ega “Toʻxtash taqiqlangan” va “Toʻxtab turish taqiqlangan” yoʻl belgilari joylashgan hududda ularning amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha toʻxtashi hamda toʻxtab turishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda Yoʻl harakati qoidalari bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, taʼtil davrlari va 19.00 dan 07.00 ga vaqt oraligʻida ushbu aholi punkti uchun ruxsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi kelishilgan Qonun loyihasi ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnika vositalari orqali qayd etiladigan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning qatʼiy roʻyxati va bu toifadagi ishlarni koʻrib chiqishning aniq muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy jazo tizimiga maʼmuriy ogohlantirish chorasini kiritish va uni yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq ayrim huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan holatni aniqlagan vakolatli shaxs tomonidan qoʻllash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga hududning oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda, Yoʻl harakati qoidalari bilan tasdiqlangan qoʻshimcha axborot belgilarida koʻrsatilmagan boshqa vaqt oraligʻini nazarda tutuvchi qoʻshimcha axborot belgilarini oʻrnatish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman va shahar hokimliklari huzurida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etilsin hamda ularning mablagʻlari faqat yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli sarflanishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarni maxsus texnika vositalari orqali qayd etishda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, sohada suiisteʼmolchiliklarning oldini olish maqsadida belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish tizimining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash qurilmalari hamda dasturiy taʼminoti 2025-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi boshqaruviga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimining belgilangan tartibda texnik talablarga mos ravishda ekspluatatsiya qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tartibga solinmagan avtomobil yoʻli va temir yoʻl kesishmalarini oʻrganib chiqsin hamda tirbandliklarni yuzaga kelishiga sabab boʻlayotgan joylarda oʻrnatilgan “Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yoʻl belgilarini boshqariladigan svetoforlarga almashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-sentabrga qadar joylardagi oʻrganishlar asosida yoʻllar boʻyida joylashgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofida soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish mumkinligini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari hamda bunga qatʼiy rioya etishni taʼminlovchi maxsus texnika vositalarini oʻrnatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Yoʻl harakati qoidalariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda joylardagi tahlil va oʻrganishlar asosida barcha “Toʻxtash taqiqlangan” va “Toʻxtab turish taqiqlangan” yoʻl belgilarining maqsadga muvofiq oʻrnatilganligi nuqtai nazaridan toʻliq qayta koʻrib chiqilishini, zarurat boʻlmagan joylarda oʻrnatilgan yoʻl belgilarining demontaj qilinishini, shuningdek, ularning amal qilish vaqtini koʻrsatuvchi qoʻshimcha axborot belgilari oʻrnatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olti oy muddatda Transport vazirligi bilan birgalikda transport vositalari haydovchilari tomonidan belgilangan harakat tezligini oshirib yuborish holatlari koʻplab kuzatilayotgan hududlarda transport vositasining joriy tezligini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi elektron tablolar oʻrnatilishini va bu amaliyotni keyinchalik oʻrganishlar asosida har yil yakuni boʻyicha tasdiqlanadigan dasturga koʻra boshqa hududlarda amalga oshirib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarni maxsus texnika vositalari orqali qayd etish sohasida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash choralarini koʻrib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda komissiya tuzgan holda 2025-yil yakuniga qadar chorraha va yoʻllardagi barcha maxsus texnika vositalarini ularning maqsadga muvofiq oʻrnatilgani va belgilangan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari boʻyicha oʻzboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda oʻrnatilgan, texnik va standart talablarga javob bermaydigan, shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadiga erishishga koʻmaklashmaydigan maxsus texnika vositalarining demontaj qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qilishga moʻljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan koʻp boʻlmagan hududda “Radar” yoʻl belgisining oʻrnatilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tuman va shahar hokimliklari huzurida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini belgilovchi Hukumat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9 — 92-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

9.

Ichki ishlar vazirligi

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari.

39

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno).

48,5

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun Bojxona qoʻmitasi tomonidan undirilgan jarima summasi.

23,5

Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi.

8

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar.

8

Ichki ishlar organlarining tashabbusi bilan aniqlangan yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlari boʻyicha davlat manfaatlariga yetkazilgan zararlarni undirishdan tushgan mablagʻlar.

10

Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyxatga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari.

8

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi:

tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab ikki yil davomida;

8,5

tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan ikki yil oʻtgan kundan boshlab.

13,5

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda).

5

91.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari.

16

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar.

40

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasining Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratilishi belgilangan qismi.

1,5

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi.

1,5

92.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi

(davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi boʻyicha undirilganlar mablagʻlar bundan mustasno).

5

Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan loyiha boʻyicha).

25

Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda).

25

Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha yigʻimlar.

20

Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi.

100

Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha auksiondan olib, auksionga qoʻyilgan boshlangʻich narxi boʻyicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan tushumlar.

50

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 93-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

93.

Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi

“Xavfsiz shahar” tizimlari yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun toʻlanadigan jarimalar va koʻrsatilgan xizmatlar summasi.

60

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi.

20

Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda)

25

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

24.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi)

Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji.

50

Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari.

45

Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov.

10

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi (“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hisobidan belgilangan tartibda oʻrnatilgan holatlarda).

5

“Xavfsiz shahar” tizimlari yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun toʻlanadigan jarimalar va koʻrsatilgan xizmatlar summasi

10

Respublikada oʻrnatilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun undirilgan jarimalar summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-son qaroriga muvofiq).

10

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 241-band chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilganidan 2 yil oʻtgandan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — tadbirkorlik subyekti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan tuman va shahar hokimliklari yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,5 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari ““Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “nazorat qiluvchi vakolatli organ” soʻzlari “texnik nazorat qiluvchi ishchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimida muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-banddagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” moduli)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt — elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga foydalanish huquqi asosida cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi bilan biriktirilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joyning dislokatsiyasi va minimal qiymati (boshlangʻich narxi), mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-banddagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” KAAT)” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-banddagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAATga” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22 va 32-bandlardagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAATda” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” modulida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-bandning ikkinchi xatboshisidagi “5 ish kunida” soʻzlari “qonunchilikda belgilangan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-banddagi “mulk huquqi asosida” soʻzlari “foydalanish huquqi asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-banddagi “Tizim tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlib, unga” soʻzlari “Tizimga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“39. Tizim oʻrnatilgan obyekt tadbirkorlik subyektidan olib qoʻyilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektiga mazkur obyekt qiymatiga teng boʻlgan boshqa boʻsh turgan obyekt taklif etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan quyidagi eʼtirozlar mazkur Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bekor qilinishiga olib keladi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tizimda qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarining buzilganlik holatlari boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni bir va undan ortiq foizni tashkil etganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshidagi “mulk huquqini” soʻzlari “huquqlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda yoki biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda, tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi vakolatli organning qarori bilan bekor qilinadi hamda 7 ish kunida operator xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator vakolatli organning qarori asosida 3 ish kunida “E-auksion” elektron savdo platformasiga tegishli oʻzgartirish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bekor qilinganda, tizim qurilmalari tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi va bir oy muddat ichida vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslarning ishtirokida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga yuklangan majburiyat belgilangan muddat ichida amalga oshirilmagan taqdirda, mazkur qurilmalar vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda yechib olinadi hamda tadbirkorlik subyektlarining rasmiy soʻroviga asosan qurilmalarning yechib olinishi bilan bogʻliq xarajatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoplangandan soʻng ularga yoki ularning ishonchli vakiliga qaytariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44 va 45-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (metrologik qiyoslash guvohnomasi) DYHXX tomonidan ishlab chiqilgan Texnologik yoʻriqnoma talablari asosida “Maʼmuriy amaliyot” moduliga taqdim etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarni maxsus texnika vositalari orqali qayd etishda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, sohada suiisteʼmolchiliklarning oldini olish maqsadida barcha maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash server qurilmalari “Xavfsiz shahar” markazining texnologik maydonchasiga joylashtirish (boshqaruviga oʻtkazish)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAATga” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshidagi “obyektga nisbatan boʻlgan mulk huquqini sud tartibida” soʻzlari “obyektga nisbatan boʻlgan huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAATga” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Maʼmuriy amaliyot” moduli tomonidan shakllantirilayotgan tizimdan olingan maʼlumotlar asosida qoidabuzarlikni qayd etuvchi qurilma toʻgʻrisidagi kengaytirilgan maʼlumotlarni (metrologik qiyoslash guvohnomasi) avtomatik ravishda toʻliq aks ettirilishini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “sud tartibida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda yoki bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqini bekor qilish choralarini koʻrish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish tizimi orqali Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi barcha foto maʼlumotlar 365 kundan, video maʼlumotlar 30 kundan kam boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” modulida (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” moduli) saqlanishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 va 18-bandlardagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAATga” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduliga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-banddagi ““Maʼmuriy amaliyot” KAAT” soʻzlari ““Maʼmuriy amaliyot” moduli soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi 148-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik qoʻllab-quvvatlash va elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning tuman va shahar hokimliklari yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari uchun aloqa kanallarini tashkil etish va ijaraga berish hamda huquqbuzarliklar va yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun hamda huquqbuzarliklar va yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazib berishda pochta aloqasi xizmatlari xarajatlarni qoplash uchun Raqamli texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)