1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni faol jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, joriy elektr energiyasi va aloqa kanallarining xarajatlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari kelgusida “Xavfsiz shahar” tizimi bilan majburiy integratsiyasi taʼminlangan holda, tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasini taqsimlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab 2 yil davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — tadbirkorlik subyekti hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari joriy etilib, ishga tushirilganidan 2 yil oʻtgandan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — tadbirkorlik subyekti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan tuman va shahar hokimliklari yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,5 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
(4-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 503-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 503-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va rivojlantirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimining oʻrnatilishi va ekspluatatsiya qilinishini texnik nazorat qiluvchi ishchi organ hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi faoliyatini doimiy ravishda, bevosita hamda masofaviy tarzda monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimida muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining harakatlanish jadalligi va oxirgi ikki yilda sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklarining tahlili asosida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini hamda zaruratga koʻra muntazam yangilab borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida Yoʻl harakati xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish hamda zamonaviy server qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha asoslantirilgan taklif kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini (keyingi oʻrinlarda — tizim) oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi — haydovchilari yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etgan transport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini aniqlash tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim qurilmalari — tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni shakllantirish uchun foydalaniladigan hamda transport vositalari tomonidan sodir etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarni foto va video qayd etish uskunasi, “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun, qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida saqlovchi qurilma, kommutator, marshrutizator va boshqalardan iborat boʻlgan tarmoq qurilmalari hamda elektr quvvati bilan taʼminlovchi qurilmalar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” moduli (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” moduli) — yoʻl harakati sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni hisobga olish, koʻrib chiqish va qoidabuzarga nisbatan maʼmuriy tartibda jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni shakllantiruvchi kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt — elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga foydalanish huquqi asosida cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi bilan biriktirilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joy;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal qiymat (boshlangʻich narx) — tizim joylashgan joyning elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatini, shuningdek, manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan axborot tizimi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish boʻyicha hujjatlar loyihasini kelishish va oʻrnatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joyning dislokatsiyasi va minimal qiymati (boshlangʻich narxi), mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda respublika boʻyicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish dasturiga muvofiq yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dislokatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi hamda zaruratga qarab muntazam ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning elektron onlayn-auksionlari operator tomonidan belgilangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar (tanlovlar) “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ operatorga elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyurtma bilan birga quyidagi axborot va hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatilishi rejalashtirilgan joyni elektron onlayn-auksionga chiqarishga asos boʻlgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatiladigan joyni elektron onlayn-auksionga qoʻyishda uning minimal qiymati (boshlangʻich narxi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatiladigan joyning tutash yer uchastkalari bilan birga 4 ta fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatiladigan joyning geolokatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga yuklangan majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ (buyurtmachi) haqida maʼlumot (pochta va elektron manzili, telefon, faks).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan obyektni tavsiflaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni topshirish, koʻrib chiqish va gʻolib tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joyni auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlarning 1 foizi operatorga, qolgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari qarorlari asosida tegishli mahalliy budjet daromadiga oʻtkaziladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 382-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/382/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tizimni oʻrnatish va ishga tushirishni ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir texnik talablarga muvofiq tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini oʻrnatishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tizim elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan obyektlarda mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tizimning dasturiy-texnik vositalari mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatiladigan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlari quyidagi idoralardan obyekt boʻyicha texnik shartlar olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining hududiy korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Metall ustunlarni loyihalash, ekspertizadan oʻtkazish, vakolatli davlat organlari bilan kelishish va oʻrnatish ishlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tizim “Maʼmuriy amaliyot” moduliga majburiy tartibda va texnik talablar asosida integratsiya qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tizimni joriy etishda uzluksiz ishlaydigan va himoyalangan aloqa kanallari tadbirkorlik subyektlari hisobidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tizimni elektr tarmogʻiga ulash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Obyektlarda muhandislik infratuzilmasini yaratish ushbu Nizomda belgilangan talablarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tizim “Maʼmuriy amaliyot” moduliga integratsiya qilingandan soʻng oʻn kun davomida sinov tariqasida ishlatiladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim sinov tariqasida amal qilgan davrda qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha jarima undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini ekspluatatsiya qilishga doir texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tizim doimiy va uzluksiz rejimda ishlashi hamda uzilishlar roʻy berganda oflayn tarzda maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, tizimning faoliyati qayta tiklanganda esa, ushbu olingan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa tarmoqlarida uzilishlar kuzatilganda, maʼlumotlarni qurilmada 48 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida saqlash imkoniyatiga ega boʻlgan zaxira xotira qurilmasi mavjud boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun 8 soatdan kam boʻlmagan zaxira elektr taʼminoti boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyalash sertifikatiga ega boʻlishi hamda normativ hujjatlarda belgilangan muddatlarda qayta qiyoslashdan oʻtkazilishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tizimning tarmoq qurilmalari foto va video qayd etish uskunalari holatini avtomatlashtirilgan monitoring qilish (ishchi holatdaligi) imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi foto maʼlumotlar 730 kundan, video maʼlumotlar 90 kundan kam boʻlmagan muddatda “Maʼmuriy amaliyot” modulida saqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Aloqa tarmoqlari optik tolali tarmoq texnologiyalari yordamida tashkil etiladi (kommutator, marshrutizator va boshqalar) hamda tarmoqning soʻnggi nuqtalariga qadar xizmat koʻrsatishi uchun yetarli oʻtkazuvchanlikni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar himoyalangan aloqa kanallari orqali markaziy server qurilmasiga uzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tizim yetkazib beruvchi korxona tomonidan kamida 3 yil davomida kafolatlangan texnik qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish va axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tadbirkorlik subyektlari obyektga oʻrnatiladigan tizim va axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga masʼul hisoblanib, belgilangan talablarga rioya qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tizimga har qanday koʻrinishdagi qoʻshimcha qurilma va vositalarni ulash tadbirkorlik subyektlarining yozma murojaatiga asosan vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatda tadbirkorlik subyektlarining yozma murojaati yuzasidan ruxsat berish yoki rad etish boʻyicha asoslantirilgan javob xati taqdim etiladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga axborot xavfsizligi talablariga zid ravishda noqonuniy ulanish yoki ulanishga urinish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tizimdagi barcha maʼlumotlar xizmat doirasida foydalanish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tadbirkorlik subyektlari tizimdagi maʼlumotlar vakolatli organning ruxsatisiz oshkor boʻlmasligi, tizimdan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan texnik mutaxassislarning maxfiy maʼlumotlarni oshkor etmasliklarini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan texnik topshiriq namunasining axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan, shuningdek, dasturiy mahsulotlar va axborotni himoya qilish vositalari sertifikatlashdan oʻtkaziladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tizimda hamda “Maʼmuriy amaliyot” modulida muntazam ravishda axborot va kiberxavfsizlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik hodisalari va tahdidlarini monitoring qilish ishlarini amalga oshiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini foydalanishga topshirish hamda unga nisbatan huquqlarni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Obyekt elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga foydalanish huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tizimga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda tadbirkorlik subyektlari mazkur Nizom va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tizim ushbu Nizom talablari asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻliq shakllantirilgandan soʻng vakolatli organning “Tizimning qoʻyilgan texnik talablarga javob berishini oʻrganish boʻyicha texnik xulosasi”ga asosan ishga tushiriladi hamda shundan soʻng ushbu Nizomning 37-bandi talablarini inobatga olgan holda tizimdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tadbirkorlik subyektlarining tizimdan foydalanish huquqi yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzilgan keyin vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Obyektdan boshqa maqsadlarda yoki ushbu Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan holatda foydalanilganda, vakolatli organning tashabbusiga asosan tadbirkorlik subyektlarining tizimdan foydalanish huquqi vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organning “Tizimni oʻrganish boʻyicha xulosasi”ga asosan u qayta ishga tushiriladi va shundan soʻng tizimdan qayta foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tizim oʻrnatilgan obyekt tadbirkorlik subyektidan olib qoʻyilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan tadbirkorlik subyektiga mazkur obyekt qiymatiga teng boʻlgan boshqa boʻsh turgan obyekt taklif etiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan quyidagi eʼtirozlar mazkur Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bekor qilinishiga olib keladi:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish bilan bogʻliq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimdan boshqa maqsadlarda foydalanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimdan foydalanish jarayonida ushbu Nizom bilan tasdiqlangan texnik talablarga javob bermaydigan holatlar kelib chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimga vakolatli organning ruxsatisiz qoʻshimcha yoki boshqa qurilma oʻrnatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimda qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarining buzilganlik holatlari boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuborilgan maʼlumotlardagi xatoliklarning umumiy soni bir va undan ortiq foizni tashkil etganda;
(41-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi taʼsir natijasida tizim qurilmalarining joylashuvida oʻzgarish yuz berib, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga toʻsqinlik qilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida obyektga nisbatan mavjud boʻlgan huquqlarni bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
(41-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda yoki biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda, tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi vakolatli organning qarori bilan bekor qilinadi hamda 7 ish kunida operator xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator vakolatli organning qarori asosida 3 ish kunida “E-auksion” elektron savdo platformasiga tegishli oʻzgartirish kiritiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bekor qilinganda, tizim qurilmalari tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi va bir oy muddat ichida vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslarning ishtirokida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga yuklangan majburiyat belgilangan muddat ichida amalga oshirilmagan taqdirda, mazkur qurilmalar vakolatli organ hamda yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda yechib olinadi hamda tadbirkorlik subyektlarining rasmiy soʻroviga asosan qurilmalarning yechib olinishi bilan bogʻliq xarajatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoplangandan soʻng ularga yoki ularning ishonchli vakiliga qaytariladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tadbirkorlik subyektlari hamda vakolatli organning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasida eʼlon qilingan elektron onlayn-auksion orqali tizimni oʻrnatish obyekti auksionida ishtirok etish;
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimni joriy etish loyihasini amalga oshirish uchun zarur axborotlarni vakolatli organlardan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektda loyiha-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma talablari buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra ularga biriktirilgan obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish hamda uni boshqa tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlar uzrli sabablarga koʻra (mutaxassislarning chet eldan kelishi zarurati, tizimdagi kamchilikni bartaraf etish yuzasidan murakkab texnologik yechim va boshqalar) 30 kun ichida bartaraf etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, mazkur muddatni uzaytirish uchun yozma murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tadbirkorlik subyektlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimni mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan texnik talablarga muvofiq xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish qurilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (metrologik qiyoslash guvohnomasi) DYHXX tomonidan ishlab chiqilgan Texnologik yoʻriqnoma talablari asosida “Maʼmuriy amaliyot” moduliga taqdim etish;
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim faoliyatini faqat oʻzlariga biriktirilgan obyektda, statsionar rejimda hamda tegishli yoʻl belgilarining oʻrnatilishini va yotiq chiziqlarning chizilishini taʼminlagan holda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tomonidan yoʻl harakati qoidabuzarliklari notoʻgʻri aniqlanganligi tasdiqlangan hollarda, ularni sodir etgan deb eʼtirof etilgan shaxsga yetkazilgan barcha moddiy zararni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofat (zilzila, suv toshqini, yongʻin va shu kabi boshqa hodisalar) natijasida tizim nosoz holga kelgan taqdirda, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgan kundan boshlab 180 kun ichida tizimni qayta ishga tushirish va bu bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga olish;
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga tizim oʻrnatiladigan joyni biriktirish boʻyicha shartnoma tuzilganidan soʻng 60 kun ichida tizimni ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim faoliyati yuzasidan vakolatli organ tomonidan bildirilgan eʼtirozlarni 30 kun ichida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlarni maxsus texnika vositalari orqali qayd etishda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, sohada suiisteʼmolchiliklarning oldini olish maqsadida barcha maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash server qurilmalari “Xavfsiz shahar” markazining texnologik maydonchasiga joylashtirish (boshqaruviga oʻtkazish);
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Vakolatli organ quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda tizim faoliyatini doimiy ravishda, bevosita hamda masofaviy tarzda monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimdan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish hamda qoidabuzarliklarni aniqlashda xolislikni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimda aniqlangan kamchilik va xatoliklarning bartaraf etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim tomonidan yoʻl harakati qoidabuzarliklari notoʻgʻri aniqlanishida tadbirkorlik subyektlarining aybi tasdiqlangan hollarda, yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan sudga tegishli hujjatlarni taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomda belgilangan talablarni lozim darajada bajarmagan yoki vakolatli organ bildirgan eʼtirozlarni bartaraf etmagan taqdirda, mazkur tizim tomonidan yuborilayotgan maʼlumotlar “Maʼmuriy amaliyot” moduliga qabul qilinishini toʻxtatish;
(48-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tizim oʻrnatiladigan joy boʻyicha yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar bilan shartnomasi rasmiylashtirgandan soʻng tizimni ishga tushirish, shuningdek, vakolatli organ bildirgan eʼtirozlarni bartaraf etish bilan bogʻliq muddatlarga amal qilmagan taqdirda, ularga biriktirilgan obyektdan foydalanish huquqini vaqtincha toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti auksion savdosida gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida obyektda dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatish bilan bogʻliq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmagan taqdirda, uni obyektga nisbatan boʻlgan huquqini bekor qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida rasmiy ogohlantirish.
(48-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator bilan veb-portalda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi haqidagi maʼlumotlarni elektron onlayn-auksion oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin mahalliy ommaviy axborot vositalari va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksionlar oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyatiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(49-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim oʻrnatilishi rejalashtirilayotgan obyektlarda tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish va yotiq chiziqlarni chizish yuzasidan masʼul idora va tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy amaliyot” moduliga tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy etilgan tizimdan kelib tushgan maʼlumotlarning uzluksiz va benuqson qayta ishlanishini taʼminlash;
(49-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy tartibda jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror shakllantirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy amaliyot” moduli tomonidan shakllantirilayotgan tizimdan olingan maʼlumotlar asosida qoidabuzarlikni qayd etuvchi qurilma toʻgʻrisidagi kengaytirilgan maʼlumotlarni (metrologik qiyoslash guvohnomasi) avtomatik ravishda toʻliq aks ettirilishini taʼminlash;
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan majburiyatlarini lozim darajada bajarmayotgan tadbirkorlik subyektlarining avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish boʻyicha faoliyatini toʻxtatish yoki bekor qilish choralarini koʻrish;
(49-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim faoliyati yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar bartaraf etilgan taqdirda, uni qayta ishga tushirish va qayta foydalanish uchun “Tizimning qoʻyilgan texnik talablarga javob berishini oʻrganish boʻyicha texnik xulosasi”ni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan obyektdan ixtiyoriy voz kechilganda yoki bildirilgan eʼtirozlar 30 kun davomida bartaraf etilmagan taqdirda tadbirkorlik subyektlarining obyektdan cheklanmagan muddatda foydalanish va uni boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqini bekor qilish choralarini koʻrish.
(49-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(49-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
(49-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vakolatli organ va tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Vakolatli organ va tadbirkorlik subyektlari tizimning joriy etilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishida tegishliligi boʻyicha masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tizimni joriy etish va ekspluatatsiya qilishda kelib chiqadigan yoki yoʻl harakati hodisasi natijasida tizimga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish boʻyicha hujjatlar loyihasini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
1. Operator “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan elektron auksionlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi.
1. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.
2. Tizim oʻrnatiladigan joylarni auksionga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma va obyektni tavsiflaydigan hujjatlarni elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilib yuboradi.
2. Taraflar tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng.
2-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
1. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylar haqida Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalaridan maʼlumot oladi.
2-3. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni berish muddati yakunlangunga qadar.
3. Xabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablagʻni kiritgan holda arizani elektron koʻrinishda toʻldiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi.
3-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
1. Auksionni unda ishtirok etishga ariza bergan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda, operator veb-portalida avtomatik tarzda oʻtkazadi.
1. Operator veb-portalida eʼlon qilingan vaqtda boshlanadi va gʻolib aniqlangunga qadar davom etadi.
2. Elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga QR-kodini qoʻllash orqali auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
2. Auksionda yutib olingan obyekt uchun toʻlov summasi toʻliq toʻlangandan keyin 3 ish kuni mobaynida
3. Bayonnomani auksion gʻolibi va vakolatli organning kabinetiga yuboradi.
3. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng.
4. Auksion natijalarini operatorning veb-portalida eʼlon qiladi.
4. Auksion yakunlangan zahoti.
4-bosqich
Transport vazirligi, mahalliy hokimliklar
Obyektni auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiradi.
5 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Tadbirkorlik subyekti quyidagi idoralardan obyekt boʻyicha texnik shart oladi:
1. “Oʻzbektelekom” AK filiali.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi.
3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi.
4. Tuman (shahar) hokimligi.
Zarur boʻlganda
6-bosqich
1. “Oʻzbektelekom” AK filiali.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi.
3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi.
4. Tuman (shahar) hokimligi.
Tadbirkorlik subyektiga muayyan obyekt uchun texnik shartlarni taqdim etadi.
7 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Texnik shartlar va talab etilgan boshqa hujjatlar bilan loyihalash idoralariga murojaat qiladi.
3 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Loyihalash idorasi
Tegishli tashkilot va idoralar bilan loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda kelishadi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi hamda tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi.
15 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida ekspertiza faoliyatini olib borish huquqiga ega boʻlgan tashkilotga belgilangan tartibda taqdim etadi.
3 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Loyihaga ekspertiza xulosasini beruvchi tashkilot
Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazib, tadbirkorlik subyektiga eʼtiroz va takliflar yoki ijobiy xulosa taqdim etadi.
10 ish kuni mobaynida
11-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Ijobiy xulosa olingan loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan ushbu sxemaning yettinchi bosqichida koʻrsatilgan davlat organlari bilan qayta kelishadi.
5 ish kuni mobaynida
12-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi.
Pudratchi tashkilot bilan imzolangan shartnomadagi muddatlarda
13-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
1. Qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng ishchi hujjatlar va dalolatnomalarni rasmiylashtiradi.
2. Tizimni ishga tushirish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi.
7 ish kuni mobaynida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tizimni joriy etish muddati obyekt oʻzlariga biriktirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi lozim.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi dasturiy-texnik vositalariga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi (keyingi oʻrinlarda — tizim) ushbu Texnik talablar va shaharsozlik normalari asosida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari mazkur Texnik talablar va Oʻz DSt 1987:2018 davlat standarti asosida tizimni joriy qilish boʻyicha texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqadi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasidan ekspertiza xulosasini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlari tizim doirasida quyidagi (bir yoki bir nechta) tizimlarni joriy etadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining harakat tezligini foto va video qayd etish tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Transport vositalarining harakat tezligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarining harakat tezligini foto va video qayd etish (radar) tizimiga (keyingi oʻrinlarda — tezlikni qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida uch va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida harakatlanayotgan transport vositalarining tezligini hamda davlat raqam belgisini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 250 km/h tezlik oraligʻida harakatlanayotgan transport vositalarining tezligi va davlat raqami belgisini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi transport vositalarining kamida 95 foizining davlat raqami belgisini qayd etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyalash sertifikatiga ega boʻlishi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tarmogʻida uzilishlar yuz berganda, uning faoliyatini 8 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida qoʻllab-quvvatlash imkoniga ega boʻlgan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Joriy etilgan tezlikni qayd etish tizimi orqali haydovchilar tomonidan belgilangan harakat tezligini oshirish qoidabuzarligini aniqlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimiga (keyingi oʻrinlarda — qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklari hamda chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi transport vositalarining kamida 95 foizining davlat raqami belgisini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorrahalarda hamda ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida bir vaqtning oʻzida sodir boʻladigan qoidabuzarliklarni aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy etilgan qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi orqali quyidagi qoidabuzarliklarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilari tomonidan svetoforning taqiqlovchi chirogʻida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlarini yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi chirogʻiga boʻysunmasdan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilarining Yoʻl harakati qoidalari bilan tasdiqlangan 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga” buyuruvchi yoʻl belgisiga amal qilmasligi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto va video qayd etish tizimiga (keyingi oʻrinlarda — toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish tizimi) qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan hududda transport vositalarining toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini hamda ularning davlat raqami belgilarini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarni qayd etish tizimi oʻrnatilgan nuqtadan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlashi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nuqtada bitta transport vositasi bilan 24 soat davomida aniqlangan qoidabuzarliklarni bir marotaba qayd etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim qayd etgan har bir qoidabuzarlik holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish tizimi orqali Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi lozim.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vositalarining toʻxtash va toʻxtab turish yoʻl harakati qoidabuzarliklarini hamda ularning davlat raqami belgilarini aniqlashda, dalil sifatida quyidagi ikki xil turdagi fotosurat ikki xil vaqt oraligʻida olinishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining toʻxtash mumkin boʻlmagan hududda toʻxtagan vaqtdagi umumiy fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining davlat raqami belgisi kattalashtirilgan hamda aniq koʻringan holatdagi fotosurati. Bunda transport vositasi toʻxtash mumkin boʻlmagan hududda transport vositasi harakatini 1 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatganligini tasdiqlovchi fotosuratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi toʻxtab turish mumkin boʻlmagan hududda transport vositasi harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga toʻxtatganligini tasdiqlovchi fotosuratlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Tizimning oʻrnatilishiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tizimni joylashtirish uchun avtomobil yoʻlining qatnov qismiga xalaqit bermaydigan holda, oʻng yoki chap yoʻnalishga “I”, “G”, “T” yoki “P” shakldagi metall ustun oʻrnatiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tizimlar metall ustunga 6 metrdan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Metall ustunlarni oʻrnatish, loyihalash, ekspertizadan oʻtkazish va tegishli davlat idoralari bilan kelishish ishlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Metall ustun va transport vositasining toʻxtash chizigʻi oraligʻidagi masofa tizim qurilmalarining texnik xususiyatlari, relyefning murakkabligi va muhandislik kommunikatsiyalari mavjudligidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tizim oʻrnatilgan metall ustunga umumiy holatni kuzatish va oʻrnatilgan qurilmalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 360 gradus radiusdagi kuzatuv kameralari oʻrnatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻrnatilgan metall ustunlarning oʻng yoki chap tomonidan 4 metr balandlikda telekommunikatsiya javoni oʻrnatiladi. Ushbu javon kerakli aloqa hamda elektr qurilmalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash hamda saqlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik va transport vositalari toʻgʻrisidagi barcha foto maʼlumotlar 365 kundan, video maʼlumotlar 30 kundan kam boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Maʼmuriy amaliyot” modulida (keyingi oʻrinlarda — “Maʼmuriy amaliyot” moduli) saqlanishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tizim “Maʼmuriy amaliyot” moduliga texnik talablar asosida integratsiya qilinishi va oʻzaro ishlash imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tizim orqali aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar “Maʼmuriy amaliyot” moduliga taqdim etilishi shart:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan transport vositasining uch holatdagi fotosurati (transport vositasi, uning davlat raqami belgisi, qoidabuzarlik sodir etilgan holatning umumiy koʻrinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik qayd etilgan vaqt (kun, soat, daqiqa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining tezligi (km/h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik aniqlangan manzil (tuman (shahar), koʻcha, avtomobil yoʻlining kilometri yoki moʻljal);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
holat aks etgan 6 — 10 soniyadan iborat videolavha va uning havolasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash tizimida amalga oshirilgan har qanday amaliy buyruqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (log fayllar) saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tizim yordamida qayd etilgan qoidabuzarlik hamda transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashning avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) boshqaruv tizimi xodimlariga masofadan turib ishlash imkoniyatining mavjud boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tizim doimiy va uzluksiz rejimda ishlashi hamda uzilishlar roʻy berganda oflayn tarzda maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, faoliyati qayta tiklanganda esa, olingan maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Aloqa tarmogʻiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Aloqa tarmoqlari optik tolali tarmoq texnologiyalari (kommutator, marshrutizator va boshqalar) yordamida tashkil etilib, tarmoqning soʻnggi nuqtalariga qadar xizmat koʻrsatishi uchun yetarli oʻtkazuvchanlikni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tizim orqali aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video maʼlumotlar VPN (Virtual Private Network — virtual xususiy tarmoq) aloqa kanali orqali markaziy server qurilmasiga uzatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aloqa liniyasida uzilishlar sodir boʻlganda, aniqlangan qoidabuzarliklarni vaqtincha saqlash uchun maxsus qurilma oʻrnatish, uning yordamida qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlab turish va aloqa tiklangandan soʻng ularni markaziy serverga uzatish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Tizimni elektr quvvati bilan taʼminlashga moʻljallangan elektr taʼminoti qurilmasiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tizimni elektr quvvati bilan taʼminlashga moʻljallangan elektr taʼminoti qurilmasining (keyingi oʻrinlarda — elektr taʼminoti) yerga ulanish kontur qarshiligi tizim qurilmalarining texnik talablari asosida hisoblanishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektr kabel sigʻimi oʻrnatilayotgan tizimning yuklamasidan kelib chiqib tanlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektr energiyasini hisobga olish uchun sertifikati mavjud boʻlgan zamonaviy elektr oʻlchash vositalarini oʻrnatish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tizimning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida 8 soatdan kam boʻlmagan zaxira elektr taʼminoti boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Dasturiy taʼminot vositalari tizimni zamonaviy platformalarda ishlashini taʼminlab, eng soʻnggi standartlarni qoʻllab-quvvatlashi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tizim dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi tomonidan kamida 3 yil davomida qoʻllab-quvvatlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tizimning dasturiy taʼminoti umumiy va maxsus dasturiy taʼminotlardan iborat boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Tizimning axborot xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti tizimdagi axborotni va uni qayta ishlovchi vositalarni himoya qilish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti quyidagilarni oʻz ichiga olishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish va hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxlitlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik devori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatsiz kirishlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antivirus himoyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Texnik talablarning 33-bandida nazarda tutilgan talablar buyurtmachi bilan kelishilgan holda, texnik dizayn bosqichida aniqlanishi va oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Axborotni muhofaza qilishda ishlatiladigan dasturiy taʼminot uchun OʻzDSt 2816:2014 “Axborot texnologiyalari. Eʼlon qilinmagan imkoniyatlar ustidan nazorat darajasi axborotini himoyalash vositasi dasturiy taʼminot klassifikatori” davlat standarti talabiga asosan nazorat qilishning uchinchi darajasi taʼminlanishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tizim apparat va dasturiy qismlarining oʻzaro bogʻliqligi hamda integratsiyalangan holda ishlashini taʼminlash texnik loyihalash bosqichida amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Joriy etilayotgan tizimning “Maʼmuriy amaliyot” moduli yoki boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash tartibi hamda ularning oʻzaro bir-biri bilan bogʻlanish interfeyslari toʻgʻrisidagi yechimlar texnik loyihalashtirish davrida qabul qilinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 318-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti tizimning ulanish obyektlari va maʼlumotlarini potensial xavflardan, tasodifiy harakatlardan va tashqi hujumlardan himoya qilishni taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti quyidagi talablarga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot va foydalanuvchilar faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni aloqa kanallari orqali uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonida ruxsatsiz modifikatsiyadan himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim resurslariga kirishni boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa kanallaridan uzatilayotgan maʼlumotlarni kriptografik usullar orqali maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viruslardan himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminotga noqonuniy kirishdagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot konfiguratsiyasida yuzaga kelgan xatoliklar va kamchiliklarni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tizim oʻrnatilgandan keyin oʻn kun sinov tariqasida ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sinov muddatida tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar oʻn kun muddatda vakolatli organ tomonidan tahlil qilinadi va mazkur Texnik talablarda nazarda tutilgan qoidalarga zid boʻlmagan “Tizimni oʻrganish boʻyicha xulosa” tasdiqlanib, tizimdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorraha va koʻchalarda sutka davomida transport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni)
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi)
Toshkent shahri hududida
Toshkent viloyati hududida
Viloyatlar markazlarida
Boshqa tuman va shaharlarda
0 — 20 000
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari
20 000 — 40 000
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari
40 000 — 60 000
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari
60 000 — 80 000
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari
80 000 — 100 000
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari
100 000 va undan yuqori
bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 33 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Transport vositalari qatnovini aniqlash “Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini qoʻllash qoidalari” toʻgʻrisidagi davlatlararo standartga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 09/21/232/0365-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 14.07.2022-y., 09/22/382/0629-son; 15.08.2023-y., 09/23/375/0602-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 16.05.2025-y., 09/25/318/0444-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)