28.04.2025 yildagi 269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmalari xavfsizligiga quyiladigan talablar, ularni qadoqlash, tamgʻalash, identifikatsiya qilish hamda muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni hamda uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 269-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Texnik reglament shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi va ularni ishlatishning butun davridagi jarayonlarga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglamentning talablari vertikal va qiya shaxta stvollari boʻylab foydali qazilmalar va kon jinslarini yuzaga olib chiqish, odamlar va yuklarni tushirish-koʻtarish uchun moʻljallangan shaxta koʻtarish qurilmalariga qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan shaxta koʻtarish qurilmalari roʻyxati ushbu Texnik reglamentga ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik reglamentning talablari shaxtalarda ishlatiladigan liftlarga, eskalatorlarga, konveyerlarga, kanat yoʻllarga, tuproq yoki rudalarni koʻchirish, tekislash, profillash, qazib tekislash, shibbalab zichlash, zichlab qotirish, qazish yoki burgʻilash uchun moʻljallangan mashina va mexanizmlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badya — shurflar va stvollarni kovlashda, shaxta stvolini chuqurlashtirishda kon massasini koʻtarish uchun, shuningdek, shaxta stvolini kovlash va chuqurlashtirishda stvol boʻylab odamlarni tushirish va koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarma idish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan resurs — texnik holatidan qatʼi nazar, shaxta koʻtarish qurilmasi va (yoki) uning jihozlarining ishlashi toʻxtatilishi kerak boʻlgan umumiy ish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan xizmat muddati — shaxta koʻtarish qurilmasi va (yoki) uning jihozlari ishlashining kalendar davomiyligi, unga erishilgandan keyin texnik holatidan qatʼi nazar ular toʻxtatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagoncha — shaxta yuzasiga foydali qazilmalar va kon jinslarini tashish va koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarma idish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jihozlar — mustaqil ravishda ishlatiladigan yoki shaxta koʻtarish qurilmasiga oʻrnatiladigan, uning asosiy va (yoki) qoʻshimcha funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan texnik qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdan chiqish — qoidalar yoki foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarini bajarmaslik, ishlab chiqarish va taʼmirlashda belgilangan jarayonlarga rioya qilmaslik, loyihalashda konstruktiv buzilishlar oqibatida shaxta koʻtarish qurilmasi va (yoki) uning jihozlari ish qobiliyatini buzilishidan iborat hodisa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi (loyihachi) — yangi turdagi shaxta koʻtarish qurilmasini (mashinani) yaratish, tajriba namunasi uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish va namunani ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katak (klet) — odamlarni, jihozlar va materiallarni tushirish va koʻtarish, shuningdek, foydali qazilma va kon jinslarini vagonchada koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarma idish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-texnik inshootlar — vertikal (tik) koʻtarishda yoʻnaltiruvchi oʻtkazgichlar bilan jihozlangan, kataklar va qutilarning ular boʻylab harakatlanishiga hamda qiya koʻtarilishda relsli yoʻllar bilan jihozlangan, vagonchalar hamda qutilarni harakatlantirishga moʻljallangan shaxtalarning stvollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxtaning stvol yaqinidagi kon hovlisida joylashgan inshootlar (yuklash bunkeri, yuk agʻdargich kamerasi yoki qabul qilish maydonchasi). Shaxta usti inshootlari (shaxta koʻtarish qurilmasi va yuk koʻtarish idishlarini boʻshatish uchun qabul qilish bunkeri yoki yuk tashish yoʻllari va maydonchalari boʻlgan shaxta ustidagi binolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish qurilmasi — osma va parashut qurilmalari, kataklarni toʻxtatish moslamalari, koʻtarish kanatlari, kataklar uchun qoʻnish moslamalari boʻlgan yuk koʻtarish moslamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov — yashirin nuqsonlarni aniqlash va uskunaning belgilangan rejimlarda va xavfsizlik qoidalari talablariga, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish qoʻllanmasi (yoʻriqnomasi) shartlariga muvofiq ishlashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazilayotgan jihozning holatini tavsiflovchi fizik kattaliklar va parametrlarning qiymatlarini tegishli dastur va metodikasi boʻyicha oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stvol — foydali qazilma konini ochish, odamlarni, yuklarni, foydali qazilmalarni va kon jinslarini tashish uchun moʻljallangan vertikal, qiya kon inshooti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish — shaxta koʻtarish qurilmasining foydalanilishi davomida uning ishlashi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amallar majmuasini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zona — odamlarga shaxta koʻtarish qurilmasidan kelib chiqadigan xavf-xatarlarning taʼsiri boʻlgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta katagi parashuti — koʻtarish kanati uzilganda katakni ravon toʻxtatish va keyin uni ushlab turish uchun moʻljallangan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta — foydali qazilmalarni yerostidan qazib oluvchi va ularni isteʼmolchiga yoki qayta ishlash korxonasiga joʻnatuvchi kon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish mashinasi — shaxta koʻtarish qurilmasining qismi, tortuvchi kuchlanish hosil qilish va koʻtarish uskunasi ishini boshqarish uchun moʻljallangan boʻlib, asosiy qismi oʻrash elementi, reduktor, tormozlash moslamasi, ishga tushirish-rostlash va saqlagich apparaturasi boʻlgan elektr dvigateldan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasi — kon jinslari va foydali qazilmalarni yuzaga uzatish, odamlarni, kon-shaxta uskuna hamda materiallarni tushirish va koʻtarish, shuningdek, shaxta stvoli armirovkasi va mustahkamlagichlarni koʻrikdan oʻtkazish va taftish (reviziya) qilish uchun moʻljallangan hamda shaxta koʻtarish mashinasi, koʻtarish jihozlari va kon-texnik inshootlaridan iborat qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasini ishlatish — shaxta koʻtarish qurilmasini ishlatishning butun davridagi bosqichi boʻlib, vazifasi boʻyicha foydalanish, koʻrik va sinovdan oʻtkazish, reviziya qilish, texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlashni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiya stvol — oʻqi gorizontga nisbatan 3° dan 85° gacha qiya boʻlgan stvol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quti (skip) — foydali qazilmalarni va kon jinslarini koʻtarish uchun moʻljallangan koʻtarish idishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shaxta koʻtarish qurilmalari uchun xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Texnik reglament shaxta koʻtarish qurilmalari uchun zarur boʻladigan minimal xavfsizlik talablarini belgilaydi va quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash xavfsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaxta koʻtarish qurilmalarini boshqarish tizimlari ulardan barcha ish rejimlarida va foydalanish shartlarida nazarda tutilgan har qanday tashqi taʼsirlarda foydalanish xavfsizligini taʼminlashi kerak. Boshqarish tizimida shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsiz va ishonchli ishlashi, ish rejimlaridagi buzilishlarni oʻz vaqtida aniqlash va avariyaviy vaziyatlarning oldini olish boʻyicha zarur choralarni koʻrish uchun himoya va bloklash apparatlari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxta koʻtarish qurilmalarini boshqarish tizimlari ularni ishlatishda mantiqiy xatoliklarga yoʻl qoʻyilganda va mashinist tomonidan boshqarish harakatlari notoʻgʻri bajarilganda, xavfli vaziyatlarning vujudga kelishini istisno qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxta koʻtarish qurilmalarini boshqarish tizimlari ogohlantirish signal vositalari va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan shaxta koʻtarish qurilmasi ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shaxta koʻtarish qurilmalarini montaj qilish, shuningdek, yiliga bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazish va sozlash tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar boʻyicha ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shaxta koʻtarish qurilmalarining belgilangan xizmat muddati davomida quyidagi talablar bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasidan tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan tashkilotlar foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasidan foydalanish davrida texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, sinov va koʻrikdan oʻtkazish konchilik qoidalari, ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha qoʻllanmasi (yoʻriqnomasi), texnik xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlash dasturlarida (texnologik xaritada) belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga oid ishlar uni ishlatadigan tashkilotning malakali xodimlari tomonidan amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vertikal inshootlar boʻylab odamlar koʻtarilishi va tushishining maksimal tezligi 12 m/s dan oshmasligi, qiya inshootlar boʻylab esa 5 m/s dan oshmasligi kerak. Odamlarni badyalarda koʻtarish va tushirishda yoʻnaltiruvchi boʻylab maksimal tezlik 8 m/s dan, yoʻnaltiruvchi boʻlmagan joylarda esa 1 m/s dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir shaxta koʻtarish mashinasida va uning chigʻirida yuritmani bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda ishga tushiradigan ishchi va saqlagichli mexanik tormozlanishlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shaxta koʻtarish qurilmalarini xavfsiz ishlatishga oid talablar amaldagi konchilik qoidalari, shuningdek, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxta koʻtarish qurilmalarining belgilangan xizmat muddati tugagandan soʻng, shaxta koʻtarish qurilmasining vazifasi boʻyicha foydalanish muddatini uzaytirish shartlari va imkoniyatlarini aniqlash maqsadida diagnostika oʻtkazmasdan, ushbu diagnostika natijalarini hisobga olib modernizatsiya qilish yoki almashtirishlarni (taʼmirlash) amalga oshirmagan holda ushbu qurilmalardan vazifasi boʻyicha foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Mexanik xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shaxta koʻtarish qurilmalarining harakatlanuvchi qismlari ulardan jarohat olish ehtimoli boʻlmagan tarzda joylashtirilishi kerak, agar xavf saqlanib qolib, baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin boʻlsa, ogohlantiruvchi belgilar va/yoki yozuvlarni qoʻllash, shaxta koʻtarish qurilmasining xavfli qismlariga tegib ketishining oldini olish uchun saqlovchi yoki himoyalovchi qurilmalaridan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Himoya va saqlash qurilmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustahkam va barqaror konstruksiyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishga xalaqit bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalarni sozlash va (yoki) almashtirish hamda shaxta koʻtarish qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarishga imkon berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zonadan belgilangan masofada joylashgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻzgʻalmas himoya toʻsiqlari toʻsilgan maydonga faqat asboblar yordamida kirish imkoniyatini taʼminlovchi vositalar yordamida ishonchli mustahkamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoʻzgʻaluvchan himoya toʻsiqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya toʻsiqlari ochiq boʻlganda shaxta koʻtarish qurilmalari tarkibiy qismlarining ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi bloklash qurilmalariga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular ochiq boʻlganda imkon qadar shaxta koʻtarish qurilmalari tarkibiy qismlariga mahkamlangan holda qolishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoʻzgʻaluvchan himoya toʻsiqlari va himoya vositalari quyidagicha ishlab chiqilgan (loyihalashtirilgan) va shaxta koʻtarish qurilmalarini boshqarish tizimiga kiritilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanuvchi qismlar xodimlarning taʼsir doirasida boʻlganda ularni ishga tushirishning imkoni boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mos keladigan toʻsiq oʻrnatilgan holda otilib chiqadigan qismlardan himoyalangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasi va uning qismlari ishga tushirilayotganda, ularning taʼsir doirasida odamlar boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaxta koʻtarish qurilmalarining harakatlanuvchi qismlariga kirishni cheklovchi ish uchun zarur boʻlgan himoya moslamalari quyidagilarni taʼminlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otilib chiqishi mumkin boʻlgan qismlar xavfini cheklashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlda yoki avtomatik ravishda oʻrnatilishi (ular ishtirok etadigan ish turiga qarab).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kataklar koʻtarish kanatlari uzilganda ularni ravon tormozlanishi va toʻxtatilishini taʼminlaydigan shaxta katagi parashuti bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Koʻtarish kanatlarining soni toʻrtta va undan ortiq koʻpkanatli koʻtarish moslamalarida shaxta katagi parashutini qoʻllash shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yongʻin xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shaxta koʻtarish qurilmalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari va yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Elektr xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shaxta koʻtarish qurilmalarining elektr jihozlari ogohlantiruvchi belgilar, toʻsiqlar, yerlagich (zazemleniye), elektr toki urishining oldini oluvchi himoya va bloklash qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Odamlarni va yuklarni koʻtarishga moʻljallangan shaxta koʻtarish qurilmalari zaxirani avtomatik kiritish moslamalari va yerusti podstansiyalaridan birining turli seksiyalaridan ikkita oʻzaro almashtiriladigan taʼminlovchi (isteʼmol) kabel liniyalari orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori oʻzgaruvchan tok manbalari yerga bir fazali tutashishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nazorat zanjirlari, boshqaruv va signal zanjirlari uchun vertikal va qiyalik burchagi 45° dan yuqori boʻlgan qiya inshootlar boʻylab statsionar oʻrnatishda simli zirhli nazorat kabellari, gorizontal inshootlarda esa lenta zirhli nazorat kabellari, egiluvchan nazorat va quvvat kabellari qoʻllanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boshqaruv, aloqa, signal berish, telenazorat va dispetcherlik xizmatini oʻrnatishda uchqunga xavfsiz zanjirlari nazorat kabellari va aloqa liniyalari kabellarining boʻsh tolalaridan foydalanilishi kerak. Shaxta telefon kabellaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Umumiy shaxta, dispetcherlik va favqulodda telefon aloqa liniyalari, shuningdek, shaxta koʻtarish qurilmalarining mahalliy aloqasi uchun shaxta telefon kabellaridan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Stvolning ishchi va zaxira magistral signali hamda simli aloqa toʻplamlari uchun elektr taʼminoti alohida kabellar orqali yakka holda amalga oshirilishi va umumiy kommutatsiya qutilari hamda signal berish qurilmalariga ega boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kuchlanishi 42 V dan yuqori signal pultlarini (tizimlarini) elektr toki bilan taʼminlashda tarmoqdan tok chiqishidan himoyalanish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sxemali texnik yechimlar isteʼmol tarmogʻi kuchlanishi oʻchirilganda va isteʼmol avtonom quvvat manbalarining kuchlanishi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaralarda oʻzgarganda signal berish apparatlarining ishlashini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Portlash xavfi mavjud boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan shaxtalarning portlash xavfsizligi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar doirasida portlashning oldini olish va portlashdan himoyalash choralari koʻrilgan holda taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Gaz va chang boʻyicha portlash xavfi boʻlgan, toʻsatdan koʻmir, kon jinslari va gaz chiqishi xavfi boʻlgan shaxtalarda, shuningdek, ulardan chiqadigan havo oqimi shaxta stvollarida hamda shaxtalarga tutashgan shaxta usti inshootlarida, toza havo oqimi boʻlgan shaxta stvollarida portlashdan himoyalanish darajasi konning yuqori ishonchliligidan past boʻlmagan stvol signal berish qurilmalari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Asbob-uskunalarni loyihalashtirish va texnik hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Loyihalashtirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shaxta koʻtarish qurilmalari va ularning jihozlarini loyihalashtirish texnologik loyihalashtirish normalariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Loyiha hujjatlarida shovqin va tebranishning chegaraviy parametrlari aniqlanadi hamda ruxsat etilgan darajasi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar xavfni maqbul darajaga tushirishning iloji boʻlmasa, loyiha hujjatlarida inson hayoti va sogʻligʻi hamda atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimi nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining loyiha hujjatlari normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shaxta koʻtarish qurilmalari quyidagi asosiy maʼlumotlar asosida loyihalashtirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtaning chuqurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukning xarakteristikasi (odamlar soni, koʻmir, ruda, boʻsh togʻ jinslari hajmlari, kon qazish ashyolari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerosti transporti uchun koʻzda tutilgan vagonchalarning turi va sigʻimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirishda zamonaviy elektromexanik qurilmalar tanlanishi va maksimal ishonchlilik taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Loyihalashtirishda quyidagilar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish idishlarining tipi tanlanishi va ularning harakatlanishidagi zarur muddati aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish tizimini baravarlashtirish usuli tanlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish kanati tegishli standart boʻyicha hisoblanishi va tanlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barabanning asosiy oʻlchamlari aniqlanishi va oʻrash organi tanlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kopyorning tipi tanlanishi, uning balandligi aniqlanishi va stvolga nisbatan koʻtarish mashinasining joylashish sxemasi tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish kinematikasi hisoblanishi, koʻtarish mashinasi tanlanishi, υ=ƒ(t) va α=ƒ(t) diagrammalari tuzilishi hamda koʻtarish siklining amaldagi davom etishi aniqlanishi, bunda υ — tezlik, t — vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanuvchi qismlarning solishtirma massasi aniqlanishi va koʻtarish dinamikasi hisoblanib F=ƒ(t) diagrammasi tuzilishi, bunda F — kuchlanish, t — vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrash organi (qurilmasi) validagi quvvatning diagrammasi tuzilishi, yuritma tipi tanlanishi, dvigatelning zarur quvvati aniqlanishi, koʻtarish dvigateli tanlanishi va yuqori yuklanish boʻyicha tekshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommutatsiya sxemasi, zarur boshqaruv va himoya apparati, signal berish sxemasi tanlanishi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish qurilmasining ish vaqtini sutkalik balansi hisob qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish qurilmasining jihozlariga smeta tuzilishi va loyihalashtirilgan qurilmaning texnik koʻrsatkichlari hisob qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shaxta koʻtarish qurilmasi konstruksiyasini oʻzgartirish ishlab chiquvchi (loyihachi) bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vertikal inshootlar boʻylab yuklarni koʻtarish va tushirishda maksimal tezlik shaxta koʻtarish qurilmasining loyiha hujjatlari bilan belgilanadi, qiya inshootlar boʻylab esa yuklarni qutilarda koʻtarishda tezlik 7 m/s dan va yuklarni vagonchalarda koʻtarishda 5 m/s dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni badyalarda koʻtarish va tushirishda yoʻnaltiruvchi boʻylab badyaning harakat tezligi 12 m/s dan, yoʻnaltiruvchi boʻlmagan joylarda esa 2 m/s dan oshmasligi kerak. Odamlarni va yuk bilan birga odamlarni (yuk-odam) koʻtarishga moʻljallangan shaxta koʻtarish qurilmalarining yuk-odam koʻtarish va tortish kanatlari mexanik xususiyatlari boʻyicha belgilangan talablarga koʻra V markali (oddiy sifatli) boʻlishi, boshqalari esa I markadan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Har bir shaxta koʻtarish qurilmalari soz holatdagi talab etilgan aniqlikni taʼminlaydigan quyidagi oʻlchash vositalariga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy tok va elektrodinamik tormozlanish zanjirlarida ampermetrlar va voltmetrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tormoz tizimidagi siqilgan havo yoki moy bosimini koʻrsatadigan manometrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina ishining barcha sikllarini qayd qiluvchi va harakat tezligi hamda yoʻnalishini tahlil qilish imkonini beruvchi oʻlchash vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohaga taalluqli oʻlchash vositalari oʻlchash vositalarining davlat reyestriga kiritilgan boʻlishi hamda metrologiya tekshiruvidan oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shaxta koʻtarish qurilmalarini qadoqlash talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shaxta koʻtarish qurilmalari va ularning jihozlarini qadoqlash uchun ishlatiladigan materiallar va moddalar xavfsiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qadoqlash ishonchli boʻlishi va shaxta koʻtarish qurilmalari hamda jihozlarining saqlanishi, ularni tashish va saqlash vaqtida xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shaxta koʻtarish qurilmalarini tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib beriladigan shaxta koʻtarish qurilmalari, shuningdek, uning jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va (yoki) tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa tilda tuzilgan yuk hujjatlariga, aniq koʻrinadigan va oʻchib ketmaydigan quyidagilarni ifodalovchi identifikatsiya yozuvlariga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) uning tovar belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi va (yoki) belgisi (turi, tamgʻasi, modeli, agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan oyi va yili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yuk hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasi va uning jihozlarining loyiha hujjatlari va pasportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatish, yigʻish, sozlash yoki rostlash boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻish chizmalari va maʼlumotnoma birliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻma birliklariga pasportlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokat va mahkamlash detallariga pasportlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlash roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma) quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Texnik reglamentning 43-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxta koʻtarish qurilmasini ishlatish maqsadlariga muvofiq foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, ishlatish vaqtida rioya qilinishi shart boʻlgan xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha choralar (shu jumladan, ishga tushirish, maqsadli foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, barcha turdagi taʼmirlash ishlari va texnik koʻrikdan oʻtkazishlar, tashish va saqlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan xizmat muddati yoki belgilangan resurs koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim nosozliklar roʻyxati, xodimlar yoʻl qoʻyishi ehtimoli mavjud avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan xatoliklar va bu xatoliklarning oldini olish boʻyicha harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaraviy holat mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) nomi va joylashgan joyi, import qiluvchi, ular bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma (yoʻriqnoma) qogʻoz shaklda amalga oshiriladi. Unga ishlatish hujjatlari toʻplami elektron tashuvchilarda ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar ushbu Texnik reglamentning 43-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni shaxta koʻtarish qurilmalari jihozlariga yozishning (aks ettirishning) imkoni boʻlmasa, ular faqat ushbu jihozning pasportida koʻrsatilishi mumkin. Bunday holda ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) uning tovar belgisi, jihozning nomi va belgilanishi (turi, markasi, modeli, agar mavjud boʻlsa) qadoqda tushirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Muvofiqlikni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Shaxta koʻtarish qurilmalarini identifikatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Shaxta koʻtarish qurilmalarini identifikatsiya qilish, uning taqdim etilgan yuk hujjatlariga muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Shaxta koʻtarish qurilmalarini identifikatsiya qilish uning tasniflari ushbu Texnik reglamentning 43 va 44-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan bir xilligini oʻrnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarini identifikatsiya qilish uchun mahsulot tasniflagichida va loyiha hujjatlarida, shu jumladan, texnik shartlar va yetkazib berish shartnomalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Shaxta koʻtarish qurilmalari identifikatsiyasi shaxta koʻtarish qurilmasining nomi, turi (vazifasi) kabi maʼlumotlari boʻyicha quyidagilar tomonidan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida uni muomalaga kiritgan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida tegishli ishlarni amalga oshiruvchi sertifikatlashtirish organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazorati organlari — Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Namuna tanlash va sinovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shaxta koʻtarish qurilmalarining texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarini Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov va namuna olish usullari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Shaxta koʻtarish qurilmalari muvofiqligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Shaxta koʻtarish qurilmalarining ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligi muvofiqlikni sertifikatlash shaklida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlikni tasdiqlashdan oldin shaxta koʻtarish qurilmalari identifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Muvofiqlik sertifikati turkum ishlab chiqariladigan shaxta koʻtarish qurilmalariga uch yil muddatga, shaxta koʻtarish qurilmalari toʻpiga esa mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatiga teng muddatda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shaxta koʻtarish qurilmalarining ushbu texnik reglament talablariga muvofiqligini sertifikatlash quyidagi 1S, 3S yoki 4S sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1S sxema — turkum ishlab chiqariladigan shaxta koʻtarish qurilmalarini sertifikatlashtirishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3S sxema — shaxta koʻtarish qurilmalarining toʻpi uchun qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4S sxema — yagona (bitta) shaxta koʻtarish qurilmasi uchun, texnik reglamentda belgilangan sinov va oʻlchashlarni oʻtkazish jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa, qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Muvofiqlik sertifikati Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Oʻtish davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va shaxta koʻtarish qurilmalari uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik reglament talablari bilan moslashtirilguniga qadar normativ hujjatlarning ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari amalda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar shaxta koʻtarish qurilmalari uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, shaxta koʻtarish qurilmalari xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Texnik reglament talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Texnik reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament xavfsizlik talablari bilan tartibga solinadigan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan shaxta koʻtarish qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Shaxta koʻtarish qurilmalari nomi

TIF TN kodi

1.

Koʻtarish mashinalari (shaxta koʻtarish qurilmalarining yer yuzasida joylashgan chigʻirlari, yerosti ishlari uchun moʻljallangan maxsus chigʻirlar)

8428320000,

8428330000,

8425390002,

8425390005,

8425390006

2.

Skiplar

8428102009

3.

Elevatorlar va yerosti ishlari uchun maxsus moʻljallangan uzluksiz ishlovchi konveyerlar

8428310000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 269-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

1. Shaxta koʻtarish qurilmalariga doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

Uch oy muddatda

2. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentda belgilangan shaxta koʻtarish qurilmalari va uning jihozlari muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Shaxta koʻtarish qurilmalari va uning jihozlari Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash boʻyicha sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya doirasini kengaytirish choralarini koʻradi.

Olti oy muddatda

3-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.

Jadvalga muvofiq

4-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.

Kelishilgan muddatlarda

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab

5-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Tasdiqlangan Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Oʻrnatilgan tartibda

6-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Tasdiqlangan Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi hamda tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlarni kiritib boradi.

Har chorakda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 269-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-fevraldagi 99-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 35-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/269/0392-son)