28.02.2024 yildagi PQ-91-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi uchun xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashda davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun — yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini Inspeksiya tomonidan toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlariga tatbiq etilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarida oʻtkazilgan baholash jarayonida oldin aniqlangan kamchiliklar takroran aniqlanganda, kamchiliklar takror yoʻl qoʻyilgan soha akkreditatsiya doirasidan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlikni baholash organlari faoliyatida xalqaro standartlarga rioya etilishini tizimli baholab borishni nazarda tutuvchi xalqaro darajada tavsiya qilingan uslublar joriy qilinadi va akkreditatsiya jarayonlarida qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda malaka oshirmagan va attestatsiyadan oʻtmagan mutaxassislarning muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalarida faoliyat olib borishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik va Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar 4-ilovada koʻrsatilgan asosiy imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini yaratish, ishga tushirish hamda vazirlik va idoralarning idoralararo axborot tizimlariga integratsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qoʻmitasi hamda Agentlik 2025-yil 1-martga qadar “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini soliq, bojxona va statistika organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, xizmat va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari va metrologiya xizmatlari tomonidan mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari, sinov bayonnomalari va metrologiya tekshiruvi natijalari, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyalarini rasmiylashtirish faqat “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning muvofiqligini baholash uchun talab etiladigan vaqt meʼyorlari “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga kiritiladi va ularga rioya etilishi “xavfni tahlil qilish” tizimi orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga Agentlik direktorining raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Agentlikka va Inspeksiyaga maʼmuriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralardan maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan 54 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va Inspeksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 153 nafar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi qoʻshimcha ajratilayotgan 54 ta shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda — 2024-yil uchun Davlat budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2025-yildan boshlab esa — Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari hamda Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Agentlikning boshqa tizim tashkilotlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktoriga mehnat bozorining konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 6-ilovaga muvofiq belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktoriga Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlarini belgilash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik direktori va adliya vaziri A. Tashkulov Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarini uch oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazib, oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan halol kadrlar bilan toʻldirish uchun masʼul va shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilda ushbu qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan etalonlarni xarid qilish uchun Davlat budjetidan Agentlikka mablagʻlar ajratilishini, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda etalonlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikning “Oʻzbekiston standartlar instituti” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasalariga zarur boʻlgan standart namunalar, gaz qorishmalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni xarid qilish hamda oʻlchash vositalarini xorijiy metrologiya tashkilotlarida kalibrlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalar va tarmoqlar kesimida xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilinadigan standart namunalar, gaz qorishmalar, kimyoviy reaktiv va reagentlar roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi tomonidan yangi kalibrlash va qiyoslash ishlarini tashkil etish uchun xarid qilinadigan namunaviy oʻlchash vositalari roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) hujjatlari asosida metrologik meʼyor va qoidalarni qabul qilish reja-jadvalini tasdiqlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xalqaro va Yevropa standartlarini xarid qilish, davlat tiliga tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni sohalar va tarmoqlarga masʼul boʻlgan idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar, shuningdek, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy eksportbop mahsulotlarga tegishli xalqaro standartlarni aniqlab, ularni amaliyotga joriy etishning oyma-oy tarmoq jadvalini Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik va Adliya vazirligi (A.Tashkulov) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 333a-uyda joylashgan bino-inshootlar Agentlik tasarrufida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish

1.

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish qayta koʻrib chiqish, bekor qilish tartibini takomillashtirish.

1. Texnik reglament loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, muhokama va ekspertizadan oʻtkazish, qabul qilish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil iyun

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil iyul

2.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirish.

1. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimining loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

texnik jihatdan tartibga solish agentligining 6 ta axborot tizimi (“E-standart”, “E-metrologiya”, “E-laboratoriya”, “E-sertifikat”, “E-akkreditatsiya”, “E-hajm”) va 2 ta portal (“Nududstandart”, “TBTINFO”)ni oʻzaro integratsiya qilish orqali “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga birlashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari importi va sifatsiz deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyish;

muvofiqlik sertifikatlarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida rasmiylashtirish nazarda tutiladi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirish.

2025-yil 1-yanvar

3.

“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini boshqa axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish.

“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini soliq, bojxona va statistika organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Statistika agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

4.

Budjetdan tashqari jamgʻarma va grant mablagʻlari hisobidan xalqaro tajriba va standartlarni oʻrganish orqali Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini va sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish.

1. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish orqali sohaga xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2. Xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

3. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida tajriba almashish maqsadida rivojlangan davlatlarga xizmat safarlarini tashkil etish.

4. Oʻrganish natijalari asosida sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

5.

Xalqaro standartlar va talablarni qabul qilish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish.

1. Energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini taʼminlash boʻyicha tahlillar oʻtkazish.

2. Xalqaro standart va talablardan kelib chiqib, energiya samaradorligi boʻyicha standartlar va qoidalarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqish, shu jumladan, xalqaro (mintaqaviy) standartlarni qabul qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil may

Energetika vazirligi,

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Ekologiya vazirligi,

Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Akkreditatsiya va metrologiya yoʻnalishlarini takomillashtirish

6.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan xolda oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash.

1. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. Bunda quyidagilar belgilanadi:

oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqishdagi dastlabki maʼlumotlar tavsifi;

oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining tarkibiy qismlari;

oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini reglamentlovchi hujjatning mazmuni.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Adliya vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil iyun

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil iyul

7.

Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi bazasida Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish choralarini koʻrish.

1. Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi bazasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni tayyorlash.

2. Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosiga taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

8.

Oʻzbekiston Respublikasida vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

1. Oʻzbekiston Respublikasida vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlari roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil aprel

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil may

III. Muvofiqlikni baholash yoʻnalishini takomillashtirish

9.

Xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablarni oʻrganish va tahlil qilish mexanizmlarini joriy qilish.

1. Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlarning soʻroviga asosan xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablar boʻyicha maʼlumot taqdim etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi boʻlinma tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Tadbirkorlarga xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablar boʻyicha maʼlumot taqdim etish tartibini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

10.

Eksportchi korxonalarga xalqaro sifat tizimlarini joriy etishni kengaytirish.

1 200 ta eksportchi korxonalarda sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini joriy etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

IV. Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini takomillashtirish

11.

Standartlar elektron fondiga obuna boʻlish imkoniyatini yaratish.

Rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrgangan holda standartlar elektron fondiga muayyan davr uchun (oylik, yillik) pullik obuna boʻlish yoʻli bilan istalgan standartni koʻrish yoki koʻchirib olish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora tadbirlar

2024-yil aprel

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

12.

Standartlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida manfaatdor shaxslarni xabardor qilish tartibini joriy etish.

Standartlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan yoxud bekor qilingan taqdirda, bu haqda ushbu standartni xarid qilgan shaxslarni Standartlar elektron fondi orqali xabardor qilish boʻyicha interaktiv xizmat turini joriy etish.

Tashkiliy chora tadbirlar

2024-yil may

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

13.

Standartlar narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlarini belgilash.

1. Milliy standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil iyun

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil avgust

14.

Oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi va maʼnan eskirganligi sababli bekor qilingan davlatlararo standartlarni qayta koʻrib chiqish.

1. “Tartibga solish gilotinasi” usulida bekor qilingan 5 236 ta davlatlararo standartlarni qayta koʻrib chiqish hamda standartlarning amal qilish muddatini tiklash yoki oʻrnini bosuvchi xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil iyun

Oʻzbekiston standartlar instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Vazirlik va idoralarning takliflari asosida standartlarning amal qilish muddatini tiklash yoki oʻrnini bosuvchi xalqaro standartlarni qabul qilish choralarni koʻrish.

Tashkiliy chora tadbirlar

2024-yil iyul

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

V. Texnik jihatdan tartibga solishda davlat nazoratini takomillashtirish

15.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalariga navbatchi xizmat avtotransport vositalari ajratish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

16.

Sertifikatlashtirish organlarida aniqlangan qonun buzilishi holatlariga nisbatan taʼsirchan choralarni qoʻllash samaradorligini hamda muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirish.

1. Qonun hujjatlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

muvofiqlikni baholash qoidalarining buzilishi natijasida oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligidan hamda huquqbuzarlik holati bartaraf etilgan yoki etilmaganligidan qatʼiy nazar moliyaviy sanksiya qoʻllash;

insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda muvofiqlikni baholash organlarining tovarning (ish, xizmat) sotuvchisi, tayyorlovchisi (ijrochisi) bilan bir qatorda solidar javobgarligini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil aprel

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil may

1. Mahsulotlarga belgilangan talablarga zid ravishda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini bekor qilish va sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etishini toʻxtatib turishning mezonlari va muddatlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil may

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil iyun

17.

Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida standart talablarga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan savdodan chaqirib olishda imtiyoz berish.

1. Texnik reglamentlar hamda qoʻllanishi majburiy boʻlgan standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida 70 foizini oʻrnatilgan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslarni “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

Adliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil may

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil iyun

18.

Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tizimini takomillashtirish hamda sifatsiz mahsulotlarni savdodan chaqirib olish, qaytarish, erkin muomaladan chiqarish va utilizatsiya qilish tartibini belgilash.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

sifatsiz mahsulotlarni savdodan chaqirib olish, qaytarish, erkin muomaladan chaqirib olish va utilizatsiya qilish tartibini;

mahsulotlarni xavf darajasidan kelib chiqqan holda tegishli tartib-taomillardan oʻtgandan soʻng ichki bozorga chiqarishni nazarda tutuvchi roʻyxatga olish, sertifikatlashtirish, deklaratsiya va menejment tizimlarini joriy etishni.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil may

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2024-yil iyun

VI. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini Jahon savdo tashkiloti (JST) normalariga uygʻunlashtirish

19.

Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi (CEN) va Yevropa elektrotexnika standartlash-tirish qoʻmitasi (CENELEC) bilan hamkorlikda 300 ta standart boʻyicha litsenziya kelishuvini imzolash.

1. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarga muvofiq Yevropa standartlari roʻyxatini shakllantirish.

2. Litsenziya kelishuvini imzolash boʻyicha CEN va CENELEC tashkilotlari muzokaralar olib borish.

3. Litsenziya kelishuvini CEN va CENELEC tashkilotlariga yuborish va imzolash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

20.

Yevropa davlatlari bilan milliy muvofiqlikni baholash natijalarini ikki tomonlama tan olish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Mahalliy mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eng koʻp eksport boʻladigan 10 ta Yevropa davlatlari bilan milliy muvofiqlikni baholash natijalarini ikki tomonlama tan olish boʻyicha kelishuvlarga erishish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

21.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkor idoralarning grant va texnik koʻmaklarini jalb etish orqali davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan 300 nafar mutaxassis malakasini oshirish.

1. Grant va texnik koʻmaklarni jalb etish orqali seminar-treninglar tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va kelishish.

2. Davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Dasturda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjatlarning birlashtirilishida tegishli bandlar bajarilishi uchun belgilangan eng oxirgi muddat ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi uchun xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari nomi

Oʻlchov diapazoni

Aniqlik koʻrsatkichi

(xatolik yoki noaniqlik)

Soni

(toʻplam)

Moliyalashtirish davri

1.

Gidrostatik tortish namunali qurilmasi (suyuqliklaring zichlik birligi etaloni)

600 ÷ 2000 kg/m³

± 0,000005 g/cm3

1

2024-yil

2.

Etalon-dinamometr

ot 10 do 2000 kN

± 0,005 %

1

2024-yil

3.

Doimiy tokning yuqori omli elektr qarshiligining etaloni toʻplamda:

10-4 dan 20∙1016 Ω gacha

300 A gacha

0,1 ppm

1

2024-yil

yuqori aniqlikdagi RLC oʻlchash vositasi;

etalon qarshilik oʻlchovlari uchun havo termostati;

0,00001 Ω ÷ 99999 kΩ,

0,00001 mN ÷ 99999 N,

0,00001 pF ÷ 99999 μF

± 0,02 %

etalon qarshilik oʻlchovlari uchun moy termostati;

oʻzgarmas tok most-komparatori.

15 °S ÷ 50 °C

15 °C ÷ 30 °C

± 0,005 °C

± 0,002 °C

4.

Elektr va magnit maydonlari kuchlanganligini oʻlchash vositalarini kalibrlash etalon tizimi toʻplamda:

magnitometr va bir komponentlik magnit induksiyasi oʻlchovi, teslametr solenoid jamlanmasi bilan

0,5…400 V/m

0,005…0,020 kNz koʻlamida

0,5 …2000 V/m

0,020…100 kNz koʻlamida

0,5…40 V/m

100…400 kNz koʻlamida

40…8000 mA/m

0,005...2 kNz koʻlamida

4 …800 mA/m

2...400 kNz

1•10-6 ÷ 1•10-2 T

0,01 ÷ 100 T i

22000 ÷ 27000 m-1

± 5 %

1

2024-yil

0,0005 % ÷ 0,03 %

±0,002% i

± 1,5%

5.

Sath oʻlchagichlarini tekshirish uchun namunali qurilma (sath kattaligi birligi etaloni)

20 m gacha

0,001 m

1

2024-yil

6.

Gʻadir-budirlik kattaliklari etaloni

0 ÷ 2000 µm

± 1%

1

2024-yil.

7.

Hajm oʻlchash birligi etaloni

0,01mL dan 500L gacha

d = 0,001 mg dan 0,1 g gacha

1

2024-yil

8.

Suyuqliklarning elektr oʻtkazuvchanligi birligi etaloni

0,001 ÷ 50 Sm/m

6∙10-4 ÷ 8∙10-4

1

2024-yil

9.

Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pN koʻrsatkichi etaloni

1 ÷ 12 rN

0,0017

1

2024-yil

10.

Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining nitrat (rX) koʻrsatkichi etaloni

1 ÷ 7 rX

0,0016

1

2024-yil

11.

Oʻlchash tok transformatorlari kalibrlash tizimi etalon kuchlanish transformatorlari bilan

Elektr va magnetizm (EM)

Birlamchi tok

10 kA va undan yuqori

0,001 ÷ 30 kA

Ikkilamchi tok 1 A, 5 A past emas

1

2024-yil

12.

Gradus — tekis burchak birlik etaloni*

0 ÷ 360°

0,03″

1

2024-yil

13.

Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni

-70 °S ÷ 95 °S

10 % ÷ 98 %

0,1 ÷ 0,2 °S

0,2 ÷ 0,5 %

1

2024-yil

14.

Bosimlar farqi birligi etaloni

ot 100 Ra do 4•107 Ra

Differensial bosimning umumiy xatoligi 0,008 % dan koʻp boʻlmagan

1

2025-yil

16.

Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun namunali qurilma

0,1÷100 mg/m³

± 10 % koʻp boʻlmagan

1

2025-yil

17.

Oʻzgaruvchan tok kuchlanish quvvati birligi etaloni (raqamli diskret — sampling etalon vattmetri, tok kuchi, kuchlanish va quvvat oʻlchagichlari va manbalari)

0 dan 10000 W gacha;

1,0 dan 1000 V gacha;

0,01 dan 100 A gacha;

0 dan 1,0 gacha;

1,0 dan 2500 Nz gacha.

± 5∙10-4 dan yuqori emas

1

2025-yil

18.

Havodagi radon faolligi birligi milliy etaloni

10 Bq/m3 dan 100000 Bq/m3 gacha

15-30 %

1

2025-yil

19.

Oʻlchash kuchlanish transformatorlari kalibrlash tizimi etalon kuchlanish transformatorlari bilan

Elektr va magnetizm (EM)

800 kV gacha

5 ÷ 40 kV

1

2025-yil

22.

Qattiqlik komparatori kompleks etaloni

NRA; NRB; NRC,

NB. NV

NSA, NSD

±0,1%

3∙10-3∙NB

2,5 NV

0,5 yed

1

2025-yil

23.

Radionuklidlar faolligi birligi milliy etaloni

1 — 106 Bq/l (Bq/kg) dan

10 — 106 Bq/l (Bq/kg) gacha

0,012

1

2026-yil

24.

Toʻgʻri chiziqlilik va tekislikdan chetga chiqish oʻlchovlari sohasida uzunlik birligi etaloni

3 m gacha

ogʻishi — 4,3∙10-6m

1

2026-yil

25.

Oʻzgaruvchan tok kuchi birligi etaloni toʻplamda: (toʻgʻridan-toʻgʻri ulanadigan termoelektrik tok oʻzgartirgichlari, elektr qarshilik oʻlchovlari, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan kuchlanish oʻlchash vositalari, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan dasturlanuvchi tok kalibratori) yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok shuntlari bilan

1∙10-3 ÷ 0,1 A

(20 ÷ 1∙105 Nz koʻlamida)

0,1 ÷ 100 A

(45 ÷ 1∙10-4 Nz koʻlamida)

(50 ÷ 100 A; 0,20 ÷ 0,4 V

Rnom = 4 mΩ shuntlar uchun)

5∙10-5 ÷ 5∙10-4

2∙10-4 ÷ 5∙10-3

(±35∙10-6 — shuntlar uchun)

1

2026-yil

27.

Yuqori kuchlanishli oʻlchash uskunasi kuchlanish sigʻim rezistiv boʻluvchisi bilan birga jamlanmada va yuqori kuchlanish manbai generator jamlanmasi bilan

Elektr va magnetizm (EM)

0 dan 800 kV gacha

0 dan 550 kV gacha

(generator uchun)

1

2026-yil

28.

Rentgen nurlanish maydonida havodagi kerma birligi milliy etaloni

10 nGy dan 9999 Gy gacha

0,1

1

2026-yil

29.

Jozefsonning kvant effektiga asoslangan oʻzgarmas tok kuchlanishi birligi etalon tizimi

1 V, 10 V

3,0∙10-9

(kengaytirilgan noaniqlik)

(ot 2•10-9 do 4•10-9)

1

2026-yil

30.

Gorizontal va vertikal uzunlik kattaliklarining birligi etaloni kompleksi

630 x 1000 mm

1000 x 1600 mm

0 ÷ 100 mm

0 x 400 mm

± 10 µm

± 2,5 µm

± 0,5 µm

0,0001/0,001/0,01 mm

1

2026-yil

31.

Kuch birligi kompleks etaloni

10 N do 3000 kN

± 0,005 %

1

2026-yil

33.

Havodagi etanol bugʻlari etaloni

20 ÷ 2000 mg/m³

Abs. ± 2 mg/m³

Nisbiy:

± 0 ÷2) %

1

2027-yil

34.

Avtomatlashtirilgan Xoll effekti kvant etaloni

12,906 kΩ

5∙10-8

1

2027-yil

35.

Oʻzgarmas tok kuchi birligi etalon tizimi oʻzgarmas tok yuqori aniqlikdagi shuntlari bilan toʻplamda

1∙10-3; 1 A yoki 1∙10-16 ÷ 1∙10-9 A

5∙10-6;

10∙10-3÷5∙10-2

± 10∙10-6

1

2027-yil

36.

2 Nz dan 100 kNz gacha chastota diapazonida havo muhitida paskal (Ra) — tovush bosimi birligi etaloni

(47 band yangilandi)

2 Nz dan 100 kNz gacha

0,2 dB dan 1,0 dB gacha

1

2027-yil

37.

Kichik massa birligi etaloni

1 mg ÷ 20 kg

E0

1

2028-yil

38.

Katta massa birligi etaloni

20 ÷ 50 kg

E0

1

2028-yil

39.

Birlamchi absolyut yorugʻlik oqimi va spektral nurlanish oqimining zichlik birligi etaloni

(Goniofotometr)

350 ÷ 850 nm;

100 ÷ 15000 lm;

1∙10-3 ÷ 5∙10-1 W/nm

± (0,5 ÷ 2,5) %;

± (0,7 ÷ 5) %

1

2029-yil

40.

Gaz aralashmalaridagi komponentlarning molyar ulushi birligi etaloni

0,0001 ÷ 100 %

± 0,03%

1

2029-yil

41.

Kuchning aylanish vaqti kattaligi birligi etaloni

ot 0,5 do 3000 N∙m.

± 0,005 %

1

2029-yil

42.

3•10-1 — 2•104 Nz chastota diapazonida tebranish uzunligi, tezligi va tezlanishi birligi etaloni

tebranish uzunligi:

1•10-7 m dan — 1•10-2 m gacha,

tebranish tezligi

1•10-4 m/s dan 1•10-1 m/s gacha,

tebranish tezlanishi:

1•10-3 m/s2 dan 1•103 m/s2 gacha

0,015 Nz dan 0,025 Nz gacha

1

2029-yil

43.

Birlamchi sinish koʻrsatkichi birligi etaloni

(goniometr-spektrometr)

195 ÷ 2325 nm

± 3•10-6 nd (UV);

± 2•10-6 nd (VIS );

± 5•10-6 nd (SWIR)

1

2029-yil

44.

Gaz aralashmalaridagi tabiiy gaz komponentlarining molyar ulushi birligi etaloni

0,001 ÷ 99,0 %

± 0,15 %

1

2029-yil

45.

Suvdagi yutilgan doza birligi milliy etaloni

0,002 Gy/s dan 0,02 Gy/s gacha

0,012

1

2030-yil

46.

Vaqt va chastota etaloni

(Seziy atomi asosida)

100 kNz;

1 MNz;

5 MNz;

10 MNz;

1x10-14

1

2030-yil

47.

Axborot uzatish tizimlari uchun uzunlik va nur oʻtkazgichda signal tarqalish davri, oʻrtacha quvvati, optik nurlanishning susayishi va toʻlqin uzunlik birligi etaloni

(-60) dBm dan 20 dBm gacha

0,1 Nz dan 1 GNz gacha

10 m dan 2000 m gacha

± 0,01 %

± 1,0 %

± 0,1 %

1

2030-yil

48.

Yassi parallel toʻplami uzunlik oʻlchash birligi etaloni

0,5 ÷ 100 mm

0,5 ÷ 100 mm

0,1÷250 mm

0,5 ÷ 100 mm

0,5 ÷ 100 mm

1,991 ÷ 2,009 mm

50 ÷ 500 mm

5,12 ÷ 100 mm

21,2 ÷ 100 mm

0,5 ÷ 100 mm

1,991 ÷ 2,009 mm

0,991 ÷ 1,009 mm

50 ÷ 500 mm

50 ÷ 1000 mm

0,5 ÷ 100 mm

0,5 ÷ 100 mm

5,12 ÷ 100 mm

50 ÷ 500 mm

50 ÷ 1000 mm

21,2 ÷ 100 mm

(0,02+0,0002L) µm

(0,02+0,1L) µm

(0,025+0,2×10-6L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

(0,05+0,1L) µm

1

2030-yil

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimida yaratiladigan asosiy imkoniyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va metrologiya sohalaridagi barcha davlat reyestrlarining markazlashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va uning ochiqligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Respublika hududida faoliyat yuritayotgan akkreditatsiya qilingan barcha muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalarini yagona platformaga integratsiya qilish, shuningdek, sinov jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar va kimyoviy reaktivlar hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Muvofiqlik sertifikatlari, laboratoriya sinovi bayonnomalari va xulosalarini toʻliq elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Masofaviy “xavfni” tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, mahsulotlarni davlat roʻyxatiga olish, muvofiqlik sertifikatlarini berish va deklaratsiyalarni roʻyxatga olish jarayonlarini elektron shaklda monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini doimiy baholab borish, taklif va shikoyatlar yuborish hamda korrupsiya holatlari boʻyicha tezkor axborot berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Qabul qilinayotgan yangi standartlarni dasturiy qayta ishlash (mashinada oʻqiladigan format).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid tahliliy va statistika maʼlumotlarini 24/7 rejimida umumlashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Akkreditatsiya, metrologiya, sertifikatlashtirish organlari hamda standartlashtirish boʻyicha milliy organ faoliyati, shuningdek, sinovlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida toʻliq amalga oshirilganligi, sinov uskunalarining metrologik xulosalari mavjudligi ustidan nazoratni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Muvofiqlikni baholash organlariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Laboratoriya uskunalarining texnik imkoniyatini hisobga olgan holda, sinov natijalarini avtomatik ravishda shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Tizimga avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini joriy etish orqali toʻlovlarni onlayn amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar tizimidagi standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish hamda ularning ishini muvofiqlashtirish va reytingini yuritish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar invoys (hisob-faktura) asosida amalga oshiriladi va kelib tushgan mablagʻlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 foiz miqdoridagi ajratma — Texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 foiz miqdoridagi ajratma — Raqamli texnologiyalar vazirligining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foiz miqdoridagi ajratma — Elektron hukumatning Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi

“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlar

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (12 ta) hamda Qoʻqon, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari filiallari.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Direktor

19

Direktorning birinchi oʻrinbosari

18

Direktor oʻrinbosari

17

Direktor maslahatchisi

16

Boshqarma boshligʻi

15

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

15 (-5%)

Boʻlim boshligʻi, bosh direktor yordamchisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devonxona mudiri

14 (-5%)

Bosh mutaxassis

12

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Boshliq

17

Boshliq oʻrinbosari

16

Boʻlim boshligʻi

13

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

13 (5%)

Bosh mutaxassis

11

Yetakchi mutaxassis

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Agentlik va Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllanadi hamda amaldagi uzoq yillik xizmati uchun ustama miqdorlari saqlanib qoladi.
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 07/24/91/0165-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)