1-ILOVA
ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Vazirlik) | Tashkiliy qoʻmita, apellyatsiya komissiyasi, hakamlar hayʼati tarkibini hamda baholash mezonlarini tasdiqlaydi. | Ikki yilda bir marta avgust oyida | |||
2-bosqich | Nomzodlar | 1. Tanlovda ishtirok etish uchun Vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi. | Ikki yilda bir marta avgust-sentabr oylarida | |||
Tashkiliy qoʻmita | 2. Nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlarini baholaydi. | Ikki yilda bir marta oktabr — dekabr oylarida | ||||
3-bosqich | Hakamlar hayʼati hamda pedagoglar jamoasi | Nomzodlarning pedagogik mahoratini baholash mezonlari asosida baholaydi. | ||||
4-bosqich | Hakamlar hayʼati | Nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligini taqdimot asosida baholaydi. | ||||
5-bosqich | Vazirlik | 1. Tanlov gʻolibini QR-kodli sertifikat bilan taqdirlaydi. 2. QR-kodli sertifikat reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. | Ikki yilda bir marta oktabr oyida | |||
6-bosqich | Vazirlik | Gʻoliblarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlaydi. | Ikki yilda bir marta oktabr oyida | |||
2-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Masʼullar | Chora-tadbirlar | Muddatlari | |||
1-bosqich | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Vazirlik) | Pedagogik mahorat markazlari direktorlarining ikki yillik faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni taqdim etish shaklini (jadval, hisobot, toʻldirilgan savolnoma va boshqalar) Pedagogik mahorat markazlariga (Markazlar) yetkazadi. | Tanlov oʻtkaziladigan yilning yanvar oyida | |||
2-bosqich | Markazlar | Maʼlumotlarni asoslovchi hujjatlari bilan tasdiqlangan holda Ishchi guruhga taqdim etadi. | Tanlov oʻtkaziladigan yilning fevral oyida | |||
3-bosqich | Ishchi guruh | 1. Markazlarga chiqqan holda maʼlumotlarni oʻrganadi va natijalarni Tanlov komissiyasiga taqdim etadi. | Tanlov oʻtkaziladigan yilning mart oyida | |||
2. Markazlarga chiqqan holda soʻrovnomalar oʻtkazadi va Tanlov komissiyasiga taqdim etadi. | Tanlov oʻtkaziladigan yilning aprel oyida | |||||
4-bosqich | Tanlov komissiyasi | Tanlov natijalarini baholaydi. | Tanlov oʻtkazilgan yilning may oyida | |||
5-bosqich | Vazirlik | 1. Tanlov gʻolibini QR-kodli sertifikat bilan taqdirlaydi. 2. QR-kodli sertifikat reyestrini yuritadi va rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. | Tanlov oʻtkazilgan yilning may oyida | |||
6-bosqich | Vazirlik | Gʻolibni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlaydi. | Tanlov oʻtkazilgan yilning 20-iyuliga qadar | |||
2-ILOVA
T/r | Reytingni hisoblash indikatorlari | Ball |
Markaz direktorining ikki kalendar yildagi faoliyati natijadorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI) | 100 | |
1. Hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar: | 20 | |
a) hududdagi pedagog kadrlarning malaka toifasining dinamikasi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
b) “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari natijadorligi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
v) tashkil etilgan koʻchma (sayyor) kasbiy rivojlantirish tadbirlarining natijadorligi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
g) hududdagi pedagog kadrlarning ehtiyojlariga koʻra ilgʻor tajribalarni ommalashtirish boʻyicha tashkil etilgan treninglar natijadorligi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
2. Markazda moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar: | 20 | |
a) budjetdan tashqari mablagʻlar tushumi (ishchi guruh tahlili) | 15 | |
b) xalqaro grantlarni jalb qilish (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
3. Markazda zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar: | 20 | |
a) malaka oshirish kurslarini tashkil etishning natijadorligi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
b) qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishning natijadorligi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
v) maktablar direktorlarining malaka oshirgan oʻqituvchilari natijadorligiga muvofiq malaka oshirish kurslariga bergan bahosi (soʻrovnoma) | 5 | |
g) professor-oʻqituvchilar tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimiga oid xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan maqolalar salmogʻi (ishchi guruh tahlili) | 5 | |
4. Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi: | 40 | |
a) markazning tajribali pedagog-xodimlar bilan taʼminlangani va xorijiy mutaxassislarning jalb qilinganligi (ishchi guruh tahlili) | 8 | |
b) markaz xodimlarining xorijiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilganligi (ishchi guruh tahlili) | 7 | |
v) tinglovchilarning pedagog kadrlarga bergan bahosi (soʻrovnoma) | 8 | |
g) markaz direktori faoliyatiga markaz xodimlarining bergan bahosi (soʻrovnoma) | 7 | |
d) markaz direktorining hududdagi pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish boʻyicha loyiha ishi. | 10 | |