25.02.2025 yildagi O‘RQ-1037-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 11-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 20-fevralda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini tashkil etsin va taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1037-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1037-sonli Qonuniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi (bundan buyon matnda Konsepsiya deb yuritiladi) vijdon erkinligiga boʻlgan huquqni va Oʻzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni roʻyobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilgan boʻlib, koʻpmillatli va koʻpkonfessiyali Oʻzbekistonda umumjamiyat manfaatlarini roʻyobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida oʻzaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaning 35-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dunyoviy davlatda diniy qadriyatlar ham muhim oʻrin tutadi. Diniy qadriyatlar Oʻzbekiston xalqining madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlari, odob-axloqining shakllanishiga hamda ularning avloddan-avlodga meros boʻlib oʻtishiga xizmat qilib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy eʼtiqodlar va diniy bagʻrikenglik, dinlarning asl insonparvarlik mohiyati jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston xalqini birlashtirish va jipslashtirishga xizmat qiluvchi, oilalarda oʻzaro hurmat-izzat va mehr-oqibatni mustahkamlovchi asriy qadriyatlar manbaidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquq dunyoviy davlatdagina toʻlaqonli amalga oshirilishi mumkin. Dunyoviy davlat diniy qadriyatlarning, eʼtiqodlarning hurmat va himoya qilinishi, izchil rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy muhit yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsepsiyada qoʻllanilgan asosiy tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vijdon erkinligi — fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik boʻyicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviylik — vijdon erkinligi, fikrlash erkinligi hamda Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq insonparvar qadriyatlarga, umumjamiyat manfaatlariga asoslangan axloq va xulq-atvorni nazarda tutuvchi norma va qarashlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviy davlat — har kim uchun vijdon erkinligi, mafkura va fikrlar xilma-xilligi kafolatlangan, davlat hokimiyati diniy-konfessiyaviy qarashlar va institutlardan ajratilgan hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda, qarorlar qabul qilishda va ularni ijro etishda Konstitutsiyaga va qonunlarga, umumjamiyat manfaatlariga asoslangan tarzda boshqariladigan davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviy qadriyatlar — vijdon erkinligiga, qonun ustuvorligiga, mafkura va fikrlar xilma-xilligiga, dinlararo bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikka asoslangan jamiyatdagi umuminsoniy prinsiplar, normalar va qarashlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumjamiyat manfaatlari — jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, har bir shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun oldida tengligini taʼminlash, birgalikda tinch-totuv yashash, moddiy-maʼnaviy neʼmatlardan adolatli tarzda foydalanish hamda taraqqiy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi jamiyatning ongli ehtiyojlari yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash jarayonining zamonaviy holati tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning normativ-huquqiy asoslarini shakllantirish 1990-yillarda boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 14-iyunda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar hamda diniy tashkilotlar, shuningdek din va davlat oʻrtasida yangi munosabatlarni shakllantirishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi oʻrnatilishi bilan bogʻliq siyosiy huquqlarga, shuningdek fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi bilan bogʻliq shaxsiy huquq va erkinliklarga uygʻun ravishda fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini belgilab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Markaziy Osiyoda diniy taassublar zamirida radikal, ekstremistik va terroristik guruhlarning qonunga xilof faoliyati jadallashishi, shu jumladan ularning klerikal davlat tuzishga boʻlgan urinishlari fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqiga tahdidlarni yuzaga keltirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sharoitlarda 1998-yil 1-mayda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yillarda jahon tarixida xalqaro terroristik tashkilotlar aʼzolari faoliyatining haddan tashqari faollashuvi kuzatildi. Mazkur jarayon Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Shunga qaramay, vijdon erkinligiga nisbatan tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan choralar izchil amalga oshirilib, jamiyatda barqarorlik muhiti saqlab qolindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2017-yildan keyin fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini bevosita amalga oshirish, konfessiyalararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, milliy va diniy qadriyatlarni qoʻllab-quvvatlash, ziyoratgohlarni va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha izchil ishlar yangicha mazmun va surʼat kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat tarixiy, diniy, madaniy ahamiyatga ega boʻlgan binolarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi. Mamlakat boʻylab yuzlab masjidlar, cherkovlar qurildi va taʼmirlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻplab madaniy meros obyektlari, shu jumladan masjidlar, cherkovlar binolari diniy tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan boʻlib, u yerda fuqarolar diniy marosimlarni emin-erkin ado etib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli diniy konfessiyalar vakillari diniy bayramlarni erkin oʻtkazmoqda. Shuningdek ziyorat turizmini sifatli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston uchun haj kvotasi 3 barobar oshirildi, umra ziyoratiga kvotalar toʻliq bekor qilindi. Natijada Saudiya Arabistoniga qariyb 800 ming musulmonlar haj va umra ziyoratini amalga oshirish uchun bordi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek 10 mingdan ziyod nasroniylar, yahudiylar, baxoiylar, krishnaviylar, buddaviylar Rossiya, Turkiya, Italiya, Armaniston, Isroil, Hindiston, Koreya Respublikasi, Gruziya va Gretsiyadagi diniy ziyoratgohlarga tashrif buyurishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy taʼlim tizimining rivojlanishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 4 ta oliy islom taʼlim muassasasi, 10 ta oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, shu jumladan 2 ta ayollar madrasasi, shuningdek pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyoviy va diniy bilimlarni uygʻunlashtirish, diniy sohada kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida 2018-yilda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda tarkibi barcha diniy konfessiyalar rahbarlaridan iborat boʻlgan Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur Kengash turli konfessiyalar oʻrtasida oʻzaro muloqotni oʻrnatish, konfessiyalararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashning samarali maydoni sifatida xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan mutafakkirlar merosini ilmiy-amaliy yondashuv asosida oʻrganish, shuningdek diniy taassublar bilan bogʻliq xavflarning mafkuraviy asoslarini tadqiq etish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat koʻrsata boshladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish yoʻnalishida soxta diniy eʼtiqodlar taʼsiri ostida taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga kirib qolgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganligi uchun jazo oʻtayotgan, oʻz qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslarga nisbatan tarixda birinchi bor har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan afv etish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinishi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari doirasida mamlakatimizning 531 nafar fuqarosi Yaqin Sharqdagi harbiy-mojaroli hududlardan Oʻzbekistonga qaytarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning xalqaro miqyosda munosib eʼtirof etilishi ularning samaradorligidan dalolat bermoqda. Masalan, 2018-yilda Oʻzbekistonning tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasini qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini yanada mustahkam taʼminlash borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarga mos ravishda 2021-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi yangi Qonuni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bugungi kunda Oʻzbekiston millatlararo va konfessiyalararo totuvlik amalda taʼminlangan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida barqaror rivojlanib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda 16 ta konfessiyaga mansub boʻlgan 2 300 dan ortiq diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda, 130 dan ziyod millatlar va elatlar vakillari istiqomat qilmoqda. Davlat tomonidan 7 tilda taʼlim olish imkoniyati yaratilganligi, 12 tilda teleradiodasturlar efirga uzatilayotganligi, 14 tilda gazeta va jurnallar chop etilayotganligi, 155 ta milliy madaniy markaz erkin faoliyat yuritayotganligi millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitining amaldagi namunasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga qonunlar bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarga muayyan bir dinga xos qoidalarni joriy etishga boʻlgan urinishlar, ayollar va erkaklar huquqlari tengligini shubha ostiga qoʻyish, fuqarolik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, ijtimoiy axloq normalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni inkor etish, tibbiy xizmatdan, ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan, tovarlar va xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqlarni cheklash, ayrim davlat xizmatchilarining dunyoviy davlatchilik mohiyatini teran anglamasligi hamda jamiyat taraqqiyoti, birdamligi va barqarorligiga putur yetkazuvchi qonunga xilof gʻoyalar va qarashlar tarqalishi hollari uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, axborot makonining globallashuvi natijasida ijtimoiy tarmoqlardan erkin foydalanilishi, yoshlarning migratsiya jarayonlariga keng jalb qilinishi sharoitlarida radikallashuvga sabab boʻluvchi omillarni toʻliq nazorat qilish imkoniyati cheklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlar yagona Oʻzbekiston xalqining, jamiyat va davlatning hamjihatligiga xatar boʻlib, qonun hujjatlariga rioya etilmasligiga, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga, fuqarolarning huquqiy tartibotga munosabati salbiy tomonga oʻzgarishiga, vatanparvarlik tuygʻulari yemirilishiga, oilaviy nizolarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diniy sohadagi davlat siyosati prinsiplari aniq belgilanmaganligi uning aholi oʻrtasida turlicha tushunilishiga, dunyoviy davlat asoslarining buzib talqin qilinishiga, jamiyatda ziddiyatli vaziyatlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek ilm-fan va texnologik yutuqlar bilan hisoblashmaslik, ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga eʼtiborsizlik, zamon bilan hamqadam boʻlmaslik mamlakatning global raqobat maydonida munosib oʻrin egallash yoʻlidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishni murakkablashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda jamiyatimizda barqarorlik taʼminlab kelinmoqda, davlat tomonidan fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqlari qonun ustuvorligi asosida ishonchli himoya qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining va fuqarolik jamiyati institutlarining turli diniy konfessiyalar vakillarining vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini roʻyobga chiqarishi uchun teng imkoniyatlar yaratish boʻyicha tizimli faoliyati mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashning samarali modelini izchil rivojlantirishga imkon bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashishdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashdan, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni va dunyoviylikni taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini taʼminlash hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp millatli va koʻpkonfessiyali Oʻzbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, ularning rivojlanishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda, ularning vijdon erkinligiga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻzining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstitutsiyaviy normalarga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni dunyoviylik asosida tartibga solinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda diniy bagʻrikenglik va qonuniylikni qaror toptirish borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining oʻz kasbiy faoliyatida va funksional vazifalarni bajarishda biror-bir dinga yoki eʼtiqodga ustunlik berishiga yoxud biror-bir dinni yoki eʼtiqodni kamsitishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilm-fani, madaniyati, sanʼati va adabiyotining ilgʻor yutuqlaridan bahramand boʻlgan holda mamlakatning ilm-fani va madaniyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa, jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga tahdid soluvchi radikallashuvga qarshi kurashish, ekstremizm va terrorizm gʻoyalarining tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vijdon erkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinning davlatdan ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenglik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin tanlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinlararo muloqot va oʻzaro tushunish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonuniylik prinsipiga muvofiq diniy sohadagi davlat siyosati Konstitutsiyaga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan qarorlarning Konstitutsiyaga va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vijdon erkinligi prinsipiga binoan Oʻzbekiston Respublikasida barcha shaxslar uchun din va eʼtiqod erkinligi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar xohlagan dinga eʼtiqod qilish, eʼtiqodni oʻzgartirish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqidan erkin foydalanadi. Diniy qarashlarni yoki dinga eʼtiqod qilmaslikni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquqlarini ularning muayyan diniy taʼlimotga munosabatiga qarab cheklashga, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ustunlik berishga, ularning diniy eʼtiqodi mavjud yoki mavjud emasligi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dinning davlatdan ajratilganligi prinsipi diniy tashkilotlar va davlat organlari oʻzaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini yuklamasligi, diniy tashkilotlarning davlat funksiyalarini amalga oshirishiga yoʻl qoʻymasligiga oid qoidalarni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu prinsip diniy qarashlardan qatʼi nazar, konstitutsiyaviy huquqiy tizim (huquq normalari va ularni qoʻllash), demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va birdamlik, inson huquqlari gʻoyalariga tayanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tenglik prinsipiga muvofiq fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida teng boʻlib, bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga biror-bir dinga eʼtiqod qilishi yoki eʼtiqod qilmasligidan kelib chiqib imtiyozlar berishga yoki ulardan mahrum qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar diniy eʼtiqodidan yoki biror-bir dinga eʼtiqod qilmasligidan qatʼi nazar, barcha fuqarolarga nisbatan bir xilda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Erkin tanlov prinsipiga koʻra, fuqaro dinga, dinga eʼtiqod qilishga yoki eʼtiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy taʼlim olishga nisbatan oʻz munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dinlararo muloqot va oʻzaro tushunish prinsipi asosida turli dinlarga eʼtiqod qiladigan yoki biror-bir dinga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, turli konfessiyalarga oid tashkilotlar oʻzaro diniy bagʻrikenglik, murosa, hurmat va oʻzaro tushunish asosida muloqot oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat turli dinlarga eʼtiqod qiladigan yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, turli konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat, bagʻrikenglik ruhi oʻrnatilishini taʼminlaydi, radikallashuvga, ekstremizmga, terrorizmga, turli dinlarga mansub aqidalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyishga va keskinlashtirishga, shu asosda fuqarolar totuvligini buzishga, turli konfessiyalar ichida va boshqa konfessiyalar oʻrtasida adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlashning va diniy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini izchil roʻyobga chiqarish, jamiyatda konfessiyalararo munosabatlarni yanada mustahkamlash yoʻnalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini amalga oshirish kafolatlarini taʼminlash, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalari va hamkorligini vakolatli davlat organi orqali muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) konfessiyalararo totuvlikni va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ziyorat turizmi, boshqa diniy rasm-rusumlar va marosimlar xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlash masalalari boʻyicha fuqarolar, diniy tashkilotlar va davlat organlarining hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) diniy konfessiyalarning bayramlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ziyoratgohlarni va muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish hamda asrab-avaylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat roʻyxatidan oʻtgan diniy taʼlim muassasalarida diniy tashkilotlar uchun yuqori malakali xodimlarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) diniy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohani tartibga soluvchi va dunyoviy davlat asoslarini belgilab beruvchi qonunchilik hujjatlari boʻyicha bilim berish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqini roʻyobga chiqarish, jamiyatda konfessiyalararo munosabatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan fuqarolarning xabardorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Dinlarning ilmiy-madaniy merosini oʻrganish, dinshunoslik va diniy sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish yoʻnalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston xalqining turli tarixiy davrlarda shakllangan dinlarga oid madaniyati hamda islom sivilizatsiyasining yorqin yutuqlari sifatida tan olingan buyuk mutafakkir va olimlarning diniy-falsafiy merosini, tarixiy asarlar, meʼmorchilik, sheʼriyat, ijtimoiy-tabiiy fanlar sohasiga oid qoʻlyozma manbalarni oʻrganish boʻyicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat oliy taʼlim muassasalarida dinshunoslik boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xorijiy va mahalliy olimlar, diniy konfessiyalar boʻyicha malakali ekspertlar ishtirokida diniy sohadagi dolzarb muammolarni oʻrganishga oid ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan radikallashuvga, ekstremizmga va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro, mintaqaviy va milliy miqyosda ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va sotsiologik soʻrovlar oʻtkazib borilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Diniy sohada fuqarolarning vijdon erkinligiga, jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga tahdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yoʻnalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) diniy radikallashuvga, yaʼni shaxsiy diniy qarashlar asosida maʼlum bir dinning yoki konfessiyaning boshqalariga nisbatan ustunligini, shaxsiy diniy qarashlarni talqin qilishda qonunchilik talablariga va boshqa fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqiga rioya etilmasligini targʻib qiluvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) radikal diniy oqimlar, ekstremistik va terroristik tashkilotlar gʻoyalariga qarshi kurashish va ularning mafkurasi tarqalishining oldini olish, bu maqsadda davlat organlarining va fuqarolik jamiyati institutlarining diniy tashkilotlar bilan samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) radikal diniy oqimlar, ekstremistik va terroristik tashkilotlar gʻoyalari taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni, ayniqsa yoshlarni ijtimoiy moslashtirishga, ularning jamiyatda hukm surayotgan tinchlik va totuvlik muhitiga integratsiyalashuvini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dinning insonparvarlik mohiyatini, jamiyat va davlat hayotidagi muhim oʻrnini ochib berish boʻyicha zamonaviy strategiyalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va media sohasi vakillari oʻrtasidagi samarali hamkorlik tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) axborot makonida dindan qonunga xilof ravishda va siyosiy maqsadlarda foydalanish hollarini aniqlash hamda ularga nisbatan qonunda belgilangan choralarni koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) axborot makonida diniy masalalarga bagʻishlangan materiallarning milliy qonunchilik talablariga muvofiq holda yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) vijdon erkinligini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzish hollariga oʻz vaqtida munosabat bildirish va adolatli huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash, huquqiy va profilaktik taʼsir koʻrsatishning zamonaviy, taʼsirchan usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻatishga, shu jumladan biror-bir dinga ustunlik berish yoki boshqa dinlarga nisbatan murosasizlik gʻoyalarini targʻib qilishga turtki boʻladigan materiallar tarqatilgan, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilgan taqdirda, bunday axborot resurslaridan foydalanishni qonunda belgilangan tartibida cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) diniy taassublar zamirida sodir etiladigan ekstremizm va terrorizmga oid jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularga chek qoʻyish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari va vijdon erkinligi uygʻunligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir insonning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda erkinliklarini tenglik va adolatlilik asosida roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaxsning qonun asosida teng huquq, imkoniyat va himoyaga ega boʻlishini taʼminlash, har bir inson qadrlanadigan va hurmat qilinadigan, uning fikri inobatga olinadigan ijtimoiy muhitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy neʼmatlar va imkoniyatlarni mutanosib ravishda taqsimlashga, tizimli tengsizliklarni bartaraf etishga hamda barcha shaxslarning birlamchi ehtiyojlarini (taʼlim, sogʻliqni saqlash, xavfsizlik va iqtisodiy imkoniyatlar) yetarli darajada qanoatlantirishga qaratilgan ijtimoiy adolatni roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli qarashlar va nuqtai nazarlarga ega ijtimoiy guruhlar oʻrtasida birdamlik hamda bagʻrikenglik, tinch-totuv yashash va hamjihatlik ruhini shakllantirish, ular oʻrtasida muloqot, oʻzaro tushunish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda bir-biri haqida yanglish tasavvurlar va adovat paydo boʻlishining oldini oluvchi barqarorlik va totuvlik muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror-bir ijtimoiy guruhning manfaatlariga ustuvorlik bermagan holda, barcha fuqarolarning umumiy farovonligini taʼminlashga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning diniy eʼtiqodi va qarashlaridan qatʼi nazar, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalari asosida istisnosiz ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror-bir diniy qarash asosida atrof-tabiiy muhit barqarorligiga putur yetkazuvchi qaror qabul qilishga yoki amaliyotlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning har qanday tajovuzlardan, ijtimoiy va millatlararo nizolardan, turli konfessiyalar oʻrtasida adovat va nafrat uygʻotishdan, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari va vijdon erkinligi uygʻunligining asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻz shaxsiy makoni doirasida boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklariga va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasdan, qonunchilik va jamoat tartibini buzmasdan xohlagan dinga eʼtiqod qilishi yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy jamoa makonida fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda diniy tashkilotlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlar oʻtkazilayotgan joylarda, qonunchilikda belgilangan tartibda, boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl etmagan holda oʻz diniy qarashlarini ifodalashi, ibodatlarni, rasm-rusumlarni yakka holda yoki guruh boʻlib bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-siyosiy makonda huquqiy tartibga solinadigan masalalar boʻyicha din va dinsizlik bilan bogʻliq aqida va qarashlarni qonunga xilof ravishda tarqatishga hamda diniy belgilarga koʻra siyosiy partiyalarni va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi ommaviy jamoat harakatlarini tashkil etishga va qarorlar qabul qilishga yoʻl qoʻyilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Dunyoviy davlatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Davlat boshqaruvi yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat boshqaruvi yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — davlat boshqaruviga oid qarorlarni qabul qilish hamda amalga oshirishda Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarni va madaniy merosni hurmat qilgan holda, umumjamiyat manfaatlarini koʻzlash, ilmiy asoslangan yondashuvlarga tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat boshqaruvi yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) normativ-huquqiy hujjatlarni, xalqaro shartnomalarni va boshqaruvga oid qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish hamda amaliyotga joriy etish jarayonida umumjamiyat manfaatlarini koʻzlash, ilmiy asoslangan xulosalarga tayanishni qatʼiy taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat boshqaruviga oid qarorlarni qabul qilishda fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va turli ijtimoiy guruhlar vakillarini keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) diniy belgilarga koʻra siyosiy partiyalarni va ommaviy jamoat harakatlarini tashkil etishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tashkiliy va huquqiy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining diniy qarashlari ularning professional faoliyatiga va funksional vazifalarini amalga oshirishiga taʼsir qilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sud hokimiyatining milliy, irqiy yoki siyosiy va diniy taʼsirlardan mustaqil va xoli boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimining dunyoviy qadriyatlar asosida tashkil etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat xizmatiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ularning umumjamiyat manfaatlarini anglash, oqilona va ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) davlat fuqarolik xizmatchilarining va harbiy xizmatchilarning, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining faoliyatini qonunchilik hujjatlari asosida olib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) dunyoviylik asoslari va umumjamiyat manfaatlariga rahna soluvchi ichki va tashqi xavflarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Iqtisodiyotni tartibga solish yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Iqtisodiyotni tartibga solish yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — davlat tomonidan iqtisodiyotni, iqtisodiyot subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishda empirik dalillar, oqilona tahlil va obyektiv kuzatuvlarga asoslangan iqtisodiy qonuniyatlar, prinsiplar va institutlarga tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Iqtisodiyotni tartibga solish yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlatning iqtisodiy siyosatga doir qarorlari empirik dalillar, oqilona tahlil va obyektiv kuzatuvlar asosida qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtisodiy siyosat yuritishning ilmiy va uslubiy asoslarini kengaytirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iqtisodiyot subyektlarining moliya va bank xizmatlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) iqtisodiyot subyektlari tomonidan isteʼmolchilarning qonunda belgilangan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini diniy qarashlar asosida cheklashga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) iqtisodiyot subyektlari tomonidan iqtisodiy faoliyat turlarini, biznes-hamkorlarni, savdo-sheriklarni tanlashda iqtisodiy erkinlik va ochiq bozor prinsiplariga rioya etishning ahamiyatini tushuntirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari, shu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy texnika, gigiyena vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning muomalasi sohalaridagi iqtisodiy munosabatlarda umumqabul qilingan axloq normalariga amal qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqarolarning iqtisodiyot qonuniyatlari, prinsiplari va institutlari haqidagi obyektiv tasavvurlarini boyitish, ularda bozor iqtisodiyoti haqida empirik dalillar toʻplash, oqilona tahlil va obyektiv kuzatuv asosida iqtisodiy qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ilm-fan, innovatsiyalar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ularni tizimli qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Taʼlim yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼlim yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — taʼlim jarayonida, uni tashkil qilishda va taʼlim xizmatlarini koʻrsatishda taʼlim oluvchilarda diniy aqida va qarashlardan xoli tarzda ilmiy bilimlarni, mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, qarashlar xilma-xilligini hurmat qilish, umumjamiyat manfaatlariga hissa qoʻshish gʻoyalariga tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taʼlim yoʻnalishida dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taʼlim tizimining dunyoviy xususiyatini taʼminlashga doir izchil va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda dunyoviy va diniy taʼlim olish huquqini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunlarga asosan belgilangan majburiy taʼlim olishni biror-bir asosga koʻra cheklashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mamlakat aholisida, ayniqsa yoshlarda ilmiy, aqliy salohiyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻularini, milliy qadriyatlar va ijtimoiy axloq normalariga boʻlgan hurmat ruhini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) taʼlim tizimida diniy betaraflikni saqlash va diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaydigan muhitni taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) taʼlim tizimida oʻquv dasturlarining inklyuzivligini taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) taʼlim oluvchilarda ularga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan aniq va gumanitar fanlar va ijtimoiy fanlarni, sanʼatni oʻz ichiga olgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) taʼlim oluvchilar uchun tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan, maʼlumotlarni tahlil qilish, ilmiy farazlarni tekshirish, dalillarni baholash koʻnikmasini shakllantiradigan izlanish va oʻrganish muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) insonparvarlik va adolat, doʻstlik va hamjihatlik, milliy va umuminsoniy gʻoyalarga hurmat kabi qadriyatlar singdirilishini, axloqiy masalalarga maqbul yechim topish koʻnikmalari shakllantirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) turli diniy eʼtiqodlar va taʼlimotlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari toʻgʻrisida xolisona bilim berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) turli dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlarga nisbatan hurmat, bagʻrikenglik va tushunish muhitini taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) pedagog kadrlarni tayyorlash va tanlashda ularning diniy bagʻrikenglikni saqlagan holda bilim berish, axloq va estetikani singdirish qobiliyatini oʻstirish hamda mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tibbiyot yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tibbiyot yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish, tibbiy xizmatlar koʻrsatish va tibbiy madaniyatni shakllantirishda ilmiy tadqiqotlar, dalillar, tibbiy-odob qoidalari, fuqarolarning sogʻliqni saqlash huquqlari ustuvorligi prinsiplariga tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tibbiyot yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) klinik va ilmiy tasdiqlangan muolajalarni hamda dori vositalarini qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilishda ilmiy asoslanmagan qarashlarga, taʼsirlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bemorlarning toʻliq xabardorligi asosidagi tibbiy muolajalar va patologoanatomik amaliyotlar oʻtkazishga ixtiyoriy rozilik berishga toʻsqinlik qiluvchi qarashlarning zararlarini tushuntirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) noilmiy rasm-rusumlarga asoslangan muolaja amaliyotlari tibbiyot fanida va amaliyotda mavjud ilmiy davolash usullarining oʻrnini bosa olmasligi haqida fuqarolarda aniq tasavvurlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tibbiy amaliyotlar va tajribalar shaxs va jamiyat uchun foydali natija keltirishini, insonning sogʻligʻi yaxshilanishiga olib kelishini taʼminlaydigan ishonchli mexanizmlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har bir shaxsga ehtiyojiga mos tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aholi oʻrtasida tibbiy muolajani va davolashni rad etuvchi, jamoat salomatligini xavf ostida qoldiruvchi qarashlar va yanglish tasavvurlarni bartaraf etish boʻyicha tushuntirishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) klinik tasdiqlanmagan davolash amaliyotlarini cheklash yuzasidan normativ-huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) har qanday ilmiy asoslangan tibbiy yordam va muolaja insonning hayoti uchun zarur boʻlgan chora sifatida qoʻllanilishi mumkinligini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) insonning sogʻligʻini va hayotini saqlash uchun tibbiy aralashuv zarur boʻlgan hollarda fuqarolarni tibbiy yordam koʻrsatilishini rad etishga chaqirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tashkiliy va huquqiy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) emlashdan, inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasidan, qon quyish va boshqa tibbiy yordamni turli sabablarga koʻra rad etgan shaxslar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda tashkiliy-huquqiy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy yordam va tibbiy xizmat koʻrsatish hamda farmatsevtika faoliyati jarayonida oʻz eʼtiqodidan kelib chiqib, bemorlarning hayoti va sogʻligʻiga, boshqa manfaatlariga daxl qiladigan har qanday harakatlarni (harakatsizlikni) bajarishga, shuningdek bunday xatti-harakatlarga (harakatsizlikka) chaqirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan normativ-huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) xalq tabobati usullaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish uchun imkoniyatlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Madaniyat yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Madaniyat yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — jamiyatning madaniy rivojlanishi jarayonida, jumladan urf-odatlar, badiiy va amaliy sanʼat (adabiyot, musiqa, xoreografiya, teatr, kino va boshqalar) sohalarini rivojlantirishda insonparvarlik, tabiatga gʻamxoʻrlik, milliy va umuminsoniy madaniy merosga hurmat gʻoyalariga tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Madaniyat yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha millat va elatlar, konfessiyalarga mansub fuqarolarning madaniyatini rivojlantirish uchun adolatli shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) madaniy xilma-xillikni qoʻllab-quvvatlash, milliy va dunyoviy qadriyatlarni targʻib qiluvchi asarlar va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oqilona tafakkur, tanqidiy fikrlash, insonparvarlik gʻoyalarini, estetika va etikani targʻib qiluvchi badiiy va amaliy sanʼat, ijod mahsulotlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) madaniyat sohasida cheklovlar va senzuraning oldini olishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) madaniyat sohasida insonparvarlik gʻoyalariga asoslanadigan sanʼat, badiiy adabiyot va ijod, musiqa, teatr, xoreografiya, estradani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) konfessiyalararo totuvlik, muammoli masalalarni kelishuv yoʻli bilan hal etish, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish va jamiyatning umumiy maqsadlariga ijobiy hissa qoʻshish hamda umummilliy qadriyatlarni kino, teatr, adabiyot va sanʼat asarlari orqali tarqatishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) moddiy madaniy meros obyektlarini va diniy yodgorliklarni asrash, ularga hurmat ruhini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) axborotni qabul qilishda uni tanqidiy jihatdan tahlil etish madaniyatini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Nikoh institutini tartibga solish yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nikoh institutini tartibga solish yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — nikoh munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda fuqarolarning huquq va erkinliklariga, fuqarolik va oila toʻgʻrisidagi qonunchilikka tayanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nikoh institutini tartibga solish yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nikoh institutini tartibga soluvchi huquqiy normalarning dunyoviy qadriyatlarga asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nikoh tuzishga doir diniy marosimning faqat nikoh qonunda belgilangan tartibda qayd etilganidan keyingina amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ikki yoki undan ortiq xotin yoxud ikki yoki undan ortiq er bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilishni cheklash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jamiyatda shakllangan va amaldagi qonunchilikka asoslangan anʼanaviy nikoh munosabatlarini, milliy qadriyatlar va udumlarni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarini shakllantirish yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarini shakllantirish yoʻnalishidagi dunyoviylik bu — shaxsning boshqa shaxslar va jamiyat bilan munosabatlarda, shaxsiy eʼtiqodidan qatʼi nazar, boshqalarning huquq va erkinliklarini, shu jumladan vijdon erkinligi huquqini hurmat qilgan holda oʻzini oqilona tutishi, insonparvarlik gʻoyalari, milliy va dunyoviy qadriyatlarga tayanishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarini shakllantirish yoʻnalishidagi dunyoviylikni taʼminlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarining milliy va diniy qadriyatlar hisobga olingan holda dunyoviy qadriyatlar asosida shakllanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oilaviy va maishiy munosabatlardagi ijtimoiy axloq normalarining milliy va diniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda, dunyoviy qadriyatlar asosida shakllantirilishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijtimoiy adolatga nisbatan axloqiy normalarning umumjamiyat manfaatlariga uygʻunligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) insonparvarlik gʻoyalarini va dunyoviy qadriyatlarni jamiyatning barcha qatlamlari orasida ommalashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) atrof-muhitga, shu jumladan hayvonot va oʻsimlik dunyosi xilma-xilligiga nisbatan insonparvarlik gʻoyalariga asoslanadigan munosabatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jamiyatda ijtimoiy munosabatlar birdamlik, tenglik, hamkorlik, adolat va boshqalarning shaxsiy qarashlarini hurmat qilish prinsiplariga asoslanishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, jamiyatdagi fuqarolar va guruhlarning umummilliy qadriyatlar va umumjamiyat manfaatlari asosida totuvlikda hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ijtimoiy munosabatlarga oid u yoki bu masala yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oqilona, asosli, oʻzaro hurmat prinsiplari asosida olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari oʻrtasida, ularning eʼtiqodidan qatʼi nazar, ochiq muloqot va oʻzaro tushunishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarning oʻzboshimchalik bilan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik boʻyicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda qonun ustuvorligi mustahkamlanadi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligi oshadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda totuvlik, ijtimoiy hamjihatlik va birdamlik muhiti mustahkamlanadi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviylikni taʼminlashga doir qonunchilik yanada takomillashtiriladi, mavjud huquqiy boʻshliqlar va ziddiyatlar bartaraf etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarishga toʻsiq boʻluvchi omillar minimallashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoviy davlatda vijdon erkinligini taʼminlash shart-sharoitlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat va konfessiyalar oʻrtasida diniy bagʻrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlashga asoslangan munosabatlar modelini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy va dinshunoslik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirishni nazarda tutadigan diniy sohada kadrlar tayyorlash tizimi takomillashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy sohadagi davlat siyosatining axborot makonida tizimli ravishda yoritilishini taʼminlash uchun davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va media sohasi vakillarining hamkorlik mexanizmlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy masalalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy loyihalarni amalga oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Konsepsiya yoʻnalishlari boʻyicha tadbirlar davriy qabul qilinadigan dasturlar orqali amaliyotga joriy etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash maqsadida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va uning natijalari fuqarolarning teng huquqliligini kafolatlaydi, shuningdek dunyoviylik turlicha talqin qilinishining hamda buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Konsepsiya mamlakat aholisining, ayniqsa yoshlarning maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining totuvligi va tengligini taʼminlashga, davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Konsepsiyada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining, barcha darajadagi davlat organlari, tashkilotlar, muassasalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining, shu jumladan davlat xizmatchilarining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirishda keng jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori bilan Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Komissiyasi (parlament komissiyasi) tashkil etiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1037/0187-son)