Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.03.14-22 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 296]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. SHNQ 2.03.14-22 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-maydagi 01/2-21-sonli buyrugʻi (hisob raqami 404, 02.06.2026-y.) tahririda)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2018-yil 28-sentabrdagi 204-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.03.14-18 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 4-apreldagi 174-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.03.14-18 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-avgust,
01/2-55-son
Kelishildi:
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 5-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmita raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-iyul