Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 22-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 263]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 11-sentabrdagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.01-96 “Beton va temirbeton konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-iyun,
01/2-22-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 27-may
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 14-may
Tabiiy pardozbop toshlar va boshqa tosh mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha rais oʻrinbosari B. BOBOKULOV
2024-yil 15-may
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 24-may
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 20-iyundagi 01/2-22-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari