17.04.2025 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umummilliy birdamlik bogʻlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, bolalar va oʻsmirlarning madaniy dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024-yilda yoʻnalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxatining 21-bandiga muvofiq Umummilliy birdamlik bogʻlarini (keyingi oʻrinlarda — istirohat bogʻlari) bosqichma-bosqich tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025 — 2030-yillarda umummilliy birdamlik bogʻlarini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda 2025-yil 15-mayga qadar istirohat bogʻlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarining namunaviy loyihasi Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bogʻlari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 17-avgustdagi 671-son qarori talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) istirohat bogʻlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarini yangi Oʻzbekistonda hamjihatlik, ahillik va osoyishtalik kabi umummilliy qadriyatlarimizning ramzi va uni shakllantiruvchi makon sifatida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy loyiha asosida barcha tuman (shahar)lardagi mavjud madaniyat va istirohat bogʻlari hamda unga tutash boʻlgan hududlarda taʼmirlash va obodonlashtirish asosida sokin va faol hududlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlarning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy sanʼat bilan shugʻullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qoʻriqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sugʻorish tizimini qayta koʻrib chiqish va uning samarali faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarining 40 foiz hududini attraksionlar va koʻngilochar oʻyin qurilmalarining ixcham, qulay va zamonaviy turlarini sanitariya va yongin xavfsizligi qoidalariga, jamoat tartibi talablariga rioya qilgan holda faol hududlar sifatida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosiped yoʻlakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni oʻz ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) istirohat bogʻlari hududida namunaviy loyihaga qatʼiy rioya qilgan holda, madaniy hordiq chiqarish obyektlarini joylashtirish, manzarali daraxtlar ekish va yashil maydonlar tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-mayga qadar Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda 2025 — 2030-yillarda har bir tuman (shahar)da tashkil etiladigan istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-mayga qadar har bir tuman (shahar)da istirohat bogʻlarini tashkil etish maqsadida mavjud taʼmirtalab madaniyat va istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlash, zarur hollarda yangidan qurish boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni (keyingi oʻrinlarda — hududiy manzilli dasturlar) ishlab chiqib, ularning moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marotaba keng jamoatchilik fikri asosida istirohat bogʻlari faoliyatini samarali tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha muhokamalar tashkil qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarini tashkil etish, saqlash va rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy loyihaga muvofiq tasdiqlangan sokin hududlarda rekreatsion yoʻnalishdagi obyektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan holda faoliyat koʻrsatadigan sanoat va boshqa obyektlarni kengaytirish hamda yangilarini qurishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarida ekologik va rekreatsion funksiyalarni bajarishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik faoliyati taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va istirohat bogʻlari boʻlmagan hududlarda namunaviy loyiha asosida yangi istirohat bogʻlari tashkil etiladi hamda tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijara shartlari asosida ishonchli boshqaruvga berilgan madaniyat va istirohat bogʻlari manzilli roʻyxatga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda istirohat bogʻlarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda bogʻbonlarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tuman (shahar)ning mahalliy budjetlari parametrlarida obodonlashtirish xarajatlari uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik taqvim rejalarini shakllantirishda istirohat bogʻlarida shoir va yozuvchilar, fan, taʼlim va madaniyat sohasining koʻzga koʻringan vakillari ishtirokida muntazam badiiy kecha va uchrashuvlar hamda boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib borilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyunga qadar istirohat bogʻlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlar ijrosi holatini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri boshchiligida respublika ishchi guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan belgilangan vazifalar hamda hududiy manzilli dasturlar ijrosini, shuningdek, istirohat bogʻlarining namunaviy loyiha asosida tashkil etilishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlari hududida qurilgan barcha bino, inshoot va oʻzga koʻchmas mulklarni aniqlash, ularning istirohat bogʻlari faoliyati yoʻnalishiga mosligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlarining faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlmagan, shuningdek, noqonuniy qurilgan bino, inshoot va oʻzga koʻchmas mulklarni belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlari hududlari qisqarishi, yerlarining begonalashtirilishi holatlarini tanqidiy oʻrganish va aniqlangan qonun buzilishi holatlariga nisbatan tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etiladigan istirohat bogʻlarining mol-mulki toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini, mavjud bino va inshootlar, attraksionlar holati oʻrganilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Madaniyat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-apreldagi 235-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda umummilliy birdamlik bogʻlarini tashkil etish boʻyicha kompleks
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼullar

1.

Umummilliy birdamlik bogʻlarining (keyingi oʻrinlarda — istirohat bogʻlari) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Loyihani ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.

2025-yil aprel

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Gʻolib tashkilot tomonidan namunaviy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash.

2025-yil aprel

3. Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va tasdiqlash.

2025-yil may

2.

Har bir tuman (shahar)da tashkil etiladigan istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxati hamda manzilli dasturlarini tasdiqlash.

1. Mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil aprel

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

2. Istirohat bogʻlarida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olish.

2025-yil may

3. Istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash.

2025-yil may

4. Istirohat bogʻlarining manzilli dasturini tasdiqlash.

2025-yil may

3.

Hududlardagi mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarini pasportlashtirish.

1. Pasportlashtirish boʻyicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Hududlardagi bogʻlarni pasportlashtirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2025-yil aprel

3. Madaniyat va istirohat bogʻlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish.

2025-yil may

4.

Yozgi mavsum davomida aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda istirohat bogʻlarining faol hududlarida festival, koʻrik-tanlov va koʻrgazmalar, turli sport musobaqalarini tashkil etish.

1. Istirohat bogʻlarida tashkil etiladigan festivallar, tanlovlar va turli sport musobaqalarining taqvim-rejasini ishlab chiqish.

Har yili fevral oyida

Ijrochilarning mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Sport vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Taqvim-rejaga asosan istirohat bogʻlariga aholini keng jalb qilish.

Yil davomida reja asosida

5.

Bogʻlarda sokin hududlarni tashkil etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

1. Bogʻlarda tashkil etilishi mumkin boʻlgan sokin hudud chegaralarini belgilash.

2025-yil aprel

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Sugʻorish tizimini tashkil etish.

2025-yil apreldan boshlab doimiy

3. Sokin hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish choralarini koʻrish.

2025-yil mayga qadar

6.

Aholining madaniy hayotini boyitish, ularning oilaviy hordiq chiqarishlari uchun istirohat bogʻlarida zarur sharoitlar yaratish.

1. Bogʻlar hududlarini faol dam olish zonalari va tinch zonalarga ajratish.

2025-yil aprel

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Loyihalarda piknik zonalarga tutash boʻlgan joylarda ochiq osmon ostidagi kutubxonalarni nazarda tutish.

2026-yil fevral

3. Sokin hududlarni bosqichma-bosqich tashkil etish.

2025 — 2030-yillar davomida

7.

Taʼmirtalab istirohat bogʻlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, zarur hollarda yangidan qurish.

1. Mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida 2030-yilgacha barcha istirohat bogʻlarini zamonaviy qiyofaga keltirish.

2. Istirohat bogʻlarining hududiga va bogʻlarda zarur boʻlgan obyektlarning tarkibiga qoʻyiladigan talablar asosida barcha bogʻlarni tartibga keltirish.

2025 — 2030-yillar davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

8.

Istirohat bogʻlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish.

1. Kengash tarkibiga istirohat bogʻlari direktorlari va malakali mutaxassislarni jalb etish.

2025-yil aprel

 

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Yoʻnalishlarni aniqlagan holda kengash faoliyati va vazifalarini belgilash.

2025-yil may

3. Kengashning hududlar boʻylab sayyor yigʻilishlarini tashkil etish.

Reja asosida muntazam

4. Istirohat bogʻlarini rivojlantirish boʻyicha konseptual tavsiyalar ishlab chiqish.

Reja asosida muntazam

9.

Bogʻlarda anʼanaviy ravishda milliy qoʻgʻirchoqlar koʻrgazmasi, qoʻgʻirchoqbozlik bayramlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Bayram va koʻrgazmalarni tashkil etish va oʻtkazish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Qiziquvchilar uchun qoʻngʻiroq yasash boʻyicha mahorat darslari tashkil etish.

3. Tadbirlarni tizimli tashkil etish.

Har yili iyun oyida

Ijrochilarning mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

10.

Xorijiy tajribani oʻrgangan holda, “Zamonaviy bogʻ” konsepsiyasi asosida istirohat bogʻlarida ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, namunaviy ssenariylar ishlab chiqish.

1. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar tayyorlash boʻyicha eʼlonlar berish.

2025-yil iyun

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

2. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha mablagʻlar ajratish.

2025-yil avgust

3. Uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni nashr etish hamda istirohat bogʻlariga yetkazish.

2025-yil noyabr

11.

Istirohat bogʻlarini zamonaviy oʻyin qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish.

1. Istirohat bogʻlarini zamonaviy oʻyin qurilmalari bilan jihozlash boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlash.

2025-yil sentabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Istirohat bogʻlarini zamonaviy attraksion va oʻyin qurilmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlash.

2026 — 2030-yillar davomida

3. Yangi ish oʻrinlari yaratish.

2026 — 2030-yillar davomida

12.

Xorijda ishlab chiqariladigan attraksionlar va oʻyin qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

1. Hududlardagi istirohat bogʻlaridagi ehtiyojni aniqlash.

2026-yil aprel

Ijrochilarning mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Xorijiy tajribani oʻrganish.

2026-yil may

3. Mamlakatimiz iqlimi va boshqa talablariga mos zamonaviy attraksion va oʻyin qurilmalarini erkin tanlash elektron tizimini yaratish.

2026-yil iyun

13.

Istirohat bogʻlari rahbar va xodimlari malakasini oshirish.

1. Malaka oshirish rejasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

2. Malaka oshirish oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

2026-yil sentabr

3. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2027-yildan boshlab reja asosida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 09/25/235/0356-son)