Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-9]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y.,10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KUDRATXODJAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-mart,
1/4/27-393-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2025-yil 6-mart
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2025-yil 27-fevral
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2025-yil 21-fevral
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2025-yil 19-fevral
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 15-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 11-martdagi 1/4/27-393-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“cheklist — profilaktika tadbiri doirasida tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻldiriladigan namunaviy shakldagi savolnoma;
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — DYON organlari tomonidan yongʻin xavfsizligi sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.”.
2. 24-bandning yettinchi xatboshisidan “tekshiruv oʻtkazish kelishilganligi yoki vakolatli organ tekshiruv haqida xabardor etilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 271-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“271. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni oʻtkazish “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida (bundan aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazish xavfining oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan holatlar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.”.
4. 273-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlariga oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan cheklist taqdim etish, cheklist toʻldirilishi natijalari boʻyicha ular faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish.”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Uy-joy sektorining hududida hamda koʻp kvartirali uylarga tutash boʻlgan yer uchastkalarida, shuningdek, koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkda (yashash uchun moʻljallanmagan joylarda joylashgan savdo, maishiy va nosanoat yoʻnalishidagi oʻzga ehtiyojlarga moʻljallangan joylar bundan mustasno) va davlat uy-joy fondiga qarashli koʻp kvartirali uylarning kvartiralarida mavjud boʻlgan yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishini bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar tegishli ravishda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga (koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchisi, koʻp kvartirali uy kengashi, uy-joy mulkdorlari shirkati), davlat muassasalari va tashkilotlariga hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari topshiriladi.
Xususiy uy-joy fondiga qarashli yakka tartibda qurilgan uylar va koʻp kvartirali uylarning kvartiralarida yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishini bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar xususiy mulk egalariga (ijarachilarga) beriladi.”.
6. 108-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dalillarni olish dalolatnomasi (tekshiruv oʻtkazayotgan shaxs tomonidan erkin ravishda tuzilib, xolislar tomonidan imzolanadi. Barcha dalillar va ularni olish joylari voqea (yongʻin) joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi yoki dalillarni olish maxsus bayonnomasida batafsil tavsiflanadi. Namunalar olingan barcha nuqtalar yongʻin joyining chizmasida belgilanadi va zarur hollarda qisqa sharhlanadi);”;
sakkizinchi xatboshidagi “ashyoviy dalillar va boshqalarga” degan soʻzlar “dalillar va boshqalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 21-ilovada:
1) 3-bandda:
oʻn beshinchi xatboshidagi “saxovat uylari, muruvvat uylari” degan soʻzlar “ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, muruvvat internat uylari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshi “maskanlari” degan soʻzdan keyin “(bundan tez ovqatlanish shoxobchalari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yigirma yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar (qurilish hajmi 300 kub m gacha boʻlgan obyektlar bundan mustasno);”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“bojxona omborlari;
yoʻlovchi va yuk tashuvchi avtotransport korxonalari;
sigʻimidan qatʼi nazar tovar-yuk saqlash omborlari.”;
2) 4-bandda:
uchinchi xatboshidan “mingdan koʻp oʻringa moʻljallangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi “supermarketlar” degan soʻzdan keyin “va maydoni hamda hajmidan qatʼi nazar boshqa savdo korxona (shoxobcha)lari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidan “15,5 m (besh qavat)dan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tez ovqatlanish shoxobchalari;
mobil aloqa va internet kompaniyalarining ofislari;
aloqa va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tizimlari (inshootlari);
aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari;
boshqa xizmat koʻrsatish shoxobchalari;
internet doʻkonlari va ularning obyektlari;
pochta va kassa shoxobchalari;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat organlari va tashkilotlari, davlat muassasalari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolari;
istirohat bogʻlari;
ochiq turdagi avtoturargohlar.
Ushbu guruhga muomalasida yonuvchi modda va materiallar boʻlgan (shu jumladan, yonuvchi upakovkadagi yonmaydigan va (yoki) qiyin yonadigan modda va materiallar ham) barcha obyektlar ham kiradi.”.
3) 5-bandda:
ikkinchi xatboshi “obyektlar” degan soʻzdan keyin “(qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan oʻta muhim va toifalangan obyektlar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yonmaydigan qurilish materiallari savdosi shoxobchalari.”.
8. 20-ilovaning matnidagi “izlar va ashyoviy dalillar” va “olingan ashyoviy dalillarning hammasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “izlar va dalillar” va “olingan dalillarning hammasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 10/25/3097-9/0333-son)