09.04.2025 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, past kuchlanishli uskunalar xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past kuchlanishli uskunalarning xavfsizlik talablari va muvofiqligini baholashni nazarda tutuvchi Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 216-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Texnik reglament past kuchlanishli uskunalar (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) xavfsizligiga doir talablarni belgilash orqali fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mol-mulkini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilarni chalgʻituvchi harakatlarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Texnik reglament talablari ilovada keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga chiqarilayotgan, oʻzgaruvchan tokda 50 dan 1 000 V gacha va oʻzgarmas tokda 75 dan 1 500 V gacha boʻlgan nominal kuchlanishda foydalanishga moʻljallangan uskunalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik reglament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaasi, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalari uchun ishlatiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali tranzit tarzida olib oʻtiladigan, bojxona nazorati ostida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida butun muddat davomida foydalanilmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi muhitda ishlashga moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo, suv, yerusti va yerosti transportlarida foydalanishga moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus ishlab chiqilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldin foydalanilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy maqsadlar uchun moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaylov toʻsiqlari uchun moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya sohasiga kiruvchi qurilma, vosita va uskunalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, taom tayyorlash uchun moʻljallangan va inson tanasiga tegib turadigan uskunalarni ishlab chiqarishda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ushbu maqsadlarda qoʻllanishiga ruxsat etilgan materiallardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek, atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchi — mahsulot yetkazib beradigan xorijiy ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan tashqi savdo bitimini tuzib, ushbu mahsulotni respublika hududida muomalaga chiqaradigan va uning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida uskunalarni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanuvchi hamda ushbu uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs — ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ushbu ishlab chiqaruvchi nomidan muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) ishlarini amalga oshiruvchi va uskunalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritish, shuningdek, ularning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominal kuchlanish — ishlab chiqaruvchi tomonidan uskuna uchun belgilangan kuchlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past kuchlanishli uskunalar (uskunalar) — tegishli maqsadda obyektlarda ishlatiladigan barcha kirish va chiqishlarda nominal kuchlanishi (uchqun razryadlarining impulsli kuchlanishi bundan mustasno) oʻzgaruvchan tokda 1000 V va oʻzgarmas tokda 1500 V dan oshmaydigan elektr uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish hujjatlari — alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda uskunalarning ishlash qoidalarini belgilaydigan va (yoki) ularning xavfsizligi uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlangan asosiy parametrlar va xususiyatlar, qiymatlarni tasdiqlovchi hamda foydalanish, shuningdek, kafolatlar va belgilangan xizmat muddati davomida uskunaning ishlashi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr xavfsizligi — odamlarni elektr toki, elektr yoki elektromagnit maydon va elektrostatik razryadlarning xavfli va zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar va vositalar tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mexanik xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uskunalardan foydalanilganda va ularga qoʻshimcha texnik hujjatlarda belgilangan montaj qilish (yigʻish, oʻrnatish), saqlash, koʻchirish (tashish) va texnik xizmat koʻrsatish talablari bajarilishi mazkur Texnik reglamentda keltirilgan mexanik xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mexanik xavfsizlikni taʼminlash uchun uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarning aylanuvchi va statsionar qismlaridan shikastlanishdan zarur himoya darajasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik va kommutatsiya yeyilishga chidamliligining zarur darajasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulanish va (yoki) oʻrnatish paytida ruxsat etilmaydigan xavf mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uskunalarning bevosita oziq-ovqat bilan aloqador boʻlgan shishali butlovchi qismlari toblangan, mexanik taʼsirlarga chidamli komponentlarga ega boʻlishi va oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turuvchi metall qismlari yetarli darajada zanglashga chidamli material yoki qoplama bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Elektr xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uskunadan foydalanilganda va unga qoʻshimcha texnik hujjatlarda belgilangan montaj qilish (oʻrnatish, yigʻish), saqlash, koʻchirish (tashish) va texnik xizmat koʻrsatish talablari bajarilishi elektr xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektr xavfsizligini taʼminlash uchun uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tokining bevosita yoki bilvosita taʼsiridan himoya qilishning zarur darajasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izolyatsiya qilingan himoyaning zarur darajasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhitning tegishli iqlim sharoitida tashqi taʼsir qiluvchi omillarga, shu jumladan, mexanik boʻlmagan omillarga mustahkamlikning zarur darajasiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki taʼsir etuvchi omillar taʼsirida paydo boʻladigan ortiqcha yuklanish, favqulodda rejimlar va nosozliklar (ishdan chiqishlar) paytida ruxsat etilmagan xavfning mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr toki urishidan himoya qilish boʻyicha tegishli toifalari belgilangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar zanglashga qarshi himoyaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlovchi qismlar elektr xavfsizligi boʻyicha belgilangan normativ hujjatlarga mos kelishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ekologik xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uskunalar foydalanish natijasida kelib chiqadigan noelektrik xavflardan, shu jumladan, fizik, kimyoviy yoki biologik omillar taʼsiridan zarur darajada himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sovitish tizimlari, agregatlar, kompressorlar, issiqlik almashuvchi uskunalar va issiqlik nasoslarida sovitish uchun ozon qatlamiga zarar yetkazish potensiali (ODP) koʻrsatkichi — 0, global isish potensiali (GWP) koʻrsatkichi 2 100 dan past boʻlgan xlodogent moddalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Yongʻin xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uskunadan foydalanish jarayonida unga qoʻshimcha texnik hujjatlarda belgilangan montaj qilish (oʻrnatish, yigʻish), saqlash, koʻchirish (tashish) va texnik xizmat koʻrsatish talablariga javob berishi ushbu Texnik reglamentda belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yongʻin sodir boʻlishining oldini olish hamda yongʻin va mol-mulkning xavfsizligini taʼminlash uchun uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar odatdagi va favqulodda ishlash sharoitlarida yongʻin manbai boʻlmaydigan tarzda ishlab chiqilishi va tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunaning metall boʻlmagan materiallardan tayyorlangan qismlari issiqlikda ishlash sharoitiga mos kelishi, alangalanish va olov tarqalishiga yetarlicha qarshilik koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar ortiqcha yuklanish va noqulay ishlash sharoitida issiqlikka chidamli boʻlishi, yongʻin chiqishi ehtimolini oldini oladigan tarzda loyihalashtirilgan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Boshqa xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etish muvofiqlikni baholash yoʻli bilan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan uskunalarning muvofiqlikni baholash jarayonlarida inson hayotiga bevosita xavf soladigan butlovchi qismlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari muvofiqlikni baholovchi organga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Elektron menyuga ega maishiy texnikalarning boshqaruv dasturida davlat tili mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har xil turdagi nurlanishlarning inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish uchun uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haroratning koʻtarilishi, yoysimon razryad yoki nurlanish xavfiga olib kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar normal ekspluatatsiya sharoitlarida ishlashi natijasida zararli nurlanish, zaharlanish kabi xavflarni keltirib chiqarmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlash davomida uskunalar tomonidan hosil boʻladigan elektromagnit maydonlari ruxsat etilgan darajadan oshmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uskunalar bir-biriga taʼsir qiluvchi elektromagnit maydonlari orasidagi moslashuvchanlikni taʼminlash xamda qurilmalar va tizimlar oʻrtasidagi elektromagnit oʻzaro taʼsirlardan kelib chiqadigan xalaqitlar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Foydalanish muhitiga bogʻliq holda qurilmalar qobigʻi chang va namlikdan himoyalagan va himoya qilish darajasi (IP) ga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uskunalardan chiqayotgan shovqin (tovush quvvati) belgilangan talablarga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar energiya samaradorligi boʻyicha belgilangan talablarni bajargan holda ishlashi, elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishi va ortiqcha energiya sarfini oldini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qadoqlash, tamgʻalash, tashish va saqlash boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Uskunalarni qadoqlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qadoqlash avtomobil, temir yoʻl, dengiz va havo transportida saqlash va tashish paytida uskunalarga tegishli standartlarda yoki boshqa texnik hujjatlarda belgilangan yaroqlilik muddati davomida uskunani tashqi mexanik va iqlimiy taʼsirlardan himoya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Uskunalar qadogʻida qoʻshimcha talablar, masalan, mahsulotlarni transport vositalariga mahkamlash va qoplash usullari, uskunalarni konteynerlarda, transport vositalarida tashish va saqlash, yuklash va tushirish vaqtida uskunalardan foydalanish qoidalari, shu jumladan, manipulyatsiya belgilarini qoʻllash belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qadoq yorligʻida ishlab chiqaruvchining nomi va/yoki uning tovar belgisi, uskunaning nomi va belgilanishi (turi, modeli, savdo nomi) ishlab chiqarilgan sanasi va muvofiqlik belgisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnik jihatdan tartibga solish aniq obyektining, uning ehtiyot qismlari, buyumlari va foydalanish hujjatlarining qadogʻiga qoʻyiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Uskunalarni tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uskunalarni tamgʻasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominal kuchlanish yoki nominal kuchlanish oraligʻi (voltda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominal chastota koʻrsatilmagan boʻlsa, oqim turining belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vattdagi nominal quvvat sarfi yoki amperdagi nominal tok;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna ishlab chiqarilgan mamlakat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida import qiluvchi tashkilotning nomi va joylashgan joyi, shuningdek, mavjud boʻlganda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili nomi va joylashgan joyi, bogʻlanish telefon raqamlari, tovar belgisi yoki markasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunaning modeli (turi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna ishlab chiqarilgan sana yoki mazkur sanani uskunaga yozish joyi va usulini aniqlash haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan muvofiqlik belgisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muvofiqlik belgisi har bir uskunaning oʻziga hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlariga qoʻyiladi. Agarda uskunaga muvofiqlik belgisini bevosita qoʻyishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu belgini mahsulot qadogʻiga qoʻyishga ruxsat etiladi hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Uskunalarda toʻgʻridan-toʻgʻri tamgʻa shaklida tushirilgan, energiya samaradorligi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tamgʻa uskunalarning yuzasiga yoki qismlarga ajratilmasdan va qoʻshimcha asboblardan foydalanmasdan, koʻrish mumkin boʻlgan joyga qoʻyilishi va bunda uskunalarning butun ishlash muddati davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mahalliy ishlab chiqarilgan va respublika hududiga import qilingan uskunalarning texnik hujjatlari, tamgʻasida va yorliqlarida korxona nomi, manzili, aloqa raqamlari davlat tilida yozilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Uskunalarni isteʼmolchiga yetkazib berishda texnik hujjatlar ilova qilinishi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunaning vazifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunaning xususiyatlari va koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar uskunani oʻrnatish paytida ehtiyot choralarini koʻrish zarur boʻlsa, unda ularning batafsil tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash, tashish va utilizatsiya qilish qoidalari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarning nosozligi aniqlangan taqdirda, bartaraf etish choralari toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish muddati va ushbu muddat tugashi bilan isteʼmolchining zarur harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, agar ushbu harakatlar amalga oshirilmasa, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) hamda uning vakolatli vakilining, shuningdek, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini bajaradigan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnik xizmat koʻrsatish manzillari (pochta manzili) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya paytida zaharli chiqindilarni keltirib chiqaradigan uskunalardan foydalanish, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik hujjatlar qogʻoz shaklida boʻlishi lozim. Ularga elektron tashuvchi koʻrinishidagi hujjatlar toʻplami ham qoʻshilishi mumkin. Maishiy boʻlmagan uskunalar toʻplamiga kiritilgan texnik hujjatlar faqat elektron axborot tashuvchilar orqali taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar, shu jumladan, muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan uskunalar uchun — ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish tugatilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar toʻpi uchun — import qiluvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan toʻpdan oxirgi mahsulot sotilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi hujjatlar, ularning talabiga binoan davlat (nazorat) organlariga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uskunalarning muvofiqligini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Identifikatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Uskunalar ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga koʻra identifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Uskunalar quyidagilar tomonidan identifikatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqargan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish organlari — mahsulotning muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazorati organlari — Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Identifikatsiya vizual nazorat usuli bilan ularning identifikatsiya belgilarini quyidagi hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan uskunalarning normativ hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Muvofiqlikni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan uskunalar Texnik reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Uskunalarning mazkur Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini tasdiqlash, muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoki sertifikatlash shakllarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Texnik reglamentda keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan uskunalar ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra sertifikatlashtirish shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Uskunalarning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi deklaratsiyalash yoʻli bilan quyidagi sxemalarning birini qoʻllash orqali tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan uskunalar uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2D sxema — yagona (bitta) uskuna uchun yoki uning toʻpi uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan uskuna uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4D sxema — yagona (bitta) uskuna uchun yoki uning toʻpi uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiyalashda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6D sxema — uskunalarni ishlab chiqaruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlanib, joriy etilgan menejment tizimiga ega boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan uskunalar uchun qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Uskunalarning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish yoʻli bilan quyidagi sxemalarning birini qoʻllash orqali tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan uskunalarni sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlar muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3S sxema — uskunalar toʻpi uchun qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4S sxema — yagona (bitta) uskuna uchun Texnik reglamentda belgilangan sinov va oʻlchash jarayonida ushbu buyumga putur yetkazilmasa qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻtish davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mazkur Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan va uskunalar uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar Texnik reglament bilan moslashtirilguniga qadar ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari amalda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar uskunalar uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlari ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Texnik reglamentga rioya qilinmaganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan past kuchlanishli uskunalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Uskunalarning nomlanishi

TIF TN kodi

1.

Elektr jihozlari va maishiy texnika:

oziq-ovqat tayyorlash, saqlash va oshxona ishlarini mexanizatsiyalash uchun:

maishiy sovitkichlar-muzlatkichlar

8418 10 200 1

8418 10 800 1

8418 21 100 0

8418 21 510 0

8418 21 590 0

8418 21 910 0

8418 21 990 0

8418 29 000 0

8418 30 200 1

8418 30 800 1

8418 40 200 1

8418 40 800 1

Idish-tovoqlarni yuvish mashinalari

8422 11 000 0

maishiy statsionar elektr pechlar, elektr pechkalar va plitalar

8516 60 101 0

8516 60 109 0

8516 60 500 0

8516 79 700 0

elektr shkaflar, elektr pechlar, oʻrnatilgan pechlar, qovurish shkaflari, meva, sabzavot, rezavorlar, qoʻziqorinlar uchun elektr quritgichlar

8516 60 800 0

8516 60 900 0

8516 79 700 0

suyuqliklarni isitish uchun elektr jihozlari, suv qaynatgichlari, choynaklar, qahva yoki choy tayyorlash idishlari, bolalar ovqatlarini isitish qurilmalari, bugʻ qozonlar, sterilizatorlar

8516 10 800 0

8516 71 000 0

8516 79 700 0

mikrotoʻlqinli pechlar

8516 50 000 0

oshxona chiqindilarini maydalash uchun moʻljallangan maydalagichlar

8509 80 000 0

rosterlar va qovurish moslamalari, elektr grillar, grillar, aero grillar, elektr qoʻralar, elektr tosterlar, vafli tayyorlagichlar, barbekyu, non pishirgich, barcha turdagi taomlarni tayyorlash uchun elektr qurilmalar (rakletnitsa), yogurt tayyorlash qurilmalari, multivarkalar, elektr tovoqlar

8516 60 700 0

8516 60 900 0

8516 72 000 0

8516 79 200 0

8516 79 700 0

oziq-ovqatlarni maydalagichlar va mikserlar, meva yoki sabzavot uchun sharbat chiqargichlar, kartoshka tozalagichlar, muzqaymoq tayyorlagichlar, pichoqlar, pichoq charxlagich, toʻgʻragichlar, parrakli kesgichlar va boshqalar

8509 40 000 0

8509 80 000 0

choyshablar, kiyimlar va poyafzallarga ishlov berish — yuvish, dazmollash, quritish, tozalash:

Kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kir yuvish xonalari uchun mashinalar, shu jumladan siqish funksiyasi bilan jihozlangan mashinalar

8450 11 110 0

8450 11 190 0

8450 11 900 0

8450 12 000 0

8450 19 000 0

8450 20 000 0

Markazdan qochma kuch ishlatadigan quritkichlar

8421 12 000 0

8421 19 700 9

ultratovushli kir yuvish asboblari

8450 19 000 0

bugʻni yoki qumni purkab irgʻituvchi va shu kabi irgʻituvchi qurilmalar, elektr dazmollar

8424 30 900 0*

8424 89 000 9*

8516 40 000 0

8516 79 700 0

sochiq va kiyim uchun elektr quritgichlar

8516 79 700 0

binolarni tozalash va tartibga keltirish:

Chang soʻrgichlar

8508 11 000 0

8508 19 000 1

8508 19 000 9

8508 60 000 0

pol tozalagichlar, elektr choʻtkalar, suv soʻruvchi tozalash qurilmalari

8509 80 000 0

bugʻli polartgichlar

8424 30 900 0*

8424 89 000 9*

8516 79 700 0

havodagi mikroiqlim sharoitini saqlash va boshqarish (telekommunikatsiya tizimi kompleksiga kiruvchi qurilma, vosita va uskunalar bundan mustasno)

ventilyatorlar

8414 51 000 0

havo harorati va namligini oʻzgartirish uchun asboblar bilan jihozlangan qurilmalar shu jumladan, namlikni alohida nazorat qilib boʻlmaydigan konditsionerlar

8415 10 100 0

8415 10 900 0

8415 81 009 0

8415 82 000 0

8415 83 000 0

Kondensatorlar va namlagichlar

8415 90 000 9

8418 99 100 1*

8418 99 100 9*

8418 99 900 0*

8509 80 000 0

dudburonlar

8414 60 000 1

8414 60 000 8

8421 39 200 8

issiqlik saqlovchi elektr kaminlar, elektr radiatorlar, hayvonlar va oʻsimliklarni koʻpaytirishda ishlatiladigan elektr isitgichlar, yopiq binolarni isitish (isitish, qizdirish) uchun elektr asboblari, isitgich parraklari, konvektorlar

8516 21 000 0

8516 29 100 0

8516 29 500 0

8516 29 910 0

8516 29 990 0

elektr isitish qarshiliklari (issiq pol tizimlari)

8516 80 200 2

8516 80 200 9

8516 80 800 0

sanitariya-gigiyeniya:

elektr isitkichlar oqimli yoki saqlash (sigʻimli) elektr suv

isitkichlari va suv osti

8516 10 110 0

8516 10 800 0

dush kabinalari, hojatxonalar uchun oʻzgaruvchan tok manbaiga ulangan yoritgichlar, isitgichlar

8516 79 700 0

ogʻiz boʻshligʻi uchun foydalaniladigan gigiyena qurilmalari

8509 80 000 0

sauna pechkalari uchun ishlatilinadigan elektr isitish qurilmalari

8516 29 990 0

soch, tirnoq va terini parvarishlash uchun:

manikyur va pedikyur uchun qurilmalar

8509 80 000 0

yuz uchun elektrosaunalar

8516 79 700 0

soch quritgichlar, staylerlar, soch turmaklash qurilmalari, soch tekislagich

8516 31 000 9

8516 32 000 0

qoʻllar uchun elektr quritgichlar

8516 33 000 0

sochni parvarish qilish uchun elektr bigudiylar, soch uchun elektr qistirmalar

8516 32 000 0

umumiy jismoniy tarbiya, gimnastika yoki atletika bilan

shugʻullanish uchun anjom va uskunalar

9506 91 100 0*

9506 91 900 0*

audio va videoapparatlar, televideniye, radioeshittirish va radioaloqa signallarni qabul qiluvchi qurilma, vosita va uskunalar (telekommunikatsiya tizimi kompleksiga kiruvchilari bundan mustasno):

Videoni yozib oluvchi yoki videoni qayta tiklovchi, ovozni yozish yoki ovozni chiqarish apparaturalari, radioeshittirish uchun qabul qiluvchi apparaturalar

8519 30 000 0

8519 81 100 0

8519 81 110 0

8521 10 200 0

8521 90 000 1

8521 90 000 9

8527 19 000 0

8527 21 200 9

8527 21 520 9

8527 21 590 9

8527 21 700 0

8527 21 920 0

8527 21 980 0

8527 29 000 9

8527 91 110 0

8527 91 190 0

8527 91 350 0

8527 91 910 0

8527 91 990 0

8527 92 100 0

8527 92 900 0

8528 49 800 8

8528 69 200 0

8528 69 900 0

8528 72 100 0

8528 72 200 1

8528 72 200 9

8528 72 300 1

8528 72 300 2

8528 72 300 3

8528 72 300 9

8528 72 400 0

8528 72 600 0

8528 72 800 0

Monitorlar va proyektorlar, qabul qilish uskunalari televizion uskunalarni oʻz tarkibiga olmaydigan; televizion aloqalar uchun qabul qiluvchi uskunalar, ovoz yoki tasvirni yozib oluvchi yoki qayta ishlab chiqaruvchi apparati boʻlgan keng ommaga uzatuvchi radiolar yoki apparatura, ovoz yozuvchi yoki ovoz chiqaruvchi yoki tasviri boʻlmagan televizion qabul qilish apparati

8528 71 110 0

8528 71 150 0

8528 71 190 0

8528 71 910 0

8528 71 990 0

8528 72 100 0

8528 72 200 1

8528 72 200 9

8528 72 300 1

8528 72 300 2

8528 72 300 3

8528 72 300 9

8528 72 400 0

8528 72 600 0

8528 72 800 0

dinamik tizimlar

8518 21 000 0

8518 22 000 0

8518 29 960 0

tikish va toʻqish mashinalari:

maishiy elektr tikuv mashinalari

8452 10 900 0

Trikotaj, elektr toʻqish-tikish mashinalari

8447 11 000 1*

8447 11 000 9*

8447 12 000 1*

8447 12 000 2*

8447 12 000 9*

8447 20 200 0*

8447 20 800 0*

8447 90 000 1*

Quvvat manbalari, kuchlanish stabilizatorlari (telekommunikatsiya tizimi kompleksiga kiruvchilar bundan mustasno):

maishiy texnika uskunalari uchun — elektr taʼminoti bloklari, toʻgʻrilagichlar, maishiy radioelektron qurilmalar, telefonlar, navigatorlar, shaxsiy hisoblash mashinalari

8504 40 300 8

8504 40 830 0

8504 40 910 0

batareyani quvvatlovchi qurilmalar

8504 40 550 0

bogʻdorchilik va polizchilik xoʻjaligi uchun:

maysazorlar, bogʻlar yoki sport maydonchalari uchun oʻroq mashinalar

8433 11 100 0

8433 19 100 0

changsoʻrgichlar

8508 60 000 0

sut sogʻish qurilmalari va apparatlari

8434 10 000 0

akvarium va bogʻ koʻllari uchun:

elektr yoritkichlar va yoritish uskunalari

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 49 001 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

elektr nasoslar:

ichimlik suvi, suv taʼminoti, yakka tartibdagi uylar, kottejlar uchun

8413 50 690 0

8413 50 800 0

8413 60 390 0

8413 60 690 0

8413 60 700 0

8413 60 800 0

8413 70 210 0

8413 70 290 0

8413 70 300 0

8413 70 350 0

8413 70 450 0

8413 70 510 0

8413 70 590 0

8413 70 650 0

8413 70 810 0

8413 70 890 0

yoritish manbai va yoritish uskunalari:

Choʻgʻlanma lampalar, elektr lampalar, yorugʻlik chiqaradigan diod (LED) lampalar

8539 21 920 0

8539 21 980 0

8539 22 100 0

8539 22 900 0

8539 29 920 0

8539 29 980 0

8539 31 100 0

8539 31 900 0

8539 52 000 1

8539 52 000 2

8539 52 000 9

qandil va shiftga yoki devorga oʻrnatiladigan, ochiq jamoat joylari yoki transport magistrallarini yoritish uchun moʻljallangan yoritish uskunalaridan tashqari, boshqa elektr yoritish uskunalari

9405 11 001 3*

9405 11 001 4*

9405 11 001 5*

9405 11 001 9*

9405 11 002 2*

9405 11 002 9*

9405 11 003 3*

9405 11 003 9*

9405 19 001 2*

9405 19 001 5*

9405 19 001 9*

9405 19 002 9*

9405 19 003 2*

9405 19 003 9*

9405 21 001 2*

9405 21 001 3*

9405 21 001 4*

9405 21 001 9*

9405 21 002 2*

9405 21 002 9*

9405 21 003 2*

9405 21 003 9*

9405 29 001 2*

9405 29 001 4*

9405 29 001 9*

9405 29 002 9*

9405 29 003 2*

9405 29 003 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 41 003 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 42 003 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

9405 49 003 9*

yerga oʻrnatiladigan yoritish lampasi

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 41 002 2*

9405 41 002 9*

9405 41 003 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 42 002 2*

9405 42 002 9*

9405 42 003 9*

9405 49 001 9*

9405 49 002 2*

9405 49 002 4*

9405 49 002 9*

9405 49 003 2*

9405 49 003 4*

9405 49 003 9*

projektorlar

9405 41 001 2*

9405 41 001 9*

9405 42 001 2*

9405 42 001 9*

9405 49 001 9*

yangi yil archalarini bezash uchun ishlatiladigan nurli tizimlar — shu jumladan archa uchun diodli yoritgichlar (LED)

9405 31 000 0*

9405 39 000 0*

oʻrnatiladigan elektr mahsulotlari:

yarimoʻtkazgichli taymerlar, elektr qurilmalar uchun oʻchirgichlar

8536 50 040 0

8536 50 060 0

8536 50 070 0

8536 50 110 9

8536 50 150 9

8536 50 190 6

8536 50 800 0

rozetkalar, vilkalar, taqsimlagichlar (razvetviteli), perexodnik-adapterlar, simlar va kabellar uchun ulagichlar va aloqa elementlari

8536 69 900 0

8536 90 100 0

8536 90 850 0

uzatma simlari (sim uzaytirgichlar):

uzatma simlari, shu jumladan, filtrli va gʻaltakli uzatma simlar

8544 42 100 0

8544 42 900 7

8544 42 900 9

elektr zanjirlarini himoya qilish uchun boshqa qurilmalar, qayta ulagichlar, avtomatik ravishda tartibga solish yoki boshqarish asboblari va qurilmalari

8536 30 200 0

8536 30 400 0

8536 30 800 0

8536 50 040 0

8536 50 060 0

8536 50 070 0

8536 50 800 0

8537 10 100 0

8537 10 910 0

8537 20 920 0

9032 89 000 0

boshqarish pultlari va panellari, kontrollerlar, ajratkichlar va oʻchirgichlar, qayta ulagichlar

8535 30 200 0

8535 90 000 8

8536 50 040 0

8536 50 060 0

8536 50 070 0

8536 50 800 0

8537 10 100 0

8537 10 980 0

8537 20 920 0

2.

Elektron hisoblash mashinalari — shaxsiy kompyuterlar (telekommunikatsiya tizimi kompleksiga kiruvchilar bundan mustasno):

Hisoblash mashinalari va ularning bloklari

8471 30 000 0

8471 41 000 0

8471 49 000 0

kassa apparatlari, shu jumladan, kompyuter bilan birgalikda ishlaydiganlari

8470 21 000 0

8470 50 000

3.

Maishiy va ofis uchun moʻljallangan shaxsiy elektron kompyuterlarga ulangan past kuchlanishli uskunalar (telekommunikatsiya tizimi kompleksiga kiruvchilar bundan mustasno):

printerlar, nusxa koʻchirish apparatlari va faksimil apparatlari birlashtirilgan yoki birlashtirilmaganlar, boshqalari

8443 31 200 0*

8443 31 800 0*

8443 32 910 1*

monitorlar

8528 42 100 0*

8528 42 300 0

8528 42 900 9

8528 52 100 0*

8528 52 300 0

8528 52 900 0

statik oʻzgartirgichlar (konvertorlar)

8504 40 300 8

8504 40 830 0

8504 40 850 0

8504 40 870 0

8504 40 910 0

faol dinamik tizimlari

8518 21 000 0

8518 22 000 0

8518 29 960 0

multimediali proyektorlar

8528 62 100 0

8528 62 300 0

8528 62 400 0

8528 62 900 1

8528 62 900 9

8528 69 200 0

8528 69 900 0

4.

Izolyatsiya qilingan simlar (shu jumladan, emallangan yoki anodlangan), kabellar va shnurlar (aloqa kabellari bundan mustasno)

8516 80 800 0

8544 49 910 1

8544 49 910 8

8544 49 950 1

8544 49 950 9

8544 49 990 0

5.

Elektr zanjirlarini himoya qilish uchun boshqa qurilmalar, qayta ulagichlar, avtomatik oʻchirgichlar, ajratkichlar va oʻchirgichlar, eruvchan saqlagichlar, rele, tarqatish qurilmalari, yashin qaytargichlar, kuchlanishni cheklagichlar, kuchlanishning keskin oʻzgarishlarini oʻchirgichlar, tok qabul qilguvchilar, kontaktorlar, puskatellar

8535 10 000 0

8535 21 000 0

8535 29 000 0

8535 30 200 0

8535 90 000 8

8536 10 100 0

8536 10 500 0

8536 10 900 0

8536 20 100 7

8536 20 900 7

8536 30 200 0

8536 30 400 0

8536 30 800 0

8536 41 100 0

8536 41 900 0

8536 49 000 0

8536 50 040 0

8536 50 060 0

8536 50 070 0

8537 10 100 0

8537 10 980 0

8537 20 920 0

6.

Elektrli mashinalar va asboblar, shu jumladan elektr bilan isitiladigan qurilmalar

8515 11 000 0

8515 19 000 0

8515 21 000 0

8515 29 000 1

8515 29 000 9

8516 29 990 0

8516 80 200 2

8516 80 200 9

8516 80 800 0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Past kuchlanishli uskunalarning muvofiqligi muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 216-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

1. Past kuchlanishli uskunalarga (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

Uch oy muddatda

2. Ushbu Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan uskunalarning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.

Olti oy muddatda

3-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.

Jadvalga muvofiq

4-bosqich

Tadbirkorlik subyektlari

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.

Kelishilgan muddatlarda

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab

5-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda

6-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Har chorakda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/216/0328-son)