02.04.2025 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, ularni tamgʻalash, identifikatsiya qilish hamda ularning muvofiqligini baholash tartibini nazarda tutuvchi Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgandan soʻng oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi I.A. Nimatullayev va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 199-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNIK REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maqsadi va qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Texnik reglament moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglamentning talablari mazkur Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan Texnik reglament talablari qoʻllaniladigan va majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar (keyingi oʻrinlarda — mahsulotlar) roʻyxatiga hamda ishlatilgan moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga (keyingi oʻrinlarda — ishlatilgan mahsulotlar) nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik reglament quyidagilarga taalluqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasi boʻyicha yetkazib beriladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda tashiladigan mahsulotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik va hayvon moylari, toshkoʻmir smolasini va slanetsli togʻ jinslarini yuqori haroratda haydash (shu jumladan, kreozotli) natijasida olingan moylar, parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari, tibbiyot buyumlari va dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan moylarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Atamalar va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy moylar — moylash materiallari va texnik moylarni olish uchun asosiy boʻlgan moylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zanglashga qarshi moylar — qora va rangli metallarni zanglashdan vaqtincha himoya qilish uchun ishlatiladigan moylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan texnik moylar — foydalanish uchun zarur xususiyatlarini yoʻqotgan, shu jumladan, ishchi tizimlardan toʻkilgan, chiqindi deb tasniflangan va qayta ishlanishi (utilizatsiya qilinishi) kerak boʻlgan texnik moylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan mahsulotlarni yigʻish punktlari — ishlatilgan mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, hisobga olish, tayyorlash va joʻnatish uchun moʻljallangan muhandislik-texnik kompleks;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan mahsulotlar — belgilangan ekspluatatsiya xususiyatlarini yoʻqotgan, shu jumladan texnologik qurilmalar, jihozlar va uskunalarning ishchi tizimlaridan quyib olingan, chiqindilar sifatida tasniflanadigan moylash materiallari, moylar va texnik suyuqliklarni olish maqsadida qayta ishlanadigan (utilizatsiya qilinadigan) ishlatilgan moylash materiallari, moylar va texnik suyuqliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot toʻdasi — bitta rusumdagi hamda bitta sifat hujjati (pasport) bilan kuzatiladigan mahsulot miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moy — moylash materiallari va (yoki) texnik suyuqlik sifatida ishlatiladigan neft yoki sintetik (yarim sintetik) suyuqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moylash materiali — kelib chiqishi neft yoki sintetik boʻlgan modda boʻlib, turli mexanizmlardagi bogʻlovchi qismlarning ishchi yuzalarida ishqalanish jarayonini osonlashtiradi va buning natijasida ishqalanish kuchi kamayadi va yuzaning eskirishi sekinlashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — mahsulotni isteʼmolchiga (foydalanuvchiga) ulgurji (chakana) sotadigan hamda mahsulotlar (ishlatilgan mahsulotlar) bozorida ushbu Texnik reglament talablariga javob beradigan mahsulotlarning muomalaga chiqarilishiga masʼul boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish uchun moʻljallangan idish — mahsulotlarni va ishlatilgan texnik moylarni saqlash va harakatlanish paytida ifloslanishdan hamda atrof-muhitga toʻkilishidan himoya qilish uchun moʻljallangan va mustaqil transport birligini tashkil qiladigan idishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik moy — moylash materiali yoki ishchi suyuqlik sifatida ishlatiladigan neft yoki sintetik (yarim sintetik) modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik suyuqlik — neft yoki sintetik, ishchi muhit sifatida foydalanish uchun moʻljallangan suyuqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turbina moylari — turbo agregatlar, bugʻ-gaz turbinalari, turbokompressor mashinalari, gidroturbinalar, kema bugʻ-turbina qurilmalarini moylash uchun ishlatiladigan surkov moylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — mahsulotni va (yoki) ishlatilgan texnik moylarni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday maqsadlarda foydalanish uchun sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (isteʼmolchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni qayta ishlash (utilizatsiya qilish) — yangi mahsulotlarni olish uchun chiqindi mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk kuzatuv hujjatlari — mahsulot nomenklaturasi va miqdorini belgilovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash (utilizatsiya qilish) — utilizatsiya qilish yoki yangi moylash materiallarini olish maqsadida ishlatilgan texnik moylash materiallaridan foydalanishni tugatish jarayonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahsulotlar ushbu Texnik reglamentga 2-ilovaga muvofiq Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligini belgilovchi fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarga qoʻyilgan talablarga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlatilgan mahsulotlar ularni keyingi qayta ishlashga (chiqindilarni utilizatsiya qilishga) tayyorlash uchun quyidagi guruhlar boʻycha taqsimlangan holda yigʻish punktlariga yetkazib berilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh. Ishlatilgan motor moylari (IMM) — universal, benzin, dizel, gazsimon yoqilgʻidagi va porshenli aviatsiya dvigatellari uchun foydalanilgan moylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II guruh. Ishlatilgan sanoat moylari (IIM) — ishlatilgan transmissiya moylari, sanoat moylar, turbina moylari, transformator moylari, kompressor moylari, gidravlik moylar, zanglashga qarshi moylar, elektr izolyatsiyasi moylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruh. Ishlatilgan neft mahsulotlari aralashmasi (INMA) — neftdan olinadigan yuvish suyuqliklari, metallarga issiqlik bilan ishlov berishda, transmissiya tizimlarida, silindrlarda, sinovdan oʻtkazishda, metallga ishlov berish uskunalarida foydalanilgan moylar, neft emulsiyalaridan olinadigan moylar, neft mahsulotlarini saqlash va tashish inshootlarini tozalashda, bugʻlarni tiklash tizimlarida, tozalash inshootlarida hosil boʻladigan va tarkibida neft qoldigʻi mavjud boʻlgan suvlardan ajratib olinadigan neft va neft mahsulotlari aralashmalari, ishlatilgan maxsus suyuqliklar (shu jumladan, moylovchi-sovituvchi) va tormoz suyuqliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlatilgan mahsulotlar Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʻplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi toʻgʻrisida nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yongʻin xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahsulotlar va ishlatilgan mahsulotlarning yongʻin xavfsizligiga qoʻyilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarga topshiriladi, toʻplanadi, saqlanadi va tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ekologik xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahsulotlar va ishlatilgan mahsulotlarning ekologik xavfsizligiga doir asosiy talablar Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlatilgan mahsulotlarni qayta ishlash, shuningdek ularni saqlash va tashishda atrof-muhit muhofazasi, ushbu jarayonlarda germetik boʻlgan quvurlar, uskunalar, tashish uchun moʻljallangan idish va isteʼmol qadoqlaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatilgan mahsulotlar bilan ishlashda ularni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalariga, tuproqqa, umumiy foydalanishdagi kanalizatsiya tarmoqlariga quyish (toʻkish, tushirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik koʻmish maqsadida maishiy va sanoat chiqindilari uchun moʻljallangan poligonlarga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinmagan tarzda yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi qurilmalari uchun moʻljallangan yoqilgʻini olishda neft (gaz kondensati) bilan benzin, kerosin, dizel va yoqilgʻilar (bugʻ-turbina yoqilgʻisi, qozonxona-pechi, mazut)ni aralashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida galogen-organik mavjud birikmalar bilan aralashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adgeziyaga qarshi materiallar va qurilish materiallarini namlash vositalari sifatida ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mahsulotlarni qadoqlash va tamgʻalash talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qadoqlash talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahsulot tashish uchun moʻljallangan idish yoki isteʼmol qadoqlariga (idishlariga) qadoqlanadi. Ishlatilgan mahsulotlar tashish uchun moʻljallangan idishlarga qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashish uchun moʻljallangan idishlar va isteʼmol qadoqlari (idishlari) yuklash va tushirish, tashish va saqlash jarayonlarida mahsulotlar va ishlatilgan texnik mahsulotlarning xavfsizligini hamda tashqi taʼsirlardan (iqlim boʻyicha, mexanik) zarur himoyani taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tamgʻalash talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Isteʼmol qadoqlariga (idishlariga) joylashtirilgan mahsulotning tamgʻasi bevosita isteʼmol qadoqlariga (idishlariga) yoki isteʼmol qadogʻiga (taraga) biriktiriladigan yorliqqa qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashish uchun moʻljallangan idishga qadoqlangan mahsulotlarning tamgʻasi toʻgʻridan-toʻgʻri tashish uchun moʻljallangan idishga yoki unga biriktirilgan yorliqqa qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahsulot tamgʻasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning nomi, rusumi va qoʻllanilish maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan davlat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxsning nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili, davlat nomi) shu jumladan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof ogʻirligi yoki hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
netto va brutto massasi (tashish uchun moʻljallangan idishga qadoqlashda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan sana (oy, yil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarishga tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtrixlangan identifikatsiya kodi (talab etilganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishlatilgan mahsulotlar tamgʻasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlatilgan mahsulot” yozuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatilgan mahsulot guruhi (IMM, IIM yoki INMA);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
netto va brutto massasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahsulotlar va ishlatilgan texnik moylarning tamgʻasi ishonchli, oʻqiladigan hamda ishqalanishga va tashqi muhit taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Inson salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishi, yongʻinga nisbatan xavfli xususiyatlarga ega boʻlgan mahsulot va ishlatilgan mahsulotlar tamgʻasida tegishli ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahsulotlarni yirik taralarda (temir yoʻl va avtomobil sisternalari, konteynerlar va boshqa vositalarda) yetkazib berishda ushbu Texnik reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar yuk kuzatuv hujjatlarida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahsulotlar va ishlatilgan mahsulotlarning tamgʻalanishidagi va yuk kuzatuv hujjatlaridagi maʼlumotlar davlat tilida berilishi kerak. Maʼlumotlarni boshqa tillarda takrorlashga ruxsat beriladi. Maʼlumotlar mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy maʼnosini buzib koʻrsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Muvofiqlikni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Muvofiqlik deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahsulotlarning mazkur Texnik reglament talablariga muvofiqligi muvofiqlikni deklaratsiya qilish tarzida (shaklida) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muvofiqlikni tasdiqlashdan oldin mahsulotni identifikatsiya qilish amaliyoti oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mahsulotlarning ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagi sxemalarning biri boʻyicha deklaratsiya qilish yoʻli bilan tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1D sxema — turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib, muvofiqlik eʼlon qilinishida qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2D sxema — mahsulot toʻdasi yoki yagona mahsulot uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlik eʼlon qilinishida qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlikni deklaratsiya qilish maqsadida sinovlar ishlab chiqaruvchi (vakolatli ishlab chiqaruvchi), import qiluvchi (sotuvchi) tomonidan sinov laboratoriyasida yoki Oʻzbekiston Respublikasi muvofiqlikni baholash organlarining yagona reyestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasida (markazida) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchi tomonidan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlashda mahsulotning ushbu Texnik reglament xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi quyidagilardan iborat hujjatlar toʻplami shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik shartlar (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (yetkazib berish shartnomasi) va yetkazib berish hujjatlari (2D sxemaga muvofiq muvofiqlikni deklaratsiya qilishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining sifat menejmenti tizimi sertifikati (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot sifati pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot xavfsizligi pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning ushbu Texnik reglament xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sinov bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari (mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muvofiqlik deklaratsiyasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik deklaratsiyasining amal qilish muddati uning roʻyxatdan oʻtgan sanasidan boshlanadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turkum ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun — uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot toʻdasi uchun — mahsulotni saqlash muddatida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahsulotlar uchun hujjatlar toʻplami, shu jumladan, muvofiqlik deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi muddatlarda saqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turkum ishlab chiqariladigan mahsulotlar — ishlab chiqaruvchida (vakolatli shaxsda), mahsulot ishlab chiqarishdan toʻxtatilgan kundan boshlab kamida besh yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot toʻdasi — import qiluvchida (sotuvchida), ishlab chiqaruvchida (vakolatli shaxsda), muvofiqlik deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kamida besh yil davomida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahsulotlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov usullari, shuningdek, namuna olish usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Namuna tanlash va sinovlar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mahsulotlarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur sinov usullari, shuningdek, namuna olish usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻtish davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlarga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlarning mazkur Texnik reglamentga muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismi amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik hujjatlari ushbu hujjatda belgilangan muddat davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, shuningdek, boshqa mutasaddi davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Texnik reglament talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Texnik reglament talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament talablari qoʻllaniladigan va majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomlanishi

Taʼrifi

TIF TN kodi

I. Moylash materiallari

1.

Plastik moylash materiallari

Mashina va mexanizmlar qismlarining ishqalanish yuzalarining eskirishini kamaytirish va xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ishlatiladigan surtish moylari.

2710 19,

2710 20,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

II. Texnik moylar

2.

Motor moylari (universal, benzin, dizel, gazsimon yoqilgʻidagi va porshenli aviatsiya dvigatellari uchun)

Detallarning ishqalanishi va eskirishini kamaytirish uchun ichki yonish dvigatellarida qoʻllaniladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

3.

Transmissiya moylari

Yengil va yuk mashinalari, avtobuslar, traktorlar, teplovozlar, yoʻl qurilishi va boshqa mashinalar agregatlarining ishqalanish tugunlarida, shuningdek, sanoat uskunalari qismlarining turli tirnoqli (tishli) reduktorlari va zanjirli uzatmalarida ishqalanish va eskirishni kamaytirish uchun ishlatiladigan moylar.

2710 19,

2710 20,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

4.

Sanoat moylari

Ishqalanish va qismlarning eskirishini kamaytirish uchun sanoat uskunalari mashinalari va mexanizmlarida ishlatiladigan moylar.

2710 19,

2710 20,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

5.

Gidravlik moylar

Mexanik energiyani uzatish uchun gidravlik uzatmalar (privodlar), gidravlik mexanizmlar va gidravlik tizimlarda ishchi muhit sifatida qoʻllaniladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

6.

Kompressor moylari

Ishqalanish va qismlarning eskirishini kamaytirish uchun porshenli va rotatsion kompressorlarda qoʻllaniladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

7.

Turbina moylari

Turboagregatlar: bugʻ va gaz turbinalari, gidroturbinalar, turbo-kompressorlar mashinalarining podshipniklarini moylash va sovitish uchun qoʻllaniladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

8.

Zanglashga (yemirilishga) qarshi moylar

Qora va rangli metallarni zanglashdan vaqtincha himoyalash uchun qoʻllaniladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

9.

Elektr izolyatsiya moylari

Elektr apparatlar va qurilmalarni (transformatorlar, kondensatorlar) izolyatsiyalash va sovitish uchun ishlatiladigan moylar.

2710 19,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99.

III. Texnik suyuqliklar

10.

Sovitish suyuqliklari

Ichki yonish dvigatellaridagi issiqlikni yutish va chiqarish uchun ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

2710 19,

2710 20,

3403 11,

3403 19,

3403 91,

3403 99,

3820 00,

3825 50.

11.

Tormoz suyuqliklari

Tormoz tizimlarining gidrouzatmalarida ishchi muhit sifatida ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

3819 00,

3825 50.

12.

Gidravlik suyuqliklar

Turli gidravlik tizimlarda bosim energiyasi va kinetik energiyani uzatish uchun ishchi muhit sifatida ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

2710 19,

3819 00,

3825 50.

13.

Amortizator suyuqliklari

Mexanik tebranishlarni soʻndirish uchun gidravlik amortizatorlarda ishchi muhit sifatida ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

3819 00

14.

Ajratish suyuqliklari

Moslamalar, qurilmalar, datchiklarga toʻgʻri kelmagan muhitdan oldini olish uchun ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

3819 00

15.

Muzlashga qarshi suyuqliklar

Muzlamalarning oldini olish uchun ishlatiladigan texnik suyuqliklar.

3820 00,

3825 50.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligini belgilovchi fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarga qoʻyilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomi

Qiymati

I. Surkov moylari

1.

Mexanik aralashmalar massa ulushi, plastik moylar, foiz, koʻpi bilan:

0,03

2.

Tomchi tushish harorati, plastik moylar, °C, kamida

moylash materialining maqsadiga koʻra ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi

3.

(NaOH)ga qayta hisoblangan erkin ishqorning massa ulushi, plastik moylarda, foiz, koʻpi bilan

0,2

II. Texnik moylar

4.

Suvning massa ulushi*, foiz, koʻpi bilan

Izlar

5.

Mexanik aralashmalarning massa ulushi, foiz, koʻpi bilan:

motor moylari

0,02

transmissiya moylari

0,03

gidravlik, sanoat, kompressor, zanglashga qarshi, turbina, elektr izolyatsiya moylari

0,07

6.

Motor moylarining ishqoriy soni**, mg KOH 1 g uchun, kamida

ishlab chiqaruvchi tomonidan moy markasiga muvofiq belgilanadi

7.

Ochiq yoki yopiq chaqnash harorati, °C, kamida:

motor moylari

165

transmissiya moylari

128

turbina moylari

180

gidravlik moylar

93

sanoat, zanglashga qarshi moylar

140

kompressor moylari

200

elektr izolyatsiya moylari

135

8.

Motor moylaridagi sulfatli kul miqdori, foiz, koʻpi bilan:

benzin dvigatellari uchun

1,3

yengil avtomobillarning dizel dvigatellari uchun

1,8

avtobuslar, yuk mashinalari va yoʻltanlamas texnikalar dizel dvigatellari uchun

2,0

9.

Fosforning massa ulushi, motor moylarida, foiz, koʻpi bilan:

0,12

10.

Oʻz-oʻzidan alangalanish harorati***, °C, kamida:

motor moylari

300

transmissiya moylari

130

elektr izolyatsiya moylari

165

gidravlik, kompressor, zanglashga qarshi va sanoat moylar

220

kompressor moylari

280

turbina moylari

400

11.

Qovushqoqlik:

kinematik 100 °C, va/yoki 50 °C, va/yoki 40 °C, va/yoki 20 °C, mm2/s boʻlganda dinamik-motor moylari (yozgi rusumlardan tashqari) va transmissiya moylari uchun, mm2/s (mPa·s)

ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik moylar markasiga muvofiq belgilanadi

III. Texnik suyuqliklar

12.

Vodorod koʻrsatkichi (pH)

6 dan 10 gacha

13.

101,3 kPa bosim ostida qaynash harorati, °C kamida, faqat tormoz va gidravlik suyuqliklar uchun

140

14.

Mexanik aralashmalarning massa ulushi (sovitish va muzlamaga qarshi suyuqliklardan tashqari)

mavjud emas

15.

Kristallanishning boshlanish harorati, °C, koʻpi bilan:

sovitish suyuqliklari

minus 35

muzlashga qarshi suyuqliklar

minus 60

16.

Qotish harorati, °C, koʻpi bilan:

ajratish suyuqliklari

minus 10

amortizator suyuqliklari

minus 35

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Suvning massa ulushi” koʻrsatkichining “izlar” (juda kam, sezilarsiz)ga teng qiymati asos moylar (qoʻshimchalarsiz) uchun belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ishqoriy son faqat yuvuvchi-tarqatuvchi qoʻshimchali moylar uchun aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Oʻz-oʻzidan yonish harorati faqat mahsulot ishlab chiqarishga kiritilganda aniqlanadi. Muayyan moy markalari uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda ushbu koʻrsatkichning darajasi “Xavfsizlik talablari” boʻlimida, ularning yongʻinga xavfli xususiyatlarining tavsifi sifatida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 199-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

 

1. Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.

 

Uch oy muddatda

 

 

2. Mazkur Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

 

Bir oy muddatda

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

 

Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.

 

Olti oy muddatda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

 

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.

 

Jadvalga muvofiq

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Tadbirkorlik subyektlari

 

1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.

 

Kelishilgan muddatlarda

 

 

2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.

 

Texnik reglament kuchga kirgan kundan boshlab

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

 

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

 

Belgilangan tartibda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

 

Texnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

Har chorakda

 

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 199-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-oktabrdagi 783-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga 3-ilovaning 17-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 09/25/199/0311-son)