O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISHLATILGAN TEXNIK MOYLARNI TOPSHIRISH, TO‘PLASH, ULAR UCHUN HISOB-KITOB QILISH, ULARNI SAQLASH VA TASHISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek ishlatilgan texnik moylarni sanoat asosida so‘zsiz va samarali utilizatsiya qilishni va atrof muhitning muhofazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ushbu qarorning amal qilishi yuzasidan doimiy monitoringni va bajarilishini tahlil qilishni ta’minlasin, shuningdek, zaruriyat bo‘lganda, ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-sentabr,
258-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-sentabrdagi 258-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Motor moylarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-maydagi PQ–1759-son qaroriga muvofiq ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti — ishlatilgan texnik moylarni to‘plash, saqlash va tashish uchun zarur infratuzilmaga, shuningdek ularni qayta ishlash uchun zarur quvvatlar va texnologiyalarga ega bo‘lgan tashkilot;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
ishlatilgan texnik moy (keyingi o‘rinlarda ITM deb ataladi) — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi, o‘zining dastlabki maqsadiga ko‘ra bundan keyin foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, foydalanish jarayonida belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini, iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan yoki uning uchun belgilangan muddatlarda ishlatib bo‘lingan har qanday industrial yoxud motor moyi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik moylarni almashtirish shoxobchasi — yuridik shaxs yoki xususiy tadbirkor, shu jumladan avtotransport vositalaridagi texnik moylarni almashtirish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi servis xizmati stansiyalari va markazlarining ishlatilgan texnik moylarni to‘plash, saqlash va topshirish yuzasidan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti bilan shartnoma tuzgan, alohida bo‘lmagan bo‘linma;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
ITMni qayta ishlash — ITMdan bazaviy tovar moylar olish maqsadida ularni tashkilotlar tomonidan qayta ishlash jarayoni;
texnik moylarni ishlatuvchi — o‘zining ishlab chiqarish yoxud boshqa faoliyati jarayonida texnik moylardan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, ularning natijasida ITM hosil bo‘ladi;
ITMni topshirish eng kam miqdorining hisoblangan normativi — mahsulot birligi yoki boshlang‘ich xom ashyo birligi hisobiga texnik moylarni ishlatish jarayonida hosil bo‘lgan, ishlatishning boshlang‘ich miqdoridan foizlar hisobida ITMni to‘plashning maxsus shoxobchalariga topshiriladigan ishlatilgan moylar resurslarini baholash uchun hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladigan ITMni topshirishning ushbu Nizomda belgilangan eng kam miqdori;
ITMni maxsus to‘plash shoxobchasi (keyingi o‘rinlarda ITMni maxsus to‘plash shoxobchasi deb ataladi) — ITMni to‘plash bo‘yicha qabul qilish va saqlash talablariga muvofiq bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan maydoncha;
texnik moy — mineral, yarim sintetik va sintetik asosdagi har qanday industrial yoki motor moyi;
ITMning tavsifi — ITMning qayta ishlashga yaroqliligini belgilovchi yo‘l qo‘yiladigan ko‘rsatkichlar yig‘indisi.
3. ITM ushbu Nizomga 1-ilovadagi tasnifga muvofiq guruhlar bo‘yicha ishlatilgan motor moylariga (keyingi o‘rinlarda IMM deb ataladi) va ishlatilgan industrial moylarga (keyingi o‘rinlarda IIM deb ataladi) bo‘linadi.
II. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash va saqlash tartibi
4. ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoxud bevosita ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga topshirish texnik moylarning ishlatuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalaridan ITMni to‘plash O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida joylashgan ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarida amalga oshiriladi.
6. ITMni maxsus to‘plash shoxobchalari ITMni to‘plash uchun yig‘uvchilar (rezervuarlar), maxsus uskunalar va zarur anjomlar, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
7. ITMni saqlash ITMni dvigateldan, mashinadan va texnik moylar ishlatiladigan boshqa mexanizmlarning ishlovchi tizimidan chiqarib olingan vaqtdan boshlab sig‘imlarda, lekin ko‘pi bilan olti oy saqlagan holda amalga oshiriladi.
8. ITMni to‘plash, saqlash va tashish sig‘imlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
A4 o‘lchamidan kam bo‘lmagan hajmdagi etiketkaga ega bo‘lishi, unda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan ITM guruhi ko‘rsatilgan holda “Ishlatilgan texnik moylar” yozuvi bo‘lishi;
ITM bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishmaydigan materiallardan iborat bo‘lishi;
ularda ITM sizib va/yoki oqib chiqadigan shikastlar bo‘lmasligi;
ular bilan ish olib borilmaydigan vaqtda zich yopilgan bo‘lishi;
ITMni to‘plash va saqlash joylarida ochiq tuproq ustida turmasligi;
belgilangan standart talablariga muvofiq ko‘p tonnali rezervuarlar uchun kalibrlovchi jadvallarga ega bo‘lishi kerak.
9. Barcha toifalardagi ishlatuvchilar tomonidan ITM, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari va ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarida ishlayotganda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
ITMni har qanday yuzalarga va yer osti suvlariga hamda kanalizatsiya tizimlariga oqizish;
tuproqning ifloslanishiga olib keladigan holda saqlash va/yoki tashlash;
reglamentga nomuvofiq tarzda yoqish;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik moylarni almashtirish punktlari va ITMni to‘plash maxsus punktlaridan tashqari, ITMni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, mazut va boshqa yog‘li moddalar bilan aralashtirish;
maishiy chiqindilar to‘planadigan joylarga tashlash;
ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan qurilmalarda yoki tashkilotlarda qayta ishlash.
III. Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash va saqlashda qatnashuvchi shaxslarning umumiy majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
10. ITMni samarali qayta ishlash maqsadida texnik moylarni ishlatuvchilar, texnik moylarni almashtirish shoxobchalari. ITMni to‘plash tashkilotlari ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash, saqlash, topshirish va tashishni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq IIM va IMM guruhlari bo‘yicha aralashib ketishini istisno qiladigan har xil sig‘imlarda amalga oshirishlari shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
11. Texnik moylarni ishlatuvchilar — jismoniy shaxslar ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar.
12. Texnik moylarni ishlatuvchilar — yuridik shaxslar:
ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga va/yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga topshiradilar;
texnik moylarning aylanishini hisobga olish daftarini yuritadilar, unda muayyan davrda olingan texnik moylarning miqdori, foydalanilgan texnik moylar miqdori, ITMning amaldagi chiqish miqdori va 2-ilovaga muvofiq hisoblangan normativlarga nisbatan ITMni topshirish miqdori ko‘rsatiladi;
ITMni texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga yoki maxsus to‘plash shoxobchalariga topshiradilar;
ushbu Nizom talablariga muvofiq ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlaydilar va o‘z xodimlarini o‘qitadilar.
13. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
texnik moylarni ishlatuvchilarning transport vositalariga servis xizmati ko‘rsatish natijasida hosil bo‘lgan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash, saqlash va topshirish yuzasidan ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkilotlari bilan shartnoma tuzish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
transport vositalari moyini almashtirish bo‘yicha o‘zlarining xizmatlar ko‘rsatishi natijasida hosil bo‘lgan ITMni to‘plash, saqlash va topshirishni hisobga olishning ichki daftarini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
ITMni tuzilgan shartnomalar asosida ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkilotiga sotish;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga hamda ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport vositalari moyini almashtirish bo‘yicha o‘zlari ko‘rsatgan xizmatlar natijasida hosil bo‘lgan ITM bilan ishlashning ichki tartibini tasdiqlash, o‘z xodimini (mavjud bo‘lsa) o‘qitishni amalga oshirish;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar to‘g‘risidagi axborotni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ishlatilgan texnik moylarni to‘plash va qayta ishlash tashkiloti quyidagilarga majbur:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida ITMni maxsus to‘plash shoxobchalarini tashkil etish;
ushbu Nizom talablariga javob beradigan texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
ITMni qabul qilishda topshirilayotgan ITMni qonunchilikda belgilangan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
15. ITMni topshirish va to‘plashni turkumlashtirish maqsadida texnik moylar va moylash materiallarining ishlab chiqaruvchilari, shuningdek import qiluvchilari quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
ITMni, ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga yoki texnik moylarni almashtirish shoxobchalariga majburiy topshirishning zarurligi to‘g‘risida texnik moylarni ishlatuvchilarni xabardor qilish. Bunda ana shunday axborot texnik moylar sotishning barcha shoxobchalarida ko‘rinarli joyga qo‘yilishi va unda ushbu Nizomning 9-bandida bayon qilingan talablar ko‘rsatilishi kerak;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
mahsulotlar quyilgan butilkalar, kanistrlar, bochkalar etiketkalarida ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan yozuvlarning bo‘lishini ta’minlash.
IV. Hisob-kitoblarni amalga oshirish
16. ITMni maxsus to‘plash shoxobchalariga topshirganlik yuzasidan yuridik shaxslar va texnik moylarni almashtirish shoxobchalari o‘rtasidagi hisob-kitoblar belgilangan tartibda, tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
17. Texnik moylarni almashtirish shoxobchalari bilan hisob-kitoblar amalda topshirilgan miqdorlar uchun:
yuridik shaxslar bilan — ITMni topshirish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha;
jismoniy shaxslar bilan — naqd pul bilan, shu jumladan yangi moy va transport vositalarining texnik moylarini almashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar narxidan chegirishlar tarzida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
V. Yakunlovchi qoidalar
19. ITMni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, tashish, saqlash tartibi 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 78-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari ITMni to‘plash, saqlash va tashish faoliyatini amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazoratni ta’minlaydilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ishlatilgan texnik moylarning guruhlar bo‘yicha
TASNIFI
|
Ishlatilgan motor moylari |
Ishlatilgan industrial moylar | ||
| MS-20 tipidagi aviatsiya moylari | MS-8 tipidagi aviatsiya moylari | ||
| Benzin dvigatellari uchun motor moylari | Gidravlik moylar: — mavsumiy almashtiriladigan; — umummavsumiy | ||
| Dizel dvigatellari uchun motor moylari | Industrial moylar: — prisadkasiz; — prisadkali | ||
| Teplovozlar uchun dizel moylari | Turbina moylari | ||
| Kema dvigatellari uchun dizel moylari | Transformator moylari | ||
| Vakuum moylari | Kabel moylari | ||
| Prokat stanlari uchun moylar | Kompressor moylari | ||
| | Ishqalash moylari |
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ishlatilgan texnik moylar chiqishining hisoblangan
NORMATIVI
| T/r | Texnik moylar nomi | MMO/MIO guruhlari | Ishlatilgan texnik moylarni to‘plashning eng kam normativlari (iste’mol qilishning dastlabki miqdoridan, foizlarda) |
|
1. |
Aviatsiya moylari: | | |
|
— MS-8 tipidagi moylar |
MIO |
10 | |
|
— MS-20 tipidagi moylar |
MMO |
16 | |
|
2. |
Benzin dvigatellari uchun motor moylari | MMO | 35 |
| 3. | Dizel dvigatellari uchun motor moylari | MMO | 26 |
| 4. | Teplovozlar uchun dizel moylari | MMO | 20 |
| 5. | Kema dvigatellari uchun dizel moylari | MMO | 8 |
| 6. | Gidravlik moylar: | ||
| — mavsumiy almashtiriladigan | MIO | 60 | |
| — umummavsumiy | MIO | 60 | |
| 7. | Industrial moylar: | | |
| | — prisadkasiz | MIO | 42 |
| | — prisadkali | MIO | 50 |
| 8. | Turbina moylari | MIO | 45 |
| 9. | Transformator moylari | MIO | 60 |
| 10. | Kabel moylari | MIO | 55 |
| 11. | Kompressor moylari | MIO | 55 |
| 12. | Vakuum moylari | MMO | 50 |
| 13. | Ishqalash moylari | MIO | 5 |
| 14. | Prokat stanlari uchun moylar | MMO | 20 |
| | | | |
Izoh: ushbu ilovada ko‘rsatilmagan ishlatilgan texnik moylar chiqishining eng kam normativlari ularning o‘xshash xususiyatlariga va ularni qo‘llash sohalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash,ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, to‘plash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni saqlash va tashish
SXEMASI
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 36-son, 410-modda; 2017-y., 7-son, 96-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)