10.02.2023 yildagi PF-21-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan soliq islohotlarini izchil davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish hamda 2022-yilning 22-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik subyektlarini quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kichik tadbirkorlik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar — taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar — jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi taʼsischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrta tadbirkorlik subyektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 10 milliard soʻmdan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yirik tadbirkorlik subyektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-apreldan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jami daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan maʼlumot almashinuvi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi inobatga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda ishonchli soliq toʻlovchilarni inson omilisiz aniqlash va ularga davlat xaridlarida ustunlik berilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar summalarini “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun 10 milliard soʻm etib qatʼiy belgilangan miqdorda oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dori vositalarining davlat sogʻliqni saqlash muassasalariga bepul berilishi yoki amal qilish muddati qisqaligi sababli narxi pasaytirilgan qiymat boʻyicha realizatsiya qilinishi iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan xarajatlar (zararlar) deb eʼtirof etilishi va mos ravishda foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlarini aniq belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, soliqni noqonuniy qoplash holatlarining oldini olish maqsadida 2023-yil 1-oktabrga qadar tajriba tariqasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish va (yoki) realizatsiya qilish bilan bogʻliq bitimlarda ishtirok etgan kontragentlar — sotuvchilar (xaridorlar) tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻining kam toʻlanganligi (soliq uzilishi) aniqlanganda, Soliq qoʻmitasiga mazkur kontragentlarga nisbatan soliq nazorati tadbirlarini tayinlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar tajriba doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq uzilishini aniqlash va qoʻllash tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2023-yil 1-maydan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni bilan tasdiqlangan Real vaqt rejimida idoralararo elektron aloqa orqali soliq organlariga taqdim etiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar roʻyxati quyidagi mazmundagi 16 — 19 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

16.

Realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida, shuningdek, davlat ulushiga tegishli sof foydadan hisoblangan dividendlar va ajratmalar toʻgʻrisida maʼlumot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

17.

Soliq imtiyozlarini qoʻllovchi ishtirokchilar va rezidentlar toʻgʻrisida maʼlumot

Soliq imtiyozlari taqdim etilishi nazarda tutilgan birlashmalar, maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari va boshqa tashkilotlar

18.

Shaxslarning pensiyaga chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Pensiya jamgʻarmasi

19.

Billing tizimi orqali mijozlardan olingan toʻlovlar haqida maʼlumot

Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarini realizatsiya qiluvchi korxonalar

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni 7-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisi “12 foizgacha hamda” soʻzlaridan keyin “2025-yildan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-165-son Farmoni 6-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda 10 milliard soʻm qatʼiy belgilangan miqdordagi) ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) tashkil etiladi. Bunda:”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarorining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5011-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5252-son qarori 1-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi, bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yoʻl va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun toʻlov hamda oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklari mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, soliq va kadastr organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son qarorida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisidagi “20” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi “Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 310-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi

2.

A.I. Axmedxadjayev

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Sh.S. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

A.A. Muminov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri oʻrinbosari

5.

A.N. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

6.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi

7.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 877-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “b” kichik bandi va Nizomga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jismoniy shaxslar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) cheklari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)