Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2025 07.05.2021 yildagi PQ-5108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-sonli “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni soddalashtirish, sohada yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi va Transport vazirligining 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxiriga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga (keyingi oʻrinlarda — litsenziya varaqasi) asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasi 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil transporti mavjud boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda — yakka tartibdagi tashuvchilar) “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tashuvchilar “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan, koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarda hamda yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tashuvchilarga yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrgacha boʻlgan davrda yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tashuvchilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yakka tartibdagi tashuvchilar oʻz faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agregatorlar xizmatidan foydalanishning shartlari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarda yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yoʻlovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalarda hamda agregatorlar tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy koʻrikdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan va “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba texnik koʻrikdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agregatorlik xizmatlarini koʻrsatish shartlari etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni izlash boʻyicha maxsus dasturlarni Davlat soliq qoʻmitasining elektron axborot bazasi hamda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmatlarini faqatgina yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga yoki yakka tartibdagi tashuvchi sifatida yoʻlovchi tashishni amalga oshirishga litsenziya varaqasiga ega boʻlgan shaxslarga koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti maqomiga ega boʻlish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agregatorlar tomonidan ushbu talablarni bajarmasdan faoliyatni amalga oshirish holatlari aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu xizmatdan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali foydalanish maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻlovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi talablar 2023-yil 1-yanvarga qadar toʻxtatib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talablari bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksi va yakka tartibdagi tashuvchilar uchun quyidagi talablar joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportining tepasiga “TAXI” tanish belgili toʻq sariq rangli fonar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni amalga oshirish, shuningdek, bosib oʻtilgan yoʻlni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar) boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportining priborlar panelida avtomobil transportining davlat raqami, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi hujjat (yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya/litsenziya varaqasi) va haydovchining telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotlar tablichkasi mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar uchun mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga qoʻshimcha ravishda avtomobil transportining yon tomonlariga Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan sxema boʻyicha kompozitsiyani aks ettirish talabi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vazirligi 2021-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tarmoqli poliklinikalar, xususiy tibbiyot muassasalari, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharoiti mavjud boʻlgan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar hamda agregatorlar tomonidan oylik tibbiy koʻrik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari davriy texnik koʻrik natijalarini kiritishlari uchun “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga kirish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ularda zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomobil transportining texnik koʻrigidan avtomatlashtirilgan tarzda oʻtish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat soliq qoʻmitasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar avtomobil transportining yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar, elektron yoʻl varaqalari, shuningdek, tibbiy koʻrikdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning idoralararo almashinuvi boʻyicha yagona elektron platformani ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona elektron platformani yaratish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddatda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning yakka tartibdagi tashuvchilarga nisbatan ham tatbiq etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshirilgan eksperiment natijalariga koʻra yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5108-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 07/21/5108/0453-son)