28.01.2025 yildagi KQ-53-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 3-dekabrdagi KQ-9-V-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 19-noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Senatning harakatlar dasturi 21-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga bir oy muddatda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibini oʻz sessiyalarida koʻrib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov) ushbu Qaror ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlariga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (A. Tuychiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-53-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-53-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibi (bundan buyon matnda Tartib deb yuritiladi) mahalliy Kengash doimiy komissiyalari, deputatlari va mahalliy Kengash kotibiyatlari tomonidan Kengash soʻrovi hamda deputat soʻrovini tayyorlash tartibi va uning mazmuni hamda tuzilishiga doir talablar, shuningdek, ularni yuborish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tartib “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi hamda deputati soʻrovi tegishincha davlat organlari hamda tashkilotlarining tuman hamda shahar boʻlinmalari mansabdor shaxslariga, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi hamda deputati soʻrovi tegishincha davlat organlari hamda tashkilotlarining viloyat va Toshkent shahar boʻlinmalari mansabdor shaxslariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash soʻrovi va deputat soʻrovi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv hamda tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek, ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengash soʻrovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash soʻrovi Tartibning 3-bandiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi qoʻyilgan mahalliy Kengash murojaat qilishining alohida shaklidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy Kengash doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlari, deputatlar oʻz tashabbusi bilan yoki mahalliy Kengash raisining topshirigʻiga muvofiq mahalliy Kengash tomonidan Kengash soʻrovi yuborilishi haqida taklif ishlab chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash soʻrovi loyihasini tayyorlash quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovining predmeti va maqsadini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovining predmeti doirasida avval mahalliy Kengash yoki uning doimiy va muvaqqat komissiyalari tomonidan oʻrganish oʻtkazilganlik holatini aniqlash, oʻrganish oʻtkazilgan taqdirda uning natijalarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni (tegishli sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan maʼlumotlar, jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallar va boshqalar) yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud materiallar asosida xulosa shakllantirish va Kengash soʻrovi loyihasini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi loyihasini huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zarur hollarda Kengash soʻrovi loyihasini tayyorlash maqsadida ishchi guruh tuzilishi, huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar bevosita tegishli davlat organlarida yoki hududlarga chiqib oʻrganilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga hududdan saylangan senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, mahalliy Kengash kotibiyati xodimlari, tegishli sohalar uchun masʼul boʻlgan vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining yoki idoralarning hududiy boʻlinmalari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash soʻrovi loyihasining matni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish qismi (Kengash soʻrovining predmeti va maqsadi, tegishli sohada amalga oshirilgan ishlarning qisqacha mazmuni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantiruvchi qism (huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakunlovchi qism (qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari, asoslantiruvchi qismda koʻrsatilgan muammolar yechimi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi, javob taqdim etish shakli va muddati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash soʻrovi loyihasi matni quyidagilar tahlili asosida shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi predmetiga taalluqli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq mahalliy Kengash, uning doimiy va muvaqqat komissiyalari hamda mahalliy Kengash deputatlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari materiallari (mahalliy budjet ijrosining borishini koʻrib chiqish, mansabdor shaxslarning hisobot hamda axborotlarini eshitish, qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, Kengash tekshiruvi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli soha huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha ilmiy seminar, konferensiya, davra suhbati va boshqa tadbirlar materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari hamda boshqa manfaatdor idoralarning maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyoti va aholini tashvishga solayotgan muammolar boʻyicha oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan mahalliy Kengashning veb-saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda Kengash soʻrovi predmetida nazarda tutilayotgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshirilgan tajriba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik va boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash soʻrovi loyihasining matni bayon etishning tizimliligi va ketma-ketligiga muvofiq boʻlib, loʻnda, oddiy hamda ravon tilda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi loyihasi matnidagi jumlalar rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo hamda punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash soʻrovi loyihasida ogʻzaki nutq shakllari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari, eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar hamda iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar, abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura, qisqartmalar, shuningdek, qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari mustasno) qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash soʻrovi loyihasida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan rasmiy chiqishlarda va tegishli majlislarda belgilangan ustuvor vazifalar hamda topshiriqlarga havolalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda havolalar aniq boʻlishi va tegishincha muayyan normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy chiqishi hamda tegishli majlislari aniq koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ogʻzaki yoki yozma) toʻgʻrisidagi talablar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash soʻrovi loyihasi belgilangan tartibda tayyorlangandan soʻng u dastlabki tarzda doimiy yoki muvaqqat komissiya majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Doimiy yoki muvaqqat komissiya Kengash soʻrovi loyihasi tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan deputatning axborotini eshitib, mahalliy Kengash tomonidan Kengash soʻrovi yuborish masalasini mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritish yoki kiritmaslik boʻyicha mahalliy Kengash raisiga taklif kiritish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy Kengash raisi tomonidan Kengash soʻrovi yuborish masalasini mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, doimiy yoki muvaqqat komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash sessiyasida Kengash soʻrovi boʻyicha soʻzga chiqadigan maʼruzachini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash qarori loyihasi va boshqa zarur materiallar tayyorlanishi uchun masʼul deputatni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shundan soʻng mahalliy Kengash doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlarining mahalliy Kengash tomonidan Kengash soʻrovi yuborish haqidagi taklifi mahalliy Kengash raisi tomonidan mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash soʻrovini yuborish masalasi mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinganda mahalliy Kengash sessiyasi ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda mahalliy Kengash yopiq majlis oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqilganda mahalliy Kengash va uning doimiy hamda muvaqqat komissiyalari majlislarida davlat organlari hamda tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sessiyada raislik qiluvchi tomonidan Kengash soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda maʼruzachilar va qoʻshimcha maʼruzachilar bilan kelishuvga koʻra, qoida tariqasida, maʼruza uchun — 30 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun — 20 daqiqagacha hamda yakunlovchi soʻz uchun 15 daqiqagacha vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda soʻzga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Muzokaralarda takroran soʻzga chiqish uchun, shuningdek, savollar, takliflar, xabarlar, maʼlumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiyada hozir boʻlgan deputatlar koʻpchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi Kengash soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishning umumiy vaqtini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qoʻyishi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat Kengash soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi yakunlovchi soʻzni aytish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻzga chiquvchi ajratilgan vaqtdan ortiq soʻzlasa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, sessiyada raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin soʻzdan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash soʻrovini yuborish haqidagi mahalliy Kengash qarori mahalliy Kengash deputatlarining umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash soʻrovini yuborish haqidagi mahalliy Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn kalendar kun ichida Kengash soʻrovi tegishli boʻlgan mansabdor shaxsga “E-kengash” mahalliy hokimiyat vakillik organlari portali orqali yuboriladi. Kengash soʻrovi yuborish haqidagi mahalliy Kengash qaroriga Kengash soʻrovining matni va boshqa asoslantiruvchi materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxs Kengash soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻroviga javobda soʻrovda qoʻyilgan masalalarning har biri boʻyicha aniq va batafsil asoslantirilgan maʼlumotlar ochib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash soʻrovi yuzasidan kelib tushgan yozma javob mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan tanishib chiqish va u yuzasidan masʼul doimiy yoki muvaqqat komissiyani belgilash uchun mahalliy Kengash raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash soʻroviga kelib tushgan javobni koʻrib chiqishga masʼul etib belgilangan doimiy yoki muvaqqat komissiya yozma javobda koʻrsatilgan maʼlumotlar asosliligini tekshiradi va u yuzasidan zarur materiallar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash soʻroviga javob bergan mansabdor shaxs tomonidan Kengash soʻrovi ijro etilishi natijalari doimiy yoki muvaqqat komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi. Ushbu koʻrib chiqish natijalari boʻyicha doimiy yoki muvaqqat komissiya qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar Kengash soʻroviga yozma javobdagi axborot belgilangan masalalar yuzasidan toʻliq javobni qamrab olmagan, qayd etilgan sohalarda muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan yoki nazarda tutilmagan boʻlsa, masʼul doimiy yoki muvaqqat komissiya Kengash soʻroviga javobni Kengash soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxsga u yuzasidan mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda ushbu mansabdor shaxsga maromiga yetkazish uchun qaytarib yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash soʻroviga javob Kengash soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxsga doimiy yoki muvaqqat komissiya tomonidan qaytarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, unda qayta javob berishning muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarib yuborilgan Kengash soʻroviga javob kelib tushganda u umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar kelib tushgan javobdagi axborot belgilangan masalalar yuzasidan toʻliq javobni qamrab olmagan, qayd etilgan sohalarda muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan yoki nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur masala mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kengash soʻroviga yozma javob mahalliy Kengashning sessiyasida koʻrib chiqilganda u sessiyada raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari mahalliy Kengash sessiyasida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan mahalliy Kengash deputatlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kengash soʻrovi oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs Kengash soʻroviga ogʻzaki javobni mahalliy Kengashning sessiyasida mahalliy Kengash tomonidan belgilagan muddatda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mansabdor shaxsning Kengash soʻroviga javobini eshitish natijalari boʻyicha mahalliy Kengash tomonidan qaror qabul qilinadi. Mahalliy Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishli mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar mahalliy Kengash qarorida Kengash soʻroviga javob bergan mansabdor shaxsga tavsiyalar yoki topshiriq boʻlsa, mahalliy Kengashning ushbu qarorida bayon etilgan tavsiyalar yoki topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan doimiy yoxud muvaqqat komissiya ham koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Deputat soʻrovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Deputat soʻrovi Tartibning 3-bandiga muvofiq tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi qoʻyilgan deputat murojaat qilishining alohida shaklidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Deputat soʻrovi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Deputat soʻrovi mahalliy Kengash deputatining shaxsiy tashabbusi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Deputat soʻrovi “E-kengash” mahalliy hokimiyat vakillik organlari portalidagi “deputat soʻrovi” blankasida rasmiylashtiriladi va soʻrov muallifi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Deputat soʻrovida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi yuboriladigan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda uning lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovining sabablarini qisqacha asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi, javob taqdim etish shakli va muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Deputat soʻrovi qisqa va tushunarli shaklda bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Deputat soʻrovini mansabdor shaxslardan muayyan harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik boʻyicha ruxsat olish tarzida yuborish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Deputat soʻrovi yuborilishidan avval u mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi mansabdor shaxslarga “E-kengash” mahalliy hokimiyat vakillik organlari portali orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Deputat soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxs unga yozma ravishda, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Deputat soʻroviga javobni u qaysi mansabdor shaxsga yuborilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs imzolashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻroviga javob ushbu soʻrovni yuborgan deputatning mahalliy Kengashiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi kelib tushgan javob mahalliy Kengash kotibiyatida roʻyxatga olinadi hamda u kotibiyat tomonidan soʻrovni imzolagan deputatga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mahalliy Kengash deputati oʻzi aʼzo boʻlgan mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasini deputat soʻrovini yuborganligi haqida soʻrov yuborilgan kun xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Deputat soʻroviga javob mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agar deputat soʻroviga javob mahalliy Kengash doimiy komissiyasining majlisida koʻrib chiqilgan boʻlsa, uni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan doimiy komissiya qaror qabul qiladi. Mahalliy Kengash doimiy komissiyaning qarori deputat soʻroviga javob bergan mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar deputat soʻroviga javob soʻrovda koʻrsatilgan muddatni buzgan holda kelgan boʻlsa yoki agar javobda mavjud boʻlgan axborot deputat soʻrovida koʻtarilgan hamma masalalarni hal qilmasa, soʻrov yuborgan deputat aʼzo boʻlgan mahalliy Kengashning doimiy komissiyasi mahalliy Kengash raisiga deputat soʻrovi yuzasidan axborotni mahalliy Kengashning sessiyasi muhokamasiga olib chiqish haqida taklif kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mahalliy Kengash raisi mahalliy Kengash doimiy komissiyasi vakilining, agar ishtirok etgan boʻlsa, deputat soʻroviga javob bergan mansabdor shaxsning axborotini eshitib, muhokama natijalari boʻyicha deputat soʻrovi toʻgʻrisidagi axborotni mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibi loyihasiga kiritish yoki kiritmaslik masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar deputat soʻrovi yuzasidan kelib tushgan javobni mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, mazkur masala Tartibda belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy Kengash deputatlariga deputat soʻrovi, unga kelib tushgan javob, mahalliy Kengash doimiy komissiyasining qarori, mahalliy Kengash qarorining loyihasi va boshqa zarur materiallar oldindan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Deputat soʻrovi haqidagi axborot koʻrib chiqilganida mahalliy Kengash sessiyasiga deputat soʻroviga javob bergan mansabdor shaxs taklif qilinadi. Ushbu mansabdor shaxs oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishi yoki nuqtai nazarini bayon qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mahalliy Kengash oʻz vakolatlari doirasida Kengash soʻrovi, shuningdek, agar deputat soʻroviga doir masala mahalliy Kengashning sessiyasida koʻrib chiqilgan boʻlsa, deputat soʻrovi natijalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi, deputat soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, Vazirlar Mahkamasi yoki Oliy Majlis Senatiga taklif va tavsiyalar kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlariga hamda tashkilotlariga qonunchilik hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi hamda deputat soʻrovi boʻyicha tayyorlangan materiallarni vakolatli davlat organlariga oʻz vakolatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli davlat organlariga hamda tashkilotlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash soʻrovi va deputat soʻrovi natijalarini eʼlon qilishi (mahalliy Kengashning Internet jahon axborot tarmogʻidagi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, ommaviy axborot vositalari) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kengash soʻrovi loyihasini tayyorlagan mahalliy Kengash deputati va mahalliy Kengash kotibiyati masʼul xodimi Kengash soʻroviga doir materiallar qonunchilikka muvofiqligi, unda koʻrsatilayotgan maʼlumotlar asosliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tartib buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tartibga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish Senat Kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.