28.01.2025 yildagi O‘RQ-1022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-yanvarda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson shaʼni va qadr-qimmati uchun” prinsipi asosida yangi bosqichga koʻtarishga, sud organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keng koʻlamli islohotlar natijasida sud-tergov amaliyotida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga qaratilgan samarali mexanizmlar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud tomonidan ishonchli taʼminlash maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida ushbu Qonun bilan tergov sudyalarining vakolatlari jumlasiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqish asoslari hamda tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 8, 823-modda, № 10, 1075-modda) 28-moddasi birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida, tintuv oʻtkazish haqida, jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida, mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 29-moddaning birinchi qismi “pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlardan keyin “tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-modda. Tergov sudyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov sudyasi yakka oʻzi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qoʻshimcha protsessual harakatlarni bajarish chogʻida ham amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 36-moddaning birinchi qismi “murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga” degan soʻzlardan keyin “tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 381-moddaning birinchi qismi “murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga” degan soʻzlardan keyin “tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 1212-moddaning toʻrtinchi qismidagi “yoki hududiy harbiy sudga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — yettinchi qismlari tegishincha ikkinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 1481-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 1482-modda toʻrtinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) quyidagi mazmundagi 1581, 1582 va 1583-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1581-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida uni oʻtkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz oʻtkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror oʻtkazilgan tintuv haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Tintuv oʻtkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya oʻtkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 1582 va 1583-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya oʻtkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv oʻtkazish chogʻida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1582-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, zarur boʻlgan taqdirda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1583-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud tintuv oʻtkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan oʻziga nisbatan tintuv oʻtkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv oʻtkazishga rozilik berishga yoki tintuv oʻtkazishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tintuv oʻtkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv oʻtkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 159-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-modda. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyishni oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha birinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 162-moddaning uchinchi qismidagi “157 — 161-moddalarida” degan soʻzlar “157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 1661-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 1662-modda beshinchi qismining toʻrtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 169-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha toʻplangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos boʻla olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqarib, unda ushbu harakatlarni oʻtkazish asoslarini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda tergovchi yoki surishtiruvchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli boʻlib, keyinchalik sud hamda prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilganligi haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish haqidagi qarorining, ushbu tergov harakati bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya amalga oshirilgan telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishning, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning qonuniyligini ushbu Kodeksning 1691 va 1692-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) quyidagi mazmundagi 1691 va 1692-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1691-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1692-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki ularni oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning ajrimi ustidan ushbu tergov harakatlari oʻziga nisbatan amalga oshirilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga hamda telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishga rozilik berishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 170-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari boʻyicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek soʻzlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chogʻida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 241-modda ikkinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 243-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmaganda esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 247-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 2543-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 2544-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 257-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) 258-modda beshinchi qismining toʻrtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) 267-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) 268-modda beshinchi qismining toʻrtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) 290-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-modda. Mol-mulkni xatlash asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkni oʻzlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yoʻq qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi. Shu maqsadda tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarib, unda mazkur protsessual harakatni oʻtkazish asoslarini bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va boshqa buyumlar xatlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini eʼlon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qaroriga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mol-mulkni xatlash sudning roziligisiz, tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik sud hamda prokuror qaror va bayonnomaning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qarorining, mol-mulkni xatlash bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ularni yuritish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olganidan keyin sudya mol-mulkni xatlash amalga oshirilganligining qonuniyligini ushbu Kodeks 2901 va 2902-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi va uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya mol-mulkni xatlash qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, uni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirishlarga oid qismi ijrosini taʼminlovchi choralarni yoki mulkiy yoʻsindagi jazo choralarini koʻrmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ajrim chiqarib, ularning zimmasiga bunday choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qoʻllayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora koʻrilmagan boʻlsa, sud hukmning shu qismi ijrosini taʼminlaydigan choralar koʻrish haqida ajrim chiqarishga va uning ijrosini tergov yoki surishtiruv organiga topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonalarning binolaridagi va diplomatik vakillarga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) quyidagi mazmundagi 2901 va 2902-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2901-modda. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va (yoki) qonuniy vakil ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual harakatni oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2902-modda. Sud ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlash toʻgʻrisidagi ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish boʻyicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, qonuniy vakilga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli boʻlgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi ustidan mol-mulk xatlangan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, qonuniy vakil, himoyachi tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyaning ajrimini bekor qilishga va mol-mulkni xatlashga rozilik berishga yoki mol-mulkni xatlashni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni xatlash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga mol-mulkni xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) 382-modda uchinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tintuv oʻtkazish haqida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn birinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshisidagi “tintuv oʻtkazishga, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishga hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qoʻllash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) 423-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar toʻgʻrisidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan oʻzga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 245-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 317-modda birinchi qismining 1-bandidagi “jinoyat ishlari boʻyicha sud sudyasining” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha sud tergov sudyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 319-moddaning uchinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar) 4079-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “koʻrilmagan” degan soʻz “koʻrilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-703-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 9, 117-modda, № 8, 823-modda, № 9, 964-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 39-moddaning ikkinchi qismi “rais, sudyalar” degan soʻzlardan keyin “tergov sudyalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 40-moddaning ikkinchi qismi “pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqidagi” degan soʻzlardan keyin “tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1022-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)