O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 24-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-yanvarda ma’qullangan
Senat tomonidan 2025-yil 25-yanvarda ma’qullangan
Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” prinsipi asosida yangi bosqichga ko‘tarishga, sud organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Keng ko‘lamli islohotlar natijasida sud-tergov amaliyotida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan samarali mexanizmlar ishlab chiqildi.
Xususan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud tomonidan ishonchli ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etildi.
Tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida ushbu Qonun bilan tergov sudyalarining vakolatlari jumlasiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqish asoslari hamda tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 8, 823-modda, № 10, 1075-modda) 28-moddasi birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida, tintuv o‘tkazish haqida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida, mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 29-moddaning birinchi qismi “pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “tintuv o‘tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan to‘ldirilsin:
“311-modda. Tergov sudyasining vakolatlari
Tergov sudyasi yakka o‘zi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqish; tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qo‘shimcha protsessual harakatlarni bajarish chog‘ida ham amalga oshiriladi”;
3) 36-moddaning birinchi qismi “murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga” degan so‘zlardan keyin “tintuv o‘tkazish to‘g‘risida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida iltimosnomalar berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 381-moddaning birinchi qismi “murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga” degan so‘zlardan keyin “tintuv o‘tkazish to‘g‘risida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida iltimosnomalar berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 1212-moddaning to‘rtinchi qismidagi “yoki hududiy harbiy sudga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 1213-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
birinchi — yettinchi qismlari tegishincha ikkinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
7) 1481-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
8) 1482-modda to‘rtinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
9) quyidagi mazmundagi 1581, 1582 va 1583-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“1581-modda. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
Tintuv o‘tkazish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida uni o‘tkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz o‘tkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Tintuv o‘tkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv o‘tkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya o‘tkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 1582 va 1583-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar sudya o‘tkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv o‘tkazish chog‘ida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
1582-modda. Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, zarur bo‘lgan taqdirda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
1583-modda. Sud ajrimi
Sudya tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, tintuv o‘tkazish to‘g‘risida yoki tintuv o‘tkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sudyaning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sud tintuv o‘tkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Sudyaning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi yoki tintuv o‘tkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan o‘ziga nisbatan tintuv o‘tkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv o‘tkazishga rozilik berishga yoki tintuv o‘tkazishni rad etishga haqli.
Tintuv o‘tkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv o‘tkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi”;
10) 159-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“159-modda. Olib qo‘yishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Olib qo‘yish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra o‘tkaziladi, bunda ular olib qo‘yishni o‘tkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli.
Olib qo‘yishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron ma’lumotlar olib qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”;
11) 161-moddaning:
birinchi qismi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha birinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 162-moddaning uchinchi qismidagi “157 — 161-moddalarida” degan so‘zlar “157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 1661-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
14) 1662-modda beshinchi qismining to‘rtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
15) 169-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish
Agar ish bo‘yicha to‘plangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarib, unda ushbu harakatlarni o‘tkazish asoslarini bayon etadi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda tergovchi yoki surishtiruvchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli bo‘lib, keyinchalik sud hamda prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilganligi haqida yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish haqidagi qarorining, ushbu tergov harakati bayonnomasining va zarur materiallarning ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya amalga oshirilgan telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishning, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning qonuniyligini ushbu Kodeksning 1691 va 1692-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi”;
16) quyidagi mazmundagi 1691 va 1692-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“1691-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
1692-modda. Sud ajrimi
Sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risida yoki ularni o‘tkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi.
Sudyaning ajrimi ustidan ushbu tergov harakatlari o‘ziga nisbatan amalga oshirilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi sud ajrimining ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga hamda telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishga rozilik berishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi”;
17) 170-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari bo‘yicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek so‘zlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chog‘ida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilishi lozim”;
18) 241-modda ikkinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
19) 243-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmaganda esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
20) 247-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
21) 2543-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
22) 2544-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
23) 257-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
24) 258-modda beshinchi qismining to‘rtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
25) 267-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi”;
26) 268-modda beshinchi qismining to‘rtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak”;
27) 290-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“290-modda. Mol-mulkni xatlash asoslari va tartibi
Hukmning fuqaroviy da’voga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkni o‘zlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yo‘q qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi. Shu maqsadda tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarib, unda mazkur protsessual harakatni o‘tkazish asoslarini bayon etadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va boshqa buyumlar xatlanmaydi.
Turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qo‘poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda — bu joylar xatlanadi.
Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaroriga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mol-mulkni xatlash sudning roziligisiz, tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik sud hamda prokuror qaror va bayonnomaning ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda yigirma to‘rt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi qarorining, mol-mulkni xatlash bayonnomasining va zarur materiallarning ko‘chirma nusxalari ularni yuritish to‘g‘risidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun ilova qilinadi.
Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olganidan keyin sudya mol-mulkni xatlash amalga oshirilganligining qonuniyligini ushbu Kodeks 2901 va 2902-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi va uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar sudya mol-mulkni xatlash qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, uni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirishlarga oid qismi ijrosini ta’minlovchi choralarni yoki mulkiy yo‘sindagi jazo choralarini ko‘rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ajrim chiqarib, ularning zimmasiga bunday choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo‘llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora ko‘rilmagan bo‘lsa, sud hukmning shu qismi ijrosini ta’minlaydigan choralar ko‘rish haqida ajrim chiqarishga va uning ijrosini tergov yoki surishtiruv organiga topshirishga haqli.
Diplomatik vakolatxonalarning binolaridagi va diplomatik vakillarga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi kerak”;
28) quyidagi mazmundagi 2901 va 2902-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“2901-modda. Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo‘lmagan yoxud mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va (yoki) qonuniy vakil ishtirok etadi.
Sud majlisining o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual harakatni o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
2902-modda. Sud ajrimi
Sudya mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Xatlash to‘g‘risidagi ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo‘yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Sudyaning mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, qonuniy vakilga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.
Mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli bo‘lgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi.
Sudyaning mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi ustidan mol-mulk xatlangan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, qonuniy vakil, himoyachi tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turmaydi.
Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va mol-mulkni xatlashga rozilik berishga yoki mol-mulkni xatlashni rad etishga haqli.
Mol-mulkni xatlash rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga mol-mulkni xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi”;
29) 382-modda uchinchi qismi:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tintuv o‘tkazish haqida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”;
o‘ninchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n birinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n beshinchi xatboshisidagi “tintuv o‘tkazishga, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishga hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olishga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
30) 389-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qo‘llash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir”;
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
31) 423-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi, tintuv o‘tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar to‘g‘risidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o‘zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 245-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi”;
2) 317-modda birinchi qismining 1-bandidagi “jinoyat ishlari bo‘yicha sud sudyasining” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sud tergov sudyasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 319-moddaning uchinchi qismidagi “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar) 4079-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “ko‘rilmagan” degan so‘z “ko‘rilgan” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda; 2024-yil, № 9, 117-modda, № 8, 823-modda, № 9, 964-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 39-moddaning ikkinchi qismi “rais, sudyalar” degan so‘zlardan keyin “tergov sudyalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 40-moddaning ikkinchi qismi “pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi” degan so‘zlardan keyin “tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-yanvar,
O‘RQ-1022-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son)