O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruviNING
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN JISMONIY ShAXSLAR — REZIDENTLARGA NAQD XORIJIY VALYUTANI MAMLAKAT HUDUDIDAN TAShQARIGA OLIB ChIQIShGA RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNING YANGI TAHRIRINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDAGI” QARORGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-sentabrda 1253-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2678, 03.06.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” Qonunining 7-bandi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” Qonunining 40-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 353-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000-yil 3-iyuldagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani mamlakat hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomning yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risidagi” Boshqaruv qarori (2003-yil 3-iyuldagi ro‘yxat raqami 1253)ga o‘zgartirishlar ilovaga* muvofiq kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-avgust,
20/1-son
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son)