05.12.2024 yildagi KQ-10-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, yoshlarning salohiyati, isteʼdodi va tashabbuslarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-sonli Farmonining 12-bandiga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumani (shahri)da sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarida sinov tarzida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan tuman (shahar)lar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mening maktabim” loyihasining joriy yilgi mavsumi dekabr oyida oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom doimiy nizom tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab barcha umumtaʼlim maktablarida “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining 2025-yil uchun xarajatlar smetasida bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mablagʻ “Mening maktabim” loyihasi doirasida 5 — 11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“eMaktab” platformasida maktab oʻquvchilarining maʼlumotlari (shu jumladan, oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari) toʻgʻri shakllantirilishi hamda doimiy yangilab borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn kun muddatda “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilishini taʼminlovchi maxsus boʻlimni ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Mening maktabim” loyihasi sifatli oʻtkazilishi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-10-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi KQ-10-V-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — nizom) “Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish, shuningdek, “Ochiq budjet” portali orqali davlat umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining fikri asosida loyihalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasi — “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) maktab oʻquvchilari fikri asosida loyihalarni shakllantirish, ularni saralash, ovoz berish yoʻli orqali gʻolib loyihalarni aniqlash hamda ularni budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish va amalga oshirishni oʻz ichiga olgan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab oʻquvchilari fikri asosida shakllangan loyiha taklifi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 5 — 11-sinf oʻquvchilari tomonidan oʻzlari taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabini jihozlash (elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlar sotib olish) yoki qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga doir tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib loyiha — ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra toʻplangan ovozlar soni asosida Portal tomonidan avtomatik tarzda tanlab olingan loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) — tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari qoshida har bir maktab uchun alohida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida tashkil etiladigan hamda gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻlgan (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) jamgʻarma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi” boʻlimi — Portalning gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishning barcha bosqichlarini onlayn kuzatib borish imkoniyatini beruvchi maxsus boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kalit soʻz” — har bir oʻquvchi uchun Portaldan foydalanish imkoniyatini beruvchi parol vazifasini bajaruvchi maxsus soʻz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasini tashkil etish, oʻtkazish hamda tartibga solish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakolatli organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalarni saralab olish tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari qoʻshma buyrugʻi bilan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladigan Loyihalarni saralab olish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mening maktabim” loyihasida maktabning 5 — 11-sinf oʻquvchilari ishtirok eta oladilar. Bunda oʻquvchilar faqat oʻzlari taʼlim olayotgan maktab uchun loyiha kiritish yoki ovoz berish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Mening maktabim” loyihasini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mening maktabim” loyihasi jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tegishli tuman (shahar) budjetida “Mening maktabim” loyihasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida belgilangan tartibda mahalliy darajada ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xarajatlar smetasida nazarda tutiladi hamda jarayonlar boshlanishidan kamida bir oy avval har bir maktab uchun ochilgan Jamgʻarmalarga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlari faqat “Mening maktabim” loyihasi doirasida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi. Mazkur mablagʻlarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gʻolib loyiha mazmunida nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng ushbu loyiha uchun ochilgan hisobraqamdagi qoldiq mablagʻlar iqtisod qilingan mablagʻ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ular kelgusi yil oʻtkaziladigan “Mening maktabim” loyihasi jarayoniga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maktab oʻquvchilari fikri asosida loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Mening maktabim” loyihasi har yili oktabr-noyabr oylarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda vakolatli organlar keng jamoatchilikni xabardor qilgan holda “Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish muddatlariga aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Mening maktabim” loyihasi jarayonlari Portal (openbudget.uz) orqali oʻtkaziladi. Bunda Portalning veb sahifasi va mobil ilovasi teng kuchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻquvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Portalning imkoniyatlari “web3” texnologiyasi orqali Ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organlar “Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish jarayoni boshlanishidan kamida yigirma kun avval rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalari orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablar uchun loyihalardan namunalarni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Mening maktabim” loyihasi quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinf rahbarlarini loyihaga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar tomonidan loyihalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya tomonidan loyihalarni saralab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib loyihalarni aniqlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugallangan loyihalarni jamoatchilik nazorati asosida foydalanishga qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har yili “Mening maktabim” loyihasi oʻtkazilishidan avval vakolatli organlar tomonidan loyihalar namunasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar namunasi maktablarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan turli yoʻnalishlardagi loyihalardan tashkil topib, oʻquvchilar uchun sodda va tushunarli hamda tayyor koʻrinishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har yili joriy narxlardan kelib chiqib loyihalarning amalga oshirish qiymatiga vakolatli organlar tomonidan aniqlik kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sinf rahbarlari oʻzining sinf soatlarida oʻquvchilarga “Mening maktabim” loyihasining mazmun-mohiyatini hamda ishtirok etish shartlari va qoidalarini tushuntiradi. Shuningdek, oʻquvchilarga loyihalarni Portalga kiritishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyihalarni shakllantirish uchun oʻquvchilar oʻrtasida turli xil qiziqarli tadbirlar tashkil etgan holda ularni guruh boʻlib ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har yili oʻtkaziladigan jarayonda har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan maktabi uchun faqat bitta loyiha ilgari surish imkoniga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquvchilar loyihalarini sinf rahbarlari koʻmagida oʻzining telefon, planshet qurilmalari yoki maktabdagi mavjud kompyuter va noutbuklardan foydalangan holda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida maktab rahbariyati tomonidan loyihalarni shakllantirish va Portalga kiritish uchun internet aloqasi mavjud kompyuterlar bilan jihozlangan informatika xonasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻquvchilar loyihalarni Portaldagi “Mening maktabim” boʻlimi orqali kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish uchun har bir oʻquvchiga avtomatik tarzda Portalda “kalit soʻzlar” shakllantiriladi. Kalit soʻzlar oʻquvchilar ota-onalarining “e-maktab” portali orqali roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamlariga SMS xabar orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinf rahbarlari har bir oʻquvchiga oʻzining maxsus “kalit soʻz”larini maxfiy tutishi hamda uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi haqida tushintirish berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda oʻz loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan oʻziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud boʻlmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar mustaqil ravishda shakllantirilgan taqdirda oʻquvchi tomonidan loyihaning mazmuni, loyihadan erishiladigan natija hamda uning dastlabki qiymati koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi komissiya mustaqil shakllantirilgan barcha loyihalarni quyidagi mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymatining chegaraviy miqdordan ortib ketmaganligi hamda uning toʻgʻri baholanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan tovar yoki jihozlar faqat ushbu maktab ehtiyoji uchun foydalanilishi nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabni saqlash xarajatlari bilan bogʻliq boʻlmasligi (kommunal xarajatlar, telefon va internet oylik toʻlovlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilar yoki maktab maʼmuriyatining shaxsiy ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi tovar va jihozlarni xarid qilish nazarda tutilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar orasida oʻzaro konflikt keltirib chiqarmasligi (faqat bir guruh oʻquvchilar foydalanishi uchun moʻljallanmaganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi yoki oʻqituvchilarning hayoti va sogʻligʻiga (xavfsizligiga) salbiy taʼsir koʻrsatmasligi (turli atraksionlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitar normalarga zid boʻlmasligi yoki tabiatga va ekologiyaga ziyon keltirmasligi (ichimlik suvini isrof etmasligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilardan juda koʻp vaqtini samarasiz oʻtkazishiga olib kelmasligi, ularning taʼlim olish jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi (masalan Playstation yoki boshqa oʻyin avtomatlarini xarid qilish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyihalarni saralash bosqichida Ishchi komissiya loyihani qabul qilish yoki rad etish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiyaning qarori asosida tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tegishli loyihalarni rad etadi yoki keyingi bosqichga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Rad etilgan loyihalarning rad etish sabablari asoslantirilishi majburiy boʻlib, Portalda batafsil qayd etiladi. Ishchi komissiya tomonidan loyihalarni asossiz ravishda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha quyidagi sabablarga koʻra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun yer maydonlari talab etilganda biroq maktab hududida boʻsh yer maydoni mavjud boʻlmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ushbu Nizomning 22-bandida keltirilgan mezonlarga mos boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning boshqa maktabda amalga oshirilishi nazarda tutilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish qiymati Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻdan ortiqni tashkil etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ushbu bandda keltirilgan sabablardan tashqari boshqa sabablarga koʻra rad etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyihalarni saralash bosqichi yakunlangandan soʻng loyihalarga ovoz berish bosqichi oʻtkaziladi. Ovoz berish bosqichi Portal orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish bosqichida oʻquvchilar faqat oʻzi taʼlim olayotgan maktabdagi bitta loyiha uchun ovoz berish imkoniga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilar oʻzlarining telefon, kompyuter, planshet qurilmalari yoki informatika xonasidagi kompyuter texnikasi orqali oʻzlariga tegishli “kalit soʻz” dan foydalangan holda oʻzlari tanlagan loyihaga ovoz berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyiha gʻolib deb topilishi uchun kamida 10 ta ovoz toʻplashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir maktab boʻyicha loyihalar toʻplangan ovoz soniga qarab yuqoridan pastga saralanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻp ovoz toʻplagan bir yoki bir nechta loyiha Jamgʻarmadagi mavjud mablagʻ doirasida Portal tomonidan avtomatik tarzda gʻolib deb topiladi. Bunda, toʻplagan ovoz soni teng loyihalardan ovoz soni boʻyicha birinchi boʻlib yuqori koʻrsatkichni qayd etgan loyiha avtomatik tarzda tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Barcha maktablar boʻyicha gʻolib loyihalar bir vaqtning oʻzida Portal orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Gʻoliblar aniqlangandan soʻng Jamgʻarmada shakllangan qoldiq mablagʻlar gʻolib deb topilgan loyihalarning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritilishi munosabati bilan qoʻshimcha talab etiladigan farqni qoplashga yoki keyingi yil oʻtkaziladigan “Mening maktabim” loyihasi jarayonlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib loyihalarning qiymatiga aniqlik kiritilib, qoʻshimcha mablagʻga talab yuzaga kelganda Jamgʻarma mablagʻlari doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining tegishli buyrugʻi asosida mablagʻlar qayta taqsimlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan gʻolib loyihalarni moliyalashtirish tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Gʻolib loyihalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kunida mazkur loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining buyrugʻi qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmatlari oʻn besh ish kunida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha loyihachi korxonalarni aniqlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xarid qilingan (oʻrnatilgan) tovar-moddiy qiymatliklar belgilangan tartibda tovar va xizmatlar yetkazib berilgan kundan boshlab uch ish kunida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining markazlashgan buxgalteriyasi tomonidan balansga kirim qilinadi hamda buxgalteriya hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarni saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xarid qilingan (oʻrnatilgan) jihozlar yoki taʼmirlangan obyektlar samarali foydalanish va saqlanishi boʻyicha javobgarlik tegishli maktabning xoʻjalik boʻyicha masʼul xodimi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Hisobdorlik va ochiqlikni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari gʻolib deb topilgan loyihalar roʻyxatini rasmiy veb-sayt hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun tegishli tuman (shahar) hokimliklariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklari oʻn ish kunida rasmiy veb-saytlari hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari oʻquvchilar uchun ochiqligini va ular tomonidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida Portalda “loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi” boʻlimi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha uchun ajratilgan mablagʻ miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash uchun oʻtkazilgan tanlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan shartnomalar hamda amalga oshirilgan toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari har yili yanvar oyida oʻtgan yilda oʻtkazilgan “Mening maktabim” loyihasi moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari har yili 10-fevralga qadar ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ochiq budjet” axborot portalida maktab oʻquvchilarining budjet jarayoniga jalb etilishi hamda “Mening maktabim” loyihasi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan maktablar reytingini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishi va javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Portalda gʻolib deb topilgan loyihalar ijrosining barcha bosqichlarini oʻquvchilar va ota-onalar tomonidan kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real-vaqt koʻrinishida baholab borish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Jamoatchilik nazorati doirasida loyihalar ijrosi jarayonida kamchiliklar kuzatilganda oʻquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan shikoyat tarzida Portal orqali “Favqulodda xabar” qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Loyihalar amalga oshirilgandan soʻng loyiha mualliflari va ularning ota-onalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Portalda “Jamoatchilik nazorati” boʻlimi orqali quyidagicha baholanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar loyiha oʻz vaqtida va sifatli bajarilsa — “yashil”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha muddatidan kechiktirilayotgan yoki sifati qoniqarli holatda boʻlsa — “sariq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hali boshlanmagan yoki sifati qoniqarsiz boʻlsa — “qizil”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qizil” toifaga kiritilgan loyihalar boʻyicha tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jamgʻarma mablagʻlarining ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligi hamda mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari hamda bosh hisobchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ichki audit xizmatlari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Loyihalarni shakllantirish va tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq yuzaga kelgan nizolar vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

“MENING MAKTABIM” LOYIHASINI OʻTKAZISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

1. Har bir maktab uchun ochilgan “Mening maktabim jamgʻarmasi”ga xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlarni yoʻnaltiradi.

Jarayon boshlanishidan kamida bir oy avval

2-bosqich

Vakolatli organlar

maktablarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar roʻyxatidan tashkil topgan loyihalar namunalarini shakllantiradi va “Ochiq budjet” portaliga kiritadi

Jarayonni oʻtkazish muddatlari, mablagʻlar miqdori hamda maktablar uchun loyihalar namunalarini keng jamoatchilikka eʼlon qiladi.

Jarayon boshlanishidan kamida bir oy avval

3-bosqich

Sinf rahbarlar

Maktablarda sinf soatlarida oʻquvchilarga loyiha kiritish boʻyicha “master klass” darslar oʻtib beradi.

Oktabr-noyabr oylarida

Oʻquvchilar

Oʻquvchilar sinf rahbari koʻmagida oʻz loyihalarini portalga kiritadi.

4-bosqich

Ishchi komissiya

Mustaqil ravishda shakllantirilgan loyihalarning mezonlarga muvofiqligi boʻyicha oʻrganib chiqadi hamda loyihalarni rad etadi yoki qabul qiladi.

Loyiha kiritish bosqichi yakunlangan sanadan eʼtiboran uch kun davomida

5-bosqich

Oʻquvchilar

Oʻquvchilar oʻrtasida ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi. Bunda, oʻquvchilar oʻzlariga tegishli boʻlgan kalit soʻzlaridan foydalanadi.

Saralash bosqichi yakunlangan sanadan boshlab uch kun davomida

6-bosqich

Portal tomonidan

1. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, har bir hududda eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar avtomatik tarzda gʻolib deb topiladi

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra

tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

2. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.

Ovoz berish jarayoni yakunlangan sanadan eʼtiboran uch kun muddatda

7-bosqich

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari

tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha loyihachi va pudratchi korxonalarni aniqlash choralarini koʻradi.

Moliyalashtirish boʻyicha buyruq tasdiqlangandan soʻng oʻn besh ish kunida

8-bosqich

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari

Xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarni belgilangan tartibda balansga kirim qiladi hamda buxgalteriya hisobotida aks ettiradi.

tovar va xizmatlar yetkazib berilgan kundan boshlab uch kun muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni saralab olish boʻyicha ishchi komissiyaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi ishchi komissiya rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbari oʻrinbosari

Aʼzolar:

3.

Lavozimiga koʻra

Maktab direktori (tegishliligi boʻyicha)

4.

Lavozimiga koʻra

Maktabning informatika oʻqituvchisi

5.

Lavozimiga koʻra

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari (kamida uch nafar)

6.

Lavozimiga koʻra

Maktabning xoʻjalik ishlari boʻyicha masʼul xodimi

7.

Ota-onalar (kamida uch nafar)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi KQ-10-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarida sinov tarzida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati

Hudud nomi

Tumanlar nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

2.

Andijon viloyati

Boʻston tumani

3.

Buxoro viloyati

Vobkent tumani

4.

Jizzax viloyati

Arnasoy tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Dehqonobod tumani

6.

Navoiy viloyati

Tomdi tumani

7.

Namangan viloyati

Mingbuloq tumani

8.

Samarqand viloyati

Qoʻshrabot tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Bandixon tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

11.

Toshkent viloyati

Boʻka tumani

12.

Fargʻona viloyati

Soʻx tumani

13.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

14.

Toshkent shahar

Shayxontohur tumani