06.12.2024 yildagi 816-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarni xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga muvofiq sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarni xabardor qilish va ularning asoslangan soʻrovlariga javob berish tartib-taomillarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) markaziy apparatida 3 ta shtat birligidan iborat Sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha axborot markazi (keyingi oʻrinlarda — Axborot markazi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo davlatlarni xabardor qilish va ularning asoslangan soʻrovlariga javob berish tartib-taomillarini joriy etish maqsadida Qoʻmitaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, normativlar, qoidalar (keyingi oʻrinlarda — SFS choralari) toʻgʻrisida JSTga aʼzo davlatlar muntazam xabardor qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan JSTga aʼzo davlatlar uchun umumiy boʻlgan tilda ishlab chiqilgan yoki oʻzgartirish kiritilgan SFS choralariga oid loyihalarni JSTga aʼzo davlatlarga ular boʻyicha sharhlar yoki taklif va eʼtirozlarni olish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSTga aʼzo davlatlar tomonidan berilgan sharhlar yoki taklif va eʼtirozlar asosida SFS choralariga oid loyihalarni qayta koʻrib chiqish uchun tashabbuskor vakolatli davlat organlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSTga aʼzo davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarning asoslangan soʻrovlariga javob berishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot markazi Qoʻmitaga yuklanayotgan qoʻshimcha vazifalar boʻyicha ishlarni tashkil etishga masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Axborot markazi toʻgʻrisidagi nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyani JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha SFS choralarini Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatini bir yilda kamida ikki marta yigʻilishlar shaklida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlariga materiallarni tayyorlash va qarorlar qabul qilish, Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha uning aʼzolari tomonidan takliflar yoki fikrlarni Komissiyaga taqdim etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
816-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 816-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kodeks Alimentarius milliy komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo boʻlishi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, normativlar, qoidalarni (keyingi oʻrinlarda — SFS choralari) Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyaning tarkibi Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius Komissiyasiga kelgusida yuborish maqsadida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish maqsadida Komissiya aʼzolari va sohaga oid ishchi guruhlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius Komissiyasi hujjatlarining loyihalari boʻyicha sharhlar va takliflarni tayyorlash hamda Kodeks Alimentarius Komissiyasi yoki uning yordamchi organlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius Komissiyasi yoki uning yordamchi organlariga oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi sohasida standartlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, tayyorlash jarayonlarida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, veterinariya-sanitariya standartlari, qoida va normalarini ishlab chiqishga ilmiy va uslubiy yondashuvlarni birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasidagi standartlar, qoidalar va normalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius Komissiyasi bilan maslahatlar va muzokaralarni tashkil etadi va oʻtkazadi, shu jumladan, maslahatlar va muzokaralarning kun tartibi, muddatlari va oʻtkazish joyi, maslahatlar va muzokaralarda qatnashuvchilar roʻyxati va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeks Alimentarius Komissiyasi bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi va sohaga oid ishchi guruhlarning ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning masʼul vazirlik va idoralari vakillaridan iborat tarkibda sohaga oid ishchi guruhlarning tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, hujjatlarni, maʼlumot va materiallarni davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalaridan belgilangan tartibda soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibini oʻzgartirish yuzasidan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etish uchun xalqaro ekspertlarni, vazirliklar va idoralarning vakillarini, shuningdek, Komissiya tarkibiga kirmaydigan boshqa shaxslarni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish va qarorlarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya oʻz faoliyatini yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi, komissiyaning yigʻilishlari bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaning yigʻilishlari komissiya raisining qarori, rais boʻlmagan hollarda oʻrinbosarlaridan birining qarori asosida, shuningdek, komissiya raisi bilan kelishilgan holda komissiya aʼzolarining tashabbusi bilan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlariga materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha axborot markazi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ish rejasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqiradi, majlislarda koʻrib chiqilayotgan masalalar tayyorlanishini va qabul qilingan qarorlar ijrosini tashkil etadi, shuningdek, har chorakda tomonlarni ularning ijrosi boʻyicha xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar hamkorligiga va Komissiya qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ular oʻrtasida kelishuvga erishilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishida ishtirok etish uchun ularning tarkibiga kirmaydigan mansabdor shaxslar va boshqa shaxslarni taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi bilan kelishish uchun yigʻilishlarni oʻtkazish muddatlari, joyi va kun tartibi boʻyicha takliflarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarini navbatdagi yigʻilishning muddati, oʻtkazish joyi va kun tartibi boʻyicha xabardor qiladi, ularni zarur materiallar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning bayonnomalarini yuritadi, yigʻilish oʻtkazilishini va ish yuritishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarini komissiya aʼzolariga tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlarining ijrosi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining komissiya faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning kun tartibi masalalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishida ishtirok etadi va qarorlar qabul qilishda ovoz beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlarini ijro etish natijalari boʻyicha Komissiyaga hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishining kun tartibi va masalalarni muhokama qilish tartibi boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning yigʻilishlariga materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning oʻz vaqtida va samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya aʼzolari yigʻilishlarda shaxsan ishtirok etadilar. Komissiya aʼzolari asossiz sabablarga koʻra uch martadan ortiq yigʻilishlarda ishtirok etmagan hollarda, Komissiya Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga uning aʼzolarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya yigʻilishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda, qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Komissiyaning har bir aʼzosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari uning barcha aʼzolari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiyaning yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar yigʻilish bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror norozi boʻlgan Komissiya aʼzolari (aʼzosi) tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida oʻz takliflari yoki fikrlarini yozma ravishda Komissiyaga taqdim etishlari mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2024-y., 09/24/816/1012-son)