05.12.2024 yildagi 813-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda ichki ishlar organlari tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida javobgarlik muqarrarligini taʼminlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, jazo ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmini oʻrnatish uchun yangi texnologiyalarni qoʻllash talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanilgan shaxslarni masofadan turib nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish orqali javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash va jazo ijrosi ustidan samarali nazoratni oʻrnatish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, uy qamogʻi ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qoʻllanilgan shaxslarni masofadan turib nazorat qilish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 22-bandiga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasi tuzilmasida yagona elektron monitoring markazi tashkil etilib, masofadan turib nazorat qilish uchun zamonaviy texnik vositalar va server qurilmalari bilan jihozlanganligi, axborot texnologiyalari boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar bilan jamlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilganligi, loyiha natijasida elektron braslet yaratilganligi, uning dasturiy taʼminoti ishlab chiqilganligi hamda respublikaning 14 ta hududida (ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya xizmatlarida) sinovdan oʻtkazilib, amaliyotga joriy etishga tayyor holatga keltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida boʻlishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet taqilishi belgilangan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzish uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish tartiblari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2025-yil 1-yanvardan boshlab uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan hamda ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida boʻlishini real vaqt rejimida masofadan turib nazorat qilish tartibi amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
813-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-dekabrdagi 813-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida boʻlishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida boʻlishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi xodimlar — tuman (shahar) ichki ishlar organi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boʻlinmasi xodimlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori va mahalla huquq-tartibot maskani (tayanch punkti) profilaktika inspektorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot — elektron braslet va uning dasturiy taʼminoti shaklidagi ilmiy faoliyat natijalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tijoratlashtirgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet — uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsning harakatlanishini real vaqt rejimida avtomatik tarzda xabar yuborish orqali masofadan turib nazorat qilishga moʻljallangan, oyoqqa yoki qoʻlga taqiladigan elektron qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektron monitoring markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasining yagona elektron monitoring markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron braslet” axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasining mustaqil axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektron brasletni qoʻllashda rioya qilinadigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron braslet uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs oyogʻining boldir qismiga taqiladi. Shaxs oyogʻining boldir qismiga elektron brasletni taqish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda (suyak sinishi, boshqa jarohatlar bilan tibbiy muolaja koʻrsatilgan va boshqalar) qoʻl qismiga taqilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ayol jinsidagi shaxsga elektron braslet u bilan bir jinsdagi xodim (ichki ishlar organi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori) tomonidan taqiladi hamda yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga nosoz yoki elektr quvvati toʻliq boʻlmagan elektron brasletni taqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan quyidagi shaxslarga elektron braslet qoʻllash mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy koʻrsatmaga koʻra elektron brasletni taqish tavsiya etilmaydigan shaxslar (implant qilingan kardiostimulyator oʻrnatilgan shaxslar, yuqumli teri kasalligi (allergo kontakt dermatit, teri zamburugʻi yoki qichima kasalligi) boʻlgan shaxslar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudning uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi nusxasi “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” axborot tizimi orqali “Elektron braslet” axborot tizimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi nusxasi kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻining yozma topshirigʻi asosida “Elektron braslet” axborot tizimida ijrochi xodimlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni oʻtash tartibi talablarini bajarmayotgan yoki jazoni oʻtash davrida jamoat tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) ichki ishlar organi probatsiya boʻlinmasi boshligʻining qarori asosida elektron braslet qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) ichki ishlar organi probatsiya boʻlinmasi boshligʻining ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish toʻgʻrisidagi qarori “Elektron braslet” axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida “Elektron braslet” axborot tizimida ijrochi xodimlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, tugʻilgan yili, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), elektron braslet taqilgan vaqt, elektron brasletning individual raqami, ijrochi xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami “Elektron braslet” axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga ijrochi xodimlar tomonidan ushbu Nizomda belgilangan huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi hamda bu haqida undan tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yagona elektron monitoring markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga elektron braslet taqilganligi haqidagi maʼlumotlar “Elektron braslet” axborot tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida elektron brasletni faollashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarga taqilgan elektron brasletlarning texnik sozligini (faol holatda turganligini) “Elektron braslet” axborot tizimidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilib borish orqali masofadan turib nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga taqilgan elektron brasletning elektr quvvati tugaganligi, ushbu shaxs elektron brasletni yechganligi yoki elektron brasletning texnik topshirigʻida belgilangan radius oraligʻidan tashqariga chiqqanligi haqidagi onlayn xabar kelib tushganda, darhol ijrochi xodimlarni bu haqida xabardor etadi va ushbu xabarni “Elektron braslet” axborot tizimida qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron brasletlar bilan taʼminlash va ularni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlarini zarur miqdordagi elektron brasletlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlarida saqlanayotgan nosoz holatdagi elektron brasletlarni soz holatdagi elektron brasletlarga almashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi xodimlarning elektron brasletni qoʻllash va uning dasturiy taʼminotini ishlatish koʻnikmasini mustahkamlash boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletlarning dasturiy taʼminotida yuzaga keladigan texnik nosozliklarni bartaraf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletlar va ularning dasturiy taʼminotini tizimli ravishda takomillashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi xizmat koʻrsatuvchi tashkilot (ijrochi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati va Probatsiya boshqarmasi (buyurtmachilar) oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomada belgilangan haq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Probatsiya boshqarmasining probatsiya xizmatini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish boʻyicha texnik topshiriq shaxsga oid maʼlumotlarni himoya qilish, axborot xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar aks ettirilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Probatsiya boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elektron brasletlar ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlaridagi maxsus vositalarni saqlash xonalarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletlarni maxsus vositalarni saqlash xonasida saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) ichki ishlar organi navbatchilik qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan elektron brasletlarni qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletlarni tuman (shahar) ichki ishlar organining maxsus vositalarni saqlash xonasida belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletlarning harakatini (ijrochi xodimlarga topshirish va ulardan qabul qilib olishni) “Elektron braslet” axborot tizimida yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Elektron braslet” axborot tizimining elektron brasletlar harakatini qayd etish boʻlimida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet berilgan ijrochi xodim familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan elektron brasletning individual raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet berilgan hamda qabul qilib olingan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletning topshirish vaqtidagi holati (soz yoki nosozligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletni qabul qilib olgan va topshirgan ijrochi xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron brasletlarning texnik sozligi, elektr quvvatining toʻliqligi tuman (shahar) ichki ishlar organi navbatchilik qismi masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Ijrochi xodimlarga nosoz yoki elektr quvvati toʻliq boʻlmagan elektron brasletlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektron brasletni qabul qilib olgan ijrochi xodim elektron brasletning sozligini va elektr quvvati toʻlaligini, “GPS” signali ishlayotganligini hamda maxsus tasmasi butligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletda nosozliklar aniqlanganda nosoz elektron braslet topshirilib, soz elektron brasletga almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron brasletdan foydalanishdan oldin ijrochi xodim tomonidan uning maxsus tasmasiga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Elektron brasletdan foydalanish yakunlangandan soʻng ijrochi xodim tomonidan maxsus tasmaga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov berilgan holda, elektron brasletlar tegishlicha tuman (shahar) ichki ishlar organi navbatchilik qismiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Topshirilayotgan elektron brasletlar tuman (shahar) ichki ishlar organi navbatchilik qismi masʼul xodimlari tomonidan tashqi koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng “Elektron braslet” axborot tizimida qayd etish yoʻli bilan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron brasletlarni qoʻllashda ijrochi xodimlarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Elektron brasletlarni qoʻllashda ijrochi xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsdan zudlik bilan tuman (shahar) ichki ishlar organi maʼmuriy binosiga yetib kelishini soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga ushbu Nizomda belgilangan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish, bu haqida undan tilxat olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga elektron brasletni tuman (shahar) ichki ishlar organi maʼmuriy binosida taqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsning yozma murojaati asosida elektron brasletni jarohat mavjud boʻlgan oyoqdan yechib, sogʻ oyoqqa yoki qoʻlga taqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga tibbiy koʻrsatma asosida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish yoki tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish davomida undan elektron brasletni vaqtincha yechib olish va tibbiy yordam koʻrsatilganidan (tibbiy tekshiruv oʻtkazilganidan) keyin ushbu shaxsga elektron brasletni taqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Elektron brasletlarni qoʻllashda ijrochi xodimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga elektron brasletni taqishdan oldin uning sozligini, elektr quvvati toʻlaligini va maxsus tasmasi butligini tekshirishi, elektron brasletning maxsus tasmasiga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga taqilgan elektron brasletda nosozliklar aniqlanganda (elektron braslet taqilgan shaxs uni nosoz holatga keltirganda), zudlik bilan nosoz elektron brasletni soz elektron brasletga almashtirishi va bu haqda tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻiga yozma axborot berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasini ijro etish muddati yakunlanganda yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs probatsiya hisobidan chiqarilayotgan vaqtda yoxud jazoni oʻtash tartibiga rioya etgan va jamoat tartibini buzishga yoʻl qoʻymagan taqdirda, elektron braslet qoʻllanilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach, ushbu shaxsdan tuman (shahar) ichki ishlar organi maʼmuriy binosida elektron brasletni yechib olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yechib olingan elektron brasletni uning maxsus tasmasiga dezinfeksiya vositalari (antiseptik, spirt) yordamida ishlov bergan holda, tuman (shahar) ichki ishlar organining maxsus vositalarni saqlash xonasiga topshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektron monitoring markazining elektron braslet onlayn signali ishga tushganligi haqidagi xabarini olgan vaqtdan boshlab darhol ushbu Nizomning 28 — 30-bandlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi xodimlarning zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Elektron braslet qoʻllaniladigan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektron braslet qoʻllaniladigan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron braslet qoʻllanilishidan oldin ushbu Nizomda belgilangan huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijrochi xodimlardan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletni jarohat mavjud boʻlgan oyoqdan yechib, sogʻ oyoqqa yoki qoʻlga taqish boʻyicha ijrochi xodimlarga yozma murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy koʻrsatma asosida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish yoki tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish davomida elektron brasletni vaqtincha yechib turishni soʻrash (tibbiy tekshiruvlar tugagunga qadar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletda nosozlik yuzaga kelganda, uni soz elektron brasletga almashtirish boʻyicha ijrochi xodimlarga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron braslet qoʻllaniladigan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron braslet qoʻllaniladigan shaxslar quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletni belgilangan vaqt ichida quvvatlab borish orqali uning elektr quvvati tugamasligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletni oʻzboshimchalik bilan yechmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletga zarar yetkazish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron braslet qoʻllaniladigan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzish uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar shaxsning uy qamogʻi ehtiyot chorasi yoki ozodlikni cheklash jazosini ijro etish joyida boʻlishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzish deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs oʻziga elektron braslet taqilishini rad etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs elektron brasletni belgilangan vaqt ichida quvvatlab bormaganligi (elektr quvvati tugaganligi) sababli yagona elektron monitoring markazi tomonidan elektron braslet onlayn signali ishga tushganligi haqida xabar berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs elektron brasletni oʻzboshimchalik bilan yechsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs ijrochi xodimlarning yozma ruxsatisiz elektron brasletning texnik topshirigʻida belgilangan radius oraligʻidan tashqariga chiqsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs elektron brasletga zarar yetkazish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom 27-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan holatlardan biri sodir etilganda, ijrochi xodimlar tomonidan shaxsning uy qamogʻi ehtiyot chorasi yoki ozodlikni cheklash jazosini ijro etish joyida boʻlishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi (dalolatnoma ijrochi xodimlar va xolislar tomonidan imzolanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs ushbu Nizom 27-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan holatlardan birini birinchi marotaba sodir etganda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish tarzidagi profilaktika chorasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs oʻziga rasmiy ogohlantirish tarzidagi profilaktika chorasi qoʻllanilganidan keyin ushbu Nizom 27-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan holatlardan birini takroran sodir etsa, ijrochi xodimlar tomonidan ushbu shaxs oʻtayotgan ehtiyot chorasini boshqa ehtiyot chorasiga almashtirish haqida tegishli tergov organiga (sudga) taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs ushbu Nizom 27-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan holatlardan birini birinchi marotaba sodir etganda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs oʻziga ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin ushbu Nizom 27-bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida belgilangan holatlardan birini takroran sodir etsa, ijrochi xodimlar tomonidan ushbu shaxs oʻtayotgan jazoni boshqa jazoga almashtirish haqida tegishli sudga taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yoʻqotilganda moddiy zararni undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Elektron brasletning korpusida shikastlanish yoki nosozlik aniqlanganda yoki elektron braslet yoʻqotilganda, ijrochi xodimlar zudlik bilan tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻiga bu haqda yozma axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻining yozma topshirigʻi asosida elektron brasletning shikastlanganligi, nosoz holatga kelganligi yoki yoʻqotilganligi sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish boʻyicha tekshiruv oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv natijasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi xodimlar tomonidan elektron brasletga shikast yetkazilganligi yoki yoʻqotilganligi holati aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron brasletga uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs qasddan shikast yetkazganligi aniqlangan hollarda, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazilgan moddiy zararning miqdori tekshiruv xulosasida belgilanadi. Tekshiruv xulosasi ijrochi xodimlar va uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga tilxat olish yoʻli bilan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs moddiy zararning oʻrnini bir oy muddat ichida qoplamasa, ushbu zarar sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs ehtiyot chorasi yoki jazoni ijro etish joyini tark etib, qochgan hollarda tuman (shahar) ichki ishlar organi xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda uni ushlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/813/1006-son)