30.11.2024 yildagi 806-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoʻl harakati sohasini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari takomillashtirilib, yoʻllarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish, shuningdek, yoʻllarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash va mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlarini takomillashtirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarida qoʻllanilgan ayrim tushunchalarni Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlish talabini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini hamda aholi eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
806-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Yoʻl harakati ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunini, ushbu Qoidalarni va ularda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (ushbu Qoidalarga 1-ilova), yoʻl chiziqlarining (ushbu Qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Yoʻl harakati ishtirokchilari yoʻldagi boshqa harakat ishtirokchilarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi va xavf tugʻdirmasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yoʻl qoplamasini buzish, oʻzgartirish yoki unga zarar yetkazish, ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni, shuningdek, yoʻl harakatini tashkil etishning boshqa texnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi qurilma va narsalarni qoldirish, tegishli ruxsatsiz yoʻlning qatnov qismiga toʻsiqlar oʻrnatish yoki ularni toʻsib qoʻyish, “sunʼiy notekislik” qurilmalarini oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanishga toʻsqinlikni yuzaga keltiradigan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agar buning iloji boʻlmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida yoʻl harakati ishtirokchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi oʻrinlarda — IIO) xabar berishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatini yuzaga keltirish — yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomagistral — 5.1. yoʻl belgisi bilan belgilangan, har bir yoʻnalishning qatnov qismlari ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan (u boʻlmaganda, yoʻl toʻsiqlari bilan) hamda boshqa yoʻllar, tramvay va temir yoʻllar, piyoda va velosiped yoʻlkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yoʻl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili hamda tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arava — otga (yoki boshqa hayvonlarga) qoʻshib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga moʻljallangan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punkti — kirish va chiqish yoʻllari 5.22 — 5.25 yoʻl belgilari bilan belgilangan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar guruhini tashkiliy tashish — yoʻnalishli transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkil etilgan tartibda tashilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosiped — kamida ikkita gʻildirakka ega boʻlgan va odatda minib olgan shaxs(lar)ning muskul kuchi bilan, xususan, tepkilar yoki dastaklar yordamida harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironligi boʻlgan shaxslar kajavasidan tashqari). Velosiped nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan, tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan dvigatelga ega boʻlishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosipedchi — velosipedni boshqaradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosiped yoʻlkasi — alohida yoʻl yoki konstruktiv jihatdan qatnov qismi va trotuardan ajratilgan yoʻlning tarkibiy qismi boʻlib, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
velosipedchilar uchun tasma — yoʻlning boshqa qismlaridan yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan, tegishli yoʻl belgilari bilan belgilangan yoʻl qismi boʻlib, faqat velosiped va individual harakatlanish vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gibrid avtomobil — ichki yonuv dvigateli va (yoki) tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motor yordamida harakatlanuvchi transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetarlicha koʻrinmaslik — yomgʻir, qor yogʻishi, tuman tushishi va shunga oʻxshash sharoitlarda, shuningdek, kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yondosh hudud — bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻxtab turish joylari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, korxona va shunga oʻxshashlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yondosh hududdan chiqayotgan transport vositalari barcha yoʻl harakati ishtirokchilariga yoʻl berishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyoz — moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual harakatlanish vositalari — dvigatel (dvigatellar) (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monogʻildirak va boshqa shunga oʻxshash vositalar) yordamida odamning individual harakatlanishi uchun moʻljallangan bir yoki bir nechta gʻildiraklari (roliklari) boʻlgan transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl — transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun jihozlangan, moslashtirilgan hamda transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan, yoʻl obyektlari majmuasini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yer uchastkalari ustidagi boʻshliq yoʻl.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga (bundan buyon matnda umumiy foydalanishdagi yoʻllar deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalariga, xoʻjalik yoʻllariga, shahar elektr transporti yoʻllariga, velosiped va piyodalar yoʻlkalariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylardan oʻtadigan va xoʻjaliklarni oʻzaro bogʻlaydigan yoʻllar xoʻjaliklararo qishloq yoʻllaridir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek, transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl berish (toʻsqinlik qilmaslik) — yoʻl harakati ishtirokchilariga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati ishtirokchisining harakat yoʻnalishi yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda, harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl yoqasi — yoʻlning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yoʻl chizigʻi yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, toʻxtash va toʻxtab turish uchun moʻljallangan boʻlagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati — yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati ishtirokchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakatini tashkil etish — yoʻllarda harakatni boshqarish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnika tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari — yoʻl harakatini tashkil etish uchun moʻljallangan qurilmalar va inshootlar (yoʻl belgilari, harakatlanish polosalari, svetoforlar, miltillovchi mayoqchalar, yoʻl chiziqlari, yoʻl ustunlari, toʻsiqlar, tezlikni cheklovchi qurilmalar, shlagbaumlar, xavfsizlik orolchalari, yoʻl harakatini avtomatik boshqarish tizimlari (vositalari), shuningdek, boshqa qurilmalar va inshootlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi — yoʻl harakati ishtirokchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrinishi cheklangan joylar — joylardagi past-balandliklar, burilishlar, oʻsimliklar, daraxtlar, qurilishlar, inshootlar yoki boshqa obyektlar, shu jumladan, transport vositalari tufayli harakatlanish yoʻnalishida yoʻl koʻrinishining cheklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy toʻxtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora boʻlib, qoidabuzarlik deb eʼtirof etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi. Bu atama barcha traktor va oʻzi yurar moslamalarga ham taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositasi. Xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa transport vositalari mopedlarga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mototsikl — dvigatelining ish hajmi 50 sm3 va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan, yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantiruvchi ishoralar — avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, harakat yoʻnalishini oʻzgartirishda, toʻxtatishda qoʻllaniladigan ishoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyoda — transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaxs. Nogironligi boʻlgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, elektromototsikl, skuter, individual harakatlanish vositalari, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻxshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyoda va velosiped yoʻlkasi — qatnov qismidan ajratilgan, velosipedchilar, individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarning va piyodalarning alohida-alohida yoki birgalikda harakatlanishi uchun moʻljallangan va 4.6.1 — 4.6.6 yoʻl belgilari oʻrnatilgan yoʻlning tarkibiy qismi yoxud alohida yoʻl;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalar yoʻlkasi — piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan alohida yoʻl yoki sunʼiy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq yoʻlda bir yoʻnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalar oʻtish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2, 5.48 yoʻl belgilari va 1.14.1 — 1.14.4 yoki 1.29.1 — 1.29.3 yoʻl chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yoʻlni kesib oʻtishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl chiziqlari boʻlmasa, piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yoʻl belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli toʻxtab turish joyi — toʻlov asosida foydalaniladigan toʻxtab turish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reversiv harakatlanish — qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakatlanish yoʻnalishining qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan toʻliq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va boshqalar) transport vositalarining ruxsat etilgan toʻliq vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʻliq vaznlari yigʻindisi kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
skuter — elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositasi. Xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa transport vositalari skuterlarga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutkaning qorongʻi vaqti — kechki gʻira-shiraning oxiridan tonggi gʻira-shiraning boshlanishigacha boʻlgan oraliqdagi vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga soluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan ishoralar yordamida yoʻl harakatini tartibga solish vakolatiga ega boʻlgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yoʻldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yoʻl kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qoʻl bogʻichi, jezl, qizil ishorali yorugʻlik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega boʻlishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (oʻzini oʻzi band qilgan shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl kesishmasi — yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositasi — tezkor vazifalarni bajarishga moʻljallangan, koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqcha bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Ushbu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish boʻlagida, yaqinni yorituvchi faralar chiroqlarini yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining toʻxtab turish joylari (bundan buyon matnda toʻxtab turish joyi deb yuritiladi) — transport vositalarini vaqtincha yoki doimiy saqlash uchun moʻljallangan, yoʻlning kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan uchastkasi, bino, inshoot (ularning bir qismi), maxsus ochiq maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻsiq — yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirbandlik tufayli yoki Qoidalar talabiga binoan ushbu tasmada toʻxtagan transport vositasi toʻsiq hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtab turish — transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foto va video qayd etish — yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar yordamida qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf — yoʻl harakati xavfsizligiga xavf soluvchi har qanday omil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuk — oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgan taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik orolchasi — harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini) ajratuvchi, konstruksiyasiga koʻra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan koʻtarilgan yoki harakatni tashkil etish texnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalar, talab qilingan holda toʻxtab oʻtishlari uchun moʻljallangan yoʻl qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa oraligʻidan oʻtkazilgan piyodalar oʻtish joyi ham xavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama harakatlanishli yoʻllarda qarama — qarshi yoʻnalishlarni ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini oʻng tomondan aylanib oʻtiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorraha — yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromobil — tashqi elektr manbaidan quvvatlanib, faqat elektr dvigateli bilan harakatlanadigan transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromototsikl — elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil hududlar — shaharlar va aholi punktlarining rekreatsion maqsaddagi hududlari, shuningdek, yashil ekinlar bilan qoplangan va tabiatni muhofaza qilish funksiyalarini bajaradigan hamda aholining dam olishi uchun foydalaniladigan ularga tutash hududlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzib ketish — transport vositasining bir yoʻnalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tizilish — dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismlari kesishmasi — yoʻllarning qatnov qismlari oʻzaro kesishib oʻtadigan va tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ot aravani boshqarayotgan hamda hayvonlarni minib harakatlanayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish uchun xavf — yoʻl harakati jarayonidan oʻsha yoʻnalishda va oʻsha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlishiga tahdid qiladigan omil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi vazni.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 11-bandning “g” kichik bandidagi, 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 28-bandning oltinchi xatboshisidagi, 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 40-banddagi, 46-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 53-banddagi, 63-bandning birinchi xatboshisidagi, 77-bandning uchinchi xatboshisidagi, 82-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 89-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 94-banddagi hamda 181-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “qatnashchilar” soʻzi tegishli kelishikdagi “ishtirokchilar” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 72-bandning birinchi xatboshisi “alohida harakatlanadigan yoʻlaklarda” soʻzlaridan keyin “, yashil hudud maydonlarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 126-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga yoʻl berishlari kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 174-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“174. Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini DYHXXda roʻyxatdan oʻtkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshidagi “yoʻllarni harakatlanishni tashkil etuvchi texnik vositalar” soʻzlari “yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻllarni, temir yoʻllar kesishmalarini, shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarini va yoʻllar boʻylab hamda yoʻl boʻyi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash loyihalarini yoʻl harakatini tashkil etishga oid qism boʻyicha”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 1-ilovasi 7.19-bandidagi “qatnashchilarining” soʻzi “ishtirokchilarining” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/806/1002-son)