21.11.2024 yildagi 777-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada issiqxona xoʻjaliklariga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ularning faoliyatini sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 26-sentabrdagi PQ-339-son qarori qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tomonidan 262 ta issiqxona xoʻjaligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va issiqxona xoʻjaliklari faoliyati toʻxtab qolish sabablari oʻrganib chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qarzdorliklari oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi oqibatida majburiy ijro ishlari doirasida issiqxona majmualari belgilangan tartibda tijorat banklariga oʻtkazilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh tomonidan 2016 — 2022-yillarda Xorazm viloyatida ishga tushirilgan 220 ta issiqxona xoʻjaligi faoliyatini sogʻlomlashtirish hamda tijorat banklari koʻmagida zudlik bilan koʻrilishi zarur boʻlgan choralar yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklarining ishchi guruh tavsiyalaridan kelib chiqib, dastlab Xorazm viloyatida, keyinchalik Xorazm viloyati tajribasi asosida respublikaning boshqa hududlarida issiqxona xoʻjaliklarini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faoliyati qayta tashkil etiladigan issiqxona xoʻjaliklarini boshqarish maqsadida tijorat banklari tomonidan investitsiya kompaniyalarini tashkil qilish. Bunda ayrim issiqxona majmualarini respublikaning boshqa hududlariga koʻchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklari tomonidan har bir issiqxona xoʻjaligiga individual yondashgan holda, quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona majmualarini salohiyatli investorlarga, shu jumladan, respublikaning boshqa hududlariga koʻchirib oʻtkazish orqali sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaligi tomonidan qoʻshimcha garov taʼminotini taqdim etish hisobiga issiqxona majmualarini taʼmirlash va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit resurslarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi kreditlarni ularning kredit siyosatlari doirasida milliy valyutada qayta rasmiylashtirishni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) issiqxona xoʻjaliklarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish maqsadida tijorat banklari tomonidan issiqxona xoʻjaliklari uchun yuqori malakali agronomlarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tijorat banklariga yuqori malakali agronomlarni jalb qilishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining issiqxona xoʻjaliklarini sogʻlomlashtirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiqxona xoʻjaliklari va ularga ajratilgan kreditlarni yangi mulkdorga qayta rasmiylashtirishda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ilgari berilgan kafillik va kompensatsiyalar boʻyicha shartnomalarni qayta tuzishga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyihalar uchun kompensatsiya yordamini koʻrsatish orqali ajratilgan kredit (lizing)lar boʻyicha loyihaning biznes rejasida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar realizatsiyasidan tushum kabi koʻrsatkichlar bajarilmagan hollarda, kompensatsiya toʻlovlari 2027-yil 1-yanvardan toʻxtatilishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) issiqxona xoʻjaliklariga xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar milliy valyutada qayta rasmiylashtirilganda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkadagi kreditlarga hududlar toifasidan kelib chiqqan holda, kompensatsiya taqdim etish hamda taqdim etilgan kafilliklarni saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) issiqxona xoʻjaliklariga avval ajratilgan kreditlarning muddatlari uzaytirilganda, ushbu kreditlar boʻyicha rasmiylashtirilgan mahalliy hokimliklar kafilliklari muddatlarini uzaytirishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish hisobiga undiruv qaratiladigan garovga qoʻyilgan mol-mulkni (issiqxona majmuasi va uskunasi), istisno tariqasida, bozor bahosida qayta baholab, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublikada issiqxona xoʻjaliklarini toʻliq quvvatda va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, mahsulotlar tannarxini pasaytirish, yuqori qiymatga ega mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish hamda ularni samarali sotish mexanizmini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Xorazm viloyati misolida respublikaning boshqa hududlaridagi issiqxona xoʻjaliklari joylashgan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoni ijrosi doirasida huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan, shu sabablarga koʻra yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan issiqxonalar joylashgan yer maydonlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida koʻrib chiqilishi va tegishli qarorlar qabul qilinishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklariga oʻtkaziladigan issiqxona majmualarining yer maydonlarini tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchi oʻrtasida yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga mutanosib ravishda tuzish masalasida tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda qaror qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda Xorazm viloyati tajribasi boʻyicha issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini oʻrganib chiqib, ularni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy sogʻlomlashtirish yuzasidan tezkor choralarni koʻrsin va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
777-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 777-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada issiqxona xoʻjaliklarini toʻliq quvvatda va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, mahsulotlar tannarxini pasaytirish, yuqori qiymatga ega mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish hamda ularni samarali sotish mexanizmini yaratish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini sogʻlomlashtirish maqsadida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

1. Faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaliklarda mavsumiy pul oqimlari qarzdorliklar foizini soʻndirish muddatlariga mutanosibligini qayta koʻrib chiqish.

2. Issiqxona xoʻjaliklarning kredit shartnomalaridagi toʻlov grafiklariga ularning mavsumiy pul oqimidan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirish kiritish masalasini koʻrib chiqish.

3. Kechiktirilgan toʻlovlar boʻyicha kredit foizlarining oʻz muddatida soʻndirib borilishini monitoring qilish.

2024-yil
10-dekabr

2024-yil
20-dekabr

Doimiy ravishda

Tijorat banklari, Markaziy bank

2.

Faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladigan issiqxona xoʻjaliklarda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida issiqxona xoʻjaliklarga yuqori malakali, jumladan, xorijiy agronomlarni jalb qilish.

1. Issiqxona xoʻjaliklarni yangi investorlariga koʻmaklashish maqsadida yuqori malakali agronomlar bilan muzokaralar olib borish.

2. Issiqxona xoʻjaliklarda yuqori hosildorlikka erishish maqsadida yuqori malakali agronomlarni jalb qilish.

Bunda Xitoy, Turkiya va Gollandiya davlatlaridan malakali agronomlarni jalb qilishga eʼtibor qaratish.

2024-yil
10-dekabr


 

Doimiy ravishda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Markaziy bank,

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Issiqxona xoʻjaliklarga avval ajratilgan kreditlar muddatlari uzaytirilganda, ular boʻyicha rasmiylashtirilgan mahalliy hokimliklar kafilliklari muddatini uzaytirish.

1. Xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining navbatdagi yigʻilishida tijorat banklariga viloyat hokimligi tomonidan avval taqdim etilgan kafilliklar muddatini uzaytirish masalasini muhokama qilish.

2. Xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga asosan mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan kafilliklar muddati uzaytirilishini taʼminlash.

2024-yil
10-dekabr


 

2024-yil
20-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

tijorat banklari, Markaziy bank

4.

Qarzdorning mol-mulkiga, hisobvarogʻiga nisbatan taqiq qoʻyilganligi yoki boshqa qarzdorligi mavjudligiga qaramasdan, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan loyiha mulklarini garov sifatida notarial rasmiylashtirish.

1. Mol-mulkiga, hisobvarogʻiga nisbatan taqiq qoʻyilgan yoki boshqa qarzdorligi mavjud issiqxona xoʻjaliklarning mazkur mol-mulkini garov sifatida rasmiylashtirish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2. Asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil
10-dekabr


 

2024-yil
10-dekabr

Adliya vazirligi,

tijorat banklari

5.

Kadastr hujjatlari va yer maydonlari bilan muammolar yuzaga kelgan issiqxonalarning huquqni tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish va yerga boʻlgan ijara huquqlarini uzaytirishga koʻmaklashish.

1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining ishchi guruhlari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganish ishlarini olib borish.

2. Yer uchastkalariga ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida tegishli qarorlarni qabul qilish.

3. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida qabul qilingan qarorlarga asosan tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchilar oʻrtasida 30 yil muddatga (30 yildan kam boʻlgan shartnomalar uchun) ijara shartnomalarini tuzish va yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

4. Issiqxonalarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2024-yil
10-dekabr

2024-yil
20-dekabr

2024-yil
25-dekabr


 

2024-yil
25-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2024-y., 09/24/777/0972-son)