Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2019 16.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1337
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.08.2019
Hujjat 26.04.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARIGA BOʻLGʻUSI HOSILNI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDIT BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-aprelda 1337-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 347-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1337-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan 10 kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
563-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining
2004-yil 1-martdagi 563-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit (keyingi oʻrinlarda — kredit) berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom asosida kreditlar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib bermaydigan fermer xoʻjaliklarini kreditlash Markaziy bankning “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklari, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash Tartibi” (2000-yil 7-mart, roʻyxat raqami 907-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 5-son) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xoʻjaliklariga gʻalla yetishtirish uchun “Oʻzdonmahsulot” tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xoʻjaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xoʻjaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditlar mazkur Nizomda belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qodir boʻlgan qarz oluvchilarga shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) boʻlgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi joylashgan manzil boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonilgʻi-moylash materiallarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻit, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, veterinariya dori-darmonlari sotib olishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTP, muqobil MTP, shirkat xoʻjaliklari, SFU (Suvdan foydanuvchilar uyushmasi), boshqa xoʻjalik subyektlari xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita gʻalla va paxta xomashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kredit olish uchun fermer xoʻjaligi uning asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul oqimi tahlili majburiy tarzda koʻrsatilgan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi hisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzi haqidagi maʼlumotnoma (2a-shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni qaytarish taʼminoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Olinadigan kreditning qaytarish taʼminoti sifatida qarz oluvchi bankka oʻziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yerdan joriy yilda olinadigan boʻlgʻusi hosilni taʼminot sifatida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bank va fermer xoʻjaligi oʻrtasida boʻlajak hosilni garovi shartnomasi imzolanadi. Shartnomada garovga qoʻyilgan hosilni “Oʻzdonmahsulot” va “Paxtasanoat” tayyorlov korxonalariga va boshqa xoʻjalik subyektlariga sotishdan tushgan barcha pul mablagʻlari birinchi navbatda ushbu kreditlar va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilishi toʻgʻrisidagi shartlar belgilab qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, garov shartnomasiga fermer xoʻjaligi tomonidan boʻlgʻusi hosilni kredit bergan bank-benefitsiar foydasiga ixtiyoriy sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisini ilova etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kredit soʻrab, mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu ariza boʻyicha bank tomonidan kredit berish yoki rad qilish haqida xulosa berish muddati 10 ish kunidan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit shartnomasi tuzilganidan soʻng kredit boʻlimi boshligʻi (xodimi), beriladigan kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini koʻrsatgan holda, ssuda hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida buxgalteriyaga farmoyish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kreditlarni berish, hisobini yuritish va kreditni qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank va fermer xoʻjaligi oʻrtasida kredit shartnomasi imzolanib, u amalga kiritilganidan keyin, bank fermer xoʻjaligi uchun alohida ssuda hisobvaragʻini ochadi va undan qarz oluvchining toʻlov topshiriqnomalari asosida faqat naqd pulsiz shaklda toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Berilgan kreditlar 14301 — “Xususiy korxonalarga, shirkatlar va korporatsiyalarga berilgan oʻrta muddatli ssudalar” balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alohida ssuda hisobvaraqlari boʻyicha berilgan kreditlar boʻyicha muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kredit boʻlimi xodimining farmoyishiga koʻra kredit toʻla qaytarilguniga qadar 91903 — “Qarz oluvchilarning oʻrta muddatli ssudalar boʻyicha majburiyatlari” nomli, koʻzda tutilmagan sharoitlar hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banklari tomonidan kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashishga qaratilgan boʻlishi lozim. Banklar tomonidan monitoring amalga oshirilish tartibi, berilgan kreditlar boshqa maqsadlarda ishlatilgan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Monitoring jarayonida fermer xoʻjaligi tomonidan yetishtirilayotgan ekinlar holati va ularni parvarishlash boʻyicha zarur agrotexnika ishlarining oʻtkazilishi va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanish boʻyicha joylarga borib oʻrganishlar oʻtkazib turiladi. Ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan, agrotexnika tadbirlarining muddatida amalga oshirilmasligi, ekin maydonini begona oʻtlar bosib ketgani, sugʻorilmaganlik natijasida ekinlarni nobud boʻlish xavfi vujudga kelgani va shunga oʻxshash holatlar sababli yetarli hosil toʻplanmasligi xavfi vujudga kelsa, bank kreditlashni toʻxtatadi hamda berilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib oladi. Ushbu holatlar kredit shartnomasida kelishib olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni hisoblash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, ularni undirish oyda bir marta, kredit shartnomasida kelishilgan sanada amalga oshiriladi. Olingan kredit boʻyicha hisoblangan foizlarning qoldigʻi va asosiy qarz toʻlovi qarz oluvchining maxsus 23210, 23220-sonli hisobvaraqlariga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda hisoblangan foizlar kredit boʻyicha qarzdan oldin undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaliklari kredit boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarzdorning 23210, 23220-sonli maxsus hisobvaragʻidagi mablagʻlar olingan kredit va unga hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, foizlar va kredit qoldigʻini undirish qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida mavjud mablagʻlar hisobidan qonunchilikda belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisoblangan foizlar va kredit qoldigʻi muddati oʻtgan ssudalar hisobvaragʻi orqali undirib olishga taqdim etiladi, u boʻyicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida hisoblangan foizlar va kredit qoldigʻini undirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, bank qarzdorning muddatli majburiyatnomasi asosida uning barcha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga ushbu hisobvaraqlarda mavjud pul mablagʻlarini asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib berishni soʻrab yozma talab yoʻllaydi. Qarzdorning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan banklar kreditor bankning ushbu talabini Fuqarolik kodeksining 784-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda, memorial order bilan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi egasining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib berishi shart. Bunda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan foizlar va kredit qoldigʻi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan oʻchirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada (1999-yil 30-yanvar, roʻyxat raqami 615-son) belgilangan kalendar navbati tartibida undiriladi. Bunda foizlar kreditdan oldin qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar qarzdor tomonidan yetishtirilgan hosilni sotishdan tushgan mablagʻlar va uning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻlaridagi mablagʻlari bank kreditini va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga yetarli boʻlmagan taqdirda, bank boʻlgʻusi hosilni sugʻurtasi toʻlovidan olingan mablagʻlarni kreditni va hisoblangan foizlar toʻlovini amalga oshirishga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hosilni sotishdan hamda sugʻurta toʻlovlaridan tushgan mablagʻlar hisoblangan foizlar va kreditni qaytarishga yetmagan taqdirda bank tomonidan kredit va hisoblangan foiz qoldigʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabridagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibi”da belgilangan tartibda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-fevral.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-fevral.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-fevral.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari davlat qoʻmitasi raisi E. QURBONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-fevral.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 27-fevral.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 182-modda, 2005-y., 17-18-son, 137-modda; 2012-y., 25-son, 287-modda; 2015-y., 24-son, 324-modda; 2016-y., 12-son, 114-modda)