1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Navoiy davlat universiteti faoliyatini tashkil etish | |||||
1. | Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Universitetning ta’sis hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda ishchi guruh tuzish. | 2024-yil noyabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Universitet |
2. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | ||||
2. | Universitetda fakultet va kafedralar faoliyatini tashkil etish. | 1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2024-yil noyabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur bo‘lgan kafedralar ro‘yxatini shakllantirish hamda asoslash. | 2024-yil dekabr | ||||
3. Kafedralar pedagog xodimlari tarkibini shakllantirish va kafedralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil yanvar | ||||
4. Kafedralarni o‘quv-uslubiy va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlash. | 2025-yil fevral | ||||
3. | Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlar bilan to‘ldirish. | 1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish. | 2025-yil yanvar | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | 2025-yil fevral | ||||
4. | Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini takomillashtirish. | 1. Tajribali mutaxassislar va pedagoglardan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini o‘rganib chiqib, takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Bunda: ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish; dasturiy mahsulotlar, o‘quv adabiyotlarini nashr etish; umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini akademik litseyga saralab olish, litseyning iqtidorli o‘quvchilarini Universitetga maqsadli yo‘naltirish. | 2025-yil mart | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Universitet |
II. O‘quv jarayonini tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini ta’minlash | |||||
5. | O‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish. | 1. Mehnat bozori talablari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash. | 2025-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. O‘quv rejalarida amaliy mashg‘ulotlar hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ajratilgan soatlar hajmini oshirish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | ||||
6. | Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. | 1. Ta’lim jarayonini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish. | Doimiy | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Ta’lim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalari bilan boyitish. | 2025-yil sentabrdan boshlab, doimiy | ||||
7. | O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish. | 1. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilar uchun moddiy va ma’naviy ta’minot asoslarini yaratish. | 2025-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablag‘ ajratish. | 2025-yil aprel | ||||
3. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida Tahririy nashriyot bo‘limi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan ta’minlash. | 2026-yil dekabr | ||||
8. | Amaliy va sayyor mashg‘ulotlarni o‘tkazishni kengaytirish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish. | 1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalarining amaliyotini Universitet bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan ijtimoiy, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish. | 2025-yil mart | Universitet mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Universitet |
2. Universitetda kadrlar iste’molchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilishni yanada takomillashtirish. | 2025-yil may | ||||
9. | Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish. | 1. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim tashkilotlari va korxonalarda Universitet kafedralari filiallarini tashkil etish. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Universitet |
2. Kafedralar filiallarida mashg‘ulotlar o‘tkazgan hamda rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi to‘lash tartibini joriy etish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | ||||
10. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish. | 1. Ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan optik tolali tarmoqlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini to‘liq yangilash. 2. Universitetni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Universitet |
11. | O‘quv jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. | 1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini xarid qilish. | 2025-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. O‘quv auditoriyalarini talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. | 2026-yil may | ||||
12. | Ta’lim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish. | 1. Universitetning fakultet, kafedra va professor-o‘qituvchilarining reytingini aniqlovchi elektron tizimni joriy etish. | 2025-yil iyul | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini (antiplagiat va test sinovlari dasturiy ta’minotlari) joriy etish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | ||||
13. | Masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. | 1. Xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy o‘qitish apparat-dasturiy kompleksini amaliyotga joriy etish. | 2026-yil oktabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan ma’ruza mashg‘ulotlarining markazlashgan video-katalogini shakllantirish va foydalanish uchun ochiq onlayn translyatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2026-yil noyabr | ||||
14. | Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish. | 1. Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish. | 2025-yil may | Universitet mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Axborot-resurs markazida adabiyotlarning ochiq fondini tashkil qilish uchun kutubxonaga moslashtirilgan maxsus xonalar va innovatsion kutubxona joriy qilish. | 2025-yil avgust | ||||
3. RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini takomillashtirish. 4. Kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish. 5. Xorijiy kutubxona resurslaridan foydalanish uchun sharoit yaratish. 6. Professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | 2025-yil sentabr | ||||
7. Xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda Axborot-resurs markazini yangi xorijiy adabiyotlar bilan boyitish. | Doimiy | ||||
15. | Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish. | 1. Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish. | 2025-yil avgust | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar fikrini o‘rganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash. | 2025/2026 o‘quv yili yakunida | ||||
16. | Universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 1. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuviga erishish. | 2025-yil dekabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish. | 2026-yil mart | ||||
3. Universitetga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish. | 2026-yil oktabr | ||||
4. Ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab | ||||
III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish | |||||
17. | Pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Pedagog xodimlar uchun “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib borish. | 2024/2025 o‘quv yili | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. | 2024/2025 o‘quv yili | ||||
3. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy rag‘batlantirish. | 2024/2025 o‘quv yili | ||||
4. Universitet ilmiy jurnallarini “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralarini ko‘rish. | 2025/2026 o‘quv yili | ||||
5. Universitet pedagog xodimlarining ilmiy salohiyatini 50 foizga yetkazish. | 2025/2026 o‘quv yili | ||||
18. | Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. | 1. Universitetda sohalar bo‘yicha bajariladigan doktorlik (PhD va DSc) va magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari bazasini jahon ilm-fani taraqqiyotidagi yangi tendensiyalar va talablarga muvofiq shakllantirish. | 2025-yil noyabr | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq tarzda kafedralar ilmiy yo‘nalishlarini kengaytirish. | 2026-yil yanvar | ||||
19. | Tarmoq va soha korxonalarining ilmiy-innovatsion muammolarini yechish bo‘yicha tuziladigan xo‘jalik shartnomalari hisobiga Universitetga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish. | 1. Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyatini hamkor tashkilotlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan loyihalar yaratishga yo‘naltirish. | 2025/2026 o‘quv yili | Tarmoq va soha tashkilotlari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Universitet |
2. Universitet ilmiy ishlanmalarini innovatsion g‘oyalar yarmarkalarida taqdim etish, loyihalar natijalari asosida ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish. | 2025/2026 o‘quv yili | ||||
3. Startap loyihalarini ishlab chiqish hamda Universitet va Savdo-sanoat palatasi mas’ullarining hamkorligini tashkil etish, seminarlar o‘tkazish va loyihalar taqdimotini uyushtirish. | 2026-yil yanvar | ||||
20. | Fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni bajarish. | 1. Yoshlarning fundamental, amaliy innovatsion va startap loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularni ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yangi loyihalar yaratishga o‘rgatish uchun treninglar tashkil qilish. | Doimiy | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev), Universitet |
2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni Universitet faoliyatiga tatbiq etish. | 2025-yil mart | ||||
IV. Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash | |||||
21. | Yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. | 1. Universitetning xalqaro reyting tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini o‘rnatish. | 2025-yil mart | Universitet mablag‘lari, grantlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijiy oliygohlarda o‘tkaziladigan konferensiya va seminarlardagi ishtirokini oshirish. 3. Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlarda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ishtirokini tashkil etish. 4. Xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash, muammolarni shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish malakasini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish. 5. Fan tarmoqlari va sohalari bo‘yicha ilmiy-amaliy, innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda o‘quv adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish. | Doimiy | ||||
22. | Professor-o‘qituvchilarni stajirovka o‘tash va malaka oshirish hamda xodimlarni magistratura va doktoranturada o‘qish uchun xorijga yuborilishini tashkil etish. | 1. Universitet rahbarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda pedagog kadrlarning yo‘nalishlar kesimida yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishini tizimli tashkil etish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab doimiy | Grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Universitet |
2. Universitetning yosh mutaxassislarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalariga belgilangan tartibda tanlov asosida doktorantura va magistraturada o‘qishga yuborish. | 2026-yil yanvardan boshlab | ||||
3. Hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish hamda keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha shartnomalarni imzolash. | 2026-yil yanvardan boshlab | ||||
23. | Tajribali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini Universitetda uzoq va qisqa muddat dars berishga taklif etish. | 2025-yil sentabr | Grantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Jalb etiladigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va olimlar uchun ijtimoiy-maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish. | Doimiy | ||||
V. Talabalarning sog‘lom turmush tarzini yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish | |||||
24. | Talabalarni jismonan chiniqtirish va ularning sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish. | 1. Universitet talabalari orasida sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish. 2. Navoiy viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini o‘tkazish. | Har yili reja asosida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Navoiy viloyati hokimligi (N. Tursunov), Universitet |
25. | Talabalarning ta’lim jarayonida va undan tashqari vaqtlarda yaratadigan ijod namunalaridan ko‘rgazmalar tashkil qilish imkonini beruvchi “San’at” galereyasi va “Dizayn” studiyasini tashkil etish. | 1. “San’at” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasini tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. | 2025-yil sentabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Universitet |
2. “San’at” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasini jihozlash va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil oktabr | ||||
3. “San’at” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasi faoliyatiga mutaxassislarni jalb etish. | 2025-yil oktabr | ||||
4. Talabalar tomonidan yaratilgan san’at asarlari va dizaynerlik ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etib borish. | Doimiy | ||||
26. | Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. | 1. “Maqom” festivali, “Yosh targ‘ibotchilar” tanlovi, “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi” targ‘iboti, “Yosh dasturchilar” klubi, “Mass media” kompyuter bilimdoni, Talabalar teatr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi kabi tadbirlarni tashkil etish va faollarni munosib taqdirlash. | Reja asosida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Universitet |
2. Talaba-yoshlarda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, davriy tematik tadbirlarni tashkil etish, ochiq osmon ostidagi muzeylarga va teatrlarga tashriflarni uyushtirish, taniqli ziyolilari, davlat arboblari, san’at va sportda shuhrat qozongan shaxslar va faxriylar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlarni o‘tkazish. | Doimiy | ||||
27. | Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida Markaz tashkil qilish. | 1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Universitet |
2. Universitetga tegishli binolardan Markaz uchun “5 ta muhim tashabbus”ni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash. 3. Xonalarni “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlash. 4. Universitetda ashula va raqs ansambllarini hamda talabalar xor jamoasini tashkil etish. | 2025-yil fevral | ||||
5. Universitet fakultetlari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Munozara” va boshqa ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish. | Doimiy | ||||
28. | Talabalarda kitob mutolaasiga qiziqishni yanada oshirish va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida Universitetda “Kitobxonlik” oyligini o‘tkazish. | 1. Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Men sevgan roman”, “Men sevgan adabiy qahramon” kabi mavzularda tanlovlar o‘tkazish. 2. Akademiklar, yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. | Har yili reja asosida | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar, homiylar mablag‘lari | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Said), Universitet |
2-ILOVA
T/r | Laboratoriya nomi | Laboratoriya toifasi (o‘quv/ilmiy) | Amalga oshirish muddati |
1. | Mexanika bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2026-yil |
2. | Optika bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2026-yil |
3. | Bioximiya va immunologiya o‘quv laboratoriyasi | o‘quv | 2027-yil |
4. | Ekologik injeneriya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi | ilmiy | 2027-yil |
5. | Fizikaviy radioekologiya | ilmiy | 2028-yil |
6. | Organik kimyo laboratoriyasi | o‘quv | 2028-yil |
7. | Elektromagnetizm bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2029-yil |
8. | Analitik kimyo laboratoriyasi | o‘quv | 2029-yil |
9. | Molekulyar fizika bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2029-yil |
10. | Atom va yadro fizikasi bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2030-yil |
11. | Astronomiya bo‘yicha laboratoriya jamlanmasi | o‘quv | 2030-yil |