1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablagʻlarni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalariga quyidagi masalalar boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilashga oid qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar shtat birliklarini kiritish meʼyorlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalarni mualliflik huquqi boʻlgan ishlab chiqaruvchilardan toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi rahbari va xodimlari hamda professor-oʻqituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi rahbari va xodimlari, professor-oʻqituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash miqdori va ularning samaradorligini baholash mezonlariga (KPI) asoslangan ragʻbatlantirish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalarining innovatsion va boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarini sarflash tartibi va yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilash.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalari quyidagilarni nazarda tutuvchi moliyalashtirish tartibiga oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha taʼlim yoʻnalishlari va bosqichlari boʻyicha bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdori hisoblab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida bir talabaga toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun budjet mablagʻlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan bitim asosida ajratiladi (bundan maqsadli mablagʻlar, shu jumladan stipendiya toʻlovlari, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasi uchun qonunchilikda belgilangan mablagʻlar, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xarajatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladigan boshqa mablagʻlar mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari (bundan maqsadli mablagʻlar mustasno) oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va hisobot davri oxirida mablagʻlarning qoldigʻi oliy taʼlim muassasasi ixtiyorida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi sifatida ajratilgan mablagʻlar hamda toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi vazirlik va idorada roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda ulardan foydalanish Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi uchun belgilangan tartibga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi. Bunda, moliya yili davomida daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilmaydi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib, biroq oliy taʼlim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash, istiqbolda rivojlantirish hamda taʼlim xizmatlari bozoridagi oʻzaro raqobat asosida belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi — elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin mazkur oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bundan yer, bino, inshootlar, jumladan operativ boshqaruvga berilgan bino va inshootlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriya jihozlari mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlar toʻligʻicha oʻz ixtiyorida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy nazorat tadbirlarini xolisona va mustaqil oʻtkazadigan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) har chorakda belgilangan tartibda hisobot beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda tasarrufidagi mablagʻlar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar oʻz rasmiy veb-saytlariga muntazam joylashtirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanish, jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va stipendiya toʻlovlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq amalga oshirish uchun javobgarlik tegishli oliy taʼlim muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qaroriga asosan oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalariga berilgan vakolat va huquqlar ushbu qarorga muvofiq moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet mablagʻlarini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati oliy taʼlim muassasasi tomonidan taʼlim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yoʻnalish boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalarida belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari kesimida qabul shartlarida toʻlov-kontrakt qiymati tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida quyidagilar kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori oʻrinlaridan joy olish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining oʻrta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasini tasdiqlash, uning ijrosini muhokama qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul parametrlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati boʻyicha rektor va prorektorlar faoliyatini oʻrganish hamda axborotini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat oʻtkazish uchun qoʻshimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti koʻrinishida maqsadli kapital jamgʻarmasini shakllantirish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi huzuridagi taʼlim va ilmiy muassasalarning rahbari va xodimlari, professor-oʻqituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq toʻlash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan ragʻbatlantirish tartibini mustaqil belgilash;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilash.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda uch oy muddatda davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun elektron shartnomalar tuzish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish xarajatlarini onlayn toʻlash va mablagʻlar hisobini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqsin hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Axborot tizimiga ulanish idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha davlat oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimini amaliyotga joriy etish, qoʻllab-quvvatlash va oliy taʼlim muassasalariga shartnoma asosida xizmat koʻrsatish vazifasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga yuklatilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻysunuvida oliy taʼlim muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarini jalb qilgan holda 2022-yil yakuniga qadar davlat oliy taʼlim muassasalarida bozor mexanizmlariga asoslangan biznes jarayonlarini joriy etish, ularni xususiylashtirish, ular faoliyatiga korporativ boshqaruvni joriy etish hamda toʻliq moliyaviy mustaqillik berish orqali taʼlim sifatini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi hamda bitiruvchilar oʻrtasida uzviy aloqa oʻrnatish, ularning kelgusi professional faoliyati, erishgan yutuqlari va tajribalarini oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish, ular bilan talabalar oʻrtasida aloqa oʻrnatish, mahorat darslari tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrsin. Bunda, bitiruvchilarning kelgusida erishgan yutuqlari oliy taʼlim muassasasi rahbari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining fuqarolarga taʼlim xizmatlari koʻrsatish qamrovi va sifatini oshirish, taʼlim jarayonini ilgʻor oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning bajarilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot berib borishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlar sarflashga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasalari Soliq kodeksiga muvofiq soliq toʻlashdan ozod etilganligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalariga qonunchilikda oliy taʼlim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalariga ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qoʻllanilishi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6318-son Farmoni 3-bandida nazarda tutilgan bojxona bojidan ozod qilish boʻyicha imtiyoz oʻquv hamda ilmiy laboratoriya jihozlari, maxsus asbob-uskunalar, oʻquv, ilmiy-metodik adabiyotlar, oʻqitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlarini olib kiruvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda bojxona bojidan ozod qilinadigan tovarlar roʻyxatini shakllantirsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari xarajatlarini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali onlayn monitoring qilish imkoniyatini yaratsin. Bunda, xarajatlarni amalga oshirishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xato va kamchiliklar boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan ajratmalarning Moliya vazirligi axborot tizimi orqali avtomatik tarzda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy teleradiokompaniya Milliy axborot agentligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga doir maxsus media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdori asosida moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyul va 2023-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-61-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy taʼlim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Andijon davlat tibbiyot instituti
2.
Andijon davlat universiteti
3.
Buxoro davlat texnika universiteti
4.
Buxoro davlat tibbiyot instituti
5.
Buxoro davlat universiteti
6.
Geologiya fanlari universiteti
7.
Guliston davlat universiteti
8.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
9.
Navoiy davlat universiteti
10.
Namangan davlat universiteti
11.
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
12.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
13.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
14.
Samarqand davlat universiteti
15.
Samarqand davlat chet tillar instituti
16.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
17.
Termiz davlat universiteti
18.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
19.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
20.
Toshkent davlat agrar universiteti
21.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
22.
Toshkent davlat texnika universiteti
23.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
24.
Toshkent davlat transport universiteti
25.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
26.
Toshkent davlat yuridik universiteti
27.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
28.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
29.
Toshkent farmatsevtika instituti
30.
Urganch davlat universiteti
31.
Fargʻona davlat universiteti
32.
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti
33.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
34.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
35.
Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti
36.
Oʻzbekiston Milliy universiteti
37.
Qarshi davlat universiteti
38.
Qoraqalpoq davlat universiteti
39.
Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
40.
“Cyber university” davlat universiteti
41.
“ToshTech” texnika universiteti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Respublika oliy taʼlim kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur roʻyxatga qoʻshimcha davlat oliy taʼlim muassasalarini kiritish huquqi beriladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5787-son Farmoni 6-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987-son Farmoni 16-bandining yettinchi xatboshisi “barcha ajratmalardan” soʻzlaridan keyin “2025-yilga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3389-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidan “hamda oliy taʼlim muassasalarining oshirilgan toʻlov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4007-son qarori 5-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “oliy tibbiyot taʼlim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan pullik oʻqish kontraktlari boʻyicha tushumlar, shuningdek,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4041-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4, 6, 7 va 8-bandlardagi “2019/2020” raqamlari “2020/2021” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2019/2020 va 2020/2021” soʻzlari “2020/2021 va 2021/2022” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4319-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-bandi quyidagi tahrirdagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4666-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Moliya vazirligi 2022/2023 oʻquv yilida sogʻliqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash choralarini koʻrsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarori 15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021/2022 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5254-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2022/2023 oʻquv yilida sogʻliqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yoʻnalishida (Master of Nealthcare Administration) davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tayyorlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va bu bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4942-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidagi va 9-bandining “b” kichik bandidagi “2021/2022” raqamlari “2022/2023” raqamlari bilan almashtirilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 124-son qarorining 5-bandidan “, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning oshirilgan toʻlov-kontrakt summasini toʻlashdan tushadigan mablagʻlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar ham inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-banddagi “1-aprelidan” soʻzlari “10-yanvaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.