14.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3560
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori, 14.10.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3560
Кучга кириш санаси
15.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3560]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 10-oktabrdagi 661-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/439, 11/5112 va 108-son “Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1538, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
775-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
08/513-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 11-sentabrdagi 775-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 4-sentabrdagi 171-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 08/513-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom tibbiyot muassasalari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiyot hamshiralarining (bundan buyon matnda rahbar xodimlar deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini hamda tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tibbiy muassasalar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiy hamshiralariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan tibbiyot muassasalariga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiyot muassasalari turlarini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tibbiyot muassasalari turlari ular bevosita boʻysunadigan davlat organlari tomonidan statsionar muassasalar uchun toʻliq davolangan bemorlar sonidan, ambulatoriya-poliklinika muassasalari va sogʻliqni saqlashning boshqa muassasalari uchun xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqadigan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarkibida ambulatoriya-poliklinika boʻlinmalari yoki statsionarlari boʻlgan dispanserlari mavjud davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari mehnatiga haq toʻlash bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sogʻliqni saqlash boshqaruv organi funksiyalari yuklangan markaziy, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryad va tarif koeffitsiyentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiyot muassasalari rahbarlariga, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muassasalar turi

Razryadi

Tarif koeffitsiyenti

IV — tur

8

3,137

III — tur

9

3,482

II — tur

10

3,866

I — tur

11

4,252

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tibbiyot muassasalari davolash ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlariga, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muassasalar turi

Razryadi

Tarif koeffitsiyenti

IV — tur

7

2,827

III — tur

8

3,137

II — tur

9

3,482

I — tur

10

3,866

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiyot muassasalari bosh hamshiralari uchun, muassasalarning turidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muassasalar turi

Razryadi

Tarif koeffitsiyenti

IV — tur

5

2,336

III — tur

6

2,570

II — tur

7

2,827

I — tur

8

3,137

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablariga muvofiq, rahbar xodimlarga tarif stavkalari miqdorini belgilash vaqtida muassasalar guruhiga qarab tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha muassasalar turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Rahbar xodimlarga ish haqi toʻlashda tibbiyot muassasalari mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq turlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiyot muassasalarining mazkur Nizomda nazarda tutilmagan rahbarlariga faoliyat ixtisosiga koʻra muassasalarning IV turi rahbari sifatida taʼrif belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari va boshqa muassasalar

(xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)

T/r

Muassasaning nomi

Muassasa turlari

I

II

III

IV

1.

Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlari va ularning filiallari (bolalar poliklinikasidan tashqari)

40,0 va undan ortiq

30,0 dan, 40 gacha

20,0 dan, 30,0 gacha

20,0 gacha

2.

Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari

250,0 va undan ortiq

200,0 dan, 250,0 gacha

150,0 dan, 200,0 gacha

150,0 gacha

3.

Bolalar (stomatologiya) poliklinikalari

25,0 va undan ortiq

20,0 dan, 25,0 gacha

15,0 dan, 20,0 gacha

15,0 gacha

4.

Skrining-markazlari, statsionarga ega boʻlmagan ixtisoslashtirilgan (endokrinologiya, sil, teri-tanosil) dispanserlari

3000,0 va undan ortiq

2000,0 dan, 3000,0 gacha

1500,0 dan, 2000,0 gacha

1500,0 gacha

5.

Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hamda uning hududiy filiallari

2000,0 va undan ortiq

1500,0 dan, 2000,0 gacha

1000,0 dan, 1500,0 gacha

1000,0 gacha

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari (karantinli va alohida xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stansiyalari)

2000,0 va undan ortiq

5000,0 dan, 2000,0 gacha

500,0 dan, 1000,0 gacha

500,0 gacha

Umumiy ixtisoslik statsionar tibbiyot muassasalari va boshqa muassasalar

(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)

7.

Respublika, viloyat, shahar kasalxonalari, ilmiy-tekshirish institutlari va oliy taʼlim tashkilotlari, bolalar uylarining klinikalari. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari uchun gospitallar

15,0 va undan ortiq

9,0 dan, 15 gacha

4,5 dan, 9,0 gacha

4,5 gacha

8.

Shahar va tuman tibbiyot birlashmalari

8,0 va undan ortiq

5,0 dan, 8,0 gacha

2,5 dan, 5,0 gacha

2,5 gacha

9.

Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi, tugʻruqxonalar (yuridik maqomga ega boʻlganlari) tugʻruq majmualari

9,0 va undan ortiq

7,0 dan, 9,0 gacha

5,0 dan, 7,0 gacha

5,0 gacha

10.

Bolalar reabilitatsiya sihatgohlari

14,0 va undan ortiq

9,0 dan, 14,0 gacha

4,0 dan, 9,0 gacha

4,0 gacha

Qon quyish stansiyalari

(qon tayyorlash va qayta ishlash hajmidan kelib chiqib, bir yilda ming kishi)

11.

Qon quyish stansiyalari

7,0 va undan ortiq

5,0 dan, 7,0 gacha

3,0 dan, 5,0 gacha

3,0 gacha

Boshqa sogʻliqni saqlash muassasalari

(xizmat koʻrsatiluvchi aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)

12.

Respublika (hududiy) sud tibbiyot ekspertizasi byurosi

2000,0 va undan ortiq

1500,0 dan, 2000,0 gacha

1000,0 dan, 1500,0 gacha

1000,0 gacha

13.

Patologoanatomik markaz va uning viloyatlardagi byurolari

2000,0 va undan ortiq

1500,0 dan, 2000,0 gacha

1000,0 dan, 1500,0 gacha

1000,0 gacha

Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar

(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)

14.

Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlari:

14.1

Sil shifoxonalari (katta yoshdagilar va bolalar kasalxonalari)

1,4 va undan ortiq

0,9 dan, 1.4 gacha

0,4 dan, 0,9 gacha

0,4 gacha

14.2

Sil kasalligi sihatgohlari (katta yoshdagilar va bolalar uchun)

5,0 va undan ortiq

3,5 dan, 5,0 gacha

1,5 dan, 3,5 gacha

1,5 gacha

14.3

Yuqumli kasalliklar (katta yoshdagilar va bolalar uchun), onkologik, teri-tanosil, endokrinologiya

7,0 va undan ortiq

4,0 dan, 7,0 gacha

2,0 dan, 4,0 gacha

2,0 gacha

14.4

Psixiatrik, psixonevrologik (katta yoshdagilar va bolalar uchun), narkologik kasalxonalar

5,0 va undan ortiq

4,0 dan, 5,0 gacha

2,0 dan, 4,0 gacha

2,0 gacha

15.

Neyroxirurgiya, onkologiya (shu jumladan), allergologiya, suyak-yiringli jarrohlik va yiringli jarrohlik, jarohatlari oqibatlari va qandli diabet kasalligining jarrohlik asoratlari, bolalar ortopediyasi respublika tibbiyot markazlari

11,0 va undan ortiq

7,0 dan, 11,0 gacha

3,0 dan, 7,0 gacha

3,0 gacha

16.

Sil, epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tekshirish institutlari

7,0 va undan ortiq

4,0 dan, 7,0 gacha

2,0 dan, 4,0 gacha

2,0 gacha

17.

Bolalar shifoxonalari

15,0 va undan ortiq

9,0 dan, 15,0 gacha

4,5 dan, 9,0 gacha

4,5 gacha

OITS markazi

(xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqib, ming kishi)

18.

OITS markazi va uning filiallari

2000,0 va undan ortiq

1500,0 dan, 2000,0 gacha

1000,0 dan, 1500,0 gacha

1000,0 gacha

Shoshilinch va tez yordam markazlari

(toʻliq davolangan bemorlar sonidan kelib chiqib, ming kishi)

19.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari

15,0 va undan ortiq

9,0 dan, 15,0 gacha

4,5 dan, 9,0 gacha

4,5 gacha

Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari

(bir yildagi joylarga chiqish sonidan kelib chiqib, ming kishi)

20.

Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari

75,0 va undan ortiq

50,0 dan, 75,0 gacha

25,0 dan, 50,0 gacha

25,0 gacha

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 10/24/3560/0819-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)