Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-yanvarda 1538-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 11-sentabrdagi 775-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 4-sentabrdagi 171-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 08/513-sonli “Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda ularni turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3560, 14.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
06-3/439-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
11/5112-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
108-son
“TASDIQLAYMAN”
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/439, 11/5112, 108-son qarori
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/439, 11/5112, 108-son qarori
Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga xaq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatga xaq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini toʻplami, 2005y., 51-son, 380-modda) qaroriga muvofiq tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha sogʻliqni saqlash mussasalari turiga tegishli deb hisoblash tartibini hamda razryad va tarif koeffitsiyentlarini aniqlaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatga xaq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomning 1–ilovasida koʻrsatilgan tibbiy muassasalar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bosh tibbiy xamshiralarga (bundan buyon matnda — rahbar xodimlar deb yuritiladi) tadbiq etiladi.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son “Cogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tadbiq etilmaydi.
II. Muassasalar turlarini aniqlash tartibi
3. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tibbiy muassasalar turlari ular bevosita boʻysunadigan boshqaruv organlari tomonidan statsionar muassasalar uchun toʻliq davolangan bemorlar sonidan, ambulatoriya-poliklinik xizmati va sogʻliqni saqlashning boshqa mussasalari uchun xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqadigan koʻrsatkichlar boʻyicha aniqlanadi.
4. Tarkibida ambulatoriya-poliklinika boʻlinmalari, yoki statsionarlari boʻlgan dispanserlari mavjud boʻlgan davolash-profilaktika mussasalari rahbarlari mehnatiga haq toʻlash bir tur yuqori mussasalar turiga tegishli boʻladi.
5. Sogʻliqni saqlash boshqaruv organi funksiyalari yuklangan markaziy, tuman (shaxar) kasalxonalari bir tur yuqori muassasalar turiga tegishli boʻladi.
6. Boʻysunishida sogʻliqni saqlash muassasalari boʻlgan boshqaruv organlari aholining asoslangan shikoyatlari, muassasa ishini tashkil etish va uning ish sifatida kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rahbarlar mexnatiga haq toʻlashning belgilangan turini bir turga pasaytirish huquqiga ega.
III. Rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryad va tarif koeffitsiyentlari
7. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
|
Muassasalar tipi |
Razryadi |
Tarif koeffitsiyenti |
|
IV — tip |
8 |
5,453 |
|
III — tip |
9 |
6,053 |
|
II — tip |
10 |
6,719 |
|
I — tip |
11 |
7,390 |
8. Sogʻliqni saqlash muassasalari davolash ishlari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mexnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
|
Muassasalar tipi |
Razryadi |
Tarif koeffitsiyenti |
|
IV — tip |
7 |
4,913 |
|
III — tip |
8 |
5,453 |
|
II — tip |
9 |
6,053 |
|
I — tip |
10 |
6,719 |
9. Sogʻliqni saqlash muassasalari bosh xamshiralari uchun, muassasalarning tipidan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha quyidagi razryad va tarif koeffitsiyentlari oʻrnatiladi:
|
Muassasalar tipi |
Razryadi |
Tarif koeffitsiyenti |
|
IV — tip |
5 |
4,060 |
|
III — tip |
6 |
4,466 |
|
II — tip |
7 |
4,913 |
|
I — tip |
8 |
5,453 |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatseftika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, rahbar xodimlarga tarif stafkalari miqdorini belgilash vaqtida muassasalar guruhiga qarab tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
IV. Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha muassasalar tiplari
11. Sogʻliqni saqlash muassasalari rahbar xodimlarga ish haqi toʻlashda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tiplarga boʻlinadi.
12. Sogʻliqni saqlash muassasalarining mazkur tartibda nazarda tutilmagan rahbarlariga faoliyat ixtisosiga koʻra muassasalarining IV tipi rahbari sifatida tarif belgilanadi.
Tibbiyot muassasalari rahbar xodimlarining mehnatiga xaq toʻlashda sogʻliqni saqlash muassasalarini turlarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 16-modda)